Avtomobil transporti muxandisligi
Shina, g‘ildiraklarni diagnostikalash
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
14.6 Shina, g‘ildiraklarni diagnostikalash
Transport vositasining harakat xavfsizligiga shina va g‘ildiraklarning ta’siri katta. Shinadagi bosimning miqdori me’yoriy miqdorlardan kam bo‘lmasligi va oshib ham ketmasligi shart. Shina protektorining qoldiq balandliklari quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak: yengil avtomobillarda – 1,6 mm; yuk avtomobillarda – 1,0 mm; avtobuslarda – 2,0 mm. Yirtilgan, kordlari chiqib qolgan va protektorlari qatlamlarga ajralgan shinalarni ekspluatatsiya qilish hamda transport vositasining bir o‘qiga (ko‘prigiga) har xil turdagi shinalarni qo‘yish qat’iyan man etiladi. Shina murakkab texnologik buyum bo‘lib, ko‘p sonli va har xil sifatli rezina aralashmasidan, po‘lat, tekstil, sintetik materiallardan iborat. Buning natijasida disbalans – massaning bir maromda taqsimlanmasligi oqibatida nomuvozanatlik vujudga keladi. G‘ildirak aylanganida o‘zgaruvchan, markazdan qochirma kuch hamda o‘qda o‘zgaruvchan aylantirish momenti hosil bo‘ladi, g‘ildirak, rul boshqaruvi va osma elementlarining tebranishiga olib keladi. Harakat xavfsizligi pasayadi, qulaylik yomonlashadi, osma va shina elementlarining barvaqt buzilishi ro‘y beradi. Shinalarning yeyilishiga g‘ildiraklarning muvozanatlanmaganligi ham ta’sir etadi. Agar g‘ildirakning muvozanatlanmaganligi (disbalansi) ruxsat etilgan chegaradan oshib ketsa, shinalar yeyilishi diagnosti chetki yo‘lkalarida aylana bo‘yicha bir me’yorda joylashgan ayrim dog‘lar shaklida namoyon bo‘ladi va faqat muvozanatlanmagan g‘ildirak bilan uzoq yurilganda markaziy yo‘lka ham yeyiladi. Bunga o‘xshash yeyilish g‘ildirakning yuqori yon urishida vujudga keladi, masalan, diskning egilgan holatida. Oldingi g‘ildiraklarning aylanmasdan siljishi bilan birga kechadigan tormozlanishlari, aylana bo‘yicha bir me’yorda joylashmagan, shina protektorining butun eni bo‘yicha ayrim dog‘lar shaklidagi yeyilishga olib keladi. Bunday yeyilish g‘ildirak disbalansini va keyinchalik shinaning jadal yeyilishini vujudga keltiradi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling