Axborot haqida
Download 0.58 Mb.
|
Axborot tushunchasi, turlari, ahamiyati va ularni o’lchash
O’zbekistonda AKT ni Rivojlanish Istiqbollari
Har qanday jamiyatda davlatning roli masalasi dolzarb bo’lib kelgan. Bu masalaning muhimligini hisobga olib, bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’zbek modeli va demokratik jamiyat barpo etishning asosiy printsiplaridan biriga jamiyatning barcha soxalarida isloxotlarni amalga oshirishda davlatning etakchilik roli printsipi asos qilib olinadi. (Bu 9-slaydda keltirilgan). Davlat boshkaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va tizimlarini joriy etishning jaxon xamjamiyatida shakllanayotgan tendentsiyalari va tajribasi ushbu jarayonlarning ko’plab jixatlari, eng avvalo anik va mukobil tartibga solishni talab etishini yakkol kursatadi. Bunga esa quyidagilar kiradi: har bir kishining davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining umumfoydalanadigan axborot resurslari va axborot tizimlaridan axborotni erkin olishga bo’lgan xuquqini amalga oshirish; internet tarmog’i yordamida amalga oshiriladigan biznes sub’ektlari va davlatning iqtisodiy faoliyatini xuquqiy ta’minlash; elektron xujjatlar aylanishining faoliyat ko’rsatishi va axborot-kommunikatsiya tizimlarida aylanib yuradigan elektron xujjatlarning xaqiqiyligini tasdiqlash vositalaridan foydalanish tartibini belgilash; axborot xavfsizligini, maxfiy axborotning ruxsat berilmagan kirishlardan ishonchli ximoya qilishni ta’minlash. Tabiiy xolki, umuman jamiyatda axborotlashtirish soxasida konunchilikni shakllantirish va takomillashtirish bunda asos buluvchi jixat xisoblandi, chunki xuddi shu jamiyat, uning xar xil institutlari va fukarolarning uzi davlat boshkaruvida elektron texnologiyalar joriy etilishini xis kilishlari va uning afzalliklarini urgangan xolda foydalanishlari kerak buladi. Davlat apparatini islox kilish va tegishli jarayonlarni ishonchli normativ-xukukiy tartibga solishni ta’minlashning muximligini inkor kilmagan xolda biz baribir axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tegishli infratuzilma va ushbu tizimlarda ishlash uchun professional tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi boshkaruvni “elektronlashtirish” tizimlarini joriy etish vazifalari muvaffakiyatli xal etilishini ta’minlaydigan asosiy shart ekanligini e’tirof etishimiz kerak. Ko’plab rivojlangan mamlakatlar tajribasi xozirgi dinamik rivojlanayotgan dunyoda AKT iktisodiy rivojlanishining lokomotivi ekanligini, mamlakatga investitsiyalar jalb etilishiga, yangi ish urinlari tashkil etilishiga, ilgor texnologiyalar ishlab chikarishga va boshkaruvga tatbik etilishiga, axborot ayirboshlashda, chikimlar kiskartirilishiga bozor katnashchilari urtasida bitishuvlar sodir etilishiga kumaklashishini kursatadi. Shuning uchun xam Uzbekiston xukumati mamlakatni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirishning muxim ustuvorligi sifatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini ajratib kursatadi. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi PF-3080-sonli Farmoni va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200-son karori ushbu vazifani amalda ruyobga chikarishga yunaltirildi. Ularda axborot jamiyatini rivojlantirishning strategik ustuvorliklari belgilandi, 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi kabul kilinib u amalga oshirilmokda. Uning asosiy yunalishlari kuyidagilardir: - telekommunikatsiya infratuzilmasini va Internet tarmogining milliy segmentini rivojlantirish; - axolini kompyuter texnikasi va tegishli tarmok resurslari bilan jixozlash buyicha rivojlangan mamlakatlar darajasida mavjud koloklikni bartaraf etish; - dasturiy ta’minotning milliy industriyasini barpo etish; - mamlakatning yagona axborot makonini tashkil etish uchun zarur bulgan milliy resurslarni shakllantirish; - yuqori malakali kadrlar saloxiyatini tayyorlash; - AKT soxasida rakobat muxitini rivojlantirish; Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling