Avtomobil transporti muxandisligi


 Diagnostikalash tizimining tarkibi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

10.2 Diagnostikalash tizimining tarkibi
Texnik diagnostikalash tizimi butun Ob’ekt yoki uning tarkibiy qismlari texnik
holatini aniqlash uchun kerak bo‘ladigan vosita, Ob’ekt va ijrochilar majmuyini
tashkil etadi.
Ob’ekt (transport vositasi, agregat, mexanizm, uzel)ni diagnostikalash texnik
hujjatlarda belgilangan algoritm (Ob’ektga ta’sir etish ketma-ketligi yig‘indisi)
bo‘yicha amalga oshiriladi (10.1-rasm).
Diagnostikalash Ob’ekti transport vositasi va (yoki) uning tarkibiy qismlari
bo‘lishi mumkin.


62
Diagnostikalash Ob’ekti diagnostikaning zarurati va imkoniyatlari bilan
tavsiflanadi. Uning zarurati texnik holat o‘zgarishi qonuniyatlari va iqtisodiy
maqsadga bog‘liq bo‘lsa, imkoniyati – diagnostik ta’minotga bog‘liq. Diagnostik
ta’minot transport vositasi hayoti stiklining barcha bosqichlarida diagnostikalashni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qoida, usul, algoritm va vositalarning bir-biri
bilan o‘zaro bog‘langan majmuyini tashkil etadi. Ob’ektning diagnostikalashga
moslashganligini ta’minlash uchun loyihalash bosqichida diagnostik ta’minotni ishlab
chiqish kerak. Buning uchun diagnostika modeli tahlil etiladi.
Diagnostik axborotni olish bo‘yicha diagnostikalash tizimi funkstional va testli
turlarga bo‘linadi. Funksional diagnostikalash Ob’ektning ishlash jarayonida olib
boriladi. Testli diagnostikalashda Ob’ektning sun’iy ishlashi tashkil etilib, diagnostik
parametrlar o‘lchanadi.
Diagnostik parametrlarni o‘lchash bo‘yicha diagnostikalash tizimi universal va
maxsus turlarga bo‘linadi. Universal tizim bir necha diagnostik jarayonlar uchun
mo‘ljallangan bo‘lsa, maxsus tizim faqat bitta diagnostik jarayonni ta’minlaydi.
Diagnoz qo‘yish asosi bo‘yicha diagnostikalash tizimi umumiy va elementar
(lokallashgan) bo‘lishi mumkin. Umumiy diagnoz qo‘yishda, diagnostik Ob’ekt bir
butun tarzda ko‘riladi va bunda Ob’ektning holati “yaroqli” va “yaroqsiz” darajasida
aniqlanadi. Elementar diagnoz qo‘yish esa Ob’ektning tarkibiy qismlarini diagnos-
tikalash uchun qo‘llaniladi.
Diagnostik axborotga ishlov berish bo‘yicha diagnostikalash tizimi qo‘lda

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling