“Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va 60711100 “Energiya mashinasozligi” bakalavr yo‘nalishi
-bob. Malaka amaliyotini tashkil etish
Download 217.89 Kb.
|
EM 2-kurs amaliyot dasturi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malaka amaliyoti dasturi
2-bob. Malaka amaliyotini tashkil etish
8. Malaka amaliyoti Andijon mashinasozlik institutining qabul qiluvchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi. Andijon mashinasozlik instituti va qabul qiluvchi tashkilot malaka amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, qabul qiluvchi tashkilotning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda malaka amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek, taraflarning javobgarligini kelishib oladi. 9. Malaka amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish uchun javobgarlik Andijon mashinasozlik instituti rektori zimmasiga yuklatiladi. 10. Talabalarning malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturlarini toʻliq bajarilishiga oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi, fakultet dekani, kafedra mudiri va institutdan malaka amaliyoti rahbari javobgar hisoblanad. 11. Talabalar va malaka amaliyoti rahbarlarining faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat malaka amaliyoti dasturi hisoblanadi. Malaka amaliyoti dasturi taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisliklar)ning malaka talablariga va oʻquv (ishchi oʻquv) rejadagi fanlar mazmuniga mos kelishi, taʼlim yoʻnalishlar (mutaxassisliklar)ining oʻziga xos xususiyatlarini, shuningdek, fan va ishlab chiqarishning soʻnggi yutuqlarini inobatga olishi kerak. Malaka amaliyoti dasturi quyidagi asosiy boʻlimlardan tarkib topadi: malaka amaliyotining maqsad va vazifalari; malaka amaliyoti mazmuni; malaka amaliyoti reja-jadvali; malaka amaliyotini baholash mezoni; malaka amaliyoti boʻyicha hisobotga talablar. Bundan tashqari, malaka amaliyoti dasturiga amaliyotni oʻtashga doir uslubiy koʻrsatmalar (tavsiyalar), foydalaniladigan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlar, oʻqish davrida olingan bilimlarning mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi tegishli materiallar va hujjatlar haqidagi boʻlimlar ham kiritilishi mumkin. 12. Andijon mashinasozlik institutidan malaka amaliyoti rahbarining malaka amaliyotidagi oʻquv yuklamasi soatlari Andijon mashinasozlik instituti professor-oʻqituvchilarining oʻquv yuklamasi hajmini hisoblash amaldagi vaqt meʼyorlari asosida aniqlanadi. 13. Malaka amaliyotini tashkil etish oldidan Andijon mashinasozlik instituti rektori tomonidan malaka amaliyotini turi, muddati, oʻtash joyi, moddiy taʼminoti, joʻnatilayotgan talabalarning tarkibiy roʻyxati, malaka amaliyoti rahbarlari, shuningdek, ularni turar joy bilan taʼminlanishi, malaka amaliyotini umumiy tashkil etish va uni oʻtkazishni nazorat qilish yuklatilgan mas’ul shaxslar (oʻquv ishlar boʻyicha prorektor, oʻquv-uslubiy boshqarmasi boshligʻi, fakultet dekani, kafedra mudiri) koʻrsatilgan buyruq qabul qilinadi. 14. Andijon mashinasozlik institutining oʻquv-uslubiy boshqarmasi malaka amaliyotini tashkil etish, moddiy va oʻquv-uslubiy taʼminlash hamda oʻtashni muvofiqlashtirish ishlarini reja-moliya boʻlimi, kafedra mudiri va fakultet dekani bilan birgalikda amalga oshiradi. 15. Andijon mashinasozlik instituti va qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida talaba malaka amaliyotini xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida oʻtashi mumkin. Bunda, Andijon mashinasozlik instituti tuziladigan shartnoma bandlarini yuqori turuvchi vazirlik, idora bilan belgilangan tartibda kelishadi. Download 217.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling