Avtomobil transporti muxandisligi


Inersiya turidagi tormoz stendi


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/108
Sana01.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1241772
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

Inersiya turidagi tormoz stendi. Bu stend ikki juft barabanlar, zanjir uzatmalari,
55–90 kVt li elektr dvigateli, reduktor, inersion maxoviklardan iborat (14.3-rasm).
14.3-rasm. Barabanli inersion tormoz stendining shartli tasviri:
1-inersion maxovik; 2-baraban; 3-zanjirli uzatma; 4-elektr magnitli ilashuv; 5-
reduktor; 6-elektr dvigateli.
Bu stendda tormoz samaradorligini tekshirishning fizik mohiyati quyidagicha:
agar haqiqiy yo‘lda tormoz mexanizmi yordamida to‘g‘ri harakatlanayotgan transport
vositasining diagnoz energiyasi so‘ndirilsa, stend sharoitida esa transport vositasi
qo‘zg‘almas bo‘lib, tormoz ta’siri ostida maxovik massasi va barabanlar aylanishining
energiyasi so‘ndiriladi. Haqiqiy yo‘l sharoitlarini sun’iy ta’minlash uchun maxovik
massasi shunday tanlanishi kerakki, uning va barabanlarning inersiya momenti transport
vositasi yurgandagiga o‘xshash diagnoz energiya bilan ta’minlansin.
Diagnostikalash texnologiyasi: stendga transport vositasi o‘rnatilganidan so‘ng
g‘ildirak tezligi 50–70 km
/soatga yetkaziladi va birdan tormozlanadi, stenddagi hamma
muftalar uziladi. Bunda g‘ildirak bilan barabanlar o‘rtasida tormoz kuchlariga qarshi
inersiya kuchi paydo bo‘lib, biroz vaqtdan keyin barabanlar va g‘ildiraklar aylanishdan
to‘xtaydi. Tormozlanish yo‘li barabanlar aylanishi soni yoki ularning aylanish
davomiyligi bo‘yicha, sekinlashish esa burchak deselerometri bilan o‘lchanadi.


95
Deselerometr – sekinlashishni o‘lchash asbobi. Asbobning ishlash prinstipi
undagi ko‘chma inersiya massasining korpusga nisbatan siljishini qayd etishga
asoslangan. Bu siljish inersiya kuchi ta’siri ostida ro‘y beradi va transport vositasi
sekinlanishiga proporsionaldir.
Inersion tormoz stendining afzalliklari: yuqori darajadagi aniqlik; transport
vositalarining tormoz tizimini umumiy baholashga qulay. Kamchiliklari: ko‘p energiya
sarf qiladi, katta metal hajmli.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling