Avtomobil transporti muxandisligi
Transmissiyani diagnostikalash
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15.7 Yurish qismini diagnostikalash
15.6 Transmissiyani diagnostikalash
Ekspluatatsiya sharoitlarida transmissiyani diagnostikalash uchun yo‘l sinovlari (gorizontal va bo‘ylama tezlanishlarni hamda agregatlarning boshqa tavsiflarini o‘lchab yurish ravonligiga sinashlar) o‘tkazilmaydi. Subyektiv diagnostikalash yo‘li bilan agregatlar haroratining jiddiy o‘sishi, transport vositasi erkin yurish harakati davomiyligining kamayishi, uzatmalar qutisi uzatmalarining qiyin ulanishi va o‘z-o‘zidan uzilishi, shataksirashi, ilashmaning noto‘liq yoki keskin uzilishi, ish shovqinligining o‘sishi, yurish ravonligi, boshqariluvchanlik, barqarorlikning yomonlashuvi kabi diagnostik parametrlar o‘zgarishini aniqlash mumkin. Tashqi nazorat bilan deformatsiyalar, detallarning mexanik holati, tutashmalarning jipsligi (ekspluatatsion suyuqliklarning oqishi) tekshiriladi. Transmissiyaning texnik holatini butunicha tekshirish uchun tortish stendi yordamida mexanik quvvat yo‘qotishlari, erkin yo‘l, tezlab ketish vaqti, luftlar yig‘indisi miqdorlari o‘lchanadi, shuningdek, shovqin, tebranish, ayrim uzellar ishidagi nosozliklarni ko‘rsatuvchi qizish kabi diagnostik parametrlar baholanadi. Ma’lum tirqishlar bilan ishlaydigan podshipniklar va transmissiyaning tishli g‘ildirakli mexanizmlari yuklamaning zarb bilan qo‘yilishini ko‘zda tutadi va miqdori vibroakustik diagnostika usullari bilan tahlil qilinadigan tebranishni vujudga keltiradi. Kardan valining disbalansi past chastotali vibrometr yordamida baholanadi, uni kardan vali shlitsali tutashmasi podshipnigining korpusiga mahkamlanadi. 15.7 Yurish qismini diagnostikalash Osmalarning texnik holatini diagnostikalash uchun maydonchali stendlar qo‘llaniladi, ular diagnostikalash Ob’ektiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Osmalarning texnik holati ularning tebranishi bo‘yicha test ta’sirida aniqlanadi. Osma detallarining yeyilishi boshqaruv g‘ildiraklari o‘rnatilish burchagining o‘zgarishiga olib keladi. Buning natijasida transport vositasini boshqarish qiyinlashadi, shinalarning yeyilishi jadallashadi, yonilg‘i sarfi o‘sadi. Bunday salbiy omillarni bartaraf etish uchun boshqaruv g‘ildiraklarining o‘rnatilish burchagi stendlarda tekshiriladi. Bu stendlar statik va dinamik turlarga bo‘linadi. Statik stendlar o‘z navbatida o‘iagn, elektrik va mexanik turlarga, dinamik stendlar esa rolikli va maydonchali turlarga bo‘linadi. 105 Rama va ko‘tarib turuvchi elementlar (lonjeronlar, kuzov ustunlari)da hamda transport vositasi ko‘priklari va agregatlari mahkamlangan joylarida zanglash, buzilish, darz va deformatsiyalar tekshiriladi. Rama, ferma yoki ko‘tarib turuvchi kuzov to‘g‘ri geometrik shaklga ega bo‘lishi, ularning elementlari bir-biri bilan mustahkam birlashgan bo‘lishi lozim. O‘qlarning balkalarida darzlar va katta deformatsiyalar bo‘lmasligi, o‘q transport vositasiga yaxshi mahkamlangan bo‘lishi kerak. Burish sapfasida darzlar yoki deformatsiyalar bo‘lmasligi, shkvoren o‘q ayrisiga mahkamlangan bo‘lishi, vtulkalar va sharsimon tayanchlar yeyilmagan bo‘lishi kerak. Shkvoren birikmalaridagi radial va bo‘ylama tirqishlar, sapfani vertikal va yon yo‘nalishlarida ishorasi o‘zgaruvchan siljitib tekshiriladi. Radial tirqish indikator bilan, bo‘ylama tirqish esa shchup bilan o‘lchanadi. Tirqishlar ikki holatda: g‘ildiraklar ko‘tarib qo‘yilgan holatda va ko‘tarib qo‘yilmagan holatda o‘lchanadi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling