Аvtоmоbil trаnspоrti vа trаnspоrt tizimlаri ekspluаtаtsiyasi” fаkultеti “аvtоmоbil trаnspоrti ekspluаtаtsiyasi” kаfеdrаsi «Tаsdiqlаymаn»


Download 1.88 Mb.
bet38/75
Sana21.02.2023
Hajmi1.88 Mb.
#1218651
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
Bog'liq
umk nometl materiallar

5-mаzu. INTERYER VА QОPLАMА MATERIALLARI


Rеjа


1. Intеrеr mаtеriаllаrigа tаlаblаr.
2. АBS plаstiki аsоsidаgi vаrаqаli vа lеntаli mаtеriаllаr.
3. To’qimаchilik vа qоplаmа mаtеriаllаri.
4. Intеrеr qоplаmаlаr uchun sun’iy tеri.
5. Аvtоmоbil оst qismini qоplаsh uchun pоlimеr mаtеriаllаr.
6. Tеnt mаtеriаllаri. 7.Хаvfsizlik tехnikаsi.


Tаyanch ibоrаlаr


Ishlоv, intеrеr, АBS-plаstik, еyilishgа chidаmlilik, yorug’likkа bаrdоshlilik, mоdifikаtsiya, stirоl, sun’iy tеri, pоlimеr qоplаmа, rеzinаli gilаm, linоlеum, аvtоtеnt.


Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr


Аsоsiy аdаbiyotlаr:

  1. L.S.Vаsilеvа Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriаli. M: Trаns­
    pоrt, 1986, 138 s.

  2. V.P.Pаvlоv, P.P. Zаskаlkо Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtеriа­
    li. M: Trаnspоrt, 1982,164 s.

Qo’shimchа аdаbiyotlаr:
3. О.I. Mаnusаdjаnts, F.V. Smаl Аvtоmоbilniе ekspluаtаtsiоnniе mаtе­
riаli. M: Trаnspоrt, 1989, 217 s.


1-ilоvа


INTERER MATERIALLARI SIFАTIGА TАLАBLАR

Avtomobilning qulayligi kuzov ichini pardozlashga (o’rindiq, shift, eshiklar, devorlar, pol va shu kabi qoplamalar) ishlatiladigan materiallar sifatiga ko’p jixatdan bog’liq. Ularga qo’yiladigan talablar: yeyilishga chidamliligi, mustaxkamligi, sovuq va issiqqa chidamliligi yuqori bo’lishi, organoleptik va gigenik xususiyatlari yaxshi bo’lishi, chang va kirlardan oson tozalanishi kerak; o’rindiq qoplamalari esa havo va bug’ni yaxshi o’tkazishi va gigroskopik bo’lishi kerak.


Interer materiallari texnologiyabop bo’lishi lozim, ya’ni bichish, tikish, yopishtirishga, mexanik ishlovlarga qulay bo’lsin. Intere materiallarining hammasi tabiit, sun’iy yoki sintetik materiallardir. Eng ko’p qo’llanadigani PVX, akrilonitrilning sopolimeri, butadiene va sterol, poliamidlar, poliuretanlar, polietilen, polipropilen asosidagi materiallardir.


2-ilоvа


ABC – PLASTIK ASOSIDAGI LIST VA PLYONKA MATERIALLARI

Bu materiallar avtomobil intereriga keng ko’lamda ishlatiladi; fizik-mexanik va ekspluatatsiya xususiyatlari yuqori, kimyoviy reagentlar ta’siriga, yeyilishga chidamli; biroq yorug’likka chidamsiz-ultrabinafsha nurlar ta’sirida sarg’ayadi, zarbali qovushqoqligi pasayadi. Listlardan katta o’lchamli buyumlar: asboblar paneli, eshiklarning ichki paneli, isitkichlar g’ilofining paneli va shu kabilar tayyorlanadi.


ABC-plastiklarning xususiyatlari sopolimerning tarkibiga, sintez qilish sharoitiga va modifikatsiyalovchi qo’shilmalarga bog’liq. Masalan, sopolimer tarkibida akrilonitril miqdori ko’paysa, kimyoviy va termik bardoshliligi ko’payadi; butadiene zarbali qovushqoqlik va sovuqqa chidamlilikni oshiradi; sterol bikirlikni oshiradi, yaltiroq qiladi, texnologiyaboplikni yaxshilaydi. Bular tayyorlanayotgan detalga yarasha tanlanadi.
ABC-plastikning listlaridan tashqari avtomobillar uchun ABC-PVX-kompozitsiyalar asosida tayyorlangan list materiallar ham ishlatiladi. Kompozit va plastifikatorlar nisbatini o’zgartirib, materiallar xususiyatini boshqarish mumkin. Masalan, texnologiyaboplikni yaxshilash, qattiqlik va bikirlikni oshirish kabilardir.
ABC va ABC-PVX plastiklar asosida ko’p qatlamli, bikir listlar (qora va kulrang) – LJ-2 markali va naqshlangan listlar (turli rangda) – TS-2 markali ishlab chiqariladi. Bu listlar benzinlar ta’siriga chidamli va minus 400C dan plus 800C oraliqda ishlay oladi.
Radiatsiyali tikilgan penopolietilen (PPE-RS) – PEND kompozitsiyasi tarkibida gaz hosil qiluvchi, uni parchalovchi activator va boshqalar mavjud.
PPE-RS lar sovuqqa (minus 600C) chidamli, issiqlik va shovqinni izolyatsiyalaydi, issiqbardosh, organoleptik xususiyatlari yaxshi. Eshiklarning ichki paneli detallariga, yukxona qoplamasiga ishlatiladi. Katta o’lchamli detallarni, masalan, avtomobil tomining shtamplangan qoplamasini tayyorlashda metal to’r yoki shisha mato bilan armaturalangan penopoliten listlar ishlatiladi. Armature detalni yaxshi shakllantiradi, bukilishga qarshilikni ko’paytiradi. Bunday detallar uchun termoplastik bikir penopoliuretan (TPPU) listlar ham ishlatiladi; ular issiqlik va shovqinni yaxshi izolyatsiyalaydi, ishchi haroratlar ko’lami keng.
Ichki pardozning yassi panellarini tayyorlash uchun karkas sifatida yog’och-tolali plitalar (DVP), suvga chidamli, qoplama karton (VO-1, VA-2) va boshqalar ishlatiladi.
3-ilоvа
TO’QILGAN QOPLAMA MATERIALLAR
Avtomobil intererining pardozlariga (o’rindiqlar, shift, eshik detallari) to’qima materiallarni ishlatishda yuqori estetik va gigenik xususiyatlar hisobga olinadi. Ular avtomobilning qulayligini oshiradi [9,17].
Qoplama materiallarni tanlashda ularning narxi, fizik-mexanik xususiyatlari va texnologiyabopligi hisobga olinadi. Qoplama uchun natural va sintetik materiallardan foydalanish mumkin. Qoplama materiallarni ishlab chiqarishda natural tolalarni qo’llash; cheklangan, faqat oily klass avtomobillar uchun ishlatiladi. Qolhan hollarda, poliamid va poliefir iplardan to’qilgan matolardan foydalaniladi. O’rindiqlar qoplamasi uchun material tanlashda avtomobilning vazifalari, ishlash sharoitlari va o’rindiq konstruksiyasi ham hisobga olinadi. Masalan, sport avtomobillarining bikir o’rindiqlari uchun to’qima mato, yumshoq o’rindiqlar uchun yaxshi cho’ziladigan trikataj mato tanlash kerak.
To’qima qoplovchi materiallarga quyidagi talablar qo’yiladi: yuqori darajada badiiy-bezak xususiyatlari, olovga xavfsizlik, yeyilishga chidamlilik, tanlanuvchanlik, zaryad hosil q ilmaslik, yorug’lik ta’siriga chidamlilik, bioturg’unlik. Bioturg’unlik-materialning mikroorganizmlar ta’siriga chidamliligi bo’lib, qoplama materiallarga qo’yiladigan muhim xususiyatdir. Qoplama materialni mukrobiologik ta’sirlardan himoyalash uchun matoni tayyorlash jarayonida antiseptik dorilar ishlatiladi yoki ipga funchiqid modda shimdiriladi.
Tukli matolar – to’qima jun duxoba va sintetik trikotaj baxmal yuqori estetik xususiyatlarga ega. Duxoba natural polimer tolalardan to’qiladi. Duxobaning tuklar asosi jun ipdan, o’zak asosi va arqog’i-paxta ipdan to’qiladi. Duxoba tarkibidagi natural tolalar yuqori gigenik xususiyat beradi, matoni yorug’lik, suv ta’siriga ishqalanishlarga chidamli qiladi.
Sintetik trikotaj baxmal poliamid va poliefir iplar kompleksidan tayyorlanadi. U ham suv va yorug’lik ta’siriga chidamli.
Qoplama material sifatida “Strelka”, “Gazon”, “Dorojnaya” nomli yarimjun matolar ham ishlatiladi. Bularning ko’rinishi chiroyli tarkibda kapron va lavsan tolalar bo’lgani uchun mustaxkam, pishiq, jun iplar esa, suvga chidamli qiladi [9]


4-ilоvа
INTERER BEZAGI UCHUN SUN’IY TERILAR

Qoplama materiallar ichida eng ko’p qo’llanadigani sun’iy charm bo’lib, o’rindiqlar yostig’i va suyanchig’iga, shift va yon panellarga, yukxonaga, asboblar xaltasiga, zichlovchi g’iloflar va boshqalarga ishlatiladi.


Avtomobilsozlikda qo’llaniladigan sun’iy charmning asosi to’qima mato bo’lib unga PVX qoplama beriladi. Asos natural (paxta), sintetik (poliamid va poliefir), sun’iy (visnoza) yoki aralash tolalardan tayyorlanadi. Asos, tayyorlanish usuliga qarab to’qima, noto’qima va trikotaj bo’lishi mumkin.
Sun’iy terining polimer qoplamasi ko’p komponentli murakkab kompozitsiyadan tayyorlanadi. Bu kompozitsiya PVX, plastifikatorlar, bura(mineral), surmaning birikimalari va boshqalar). Palemer qoplama g’o’vak, monolit, g’o’vak-monolit, uzlukli bo’lishi mumkin. G’ovak va g’ovak-monolit qoplamali suniy teri tayyorlashda kompazitsiyaga g’ovak xosil qiluvchi olgan kimyoviy modda qo’shiladi. U parchalanib, gazlar xosil qiladi, natijada g’ovaklar paydo bo’ladi.
Suniy terilarning texnik xususiyatlari polimer qoplamaning tarkibiga va qo’llanilayotgan to’qima asosining turiga bog’liq . Bu materiallar mustaxkamligi yuqori, tazlanuvchan, yeyilishga chidamli, sovun, benzin va moylarga chidamli, o’lovga xavfsiz, lekin boshqa maxsus xususiyat berish uchun shunga mos qo’shilma berish kerak. Masalan, olovga xavfsiz bo’lishi uchun kompozitga surma trioksidini qo’shish kerak, to’qima asosiga maxsus tarkib, masalan, diamoniy fosfat va bura eritmasi shimdiriladi. Sovuqqa chidaml;ikni oshirish uchun shunga mos plastifikatorlarning miqdori ko’paytriladi, zamburug’larga chidamli bo’lishi uchun fungiqlar qo’shiladi.
Suniy terilarning kamchiligi-gigienik xususyatlarning pastligidir. Avtomobillarning qoplamasi uchun ishlab chiqariladigan sun’iy teri markalari: BO-T-mato asosli qoplama viniliskoja; VO-TR-o’sha, trikotaj asosli; VO-NG -o’sha, noto’qima asosli. Shift qoplamasi uchun maxsus qoplama materiallar ishlab chiqariladi (vinilis-koja): TR-shiftga qoplash uchun; NT-shiftga qoplash uchun; T-shiftlarga. Bular zamburug‘ga va sovuqqa chidamliligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Qoplama yuzasi rel’efli (naqshli) bo’lishi uchun turli qiatirma materiallar ishlatiladi: vazopron, propong SBP, sipron. Ular olovga xavfli emas, issiq suv ta’siriga (700C gacha), sovuqqa (minus 400C gacha) chidamli.


5-ilоvа
AVTOMOBIL POLIGA QOPLANADIGAN POLIMER MATERIALLAR

Avtomobilning inter‘eriga polimer qoplama berilgan polning ahamiyati bo‘lakcha. Polning qoplamasi issiqlik va shovqinni izolyatsiya qilishi, yeyilishga chidamli, ishqalanish koeffitsenti baland, benzin va moy ta‘siriga chidamli bo‘lishi kerak. Shuningdek, haroratning keng miqyosida o‘z xususiyatlarini saqlab qolishi, havo o‘tkazmasligi, mog‘or zamburug‘lariga chidamli bo’lishi lozim, chunki qoplamaning chirishi va bo’rtib qolishi avtomobilning tubi muqarrar zanglab, yemirilishiga olib keladi. Bundan tashqari pol qoplamasi inter’erning boshqa materiallari bilan uyg’unlashib, yuqori estetik sifatga ega bo’lishi kerak. Pol uchun rezinadan quyib tayyorlangan gilamchalar va yo’lakchalar, alkidli va PVXli, tekis yuzali linolumlar, “avtolin” deb atalgan PVX-linolumlar, tekstil gilam materiallar keng miqyosida qo’llanadi[9].


Rezina gilamlarning ishqalanish koeffitsenti yuqori, titrashlarni yutadi.
To’qima asosga ega bo’lgan, taram-taram novli PVX-linoleum – avtolin yeyilishga chidamli, ishqalanish koeffitsenti yuqori, sovuqqa chidamli; novlar sirpanishni, ayniqsa, yuzasi ho’l bo’lganda, kamaytiradi va qoplamaning xizmat muddatini oshiradi. To’qima asos materialni polga yelimlashni osonlashtiradi, linoleumning akustik xususiyatlarini yaxshilaydi. Avtolin zamburug’ga bardoshli bo’lishi uchun antiseptik ishlov beriladi. Pol qoplamasi uchun to’qilgan gilamlar ham keng qo’llanadi. Ular salonning badiiy bezagini yaxshilaydi, shovqinni yutadi, issiqlikni saqlaydi, mashina ichida qulaylik hosil qiladi. Bunday gilamlarni ishlab chiqarish uchun sintetik tolalar (poliamid, poliefir, polipropilen) ishlatiladi, tayyor bo’lgan gilam yengil bo’ladi, issiqlik va shovqinni yaxshi saqlaydi , kam yeyiladi.
Gilam tayyorlashga ishlatiladigan materiallarning tuki uzun-uzun bo’lsa, akustik, issiqlik saqlash va boshqa xususiyatlari yaxshi bo’ladi. Tuklar uzunligi, asosan, 5+1mm bo’ladi. Bundan uzun bo’lsa, tuklar deformatsiyalanib (yotib) qoladi, kichkina bo’lsa gilamning xususiyatlari qoniqarli bo’lmaydi. Static elektr hosil bo’lishi, chirishi va mog’or bosishini oldini olish uchun gilamlarga antistatik va antiseptik moddalar ishlov beriladi. Gilamdan suv o’tib ketmasligi uchun teskari tomoniga lateksdan yoki boshqa bir polimerdan yupqa qatlam beriladi.
Hozirgi vaqtlarda avtomobillarning poli uchun turli materiallar: taftingli (tikiladigan), to’qiladigan va tikiladigan, tukli (igna o’tadigan) va boshqalar qo’llanayapti.


6-ilоvа
TENT SOYABON MATERIALLAR
Yechib-o’rnatiladigan, yumshoq soyabon materiallardan foydalanish avtomobil konstruksiyasini soddalashtiradi, metal sig’imi va massasini kamaytiradi, ekspluatatsiyada qo’shimcha qulayliklar hosil qiladi. Sanoat soyabon materiallarning ko’plab turini ishlab chiqaradi: “avtotent” deb ataladigan, rezinalangan va ikki qavat qilingan ip-gazlama matosi, zig’irli va yarim zig’irli parusino, sintetik materiallar[6].
Avtotentning ikki turi mavjud: oddiy sharoitlar uchun va tropik iqlim uchun ishlab chiqarilganlari. Ularning o’rniga kauchuk yelimi eritmasi shimdirilgan ip-gazlama ishlatilishi mumkin. Zig’irli yoki yarimzig’irli texnik parusino tayyorlash uchun zig’ir, ip-gazlama va sintetik (yarimefir) kalava va ip ishlatiladi. Hamma parusinalarga suvga chidamli modda shimdiriladi, bo’yalgan bo’lishi yoki yorug’lik o’tkazadigan bo’lishi mumkin.
Natural tolalardan tayyorlangan soyabon materiallar qator ko’rsatkichlari bilan polimer qoplamali sintetik materiallaridan pastroq turadi. Ip-gazlama va zig’ir tolali matolardan ishlangan soyabonlarning xizmat muddati 1-2 yil xolos. Bundan tashqari mmustahkamligi kamroq, yorug’lik va issiqlik ta’sirlarida tez eskiradi, biologic yemirilishga moyil. Sintetik soyabon materiallar esa yirtilishga mustahkam, o’tga, moy-benzinga chidamli, haroratning keng ko’lamida o’z xususiyatlarini saqlab qoladi, xizmat muddati esa, ip-gazlamali soyabonlarga qaraganda 3-5 marta ko’p.
Sintetik soyabon materiallarning eng ko’p qo’llanadigani – ikkala tomoniga PVX-qoplama berilganidir. Bunday materiallarning umumiy nomi – Teza. Ularning har qaysinisi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, Teza-M minus 450C sovuqqacha chidaydi, Teza-C esa yorug’likni yaxshi o’tkazadi, hamma ko’rsatkichlari (o’tga chidamlilikdan tashqari) Teza-M nikidan yaxshi, yorug’likni 35%dan ortiq o’tkazadi. Bu salonni qo’shimcha yoritishga xizmat qiladi[9]. Hamma “Teza” materiallari ifloslanishga qarshilik qiladi, chang va kirlarning yopishib qolishi kam.
Sanoat, ikki tomoniga polimer qoplama berilgan sintetik soyabon materiallardan tashqari soyabonbop vinilistopa – T materialini ishlab chiqaradi. Ular bir tomoniga PVX-qoplama berilgan paxta-lavsan tolalar asosidagi matodan tayyorlanadi, o’tga chidamliligi yuqori.


7-ilоvа
XAVFSIZLIK TEXNIKASI

Avtomobil inter’eriga ishlatiladigan sintetik polimer materiallar ekspluatatsiya sharoitlarida odam organizmiga zararli ta’sir qilmaydi, biroq ba’zi amallarda, masalan, payvandlash ishlarida ulardan plastifikatorlarning bug’i, parchalanish mahsulotlari (vinilxlorid, xlorvodorod va boshqalar) ajralib chiqishi mumkin.


Bunday materiallarga shamolatiladigan binolar ichida ishlov berish (qayta ishlash) kerak.
Uchuvchan zaxarli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyasi quyidagi qiymatlardan oshmasligi kerak (mg/m3):
Akrilonitril - 0,25;
Tsianli vodorod – 0,30;
Trifenil fosfat – 1,00;
Xlorvodorod – 5,00;
Sterol – 5,00;
Dioktilftalat – 10,00;
Uglerod oksidi – 20,00;
Vinilxlorid – 30,00;
Propilen – 500,00;
Etilen – 500,00.
Polimer materiallarni qayta ishlashda ajralib chiqadigan zaxarli moddalarning aksari yuqori nafas yo’llari va ko’zining shilliq pardalarini qo’zitadi. Ba’zilari nerv sistemasiga, qon hosil qiluvchi a’zolarga, tishlarga salbiy ta’sir qiladi, oshqozon-ichak buzilishlariga olib kelishi mumkin.
Sintetik inter’er materiallariga ishlov berishda maxsus kiyimlarni kiyish va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish lozim. Ishlov berishda qo’llanadigan jixoz (uskuna)ni esa yerga ulab qo’yish kerak, chunki materialda elektr zaryadlari hosil bo’lib turadi. Inter’er materiallar yonuvchan bo’lgani sababli saqlashda, qayta ishlash va ekspluatatsiyada yong’in xavfsizligi choralarini ko’rish kerak.
Mа’ruzа dаrsining tа’lim tехnоlоgiyasi



Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling