Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
CRISP qisq.: Complex Reduced Instruction Set Processor Buyruqlar yig‘masi qisqartirilgan CISC- protsessori. CRISP-arxitekturali protsessorlar CISC va RISC orasidagi oraliq rusumdir. CRM qisq.: Customer Relations Management Mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlarni boshqarish. Korxona miqyosidagi axborot tizimlari sinfi, ularning asosiy vazifasi mijozlar bilan o‘zaro aloqada ishlashni rejalashtirish va nazorat qilish, shu jumladan Internet orqali.
Yaratish, tanlash, o‘zgartirish, yo‘q qilish. CSA qisq.: Canada Standards Association Kanadada joylashgan tashkilot, elektron vositalarni xavfsizlikka sertifikatlash uchun javobgar.
Zichlashtirishga asoslangan ketma-ket liniya uchun Internet bayonnomasi, CSLIP
bayonnomasi. SLIP bayonnomasining paketlar sarlavhalarini zichlashtirilgan rusumi. CSMA/CA qisq.: Carrier Sense Multiple Access with Collision Avoidance Tashuvchisini eshitib turadigan va to‘qnashuvlarga chap beradigan to‘plamiy erkin foydalanish. CSMA/CD qisq.: Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection C CSMA/CD
346
qarang: uzatish nazorati va to‘qnashuvlarni aniqlash bilan ko‘p
tomonidan erkin
foydalanish CSS qisq.: Cascading Style Sheets Stillarning kaskadli jadvallari. HTML-hujjatni aks ettirish haqidagi axborotni yozish usulini tavsiflovchi W3C standarti. Faqat aks ettirishga javobgar ko‘rsatmalarni ayrim faylga ajratadi va ularni xar xil HTML-hujjatlarga tatbiq qilishga imkon beradi. CSS ning asosiy maqsadi hujjatni tuzilmasini uning rasmiylashtirilishidan ajratib olishdir va mazmunning u yo bu elementi qanday bo‘lishini sahifa muallifiga havola qilishdir. CSS u yo bu teglarni (masalan, sarlavhalarni yarim qalin
qilib chizish) faqatgina «majburiy» formatlashdan ozod qilibgina qolmay, balki, oldin orzu qilinmagan yangi erkin harakat pog‘onalarini ham kiritadi (masalan, o‘zarolinyajni – matn qatorlari orasidagi masofani, o‘zgartirish imkoni). Odatda CSS stillar kutubxonasini yaratish uchun ishlatiladi, ular keyin ko‘pchilik HTML- sahifalarda ko‘p marotaba ishlatiladi. Buning evaziga, butun veb-saytning stillarini o‘zgartirish uchun birgina
CSS faylida
o‘zgartirish kiritish yetarli. CSS1 qisq.: CSS level 1 CSS ning 1-rusumi. CSS2 qisq.: CSS level 2 CSS ning 2-rusumi. CSV qisq.: Comma-Separated Values Vergul bilan ajratilgan qiymat. Maydonlarining qiymatlari vergul
bilan ajratiladigan ma’lumotlar formati.
Chertilish ko‘rsatkichi. CTR
bannerga chertishlar soni bilan uni ko‘rsatish soniga nisbati, foizlarda o‘lchanadi. CTR so‘zi «si-ti- ar» tarzida, yoki gohida»se-te-er» deb talaffuz qilinadi. CTR bannerni samarali ishlashini belgilaydigan muhim ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. CUI qisq.: Character-based User Interface Foydalanuvchining matn interfeysi. Matn terminali interfeysi. Cyrix korporatsiyasi ingl.: Cyrix corporation rus.: корпорация Cyrix 1988 yilda AQSHda yaratilgan va Intel bilan uyg‘un mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya. Cyrix protsessorlarining 6x86 seriyasini Intel kompaniyasining Pentium protsessorlari bilan taqqoslash mumkin. 1977 yilda Cyrix
kompaniyasi National Semiconductor kompaniyasi, 1999 yilda esa VIA kompaniyasi tomonidan sotib olingan. CSS
347
Ww W2K qisq.: Windows 2000 Windows 2000 operatsion tizimi. W3C qisq.: World Wide Web Consortium qarang: umumjahon o‘rgimchak to‘ri
konsorsiumi WAI qisq.: Web Application Interface Veb qo‘llanmalar uchun interfeys, WAI interfeysi. Netscape kompaniyasi tomonidan veb-serverga nisbatan tashqi
jarayonlarni chaqirish uchun mo‘ljallangan API. Tashqi chaqirishlar uchun
WAI CORBAdan foydalanadi, bu turli tillarda kengaytmalarni yaratish va veb-serverni taqsimlangan hisoblash muhitiga birlashtirish imkonini beradi.
Simsiz qurilmalar uchun bayonnoma, WAP bayonnomasi. Axborotning muhofaza qilingan almashuvi va Internetdan mobil terminallardan erkin foydalanish uchun bayonnoma to‘plami. WAP Forum tomonidan ishlab chiqilgan. WAP-brauzer ingl.: WAP-browser rus.: WAP-браузер Bevosita mobil telefonidan hech qanday qo‘shimcha qurilmasiz (modem va kompyuter) Internet tarmog‘ining axborot va xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi brauzer. WAP brauzerli telefon yordamida WML tilida yozilgan maxsus saytlarni (WAP saytlari) ko‘rish
imkonini beradi.
WAP saytlari telefonlarning kichik
ekranlari uchun
moslashtirilgan, kichik hajm va eng kichik grafikaga ega. Masalan, faqat WAP brauzerli telefon yordamida ob-havo ma’lumoti, televizion dasturlar jadvalini ko‘rish, so‘nggi yangiliklarni o‘qish mumkin. WARM qisq.: White And Read Many times Ko‘p martali yozish va o‘qish. WAV qisq.: WAVe WAV formati. Zichlanmagan raqamlashtirilgan tovushni saqlash formati.
Veb-interfeys asosida umumiy boshqarish. W-CDMA qisq.: Wideband Code-Division Multiple Access Kengyo‘l-yo‘lli CDMA (Code
Division Multiple Access), W-CDMA texnologiyasi. WD qisq.: Western Digital Western Digital korporatsiyasi. WDM qisq.: Wave[length] Division Multiplexing Spektral zichlashtirish, to‘lqin uzunligi bo‘yicha bo‘lish bilan multiplekslash. Optik tolali aloqa kanallari bo‘yicha, ularning hamda oldindan o‘tkazilgan kanallarning qo‘shilgandagi o‘tkazish qobiliyatini oshirish imkonini beruvchi ma’lumotlarni uzatish texnologiyasi. WDMA qisq.: Wavelength Division Multiple Access qarang: to‘lqinni taqsimlash bilan ko‘p tomonidan erkin foydalanish
HTTP 1.1 spetsifikatsiyasiga tegishli, turli kompyuterlardan foydalanuvchi mualliflarga Internet fayllarini chop etish va qo‘llab- quvvatlash imkonini beruvchi qo‘llanmalar bayonnomasi. WebDAV fayl muallifi kabi fayl to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni saqlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu ma’lumotlar yordamida foydalanuvchilar faylga boshqa foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan W WebDAV
348
o‘zgarishlar natijalarini qayta yozmasdan ushbu fayl tarkibi va xususiyatlarini ko‘rishi va o‘zgartirishi mumkin.
WEP
ma’lumotlarni muhofaza qilish bayonnomasi. 802.11x standartidagi simsiz tarmoqlarda ma’lumotlarni shifrlash uchun IEEE spetsifikatsiyasi. WHQL qisq.: Windows Hardware Quality Labs Microsoft kompaniyasining apparatli ta’minotini va uchinchi tomonlar drayverlarini Windows operatsion tizimi, amaliy tizimi bilan uyg‘unligini sinovdan o‘tkazuvchi tuzilmasi. Uyg‘unlik talablariga javob
beruvchi mahsulotlar keyinchalik o‘ramasida va reklama materiallarida Windows
logotipi bilan
belgilanishi mumkin.
WHQL logotipini olgandan keyin, mahsulot Microsoft Hardware Compatibility List (uyg‘un apparatli ta’minot ro‘yxati)ga qo‘shiladi.
Oynalar, belgilar, menyu, sichqoncha; WIMP interfeysi. Yuqorida sanab o‘tilgan elementlarni o‘z ichiga oluvchi foydalanuvchining grafik interfeysi.
Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda 90%
ga yaqin
kompyuterlar Windows
operatsion tizimi
boshqaruvida ishlaydi. Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi ingl.: Windows 95 rus.: операционная система Windows 95 Windows 95 aloqa va muloqot uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ilk bor 1995 yilning 24 avgustida chiqarilgan Microsoft korporatsiyasining operatsion tizimi, amaliy tizimi. Windows 95 o‘zining imkoniyatlariga ko‘ra o‘zidan avvalgi Windows 3.1. operatsion tizimi, amaliy tizimini ancha ortda qoldirgan. Foydalanuvchining yangi
interfeysiga qo‘shimcha ravishda, Windows 95 o‘z ichiga ko‘pgina muhim
yangitdan kiritilgan funksiyalarga ega. U, 32-xonali qo‘llanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus shu operatsion tizim uchun yaratilgan qo‘llanmalar yanada tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, Windows 95, Windows va DOSning eski qo‘llanmalarini bajara oladi. Windows 95da, DOSdagi asosiy xotira 640K va fayl nomining uzunligi 8 belgi bo‘lishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.
Azalda, bu operatsion tizimni Memphis, so‘ngra Windows 97 deb ataldi, ammo Microsoft kompaniyasi, operatsion tizim muddatida, 1997 yilda tayyor bo‘lmaganligi sababli, uning nomini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan. Windows 98 ko‘pgina yangi texnologiyalarni quvvatlash imkonini beradi, shu jumladan, FAT32, AGP, MMX, USB, DVD va ACPI texnologiyalarni ham. Uning eng sezilarli xossasi bo‘lib, veb- brauzer (Internet Explorer)ni operatsion tizim bilan uyg‘unlashtiruvchi, «Faol ish stoli» (Active Desktop) tushunchasi bo‘ladi.
Microsoft Windows operatsion tizimlari safidagi mahsulot, Windows NT operatsion tizimi, amaliy tizimining takomillashtirilgan rusumi. Windows 2000ni ko‘pincha W2K shaklida belgilanadi. Windows 2000 operatsion tizimi, amaliy tizimining to‘rt rusumi bor: Professional – stoldagi va mobil tizimlar uchun operatsion tizim. Qo‘llanmalarni ishlatish, Internet bilan ulanish, fayllar, printerlar va tarmoq resurslaridan erkin foydalanish uchun ishlatiladi. Server – veb-server sifatida ham, mahalliy tarmoq serveri sifatida ham ishlatiladi. Advanced Server – biznes-qo‘llanmalar va elektron tijorat uchun ishlatiladi. Windows WEP
349
2000 Server
standart rusumidan yuqori masshtablanuvchanlik va erkin foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi. Datacenter Server – yuqori tezlikda ishlaydigan, katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish talab
qilinadigan kompyuter tarmoqlarida foydalanish uchun yaratilgan. Windows CE operatsion (amaliy) tizimi ingl.: Windows CE rus.: операционная система Windows CE Microsoft Windows operatsion tizimi, amaliy tizimining mobil
PDA (personal digital assistants)ga o‘xshash kompyuterlar uchun, qisqartirilgan rusumi, Windows CEning grafik interfeysi Windows 95ga o‘xshash.
Windows New Technology (Windows ning yangi texnologiyasi) 32-bitli operatsion tizim bo‘lib, Microsoft korporatsiyasi tomonidan Windows 95 va MS-DOSlarning o‘rniga taklif qilingan. Windows NTning auditoriyasi, kuchli operatsion tizimga
talabi bo‘lgan, foydalanuvchilarning eng qiziquvchan 10% qismidir. Windows NTning asosiy ustunliklari quyidagilardir: - funksional uyg‘unlik; - mobillik; - masshtablanuvchanlik; - tizimning boshqarilishi; - ochiq interfeys; - sanoat standartlarini quvvatlash. Windows NT ning ikki rusumi mavjud: Windows NT Server, tarmoqlarda server sifatida ishlash uchun va Windows NT Workstation alohida yoki mijoz ish stansiyalari uchun ishlangan. Windows XP operatsion (amaliy) tizimi ingl.: Windows XP rus.: операционная система Windows XP Microsoft korporatsiyasi tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion tizim. Microsoft, Windows XPni Windows 95 chiqarilgandan buyon eng muhim dasturiy mahsulot deb atadi. Windows XP, Windows 2000ning o‘zagida qurilgan bo‘lib, yangi tashqi ifodaga va grafik interfeysga ega. Windowsning avvalgi rusumlariga nisbatan o‘zaro yuqori barqarorlik va ishonchlilikni mujassamlashtirgan. Windows XPning ikki rusumi mavjud: Home va Professional. Microsoft har ikkala rusumning mobilligiga katta e’tibor qaratdi, shu jumladan, qo‘shdi. Simsiz tarmoqlarga ulanish uchun “plug-and-play” vositasini ham, Windows XPda «XP» «eXPerience»ni anglatadi.
Shajaraviy ma’lumotlar bazasi. U tizimga oid barcha axborotni markazlashgan ravishda Windows operatsion tizimida saqlaydi. Masalan, hisoblash tizimining tarkibiy tuzilmasi, o‘rnatilgan dasturlar to‘g‘risida ma’lumot, foydalanuvchi tomonidan sozlanadigan turli ko‘rsatkichlarning qiymatlari va sh.k.
Foydalanuvchi reyestrdagi axborotni maxsus dasturlar yordamida o‘zgartirishi mumkin, ammo, ma’lumotlarni malakasiz o‘zgartirish tizimni ishga yaroqsiz holatga olib kelishi mumkin.
Windows uchun Internet nomlari xizmati. Windows 2000 va Windows NT OT bilan birga yetkaziluvchi, kompyuterlar nomlari
va ularning IP manzillari muvofiqligi mam’lumotlar bazasini qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiluvchi dasturiy ta’minot. WINS dasturiy ta’minoti Windows asosidagi MHTda ishlash paytida DNS xizmatini to‘ldiradi. WINS NetBIOS nomlarini ruxsat etish (nomni manzilga aylantirish) uchun xizmat qiladi.
Windows
operatsion tizimi
va Intel
mikroprotsessorlari birikmasiga tegishli atama. Ba’zan atama Microsoft va Intel kompaniyalari o‘rtasidagi alyansni belgilash uchun istehzoli manoda ishlatiladi. Bu Windows 3.x va Windows 95
tizimlari faqat
x86 mikroprotsessori me’moriy tuzilmasida amalga oshirilishi mumkinligi bilan bog‘liq. Biroq, ta’kidlab o‘tish kerakki, hozirgi paytda
Windows OT boshqa turdagi protsessorlarda ham yuklatilishi mumkin, Linux OT esa Intel mikroprotsessorida yuklanishi mumkin.
WIPO
350
qisq.: World Intellectual Property Organization Jahon tafakkuriy mulk huquqlari tashkiloti. WLAN qisq.: Wireless Local Area Network Simsiz ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i. WMA qisq.: Windows Media Audio Windows uchun audiofayl formati, WMA formati. Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tovushni kodlash uslubi. WML qisq.: Wireless Markup Language qarang: WML gipermatnli belgi solish tili WML gipermatnli belgi solish tili ingl.: Wireless Markup Language (WML) rus.: язык гипертекстовой разметки WML WAP bayonnomasiga mos tarzda, axborotni mobil telefonning kichik ekranida aks ettirish uchun maxsus yaratilgan til. XML tili asosida ixtisoslashgan markerlash tili. Internetda axborot resurslarini yaratish uchun
foydalaniladi. Ularga WAP-uyg‘unlashadigan uyali telefonlar va boshqa mobil terminallar yordamida ulardan erkin foydalanish mumkin.
IBM
korporatsiyasi tomonidan yaratilgan obyektga-yo‘naltirilgan operatsion tizim.
WorkPlace tizimi,
keng tarqalgan turli operatsion tizimlar muhitida, amaliy jarayonlar faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. WorkPlace audiovideotizimlar, nutqqa ishlov, nurli pero bilan ishlash bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega. World Com korporatsiyasi ingl.: World Com corporation rus.: корпорация World Com Katta kommunikatsiya tarmoqlari operatori. World Com
AQSHda kommunikatsiya tarmog‘iga ega. World Com katta e’tiborni kadrlarni qayta uzatish tarmoqlariga qaratadi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling