Mavjud vaziyat
Firma usulida xizmat ko’rsatish – bu avtomobil ishlab chiqaruvchi firmaning o’z avtomobillariga
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishdir. Har qaysi
avtomobil ishlab
chiqaruvchi firma yoki kompaniya o’z avtomobillarini sotish va ularga servis xizmati ko’rsatish uchun
“Diler” yoki “Distribyutor” bilan savdo shartnomasi tuzadi. Amalda avtomobilsozlik kompaniyalari firma
usulida xizmatni tashkil etishning bir yoki bir necha variantlardan iborat kombinatsiyalarni qo’llaydilar.
Masalan, Frantsiyaning “Reno” firmasiga qarashli avtomobillarga firma usulida xizmat ko’rsatuvchi
tarmoqlarda 13 ming atrofida “Dilerlar” faoliyat ko’rsatadi, Italiyaning “Fiat”
kompaniyasida esa,
ularning soni 11 mingni tashkil etadi. O’zbekistonda ham firma usulida xizmat ko’rsatish shakllangan va
oxirgi vaqtda tez suratlar bilan rivojlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: