Avtomobil transporti muxandisligi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich me’yor (S b )
11.5 Diagnostik me’yorlar
Diagnostik parametrlarning joriy qiymatlarini me’yoriy qiymatlar bilan taqqoslab, texnik holatning turi, transport vositasining sozligi, nosozligi, ishga qobiliyatli yoki qobiliyatsiz ekanligi hamda ekspluatatsiyani davom ettirish yoki keyingi ekspluatatsiyani to‘xtatish to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ekspluatatsiya jarayonida, ko‘p hollarda, ishlash davomiyligining o‘sishi bilan asta-sekin o‘zgaradigan diagnostik va tuzilmaviy parametrlar uchraydi. Bu parametrlarning bir qadar o‘zgarishiga qaramasdan xavfsizlik va iqtisodiy maqsadga muvofiqlik mezonlari bo‘yicha Ob’ektning ekspluatatsiyasi davom ettirilishi mumkin. Shuning uchun texnik hujjatlarda transport vositasining keyingi ekspluatatsiyasi mumkinligini bildiradigan parametrlar miqdorlarining oraliqlari keltirilishi mumkin. Diagnostik me’yorlarga quyidagilar kiradi (11.6-rasm). Boshlang‘ich me’yor (S b ) – Dastlabki (nominal) qiymat diagnostik parametrning miqdoriga, u esa chiniqtirish va ishlatib moslashdan o‘tgan yangi, soz transport vositasining tuzilmaviy parametriga mos keladi. Dastlabki qiymat, loyihalashda belgilanadi va ishlab chiqarishda ta’minlanadi, ya’ni Ob’ektni sozlaydilar yoki ta’mirlaydilar. Boshlang‘ich me’yor texnik hujjatlarda keltiriladi. Ekspluatatsiya jarayonida tuzilmaviy parametrlar o‘zgaradi (kattalashadi yoki kichiklashadi), bu transport vositasi xususiyatlarining yomonlashuviga olib keladi. Masalan, silindr devori va porshen orasidagi tirqishning yeyilish natijasida kattalashuvi dvigatel quvvatining pasayishiga va transport vositasi dinamikligining yomonlashuviga 11.6-rasm. Diagnostik parameter me’yorlarining bosib o‘tilgan yo‘l bo‘yicha o‘zgarishi. S b – diagnostik parametrning boshlang‘ich me’yori; S ch – diagnostik parametrning chegaraviy me’yori; S i – diagnostik parametrning joriy vaqtdagi qiymati; S YQ – diagnostik parametrning yo‘l qo‘yilgan me’yori4 L i , L YQ ва L Ch – diagnostik parameter texnik holati me’yorlariga tegishli masofalar. L i L YQ L Ch L, ming km S Ch S YQ S i S b S 75 olib keladi. Tirqishning kattalashuvini “kompressiya” deb ataladigan diagnostik parametr yordamida baholash mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling