AMALIYOTGA RAHBARLIK
Amaliyotga umumiy rahbarlik kafedra mudiri zimmasiga yuklanadi. Talabalarga amaliyot vaqtida institutda malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlikka tayinlanadilar. Korxona ma`muriyati tomonidan ham tajribali mutaxassis rahbar etib tayinlanadi.
Korxona tomonidan rahbarning asosiy vazifasi korxonada amaliyotni tashkil etish ularni doimiy nazorat qilish va amaliyot dasturiga binoan korxonalar bo‘yicha ma`lumotlar yig‘ishga ko‘maklashish hisoblanadi. Talabalarning ishlab-chiqarish va hisobot tuzish masalalari bo‘yicha talablarga yordamlashadi.
Amaliyotga ajratilgan vaqt va uni o‘tkazish joylari
Amaliyot o‘tash vaqti o‘quv dasturi grafigiga hamda korxona tartib qoidalariga binoan belgilanadi. Amaliyot davrida talabalar korxonadagi ichki tartib va qoidalarga rioya qiladi. Ular amaliyot rahbari tomonidan belgilangan muddatda belgilangan maxsus ish joylarida ishlab malaka oshiradilar. Ya’ni avtomobil detal va qismlarini presslash, eritib quyish, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish postlarida o‘taydilar hamda harakat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi bilan mukammal tanishadilar va o‘zlashtiradilar.
Korxonalar tomoni taklifiga binoan shartnoma asosida tijoratli amaliyot tashkil qilinishi mumkin.
1-hafta mobaynida talaba, texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma olib, ishga joylashadi, amaliyot rejasini tuzadi va shu hafta mobaynida belgilangan joyda ishlaydi hamda hisobotni yozib boradi.
2-hafta boshlarida ish joyini o‘zgartiradi, 3-hafta oxirigacha belgilangan joylarda ishlaydi.
4-hafta davomida ishlab chiqarish amaliyotida olgan ma’lumotlarini yig‘ib ularni tahlil qiladi (zarur bo‘lsa boshqa korxona, jumladan xorijiy firma avtotexxizmat korxonalari, loyihalash va ilmiy tadqiqot institutlariga borish tavsiya etiladi).
AMALIYOT BO‘YICHA HISOBOT
Talaba amaliyot davomida hisobot yozib boriladi va yakunida talabalar hisobotni “Hisobot tarkibi va mazmuni” bo‘limida amaliyot dasturiga binoan bajaradilar. Amaliyot rahbarlari tomonidan imzolangandan keyin, korxona muxri bilan tasdiqlanadi. Tayyor bo‘lgan amaliyot hisoboti amaliyotning oxirgi xaftasida kafedra tomonidan tashkil qilingan kamissiya a’zolariga himoya qilinadi (baholanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |