Avtotransport vositalarida
Takrorlash uchun savollar
Download 1.92 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4.2. Avtobus tezliklarini me’yorlash
Takrorlash uchun savollar:
1. Aholining transport harakatchanligi deb nimaga aytiladi? 2. Yo‘lovchilar oqimi deganda nima tushuniladi? 3. Yo‘lovchilar oqimining kun soatlari bo‘yicha notekislik koef- fitsiyenti qanday hisoblanadi? 4. Yo‘lovchilar oqimining yo‘nalish bo‘laklari bo‘yicha notekislik koeffitsiyenti nimani tavsiflaydi? 5. Yo‘lovchilar oqimini qaysi usullar yordamida aniqlash mumkin? 6. Anketa usuli nima? 7. Talon usuli yordamida qanday ma’lumotlar aniqlanadi? 8. So‘rovnoma usuli yordamida qanday ma’lumotlar aniqlanadi? 9. Ko‘z bilan chamalash usuli yordamida qanday ma’lumotlar aniqlanadi? 10. Chiðta usuli qay vaqtda qo‘llaniladi? 11. Avtobuslar turi va sig‘imi qanday tanlanadi? 12. Harakat intervali deb nimaga aytiladi? 13. Harakat chastotasi nima? 46 1.4.2. Avtobus tezliklarini me’yorlash Avtokorxonalarning texnik-tasarruf ko‘rsatkichlarini reja- lashtirish uchun birinchi galda avtobuslarning har bir yo‘na- lishdagi tezliklarini aniqlash va me’yorlash zarur bo‘ladi. Buning uchun yo‘nalishlarda avtobuslarning harakat tezliklarini kuzatish va olingan ma’lumotlarni matematik-statistik usullar yordamida qayta ishlash kerak. Harakat tezliklarini kuzatishning bir qancha usullari mav- jud bo‘lib, ularning asosiylari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1. Mexanik kontaktli o‘lchash usuli. Bu usulda tezlik pnev- matik, elektron kontaktli yoki boshqa turdagi datchiklar yorda- mida amalga oshiriladi. 2. Avtomobillarni nurlash usuli. Bu usulda tezlik infraqizil nurli, ultratovushli yoki radiolokatsion datchiklar yordamida amalga oshiriladi. 3. Fotoelektrik usul. Bu usul harakatni suratga yoki kinoga olish orqali amalga oshiriladi. 4. Maxsus harakatlanuvchi avtomobil-laboratoriyadan foydalanish usuli. Bu usulda avtomobil-laboratoriya tezlikni o‘lchovchi asboblar bilan jihozlangan bo‘ladi. 5. «Beshinchi g‘ildirak» yordamida tezlikni aniqlash usuli. Bu usulda avtomobilga taxometr o‘rnatilgan beshinchi g‘ildirak biriktiriladi. Avtomobil harakatlanganda dinamik kuchlar ta’sirida g‘ildiraklarning radiuslari o‘zgarib turadi va o‘lchash ishlariga xatoliklarni kirgizadi. Beshinchi qo‘shimcha g‘ildirakka dinamik kuchlar ta’sir etmaganligi uchun undan foydalanganda o‘lchash ishlari aniq bo‘ladi. Taxometr har ondagi tezlikni ko‘rsatib boradi va bu tezlik biron-bir turdagi asbob vositasida o‘ziyozar asbob, taxograf yordamida yozib olinadi. O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda keng foyda- lanilayotgan «Mercedes-Benz Low Floor» rusumli avtobuslarga taxograflar zavodning o‘zida o‘rnatilgan va ular qatnaydigan yo‘nalishlarda tezlikni me’yorlash ishlarini juda osonlashtiradi. 6. Sekundomer yordamida tezlikni aniqlash va me’yorlash usuli. Bu usulda maxsus kuzatuvchi har bir bekat oralig‘ini avtobus qancha vaqtda bosib o‘tganini, uning oraliq va oxirgi bekatlarda to‘xtash vaqtini maxsus jadvalga qayd qilib boradi. 47 Yuqorida sanab o‘tilgan 1—4-usullar yordamida avtomo- billarning oniy tezliklari aniqlansa, qolgan 5- va 6-usul yorda- mida butun yo‘nalish uzunligi bo‘yicha o‘rtacha tezlik aniq- lanadi. 5-usuldan foydalanilganda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofa avtomatik ravishda aniqlanib boriladi. Bu usuldan foydalanish chog‘ida kuzatish uchun tajribali haydovchilarni tanlash va ularga yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda maksimal xavfsiz tezlikda harakatlanish bo‘yicha yo‘riqnoma berish kifoya qiladi. 6-usulda esa tajribalarga qo‘shimcha ravishda yo‘nalish va bekatlar orasidagi masofani eng ko‘pi bilan 10% gacha xatolik bilan aniqlash yuklanadi, aks holda kuzatuv natijalari qoni- qarsiz deb hisoblanadi. Masofalarni o‘lchash uchun bugungi kunda maxsus asbob «Kurvimetr» ishlab chiqilgan bo‘lib, uning o‘lchash xatoligi har 1000 m ga 10 sm dan ortmaydi, ya’ni o‘lchash xatoligi 1% dan ham kichik. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling