Axborot haqida
Axborot texnologiyalari turlari
Download 0.58 Mb.
|
Axborot tushunchasi, turlari, ahamiyati va ularni o’lchash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teleks” - axborot almashish tizimi.
- Televizion axborot o q imlari.
- Telematn” axborot tizimi.
- Videomatn” axborot tizimi.
- Videokonferents alo q a va videokonferentsiyalar.
Axborot texnologiyalari turlari
Ma’lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan vazifalarni xal kilish uchun muljallangan,ularga kura zarur kirish ma’lumotlari mavjud. Bu texnologiya boshkaruv mexnatining ayrim mayda,doimo takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maksadlarida yukori bulmagan malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik)faoliyati darajasida kullanadi.Shu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada kullash xodimlar mexnati samaradorligini ancha oshiradi,ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi,extimol,xatto xodimlar sonini kiskartirish zaruratiga olib keladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari va xususiyatlari quyidagicha: Ma’lumotlar jamlanmasi. Firmaning maxsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarshiga qarab uning har bir xatti xarakati haqida tegishli ma’lumotlar yozuvi bo’ladi.Odatda tashki atrofga tegishli firma xatti xarakatlari u ishlab chikaradigan operatsiya sifatida aloxida ajralib turadi.Ma’lumotlarni kayta ishlash.Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma’lumotlardan axborotni yaratish uchun kuyidagi operatsiyalardan foydalaniladi:tasnif va guruxlash.Boshlangich ma’lumotlar odatda bir yoki bir necha ramzlardan tashkil topgan kodlar kurinishida buladi.Ob’ektlarning ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar yozuvlarni aynan o’xshatish va guruxlash uchun foydalanadi; - yozuvlarni izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi sortlash; - arifmetik va mantikiy opreratsiyalarni uz ichiga olgan xisoblashlar; - ma’lumotlarsonini kamaytirishuchun xizmat kiluvchi yiriklashtirish yoki agregatlashtirish; Axborotli texnologiyalarining turlari, jamiyatda va kundalik xayotimizdagi tutgan o’rni. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib, xalqaro integratsiyaga qo’shilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida rivojlanish ketayotganligi uchun axborotlar almashuvi masalasi tug’ildi. Insoniyat ishlab chiqarish jarayonida tartibsiz mexanik operatsiyalardan tartibli boshqaruv operatsiyalari tomon jadal xarakatlanmoqda. Elektron ofislar har xil axborotlashtirish vositalari bilan ta’minlangan. Insonning ish joyi o’zgarmoqda. Ma’lumotlarning elektron shakli xayotning barcha jabxalarida inson faoliyati xarakterini o’zgartirmoqda. Axborot texnologiyasi va uning apparat dasturiy ta’minotining rivojlanishi, ofisda ish urinlarining evolyutsion va informatsion tuyinishiga sharoit yaratadi. Korxona tomonidan yo’qotilgan axborot - bu natija va boshqaruvning yo’qotilganidir. Shuning uchun axborot tizimlari qurilishida qo’yiladigan strategik maqsad, korxona erisha oladigan oqimlarining barchasini jamlashga sharoit yaratish, ofisda avtomatlashgan ish joyini integratsiya qilishga kerak bo’lgan axborot oqimlari: n utq, tasvir, matn, ma’lumotlarni olishdir. Og’zaki xabarlar xodimlarning ofis ichida xamda tashqarida telefon tarmoklari orkali buladigan ogzaki mulokot paytida kelib chikadi. Telefon og’zaki kommunikatsiyaning muxim vositasi bo’lib, 1878 yildan ekspluatatsiya qilina boshlagan. Bundan buyon o’z funktsiyalarini sezilarli darajada o’zgartirdi. Ofisda telefon ikkita rolni bajaradi: - og’zaki muloqotni ta’minlaydi; - ofisning bir qator texnik vositalarini uzoqda joylashgan abonentlar bilan ulaydi. Zamonaviy telefon vositasining funktsiyalari ko’p: u - avtojavob beruvchi, kungirok kilayotgan abonentning rakamini aniklovchi, telefon rakamini bilib olishdan ximoyalash va xokazo. Unga xotira va boshkarish bloklari birlashtirilgan. Telefonga radio signallarni kabul kilish imkoniyati urnatilgan bulsa, u utkazgichsiz ishlashi va ofis ichida joydan joyga kuchish imkonini beradi. Va nixoyat partotiv telefon asl xarakatchanlikka ega, chunki u abonent bilan avtomobildan, kemadan va samolyotdan turib gaplashish imkonini beradi. Bu maqsadda “uyali” aloqa keng qo’llanilmoqda. Qog’ozli xujjatning normativ qiymati - bu adolatning muxim tarkibiy qismidir. Inson qog’oz bilan ishlash ko’nikmasiga ega. Shuning uchun qog’ozli xabarlarning qog’ozsiz xabarlar tarafidan siqib chiqarilishi mumkin emas. Qog’ozli xabarlarni uzatish vositalari ko’p. Bunda oddiy telegraf aloqasi teletayp aloqasiga aylangan. Rivojlangan vositalardan yana biri - telefaks aloqasi. Faks (lotincha - faxsimile, o’xshashini yarat) - xujjat originalini xuddi o’ziday aks ettiradi. Bunda, uzatishda xabar elementlarini skanerlash yo’li bilan o’zgartiriladi. Qabul qilish apparati qatordagi ketma-ket signallarni qabul qilib, qog’ozdagi tasvirga aylantiradi. Matnni qog’ozli tashuvchidan ajratib olish uchun o’qish qurilmasi ishlatiladi. Elektron ofisga uzoq va yaqin bo’lgan turli manbalardan juda ko’p xabarlar keladi. O’z navbatida ofis xodimlari ham tashqi dunyoga o’zining axborot xabarlarini uzatadilar. Shuning uchun ofisda elektron axborot oqimlarini qabul qilib, uzatishga mo’ljallangan vositalar mavjud. Telefaks tarmog’i orqali qog’ozdagi xabarlar keladi. Turli xil og’zaki xabarlar kompyuterga maxsus “o’zgartirgichlar” yordamida kiritiladi yoki chiqariladi. Lokal yoki global tarmoq vositalari orqali elektron xabarlar kompyuterga modem yordamida kiritiladi yoki chiqariladi. Ofisda kompyuterlar axborot oqimlariga ishlov berib, birlashtirish vazifalarini bajaradi. “Teleks” - axborot almashish tizimi. Bu axborot tizimi axborotning ulkan oqimlarini har xil abonentga avtomatik ravishda tayyorlash va uzatish imkonini beradi. Matn tayyorlashning bu tizimida yuqori sifatli displeylar bilan jixozlangan terminallar yordamida uzatilayotgan axborot massivi kompyuter xotirasida saqlanib qoladi. Keyin maxsus ma’lumotlarni uzatish apparatlari yordamida tayyorlangan massiv abonentga jo’natiladi yoki undan qabul qilinadi. Televizion axborot oqimlari. Televidenie xayotga uzoqdan ko’rish sifatida kirib keldi va ommaviy xodisaga aylanib qoldi. Dunyoda 4 mlrd.dan ortiq telepriyomniklar ishlatiladi. Televizor bu juda murakkab axborot qurilmasidir. Televizorni ko’rish g’oyasi quyidagicha: - tasvir elementlarini o’zgartirish yo’li bilan elektr signallar ketma-ketligiga aylantiradi (tasvir analizi); - ularni aloqa kanallari orqali nuqtalardan qimirlaydigan rasmga teskari aylantirish (tasvir sintezi) amalga oshiriladigan qabul qilish punktiga uzatiladi. Bu nazariya XX asr oxirida portugaliyalik olim A. Di. Payva va rus olimi P. N. Bexmetvev tomonidan ishlab chiqilgan. Amaliy qarorlarni ishlab chiqish va foydalanishni boshlash V. K. Zvorkin va F. Fransuorti (AQSh) bilan bog’liq. Televidenie orqali siyosiy, madaniy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy axborotlar beriladi. Televideniening keyingi bosqichi raqamli televizion texnologiyalar asosidagi interaktiv televideniedir. “Telematn” axborot tizimi. “Telematn” axborot tizimi foydalanuvchilarning ko’p guruxlari uchun doimo qiziqarli bo’lgan dolzarb axborotni uzatish uchun yaratilgandir. “Telematn” - bu gazeta, jurnal, agentlik xizmatlaridan olingan matn varaqlarini uzluksiz o’tkazib beradigan “elektron gazeta” yoki “elektron byulleten”. Bu tizimning xususiyatlari: -axborot varaqlarini uzluksiz va ketma-ket ravishda o’tkazuvchi stantsiya tomonidan to’planadi, efirga oddiy televizor signallari bilan yoki kabel orqali uzatiladi; - “telematn” axboroti uzluksiz yangilanib boriladi; -kerakli axborotning varag’ini belgilash uchun televizorga qo’shimcha qurilma kerak; -foydalanuvchi elektron gazeta varaqlarini varaqlash, bo’limlardan sakrab o’tishi, o’qigan varaqlarga qaytib borish, videomagnitofonga yozib olishi mumkin. Lekin u matn mazmunini o’zgartira olmaydi. “Videomatn” axborot tizimi. Bu axborot tizimi axborot qabul qilish va tanlash erkinligi imkoniyatini kengaytiradi, xamda telefon, kompyuter, televizor imkoniyatlarini birlashtiradi. Telefon chaqirigi tufayli telefon tarmog’iga ulangan kompyuter va televizor orasida aloqa o’rnatiladi. Ma’lumotlar bazasi menyusi va bu ma’lumotlarni ishlov berish algoritmlari orqali foydalanuvchi (boshqa kompyuterga) birovning axborotini shakllantirish, uzining telepristavkasi xotirasiga kuchirish buyrug’ini beradi. Foydalanuvchilar telematn menyusiga bog’lab qo’yilgan emas. Videokonferents aloqa va videokonferentsiyalar. Insoniyat jamiyati ba’zi bir murakkab masalalarni echish, odamlarni ma’lum bir jamoaga tuplanishini talab etadi. Bu maksadda mukammalrok tizimlar inson mulokotining urnini bosa olmaydi, lekin ular ishtirokining samarasini tashkil kilishga va ijodiy faoliyatni avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Videokonferentsiyalar masofadagi vizual gurux mulokotini tashkil etishda, majlis, ta’lim utkazishlarning eng yangi axborot texnologiyasidir. Bu texnologiya muassasa devorlari va masofalar bilan bir - biridan bulingan ko’plab shaxslarni bir vaktning uzida mulokotiga imkon beradi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling