21
Buyumning shikastlanishi – bu, uning ishlash qobiliyatining yo‘qolishi. Har
qanday buyum uchun nuqson,
nosozlik, buzilish, to‘xtab
qolish va xatolik
tushunchalari mavjud.
Buyumning
ishonchliligi deb uning belgilangan davr (masofa) mobaynida va
ma’lum ekspluatatsiya sharoitlarida buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yo‘l
qo‘yilgan chegaralarda saqlab qolgan holda o‘z vazifalarini
bajarish xususiyatiga
aytiladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda ishonchlilik – sifatning vaqt bo‘yicha
yoyilmasidir.
Ishonchlilik nazariyasining asosiy tushunchasi buzilishdir.
4.2 Ishonchlilikning xususiyatlari
Buyumning
ishonchliligi uning buzilmaslik,
chidamlilik,
ta’mirlashga moyillik
va
saqlanuvchanlik xususiyatlari bilan baholanadi.
Buzilmaslik – transport vositasining ma’lum vaqt yoki yo‘l o‘tishi davomida
o‘zining ishlash qobiliyatini uzluksiz saqlash xususiyati.
Chidamlilik deb transport vositasining o‘z ishlash qobiliyatini chegaraviy
holatgacha (hisobdan chiqarilguncha) saqlash xususiyatiga aytiladi.
Bunda texnik
xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ma’lum belgilangan tizim bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Ta’mirlashga moyillik yoki ekspluatatsion qulaylik deb transport vositasining
texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash
jarayonlarida buzilish hamda
nosozliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishga moyilligiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: