Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
o‘zarofaol rejim ingl.: interactive mode rus.: режим интерактивный Chaqirayotgan va chaqirilayotgan qurilmalar orasida haqiqiy
vaqt ko‘lamida axborot ayirboshlash.
Teleko‘rsatuvlarni eshittirish va
foydalanuvchiga qo‘shimcha axborot uzatishni tashkil qilish usuli. Bu teletamoshabinlar va uzatuvchi teleko‘rsatuv markazlari orasida faol ikki tomonlama axborot almashuv yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Microsoft korporatsiyasi tomonidan, o‘zarofaol teleko‘rsatuvlar ehtiyojlari uchun ishlab
chiqilgan tizim. MITV «Microsoft o‘zarofaol teleko‘rsatuvlari» deb ham ataladi. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risidagi» qonuni ingl.: Law “On informatization” of the Republic of Uzbekistan rus.: Закон «Об информатизации» Республики Узбекистан Qonunning maqsadi, axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 2003 yilning 11 dekabrda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofazasi to‘g‘risida» qonuni ingl.: Law “On legal protection of computer software and databases” of the Republic of Uzbekistan rus.: Закон «О правовой охране программ для электронных вычислительных машин и баз данных» Республики Узбекистан Kompyuter uchun dasturlarni va ma’lumotlarni yaratish, huquqiy muhofaza qilish va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun. Qonun 1994 yilning 6 mayida qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi» qonuni ingl.: Law “On electronic document interchange” of the Republic of Uzbekistan rus.: Закон «Об электронном документообороте» Республики Узбекистан Qonunning maqsadi, elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 2004 yilda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi» qonuni ingl.: Law “On Electronic Digital Signature” of the Republic of Uzbekistan rus.: Закон «Об электронной цифровой подписи» Республики Узбекистан Qonunning maqsadi, elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 2003 yilning 11 dekabrda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublika... 330
ingl.: Law “On Electronic Commerce” of the Republic of Uzbekistan rus.: Закон «Об электронной коммерции» Республики Узбекистан Qonunning maqsadi, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 2004 yilda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasining «Pochta aloqasi to‘g‘risidagi» qonuni ingl.: Law “On postal communication” of the Republic of Uzbekistan rus.: Закон «О почтовой связи» Республики Узбекистан Qonunning maqsadi, pochta aloqasini yaratish, foydalanish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 2000 yilning 31 avgustida qabul qilingan.
Qonunning maqsadi, radiochastota spektrini taqsimlash va ishlatish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 1998 yilning 25 dekabrida qabul qilingan.
Qonunning maqsadi, telekommunikatsiyalarni yaratish, foydalanish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun 1999 yilning 20 avgustida qabul qilingan.
Mamlakat hududida barcha telekommunikatsiya turlarini ta’minlovchi O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari majmuasi. o‘zgartgich ingl.: convertor rus.: конвертор Ma’lumotlarni bir mashina kodidan boshqasiga yoki bir formatdan boshqasiga qayta kodlash uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita. O‘zbekiston Respublika... 331
G‘g‘ g‘arazgo‘y ingl.: intruder rus.: злоумышленник 1. Axborot tizimiga va uning resurslaridan beruxsat erkin foydalanishdan mafaatdor shaxs yoki tashkilot. U beruxsat axborot olish va uni o‘zgartirish uchun urinib ko‘rgan yoki g‘arazli harakatlar sodir etib bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 2. Harakatlari, mazkur kompyuter tizimida axborot xavfsizligini buzishga olib kelgan subyekt. 3. G‘arazli niyat bilan qasddan harakat qiluvchi jinoyatchi.
G‘arazgo’y 332
Sh sh shahodatlash ingl.: attestation rus.: аттестация qarang: attestatsiya shakl ingl.: form rus.: форма (sinonim - veb-shakl) Veb-sahifaning axborot kiritishga mo‘ljallangan elementi. Shaklning maydonlari matn bilan to‘ldirilishi yoki ro‘yxatdagi qiymatlardan tanlab olinishi mumkin. Ma’lumotlarni uzatish, qoidaga ko‘ra, tugmachani bosish bilan
bajariladi. Umuman olganda, uzatilgan axborot saytning keyingi hulq-atvoriga ta’sir qiladi. Foydalanuvchilar Internetda ishlab turib,
ko‘pincha turli shakllarni to‘ldiradilar, masalan, izlash mashinasiga talabnoma berishda, qaysidir saytda ro‘yxatdan o‘tishda, veb-pochtadan xat yuborishda. sharhlovchi ingl.: explorer rus.: обозреватель Microsoft Windowsda jildlarning ichini ko‘rib chiqish dasturi shunday ataladi. Internet sharhlovchisi – brouzerning boshqa nomi. shartli bepul dastur ingl.: shareware rus.: условно бесплатная программа Tarmoqda bepul olish mumkin bo‘lgan dastur. Agarda sizga ma’lum dastur yoqqan bo‘lsa va siz undan foydalanayotgan bo‘lsangiz, siz ushbu dastur muallifiga to‘lov jo‘natishingiz shart. To‘lov miqdori, muallif ismi va manzili dasturning o‘zi bilan tarqatiladigan maxsus fayl ichida joylashgan bo‘ladi. shaxsiy aynanlash raqami ingl.: personal ID rus.: персональный идентификационный номер qarang: shaxsiy identifikatsiya raqami shaxsiy hayot sirini muhofazalash ingl.: protection of privacy of personal life rus.: защита тайны личной жизни Shaxsiy hayot sirlarini ta’minlash uchun bajarilayotgan tadbirlar. Tadbirlar, ayrim
shaxslar haqidagi ma’lumotlarni muhofazalash va ularni yig‘ish, to‘plash va ularga ishlov berishga cheklovlarni o‘z ichigi oladi.
Biror kimsaning shaxsiy kodi bo‘lib, undan erkin foydalanish boshqariladigan tizimdan erkin foydalanish uchun imkoniyat yaratishga xizmat qiladi.
Aniq shaxsga tegishli bo‘lgan va elektron raqamli imzoni yaratishda qo‘llaniladigan ramzlarning tartiblangan to‘plami. shaxsiy imzo kaliti egasi ingl.: owner of private key rus.: владелец личного ключа подписи Shaxsiy imzo kaliti egasi. Bu mazkur kalit va unga mos imzoni tekshirish kalitini yaratgan aniq jismoniy yoki yuridik shaxsdir. Shaxsiy imzo kaliti egasi o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni sir tutishi va tasodifan yo‘qolishi yoki o‘zgartirilishidan muhofaza qilishi shart. qarang: Elektron raqamli imzo. shaxsiy kalit ingl.: private key rus.: личный ключ Shifrlangan matnni ochiq matnga o‘girish uchun mo‘ljallangan faqat uning
egasi tomonidan qo‘llaniladigan va sir tutiladigan kalit.
Shaxsan foydalanish uchun mo‘ljallangan hammabop kompyuter.
Shaxsiy kompyuterga ulanadigan uncha katta bo‘lmagan tashqi qurilma. 32-razradli PC Card texnologiyasi dastlab ixcham
shaxsiy Sh sh
333
kompyuterlarga tashqi xotira qurilmasini ulash uchun
ishlab chiqilgan edi. Shaxsiy
kompyuterlarga mo‘ljallangan bu yechim
shunchalik muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdiki, RS kartalarni kompyuterlarning turli rusumlarida ishlata boshladilar. Shu bilan birga, ulanadigan obyektlar ro‘yxatiga turli tashqi qurilmalar, modemlar, tasvir va tovush kiritish qurilmalari, faks-apparatlar va tarmoqlar kirdi. shaxsiy pochta qutisi ingl.: personal mail box rus.: персональный почтовый ящик Pochta serverida foydalanuvchi (uning nomiga kelgan va jo‘natilishi lozim bo‘lgan) xatlarini saqlash uchun ajratilgan disk joyi. Pochta serveriga ulanishdan keyin foydalanuvchi pochta qutisi bilan ishlaydi va unga xatlarni jo‘natish uchun joylashtiradi, unga kelgan xatlarni oladi va h.k. shaxsiy radiochaqiriq ingl.: personal wireless call rus.: радиовызов персональный qarang: peydjing shaxsning axboriy erkinligi ingl.: information freedom rus.: информационная свобода личности Insonning o‘z hayoti, kasbiy faoliyati va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan axborotni olish imkoniyati. Shu bilan birga, u yoki bu tabiiy yoki ijtimoiy hodisalar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini ifoda etish,
axborotni boshqa
odamlarga berish, ya’ni uni jamiyatda tarqatish ham tushuniladi. sheriklik ingl.: collocation rus.: колокейшн O‘z Internet serverini provayder «ustunida» joylashtirish.
Xizmat qilishni rad etishga olib keluvchi kutilmagan yoki atayin qilingan ko‘p hajmdagi ma’lumotlarni kiritish. shifr ingl.: cipher rus.: шифр Axborotni ko‘rib, uning ma’nosini anglashni muhofaza etish maqsadida qandaydir maxfiy elementdan foydalangan holda
qaytar o‘zgartirish usuli. Bu holda dastlabki axborot ochiq matn deb ataladi, unga shifrni tatbiq qilish natijasi esa, yopiq matn yoki shifrmatn deb ataladi.
Dastlabki matnni shifrmatnga va shifrmatnni dastlabki matnga o‘girish uchun berilgan algoritm bo‘yicha yaratilgan soxta (psevdo) tasodifiy 0 va 1 raqamlardan iborat ketma-ketlik. Chet el adabiyotida «gamma» atamasining sinonimi «kalit oqimi» bo‘ladi.
Dastlabki matnni shifrlash natijasi. Uni
kriptografik usullarsiz dastlabki matnga o‘girib bo‘lmaydi. shifrlangan matnga hujum ingl.: attack on encrypted text rus.: атака на зашифрованный текст Faqat shifrlangan matn asosida kriptoanalitik uyushtirayotgan tahliliy hujum.
Kriptografik uslublardan (shifrmatnga va dastlabki matnga o‘girish, elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish, xesh- funksiya shakllantirish va
tekshirish) foydalanishga asoslangan axborotni o‘zgartirish jarayoni. Axborotni shifrlash uni begonalar tomonidan o‘rganish yoki
o‘zgartirish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Shuningdek, ma’lumotlarga va
dasturlarga, ulardan
noqonuniy foydalanish maqsadida, ruxsatsiz raqamli imzo tizimiga kirishning oldini olishni ta’minlaydi. Shifrlashning ikki usuli mavjud: simmetrik va asimmetrik. Simmetrik shifrlashda, kodlash va kodni ochish uchun birgina kalitning o‘zidan foydalaniladi. Asimmetrik shifrlashda ikkita kalitdan foydalaniladi. Ulardan biri (ochiq kalit) dastlabki matnni shifrmatnga o‘girishni, ikkinchisi esa (yopiq kalit) dastlabki matnga o‘girishni ta’minlaydi. Sh shifrlash
334
shifrlash algoritmi ingl.: ciphering algorithm rus.: алгоритм шифрования Shifrning rasmiy tavsifi. shifrlash vositalari ingl.: ciphering tools rus.: шифровальные средства 1. Apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar, tizimlar va majmualar. Ular axborotni kriptografik o‘zgartirishlar algoritmini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan axborotga hamda ishlov berishda, saqlashda, kanallar orqali uzatishsa, texnika vositalarida, shu jumladan shifrlash texnikasida aylanib yurgan axborotni muhofazasi uchun xizmat qiladi. 2. Kalit axboroti tashuvchisining turidan qat’iy nazar, shifrlash vositalarida foydalaniladigan, kalit hujjatlarini tayyorlash va taqsimlashga mo‘ljallangan apparat, dasturiy va apparat- dasturiy vositalar, tizimlar va majmualar. shifrmatn ingl.: cipher text rus.: шифртекст qarang: shifrlangan matn shifrmatnga o‘girish ingl.: enciphering rus.: зашифрование Dastlabki matnga shifrlash kalitidan foydalanib ma’lum algoritm bo‘yicha qaytar, ya’ni teskarisi mavjud bo‘lgan
o‘zgartirisharni qo‘llash jarayoni. Jarayon natijasida shifrlangan matn (shifrmatn) hosil bo‘ladi.
1. Shifrlash kalitisiz ma’lumotlarni dastlabki, ya’ni shifrlashdan oldin bo‘lgan shaklga keltirish; 2. Shifrlashga teskari amal.
1. Kompyuterning bir qismidan ikkinchi qismiga ma’lumotlar uzatuvchi jismoniy vosita. Eng yuqori o‘tkazish qobiliyatini ta’minlash uchun, ko‘pincha shina paralell yotqizilgan ko‘p sonli liniyalarga egadir. Shu sababli, shinalarni yaratishda yassi kabellardan foydalaniladi. Odatda «shina»atamasi «ichki shina» ma’nosida foydalaniladi. Bu shina kompyuterning barcha ichki tarkibiy qismlarini markaziy protsessor va xotira bilan ulaydi. Xuddi shunday, kengaytirish kartalarini protsessor va xotiraga kirishini ta’minlashga mo‘ljallangan «kengaytirish shinasi»dan foydalaniladi. Ixtiyoriy shina ikki qismdan - manzil shinasi va ma’lumotlar shinasidan tashkil topadi.
Ma’lumotlar shinasi
ma’lumotlarning o‘zini uzatsa, manzil shinasi esa ma’lumotlarni qabul qilib oluvchi haqidagi axborotni uzatadi. Shinaning o‘lchamini (uning kengligini) bir vaqtning o‘zida uzatilayotgan ma’lumotlar hajmi bilan belgilanadi. Masalan, 16-bitli shina 16 bit ma’lumotlarni uzatish imkoniga ega, 32-bitli shina bo‘lsa-32-bitli ma’lumotlarni uzatadi. 2. Tarmoqlarda, mahalliy tarmoqning barcha qurilmalarini ulaydigan markaziy kabel. Uni xuddi shunday magistral deb ham atashadi.
1. Tashqi yoki boshqa tarmoq bilan aloqa stansiyasi. Bir biri bilan uyg‘un bo‘lmagan tarmoqlar aloqasini, hamda bir tarmoq doirasida bir biri bilan uyg‘unlashmagan qo‘llanmalarni o‘zaro ishlashini ta’minlashi mumkin. 2. Xilma
xil arxitekturali kompyuter tarmoqlarini ulaydigan, funksional qurilma yoki dastur. Buning
evaziga, ular
orasida ma’lumotlar almashuvi sodir bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
1. Aloqada – liniyada signallarni butligiga xalal beruvchi to‘siq. Shovqin turli manbalardan chiqishi mumkin, shu jumladan, radioto‘lqinlar, yaqinda joylashgan elektr simlari, chiroqlar va sifatsiz ulanishlar. Optik tolali kabellarni metall kabellarga nisbatan afzalligi shundaki, ular shovqin ta’siriga kamroq moyildirlar. 2. Signalni yoki xabarni sof uzatishga to‘sqinlik qiladigan hamma narsa. Masalan, onlayn forumdagi shovqin, forum mavzusigi aloqasi bo‘lmagan ko‘p sonli xabarlar mavjudligini bildiradi.
shifrlash algoritmi
335
shovqinsimon signal ingl.: spread spectrum signal rus.: шумоподобный сигнал Tanlangan chastota yo‘l-yo‘lsida ko‘p garmonik (sinussimon) tashkil etuvchilarni o‘z ichiga olgan signal. Bunday signallardan foydalanish, ma’lumotlar uzatishni shovqinga bardoshligini kuchaytiradi, radiokanallarni elektromagnit shovqinlardan va xakerlarning aralashuvlaridan yaxshi muhofazani ta’minlaydi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling