Talabalarga berilgan vazifalar, hisobot tarkibi va mazmuni.
1. Talaba hisobotda quyidagilarni yoritadi:
Amaliyotdan chiqarilgan buyruqdan ko‘chirma;
Amaliyotdan tayinlangan rahbar tomonidan talabaga berilgan tavsiyanoma;
Mundarija;
Kirish;
Korxonaning tarixi;
Korxonaning tashkiliy tuzilishi;
Korxonaning boshqaruv strukturasi;
Korxonaning ishlab chiqaruvchi mahsulotlari (avtomobil va avtomobil detallarining turi va markasi, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish zonalari hamda ishlab-chiqarish dasturi, texnologik jihozlari ularning vazifalari va boshqalar);
Ishlab chiqarish amaliyoti davrida qilingan ishlar;
Xulosa(talaba ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining hulosa va takliflari, tavsiyalarini beradi);
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
Ilova (Ishlab chiqarish amaliyotida davrida o‘rgangan yangi texnika va texnologiyalar, ularning rivojlanish istiqbollari yuzasidan internet ma’lumotlar).
Bundan tashqari talaba ishlab chiqarish amaliyotiga chiqishdan oldin fakultetdan amalaiyot ob’yektiga yo‘llanma va kundalikni fakultet dekanatidan olib amaliyot o‘tash joyiga boradi. Amaliyot ob’yektida yo‘llanma asosida buyruq chiqariladi va talaba buyruq chiqarilgandan boshlab amaliyotni boshlaydi. Kundalikga kunlik qilinayotgan ishlar uning tegishli bo‘limlariga kunma-kun yozilib boriladi.
Talabaga amaliyot ob’yektidan yetakchi mutaxassis biriktiriladi va kundalikni tegishli joylariga o‘z fikrini va xulosasini beradi hamda nazorat qilib boradi.
Talaba ishlab chiqarish amaliyot davrida haftaning har shanba kunlarida institutdan tayinlangan amaliyot rahbariga qilingan ishlarni ko‘rsatiladi, yangi topshiriqlar oladi.
Amaliyot yakunida amaliyot rahbarlari tomonidan kundalikga va hisobot muqovasiga imzolaniladi keyin, korxona muxri bilan tasdiqlanadi. Hisobot muqovasi 1-ilovada ko‘rsatiladi.
Tayyor bo‘lgan amaliyot hisoboti amaliyotning ohirgi xaftasida kafedra tomonidan tashkil qilingan kamissiya a`zolariga himoya qilinib 100 ballik reyting tizimida baholaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |