VI-nosozlik: Moyning oqishi
1. Yetaklovchi shesternya zichlagich yeyilgan yoki shikastlangan.
|
Zichlagich almashtiriladi.
|
2. Yarim o‘q zichlagichi yeyilgan.
|
Yarim o‘qning tepishi tekshiriladi, zichlagich almashtiriladi.
|
3. Reduktor karterini mahkamlovchi boltlar bo‘shagan.
|
Boltlar mahkamlanadi (tortiladi).
|
4. Zichlagichlar shikastlangan.
|
Zichlagichlar almashtiriladi.
|
KERAKLI O‘QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:
Uslubiy qo‘llanma;
DAMAS avtomobili;
Transmissiya detallari jamlamasi;
Maxsus moslamalar;
Chilangarlik dastgohi, ish stoli, kalitlar to‘plami;
Nazorat – o‘lchov asboblari;
Yuvish-tozalash uskuna va ashyolari;
Dori-darmonlar to‘plami;
Yong’inni o‘chirish vositalari.
KARDAN, ASOSIY UZATMA, DIFFERENSIAL VA YARIM O‘QNING HOLATINI BAHOLASH VA ROSTLASH ISHLARI TEXNOLOGIK JARAYONNING KETMA-KETLIGI (DAMAS avtomobili misolida).
Faoliyat turlari |
Asbob uskuna, moslama va ashyo.
| Rasm (ko‘rinish) |
Ish bajarishda qo‘yiladigan talablar
|
Kardan valni «tebranishga» tekshirish.
|
Prizmalar, indikatorli moslama.
|
1-kardan val;
2-indikatorli moslama;
3-prizma.
|
Kardan valni chekki uchlari bilan prizmaga qo‘yib, qo‘lda aylantiriladi. Indikator ko‘rsatkichi bo‘yicha kardan valining tebranishi aniqlanadi. Ruxsat etilgan tebranish 1 mm va undan kam bo‘lishi lozim.
|
Asosiy uzatma yetakchi shesternya tirqishini rostlash.
|
Maxsus moslamalar, indikatorli moslama.
|
1-opravka;
2-indikatorli moslama;
a1 va a2 – tirqishlar.
|
1. Reduktor karteri stendga o‘rnatiladi.
2. Karter uyalariga oldingi va orqa podshipniklarning tashqi halqalari presslanadi.
3. Maxsus opravka (yetaklovchi val o‘rnini bosuvchi) orqa podshipnikning ichki halqasi o‘rnatilib, reduktor karteriga kiygiziladi.
4. Oldingi podshipnik ichki halqasi o‘rnatilib, flanes siqiladi.
5. Opravka aylantirib joyiga o‘rnatiladi va gayka 0,81,0 kg.m bilan siqiladi.
6. Ikkinchi moslama opravkaga o‘rnatilib o‘lchov aniqligi 0,01 mm bo‘lgan indikator oyoqchasi opravkaning tekis sirtiga o‘rnatilib, nol (0) ko‘rsatkichga keltiriladi.
7. Indikator surilib podshipnikning differensial qutisiga o‘tiradigan joyga keltirilib, o‘ng va chap tomonga surib, «a» ning eng kichik o‘lchami yozib olinadi.
8. Huddi shu amal ikkinchi tomonda ham bajariladi.
9. Shundan so‘ng rostlash halqaning qalinligi S topiladi. U a va v o‘lchamlarning ayirmasiga teng.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |