Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda bajariladigan ishlar tarkibi


Download 1.5 Mb.
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1545188
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda bajariladigan ishlar tarkibi

V2 =Fv3600 , m3/s,
bu yerda: V2 – bir soat ichida so’rib olinishi kerak bo’lgan gazlar va havo qo’shilmalari miqdori, m3/s; F – so’rish shkafining ochiq yuzasi, m2;
v – so’rish yuzasidagi gazlar va havo qo’shilmalarining harakat tezligi, m/s.
Suv ta’minot va tozalash tizimi Avtoservis korxonalari o’zlari joylashgan shahar tarmoqlari orqali suv bilan ta’minlanadi. Magistral yo’llari yonlaridagi va suv tarmoqlari mavjud bo’lmagan kichik aholi punktlaridagi korxonalar o’zlarining suv bilan ta’minlaydigan avtonom tarmoqlariga ega bo’lishlari mumkin. Korxonada suvlar asosan ichish, sanitar-maishiy ehtiyojlar, texnologik jarayonlar (avtomobillarni yuvish, dastgohlarni sovitish) va o’t o’chirish uchun sarflanadi. Mavjud me’yorlarga asosan maishiy ehtiyojlar uchun quyidagi suv sarflari hisoblanadi:

  • ofis (idora) xizmatchilariga, bir kishi uchun - 50-80 l/kun;

  • jismoniy mehnat qiluvchilarga, bir kishi uchun - 120-150 l/kun.

Texnologik jarayonlardagi suv sarfiga avtomobillarni yuvishga ketadigan suv miqdori kiradi. CHunki boshqa ishlab chiqarish ustaxonalaridagi (akkumulyator, shinalarni ta’mirlash ustaxonalari, qozonxona va h.k.) suv sarfi juda kam bo’lib 0,5-1,0 m3 dan oshmaydi. Avtomobillarni yuvishga sarflanadigan suv miqdorlari yuvish uslubiga (qo’lda, mexanizatsiyalashgan) qarab, 5.4-jadvalda keltirilgan.

4-jadval. Avtomobillarni yuvishga sarflanadigan suv miqdorlari




Stantsiya suv bilan ta’minlanishi uchun shahar, qishloq suv o’tkazish kommunal tizimiga ulanishi yoki mustaqil suv ta’minotiga ega bo’lishi, ya’ni yer osti suvlarini artezian quduq nasoslari orqali tortib foydalanishi mumkin. Ba’zi hollarda bu usullarning barchasidan birdaniga foydalaniladi.
Korxona kommunal suv o’tkazish tarmog’idan foydalanadigan bo’lsa chiqishi mumkin bo’lgan yong’inlarni o’chirish uchun 50 m3 hajmdagi maxsus inshoot qurilib unda zahira suvi saqlanadi. CHunki tarmoqdagi suv bosimi yong’inni tez o’chirishga imkon bermaydi, kamlik qiladi. Yer osti suvlaridan va suv o’tkazish tarmog’idan foydalanish uchun maxsus suv saqlash minorasi quriladi va unga avtomatik rejimda ishlovchi gidronasoslar yordamida suv haydaladi. Bu holda insonlar iste’moli uchun ishlatiladigan suv zahirasini tashkil etishda maxsus sanitariya–gigiena qoidalariga rioya etish talab etiladi. Minoraga xaydalgan suvdan zahira xavzasi to’ldiriladi, qolgan qismi iste’molchilarga quvurlar orqali tarqatiladi. Tarmoqning bir qismiga suv sarfini o’lchovchi hisoblagich o’rnatiladi. SHuni ta’kidlash zarurki, shahar kommunal suv tarmog’idan foydalanilganda uning sifati kafolatlanadi, yer osti suvlar sifatini esa doimo nazorat qilib turish talab etiladi, ayniqsa inson iste’moli uchun ishlatiladigan qismi maxsus me’yoriy talablarga mos bo’lishi shart.
Avtomobillarni yuvish postidan chiqayotgan oqova suv kanalizatsiya tizimini, suv havzalarini va atrof muhitni ifloslamasligi uchun maxsus “suv separator”idan o’tkaziladi. Separatorning bakidan suv- oqova tarmog’iga yoki boshqa suv havzalariga, kanal (ariq)larga tashlanayotgan suv barcha iflosliklardan (shu jumladan moy mahsulotlaridan) toza bo’lishi kerak. Separator kamida uchta bakdan iborat bo’ladi. Oqova suv ketma-ket separator baklaridan o’tish jarayonida suv tarkibidagi loy va boshqa qattiq og’ir zarrachalar (yuvish mahsulotlari) baklar tubiga cho’kib yig’iladi. Xuddi shunday moy mahsulotlari solishtirma og’irligi kichik bo’lgani uchun (aralashma uchun o’rtacha 0,85) baklardagi suvning ustki qismiga qalqib chiqib maxsus idishlarda yig’iladi.
Separator baklarida to’planadigan loyqa vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi. Idishda to’plangan loy, quvurdan bunkerga (avtomashinaga yuklab, jo’natish uchun) tushiriladi. ASK markazlashgan tartibda suv manbai bilan ta’minlanmagan hollarda va tashqi muhitni muhofaza qilish maqsadida, avtomobilni yuvishdan chiqqan suv tozalanib, undan qayta foydalanish mumkin. Buning uchun foydalanilgan suv tozalash qurilmalari qo’llanadi. Bunday qurilmalar asosan aralashmagan zarrachalar: qumlar va neft mahsulotlarini tozalashga asoslangan.


XULOSA

Bajariladigan ishlarning taxminiy hajmi, bajarish muddati va narxi belgilanib, mijoz bilan kelishilgandan so’ng hujjatlar rasmiylashtiriladi. Avtomobillarni servisga qabul qilish korxona yoki soha rahbariyati tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Avtomobillarni ko’rikdan o’tkazish va servisga qabul qilish davomida uning butligi va texnik holatiga maxsus talablar qo’yiladi. Albatta, avtomobilning markasi va rusumi uning texnik pasportiga mos bo’lishi, agregatlari va barcha qismlari zavod mahsuloti bo’lishi shart, yasama detallar qo’yilgan va konstruktsiyalarga o’zgartirishlar kiritilgan holda avtomobil xizmatga qabul qilinmaydi.


Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko’rsatilgan ishlarning bajarilganligi, avtomobilning butligi va tashqi ko’rinishi tekshirilib, topshiriladi. Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qabul qilish paytida avtomobildagi barcha nosozliklar sababini aniqlashning imkoniyati bo’lmagan hollarda u diagnostika postlariga yuboriladi va maxsus stendlar, o’lchov-nazorat asboblari yordamida uning texnik holati aniqlanadi.
Xulosa shuki Avtoservislarning yangicha uslubda qurilioshi va ularni ishlatish bo’yicha umumiy ma’lumotlarga ega boldim



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling