Muammoli savol: Firma usulida xizmat ko’rsatilganda qaysi tadbirlar to’liq bajarilishi lozim?
Dunyo avtoservisi amaliyotida avtomobillarga firma usulida xizmat ko’rsatishning qanday shakllari
mavjud? O’zbekistonda firma usulida xizmat ko’rsatishni qanday shakllarini bilasiz? “UzDEU avto”
hissadorlik jamiyatining respublikamiz ichkarisida va tashqarisida nechta kafolat xizmat ko’rsatuvchi
dillerlari mavjud?
Mavjud vaziyat
Avtotransport vositalari texnik servisi texnik ta’minlashning jahon bo’yicha keng tarqalgan usuli
hisoblanib, ishlashga yaroqliligi, ishonchliligi, xavfsizligi, tejamkorligi va zaruriy tashqi ko’rinishini
ta’minlash uchun bajariladigan bir qancha xizmatlar majmuidir. Avtoservis xizmatining asosiy vazifasi
mamlakatdagi avtomobil transporti, qaysi mulk shaklida bo’lishidan kat’i nazar, beto’xtov, xavfsiz,
tejamkor va ishonchli ishlashini ta’minlashdir. Deyarli har kuni ishga chiquvchi avtomobillarni yonilg’i-
moy mahsulotlari bilan ta’minlash, ularni yuvish-tozalash va nazorat qilish, xizmat ko’rsatish yoki
ta’mirlash talab etiladi.
Muammoli savol: avtoservis tizimining rivojlanishi–ko’rsatiladigan xizmatlarning qanday
xususiyatlarga ega bo’lishini taqozo etadi? Texnik xizmat ko’rsatishda qanday ishlar bajariladi? Tijoriy
ishlar mazmuni nimalardan iborat? Mijozlar bilan ishlash mazmuni nimalardan iborat?
Mavjud vaziyat
Servis ko’rsatishning texnologiyasi, ya’ni ishlarning bajarilish ketma-ketlik tartibi ishlab chiqilar
ekan, bu texnologiya maqsadga muvofiq, kam chiqimli va samarali bo’lishi talab etiladi. SHu bilan bir
vaqtda ishlab chiqilgan.
Muammoli savol: texnik servis texnologik jarayon qanday talablarga javob berishi lozim?
Avtoservis korxonalarida texnik servisni tashkil qilishning texnologik jarayoni.
Mavjud vaziyat
Avtomobillarni xizmatga qabul qilish avtomobil, uning agregatlari, uzellari va tizimlarining texnik
holatini aniqlash, bajariladigan ishlar hajmini va muddatini belgilash, shuningdek, zarur hujjatlarni
to’ldirish, mijozlar bilan muomala qilish kabi ishlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |