“Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va 60711100 “Energiya mashinasozligi” bakalavr yo‘nalishi
-bob. Malaka amaliyotini yakunlash
Download 217.89 Kb.
|
EM 2-kurs amaliyot dasturi
6-bob. Malaka amaliyotini yakunlash
29. Malaka amaliyoti yakunida talaba yozma ravishda malaka amaliyoti dasturi boʻyicha tayyorlagan hisobotni hamda uni qabul qiluvchi tashkilotdan tayinlangan rahbar imzolagan kundaligi bilan birga Andijon mashinasozlik institutidan tayinlangan rahbarga kafedra yigʻilishi bayonida belgilangan muddatlarda topshiradi. 30. Talabaning malaka amaliyotini baholash jarayoni tegishli kafedralarda oʻtkaziladi. Baholash jarayonida dekan, tegishli kafedra mudiri, oʻquv-uslubiy boshqarma vakili hamda qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari ishtirok etishi mumkin. 31. Malaka amaliyoti natijasi boʻyicha qoʻyilgan baho talabaning kursdan kursga oʻtishida hisobga olinadi. 32. Malaka amaliyoti davrida talaba amaldagi baholash nizomiga muvofiq ishlab chiqilgan malaka amaliyoti dasturiga kiritilgan baholash mezonlari asosida joriy baholanishi va yakunlari boʻyicha baholanishida inobatga olinishi mumkin. 33. Malaka amaliyoti yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olgan yoki uzrli sabablarsiz amaliyotga qatnashmagan talaba akademik qarzdor sifatida Andijon mashinasozlik instituti rektori buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi. 34. Malaka amaliyotini oʻtash davrida talabaning uzrli sabablarga (kasal boʻlib qolishi, oilasi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va b.) koʻra qatnashish imkoniyati boʻlmagan holatlarda, talabaning malaka amaliyotini oʻtash vaqti Andijon mashinasozlik instituti rektori buyrugʻi bilan oʻquv yili (semestr) davomidagi boshqa muddatga (odatda, taʼtil davriga) koʻchirilishi mumkin. 35. Malaka amaliyoti yakuni Andijon mashinasozlik instituti ilmiy-uslubiy Kengashi (tegishli fakultet Kengashi)da qabul qiluvchi tashkilotning vakillari ishtirokida muhokama qilinadi. 36. Qabul qiluvchi tashkilotning tegishli yigʻilishida bitiruvchi talabaning malaka amaliyoti davomidagi faoliyati muhokama qilinib, uni ishga joylashtirish masalasi koʻrib chiqiladi. Yigʻilish natijalaridan kelib chiqib, tashkilot rahbariyati: tashkilotdagi boʻsh vakant oʻrinlarini toʻldirish; tashkilotni rivojlantirishning strategik dasturlari doirasida tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlariga jalb etish yuzasidan qaror qabul qiladi. Download 217.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling