Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Mavjud vaziyat
Mamlakat iqtisodiyotida avtomobil transportining muhim o’rni bor, u katta ijtimoiy ahamiyatga
ega, eng qulay va foydalanish oson harakatlanish vositasi sifatida fuqarolarning hayotiga mahkam
joylashib olgan. Transportning boshqa turlariga nisbatan avtotransport vositasining soddaligi va
foydalanishda osonligi avtomobil yo’llarida yuqori tezliklarda va jadal harakatlarda undan
foydalanishning xavfsizligiga alohida talablar qo’yiladi. Boshqa tomondan avtotransport vositalarini
tuzilishi, birinchi navbatda ishonchliligi, tashxislash vositalari bilan to’la jixozlaganligi, mikroprotsessor
texnika keng qo’llanishi, murakkabligi va qiymatini oshib borishi texnik servisning foydalanish
xavfsizligini ta’minlashga javobgarligini kuchaytiradi.
Muammoli savol: avtoservis korxonalarida avtomobillarga texnik servisning foydalanish
xavfsizligini ta’minlash javobgarligini oshirish uchun nimalarga ko’proq e’tibor bergan bo’lar edingiz?
Mavjud vaziyat
O’zbekiston milliy avtomagistralini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida” 2009 yil 22 apreldagi PQ-1103-son qaroriga muvofiq hamda O’zbekiston milliy
avtomagistrali bo’ylab harakatlanish qatnashchilari uchun xalqaro standartlarga javob beradigan shart-
sharoitlar yaratish, yangi ish o’rinlari shakllantirish, shuningdek avtomagistral bo’yidagi yer
uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2010-
2015 yillar uchun O’zbekiston Milliy Avtomagistrali yo’l infratuzulmasi va servis ko’rsatish sohasini
rivojlantirish Dasturini tasdiqladi.
Muammoli savol: Yo’l infratuzilmasi va servisi ob’ektlarida qanday yo’nalishlar bo’yicha xizmat
ko’rsatishni tashkil qilish ko’rsatib o’tilgan? Dasturga asosan avtomobil yo’llari atrofida nechta ob’ektlar
qurib foydalanishga topshirildi. O’zingiz yashayotgan hudud bo’yicha tahlil qiling.
Mavjud vaziyat
Avtotransport vositalarini ishlatish jarayonida buzilish va nosozliklar paydo bo’ladi, ular texnik
xizmat ko’rsatish (TXK) va ta’mirlash (T) orqali bartaraf etiladi. TXK va T tizimining asosi uning
tuzilmasi va me’yorlaridan iborat.
Muammoli savol: avtomobillarga TXK va ta’mirlashning asosiy vazifasi nimadan iborat?
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejaviy-ogohlantiruv tizimi haqida nimalar
bilasiz? TXK va ta’mirlashni davlat va tarmoqlar doirasida qanday darajalari mavjud?
Mavjud vaziyat
1984 yilda sobiq Ittifoq avtomobilsozlik sanoati va sobiq RSFSR avtomobil transporti vazirliklari
tomonidan yangi “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T haqidagi Nizom” da avtomobil
ishlab chiqaruvchilari va avtotransportchilar tomonidan hamkorlikda yangi avtomobillar darajasini
baholash, ishlash sharoitini hisobga olgan holda avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi (ATE) me’yorlarini
resurslar bo’yicha va tezkor to’g’rlash masalalari aniq keltirilgan.
Muammoli savol: Avtomobillarga TXK va T to’g’risidagi nizom necha qismdan iborat va uning
qismlarida qanady me’yorlar va texnologiyalar keltirilgan.


Mavjud vaziyat
Avtoservis rejaviy-ogohlantiruvchi tizimga asoslangan bo’lib, texnik xizmat ko’rsatish va
ta’mirlash to’g’risidagi Nizomlarda va avtomobilsozlik kompaniyalarining o’z “Avtomobillardan
foydalanish bo’yicha yo’riqnoma” va boshqa me’yoriy hujjatlarida o’z aksini topgan.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling