Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Muammoli savol: Buyurtmachi-mijoz avtoservis korxonasi xizmatidan foydalanishi uchun dastlab
qaysi ishlarni amalga oshirish lozim? Qanday avtomobillar servis korxonasiga qabul qilinmaydi?
Avtoservis korxonasida avtomobillarga texnik servis qanday yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi?
avtomobillarni texnik servisida qaysi ishlar majburiy o’tkazilishi lozim? Avtomobillarni avtoservis
korxonasida turish vaqti bir sutkadan ortib ketsa qanday amallar bajariladi? Avtomobillarga TX ko’rsatish
va ta’mirlash ishlari uchun haq avtoservis korxonalarida qanday amalga oshiriladi?
Mavjud vaziyat
TXK va ta’mirlash ishlari ishlab chiqarish binosining maxsus jihozlangan ishchi postlari va
ustaxonalarida bajariladi. Avtomobillarning o’zida bajariladigan ishlar post ishlari deb ataladi va maxsus
postlarda bajariladi. Ayrim ishchi postlar ba’zi ishlarni bajarishga ixtisoslashgan bo’lishlari mumkin,
masalan, moylash va moylarni almashtirish posti, tormozlarni tekshirish va sozlash, oldingi g’ildiraklarni
o’rnatish burchaklarini nazorat qilish va sozlash postlari va h.k. TXK va ta’mirlashning barcha umumiy


ishlari (sozlash, qotirish, agregatlar, qismlarni o’rnidan ajratib olish va o’rniga qo’yish va h.k.) universal
postlarda bajariladi va bu ishlar katta hajmni tashkil etadi.
Muammoli savol: Universal postlar, maxsus postlar va maxsuslashtirilgan postlar texnik servis
ishlari qanday amalga oshiriladi? ularni mazmunini tushuntirib bering. Postlarda avtomobillarga texnik
servisni ta’minlash uchun qanday texnologik jihozlardan foydalanish maqsadga muvofiq? Texnologik
jihozlarni xarkteristikasini aytib bering. TXKga kelgan avtomobillarda bajariladigan ishlar davriyligi va
hajmi kim tomonidan o’rnatiladi?
Mavjud vaziyat
Avtoservis korxonasining raqobatbardoshligini ta’minlaydigan omillardan asosiysi ko’rsatiladigan
xizmat sifatidir. Avtoservis sifatiga mijozlar qo’yadigan talablar davlat qonunlarida aks ettirilsa, ularning
bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi.
Muammoli savol: Avtoservis korxonasi raqobatbardoshlik darajasini oshirishning qanday asosiy
yo’nalishlarini bilasiz? Avtomobillar servisi sifatini ta’minlovchi qanday huquqiy-me’yoriy hujjatlar
mavjud?
Mavjud vaziyat
Mijozning ishonchini, xohishini va servis xizmatiga ehtiyojini oshirish uchun xizmat madaniyatini
yuqori darajaga ko’tarish lozim. Xizmat madaniyatining asosiy elementi bo’lib, xizmat ko’rsatish
xodimlarining malakaviy axloqi hisoblanadi. Xizmatning estetik madaniyati–xizmat ko’rsatish estetikasi,
interer, xodimning estetik qiyofasidan iborat.

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling