Avtomobil transporti muxandisligi


Transport vositalarini yaratish va ekspluatatsiya bosqichlarida


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

9.3 Transport vositalarini yaratish va ekspluatatsiya bosqichlarida
diagnostik ta’minlash
Transport vositasini loyihalayotganda (texnik topshiriqni ishlab chiqish
bosqichida) quyidagilar belgilanadi:
- ekspluatatsiya sharoitlaridan kelib chiqqan holda diagnostika turlari,
davriyligi va mehnat hajmi;
- diagnostikaning qoidalari va ketma-ketligi;
- diagnostika parametrlarining ro‘yxati va transport vositasining texnik holatini
bildiradigan, nuqsonlar qidirishni ta’minlaydigan sifat belgilari;
- tuzilmaviy, diagnostik parametrlarning nominal, yo‘l qo‘yilgan va
chegaraviy miqdorlari va parametr qiymatlarining yuriladigan yo‘lga bog‘liqligi;
- parametr o‘lchamlarining aniqligiga qo‘yiladigan talablar;
- diagnostika vositalari ro‘yxati, transport vositasi va tarkibiy qismlarining
diagnostika o‘tkazilayotgandagi ish tartibotlari;
- transport vositasining nazoratga yaroqlilik ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan
talablar;
- diagnoz qo‘yish vaqtida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasiga
qo‘yiladigan talablar va boshqalar.
Texnik ta’minlash axborotni olish va qayta ishlash (diagnostik asboblar,
datchiklar, axborot beruvchi apparatlar, kuchaytirgichlar va boshqalar) uchun zarur
asboblar to`plamidir.
Diagnostikani keng qo`llash zaruriy tuzatishlar ro`yxatidagi elementlardan
biri bo`lishi mumkin [8]. Natijada diagnostika hisobot berish, tahlil qilish va tartibga
solish jarayonlarini kiritish, shuningdek diagnostika talablarini belgilash imkonini
beradi.
Hisobot, tahlil va tuzatuvchi faoliyatning yaxshi ishlaydigan tizimi oqilona
diagnostik vositalarni yaratishning asosiy talablari hisoblanadi. SHuni ham
ta’kidlash kerakki, hisobot berish, tahlil qilish va tartibga solish tizimini diagnostika
talablarining yagona manbai emas. Bundan tashqari, qonunchilik talablari va
xavfsizlikka tegishli talablar ham bo`lishi mumkin. Hisobot, tahlil va tartibga solish
tizimiga asoslangan tarix (oldingi holati) haqida hech qanday ma’lumot yo`q
bo`lganda yangi dizayn uchun diagnostikaning dastlabki talabi shu tizimlarning
avvalgi tajribalari bilan belgilanadi.
Axborot bilan ta’minlash tizimida axborot olish va zarur axborotni qayta
tiklash mumkin bo`lgan texnik ma’lumotlar, diagnostika ma’lumotlarini to`plash,
tizimlashtirish, ularni saqlash usullari mavjud. Transport vositalarini
diagnostikalashga qaratilgan asosiy konstruktiv chora-tadbirlar:
-
 texnik holatni nazorat qilishni talab qiluvchi joylarning mavjudligi;


60
-
 agregatlarni oqilona yig`ish va parametrlarini bo`laklarga ajratmasdan
nazorat qilish;
-
 texnik holatni nazorat etish amallarining xavfsizligi;
-
 transport vositalarining konstruksiyasini soddalashtirilishi, uni
rasionalizasiya qilish yo`li bilan elementlarning sonini kamaytirish;
-
 texnik holatni o`zgarishlari va transport vositasining asosiy elementlarining
buzilishi bo`yicha yuzaga keladigan signallarni aks ettiruvchi turli xil datchiklar,
asboblar va yozuv qurilmalarini o`rnatish;
-
 transport vositalarining ta’mirlashga moyilligini yanada oshirish va uning
elementlarini oqilona joylashtirish;
- transport vositalarining diagnostika jarayoniga moslashuvchanligini
oshirish.
Avtokorxona transport vositasini ishlatishdan oldin, texnik shartlar va texnik
xizmat ko‘rsatish hamda joriy ta’mirlashni o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga
asoslanib diagnostikani tashkil qiladi va o‘tkazadi. Har bir diagnoz qo‘yish natijasi
diagnostik xarita va jamg‘arma xaritasiga yoziladi. Diagnoz qo‘yish natijalari asosida
transport vositasini kelgusida ishlatish yoki unga texnik ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida
qaror qabul qilinadi.
Transport vositalarini ekspluatatsiya qiladigan korxona texnik xizmat ko‘rsa-
tish, joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya bo‘yicha qo‘llanmaga binoan quyidagilarni
ishlab chiqadi:
- texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlashlarni bajarayotganda diagnostikani
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha namunaviy texnologik jarayon xaritasi;
Diagnostik xarita hamma holatlarda bajarilgan diagnostika natijalarini qayd
etish, texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash jarayonlarida bajariladigan ishlar
bo‘yicha qaror qabul qilish uchun xizmat qiladi. U jamg‘arma xaritani to‘ldirishda
dastlabki hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Jamg‘arma xarita transport vositasi ekspluatatsiyasi jarayonida diagnostik
parametrlarning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ishga, qoldiq resursni va ikki
nazorat o‘rtasidagi buzilmasdan ishlash ehtimolligini oldindan aytib berish uchun
axborot yig‘ishga mo‘ljallangan. Bu xarita har bir transport vositasi uchun ochilib, to
uni hisobdan chiqarilgunigacha to‘lg‘azib boriladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling