102
15.3 Tortish sifatlarini diagnostikalash stendlarining tasnifi
Dinamometrik stendlar transport vositalarining
xarakterli tezlik va yuklama
rejimlarini taqlid (imitatsiya) qiladi, asosiy parametrlarni o‘lchaydi hamda agregat va
tizimlarning texnik holatini aniqlaydi.
Yuklash usuli bo‘yicha stendlar ikkiga bo‘linadi:
-
kuch stendlari: ular yuklama moslamasi bilan
jihozlangan va doimiy test
rejimida ishlashga mo‘ljallangan.
-
inersiya stendlari: ular maxovik massalari bilan jihozlangan va tezlab ketish
test rejimida ishlashga mo‘ljallangan.
Kuch stendlarida g‘ildiraklardagi
tortish kuchi, ularning aylanish tezligi,
transmissiya qarshiligi va yonilg‘i sarfini to‘g‘ri
uzatmada, berilgan barqaror yuklama
va
tezlik rejimlarida, maksimal buralish momenti va dvigatelning maksimal quvvati
rejimlarida o‘lchanadi (16.4-rasm).
Inersiya stendlarida quvvat to‘g‘ri uzatmada, drosselning to‘liq
ochilgan holatida,
transport vositasi g‘ildiraklarining burchak tezlanishi hamda tezlab ketish vaqtini
o‘lchagan holda aniqlanadi.
Stendlar asosan transport vositasining bitta yetakchi ko‘prigiga
moslab
chiqariladi, konstruksiyasida ikkita yetakchi ko‘prigi bo‘lgan transport vositalari uchun
stend yuklama moslamasi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha barabanlar bilan
jihozlanadi. Ular tayanch barabanlari bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: