Avtomobil transporti muxandisligi
Kuch turidagi tormoz stendi
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
Kuch turidagi tormoz stendi. Tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun ko‘pincha
kuch turidagi barabanli stendlar ishlatiladi. Xuddi inersiya turidagiga o‘xshab, ushbu stend ikki juft rolik (baraban)lar, zanjir uzatmalaridan iborat (14.4-rasm). Har bir juft o‘zining motor-reduktoriga ega (4–13kVt). Reduktorlar planetar tipida bo‘lganligidan uzatmalar nisbati 32–34, tormozlar sinovida roliklarning aylanishi transport vositasining 2–4 km /soat tezligiga to‘g‘ri keladi. Stend konstruksiyasining shakli 14.4-rasmda keltirilgan. Tormoz kuchi avtomobil g‘ildiragining baraban bilan tutash nuqtasida vujudga keladigan reaktiv (aks ta’sir) kuch sifatida o‘lchanadi. Stendning elektr motori barabanlarni, ular esa transport vositasining g‘ildiragini aylantiradi. Sekin-asta tormoz mexanizmi ishga tushiriladi va u yugurish barabanlari aylanishiga qarshilikni vujudga keltiradi. Tormoz kuchiga proporsional ravishda reaktiv (aks ta’sir) moment yuzaga keladi. Uni dumalash tayanchlariga balansir ravishda o‘rnatilgan elektr motorining korpusi qabul qiladi. Reaktiv moment datchik yordamida o‘lchanadi. Datchik kuchni elektr motor korpusidan pishang (richag) orqali oladi. Stend to‘plamiga yana tormoz boshqaruvi uchun kuch o‘lchagich moslamalar, tormozlanish boshlanishi datchigi (tormoz pedaliga o‘rnatiladi) va tormoz tizimi pnevmatik yuritmasi nazorat nuqtalariga ulanadigan bosim datchigi kiradi. O‘lchangan diagnostik parametrlar me’yoriy miqdorlar bilan taqqoslanadi. 1 2 3 8 4 5 6 7 11 14.4-rasm. Tormoz xususiyatlarini tekshirish uchun barabanli stend: 1-rama; 2-dumalash tayanchi; 3-elektr motor; 4,5-yugurish barabani; 6- yulduzcha; 7-zanjir uzatma; 8-mufta; 9-pishang (richag); 10-aks ta’sir moment datchigi; 11-massa datchigi. 10 9 96 Afzalliklari: yuqori darajadagi aniqlik; tormozlarni sinash vaqtida barabanlarning kichik tezliklarda aylanishi stendning yuqori texnologik moyilligini ta’minlaydi. Kamchiliklari: ko‘p metal va energiya hajmliligi. Bu stendlar nazorat operastiyasida ishlatishda qo‘l keladi, masalan, tormoz samaradorligini o‘lchagandan so‘ng, kerak bo‘lsa, sozlash ishlari olib borilib, keyin bajarilgan ishlar sifatini qaytadan nazorat qilishga qulay bo‘ladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling