“Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va 60711100 “Energiya mashinasozligi” bakalavr yo‘nalishi
-bob. Malaka amaliyotiga rahbarlik qilish
Download 217.89 Kb.
|
EM 2-kurs amaliyot dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- malaka amaliyoti dasturi asosida
3-bob. Malaka amaliyotiga rahbarlik qilish
16. Andijon mashinasozlik instituti “Marketing va talabalar amaliyoti” boʻlimining malaka amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan vazifalari: barcha turdagi amaliyotlarni ishga yoʻllanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada oʻtashni yoʻlga qoʻyishni tashkillashtirish; malaka amaliyotini oʻtkazish boʻyicha qabul qiluvchi tashkilotlarni rasmiy xat bilan amaliyotni oʻtash toʻgʻrisida xabardor qilish; malaka amaliyotini korxona, muassasa va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini oʻrganish, oʻrganish natijalarini tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib Andijon mashinasozlik instituti rahbariyatiga taqdim etib borish; talabalar malaka amaliyotini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy va milliy tajribalarni oʻrganish hamda uni tatbiq etish yuzasidan takliflar tayyorlash. Andijon mashinasozlik instituti dekanatining malaka amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan vazifalari: har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha malaka amaliyoti buyruqlari loyihalarini shakllantirish; talabalarga malaka amaliyoti hujjatlari majmuasini nashr qilishni tashkil etish va taʼminlash; talabalarga malaka amaliyoti bo’yicha yo’llanma va kundaliklarni berish; mutaxassislik kafedralari tomonidan malaka amaliyoti hisoboti himoyasini tashkil etishni nazorat qilish. Andijon mashinasozlik instituti mutaxassislik kafedrasining malaka amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan vazifalari: navbatdagi oʻquv yili uchun malaka amaliyotiga qabul qiluvchi tashkilot bilan shartnomalar tuzish; malaka amaliyoti boshlanishidan ikki oy oldin talabalar malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturini tasdiqlash uchun taqdim etish; har bir bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha malaka amaliyoti buyruqlari loyihalarini shakllantirish; talabalarning malaka amaliyotini oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini kafedra mudirlari va dekanatlar bilan hamkorlikda tashkil qilish; qabul qiluvchi tashkilotlarda malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishi, talabalar hisoboti mavjudligi va hisobot himoyasi tashkil qilinganligini nazorat qilish; Andijon mashinasozlik instituti Kengashiga malaka amaliyotlari oʻtkazilganligi haqida bir oʻquv yilida bir marta hisobot berish. 17. Andijon mashinasozlik instituti tomonidan biriktirilgan malaka amaliyoti rahbari vazifalari: malaka amaliyotini oʻtash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok etish; malaka amaliyotiga ketayotgan talabalarga oldindan malaka amaliyoti oʻtkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur koʻrsatmalar va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish; zaruriyatga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga malaka amaliyoti boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish; malaka amaliyotining butun davri uchun talabalarga malaka amaliyoti dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash; talabalarni malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi hamda kundalik bilan taʼminlash; talabalarning malaka amaliyoti oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish; qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan talabaning malaka amaliyotini oʻtashi holati boʻyicha muntazam ravishda aloqada boʻlish; malaka amaliyoti muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik toʻldirishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini, zarur hollarda, talabalarning malaka amaliyoti oʻtash joylariga borib koʻrish yoʻli bilan amalga oshirish; talabalarning malaka amaliyoti hisobotini yozishga koʻrsatma va tavsiyalar berish; talabalarning malaka amaliyoti boʻyicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash; malaka amaliyotini oʻtashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda oʻz taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va Andijon mashinasozlik instituti Kengashida koʻrib chiqish uchun) taqdim etish. 18. Professor-oʻqituvchining malaka amaliyotiga rahbarlik qilganligi Andijon mashinasozlik instituti rektorining malaka amaliyoti oʻtash boʻyicha buyrugʻi, talabaning malaka amaliyoti kundaligi, hisoboti va malaka amaliyoti uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi. 19. Qabul qiluvchi tashkilotning malaka amaliyotini tashkillashtirish yuzasidan vazifalari: oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar malaka amaliyotini oʻtashi toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi; malaka amaliyotini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini beradi; malaka amaliyotini tashkil etishga koʻmaklashadi, malakali va tajribali mutaxassislar orasidan amaliyotchi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlgan malaka amaliyoti rahbarini tayinlaydi; amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etadi, faoliyati dorasida amaliyotchi talabalarga oylik maoshlar belgilashi mumkin; amaliyotchiga biriktirilgan masʼul xodimlarni moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib moddiy ragʻbatlantirish ishlarini yoʻlga qoʻyadi; hayot faoliyati va texnika xavfsizligi boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar beradi, zarur boʻlgan hollarda talabalarga mehnatning xavfsiz usullarini oʻrgatadi va bu haqda tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi; malaka amaliyoti dasturiga muvofiq talabalarga joriy qilinadigan shart-sharoitlar (shaxsiy himoya vositalari, maxsus ovqat va boshqalar)ni yaratadi; talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini beradi; malaka amaliyoti dasturiga muvofiq talabalar malaka amaliyoti oʻtkazishining samaradorligini taʼminlovchi ish joylari sharoitini taʼminlaydi; amaliyotchiga malaka amaliyoti davri davomida moliyaviy imkoniyat doirasida ish haqi toʻlanadigan lavozimga ishga qabul qilish masalasini hal qiladi; tashkilotning ichki mehnat intizomini buzgan talaba haqida qabul qiluvchi tashkilot Institutga rasmiy xat yuboradi ; talaba malaka amaliyotini oʻtash davrida amaliyot oʻtash joyida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar boʻyicha javobgarlik masalalarini qonunchilik hujjatlari asosida koʻrib chiqadi; shartnoma asosida talabalar yashashi uchun qulay sharoitli vaqtinchalik turar joylar bilan taʼminlashi mumkin. 20. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari talaba taʼlim olayotgan yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha boʻsh ish joylari mavjud boʻlgan taqdirda, uni vaqtinchalik ish xaqi toʻlanadigan lavozimga tayinlashi hamda talaba oʻqishni bitirgandan soʻng toʻliq ish bilan taʼminlashi mumkin. 21. Qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari vazifalari: talabalarga hayot faoliyati va texnika xavfsizligi boʻyicha tushuntirish, shuningdek, qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi; qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan obyektlari boʻyicha talabalarni taqsimlaydi, obyektning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari va oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi; amaliyotchi-talabalarga malaka amaliyoti dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish tartib-qoidalarini oʻrgatadi; talabalarga ishlab chiqarish texnologiyalari boʻyicha maslahatlar beradi; yaqin atrofda joylashgan boshqa korxona, muassasa, tashkilotlarga birgalikda tashriflar oʻtkazadi; malaka amaliyoti kundaligining yuritilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi; talaba ish vaqtining davomiyligiga rioya etilishini nazorat qiladi; malaka amaliyoti kundaligiga talabaning ijobiy va salbiy fazilatlarini, uning oʻzlashtirish darajasi va boshqa maʼlumotlarni yorituvchi yozuvlarni kiritadi; amaliyotchi-talabalar bilan tashkilot rahbarlari va yetakchi xodimlarning uchrashuvini hamda texnologik jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarishdagi mavjud muammolarning yechimlarini izlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etadi. 22. Qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari talabaga malaka amaliyoti oʻtash dasturi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni bajarish topshirigʻini berishi taqiqlanadi. Download 217.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling