Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103

 

virtual server 

ingl.: virtual server 

rus.: виртуальный сервер 

O‘z  veb-serverini  tashkil  qilish  va  qo‘llab-

quvvatlash  va  doimiy  ravishda  Internetga 

ulanishni 

talab 

qilmaydigan, 



WWWda 

axborotni  joylashtirish  uchun  qo‘llaniladigan 

usul.  Bu  holda  siz  yaratgan  axborot  mavjud 

bo‘lgan  provayder  yoki  biron  bir  uchichi  shaxs 

veb-serverida 

joylashtiriladi 

(bepul 

yoki 


ma’lum to‘lovga). Virtual server domen nomiga 

ega  bo‘lishi  mumkin.  Bitta  kompyuterda 

ko‘plab virtual serverlarni joylashtirish mumkin. 

Bunday  yechim  Internetga  doimiy  ulanish 

bo‘lmaganda  doimiy  ulanish  uchun  to‘lashga 

qaraganda 

o‘nlab 

va 


yuzlab 

marotaba 

arzonroqdir. 

 

virtual serverni tashkil qilish 

ingl.: virtual server development 

rus.: организация виртуального сервера 

Hususiy 


veb-serverni 

tashkil 


qilish 

va 


quvvatlash,  hamda  doimiy  Internetga  ulanish 

zaruratini 

chetlab, 

WWW 


da 

axborotni 

joylashtirish uchun ishlatiladigan usul. Bu holda, 

siz  yaratgan  axborot  (bepul  yoki  qandaydir 

to‘lov  bilan)  provayderning  yoki  uchinchi 

shaxsning  mavjud  veb-serverida  joylashtiriladi. 

Virtual  server  domen  nomiga  ega  bo‘lishi 

mumkin.  Bir  kompyuterda  bir  nechta  vitual 

serverlarni joylashtirish mumkin. 

 

virtual uyushmalar 

ingl.: virtual communities 

rus.: виртуальные сообщества 

Internetning 

rivojlanishi 

natijasida 

paydo 

bo‘lgan ushbu atama quyidagilarni bildiradi: 



1.  Elektron  makonda  paydo  bo‘lib  faoliyat 

yurgizuvchi uyushmalarning Yangi turi. 

2.  Tarmoq  foydalanuvchilarining  elektron 

makonda ishlash uchun bir xil qiziqishlarga ega 

bo‘lgan guruhlarga birlashishi. 

 

virtual voqeiylik 

ingl.: virtual reality 

rus.: виртуальная реальность 

1.  Virtual,  ya’ni  haqiqatan  mavjud  bo‘lmagan 

yoki  mavjud  bo‘lib  undan  boshqacha  qabul 

qilinadigan 

muhit. 

«Virtual 



voqeiylik» 

tushunchasi  kompyuter  vositalari  yordamida 

yaratilgan  dunyoni  bildiradi.  U  haqiqatan 

mavjud  bo‘lmaydi,  biroq  kompyuter  insonning 

ko‘rish,  eshitish  va  boshqa  hissiyot  organlariga 

ta’sir  qilib,  ushbu  dunyodan  erkin  foydalanish 

illuziyasini  keltirib  chiqaradi.  Bundan  tashqari, 

inson 


ushbu 

dunyoda 


ro‘y 

berayotgan 

voqealarga  o‘z  ta’sirini  o‘tkazishi  mumkinligi 

voqeiylik 

hissini 

kuchaytiradi. 

Virtual 

voqeiylikdan  erkin  foydalanishning  oddiy 

misoli bu kompyuter o‘yinidir. 

2.  Kuzatuvchini  ekran  orqasidagi  tasavvur 

qilinayotgan  dunyoga  olib  kiruvchi  ko‘rish  va 

eshitishni  ta’minlovchi  kompyuter  tizimlari. 

Foydalanuvchi 

atrofida 

kompyuterlar 

virtual iqtisodiyot 

 


 

311 


tomonidan yaratilgan voqeiylik hissini beruvchi 

tasavvur 

va 

tovushlar 



paydo 

bo‘ladi. 

Foydalanuvchi  sun’iy  dunyo  bilan  uning 

harakatlari  va  tuyg‘ularini  hamda  audiovizual 

effektlarini  bog‘lovchi  shlem  va  qo‘lqop  kabi 

turli sensorlar orqali muloqotda bo‘ladi. Virtual 

voqeiylik 

sohasidagi 

kelgusi 

tadqiqotlar 

kuzatilayotgan 

narsalarning 

haqqoniyligi 

tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan. 

3.  Axboriy  o‘zaro  ta’sir  qilishning  Yangi 

texnologiyasi.U  murakkab  multimedia-amaliy 

muhitlar  yordamida  voqeiy  vaqtda  bo‘rttirilgan 

tarzda  aks  ettirilgan  «ekran  dunyosidan» 

bevosita  erkin  foydalanish  va  unda  bo‘lish 

illuziyasini 

yaratadi. 

Bu 


foydalanuvchi 

tasavvurida yaratiladigan mavhum dunyodir. 



 

virtual xosting 

ingl.: virtual hosting 

rus.: виртуальный хостинг 

Bitta  Internet  provayderi  (xosting  provayderi) 

serveri  bir  necha  (yuz  va  minglab)  kichik  va 

katta 


hajmdagi 

virtual 


veb-saytlarning 

faoliyatini 

ta’minlaydigan 

xizmat. 


Ushbu 

xizmat  virtual  serverlar  xostingi  deb  ham 

nomlanadi. 

 

virtual xususiy tarmoq 

ingl.: virtual private network (vpn) 

rus.: виртуальная частная сеть 

Ma’lumotlarni  uzatish  muhiti  sifatida  mavjud 

bo‘lgan 

kommunikatsiya 

infratuzilmasi, 

masalan  Internet  tarmog‘idan  foydalanuvchi 

tarmoq.  Xavfsizlik  masalalari  uzatilayotgan 

ma’lumotlarni  shifrlash  va    beruxsat    erkin 

foydalanishning 

oldini 


olishning 

qator 


mexanizmlaridan 

foydalanish 

orqali 

ta’minlanadi. 



 

virus 

ingl.: virus 

rus.: вирус 

qarang: kompyuter virusi 

 

virusga qarshi dastur 

ingl.: antivirus software 

rus.: антивирусная программа 

1.  Viruslarni  aniqlash  uchun  yaratilgan  dastur. 

U  tuzatish  harakatini  taklif  qilishi  yoki  o‘zi 

amalga oshirishi mumkin. 

2.  Kompyuter  virusi  tushgan  fayllarni  izlash, 

aniqlash,  profilaktika  qilish  va  «davolash» 

uchun  mo‘ljallangan  xizmat  qiluvchi  dastur. 

Izlash  va  aniqlash  jarayonida  viruslangan 

fayllar  va  virus  turi  aniqlanadi.  Profilaktika 

virus  tushishining  oldini  olish  imkonini  beradi. 

Masalan,  rezident  virusga  qarshi  dastur  amaliy 

tizimning  fayllaridan  foydalanuvchi  ruxsatisiz 

foydalanish,  boshlang‘ich  yuklash  sektoriga 

yozish  va  shu  kabi  harakatlarning  oldini  oladi. 

Davolash  virusni  bartaraf  qilish,  viruslangan 

fayllarni qayta tiklash va h.k.ni bildiradi. 



 

virusning tavsifli belgisi 

ingl.: virus’ usual attribute 

rus.: характерный признак вируса 

Bitlarning  noyob  ketma-ketligi.  U  muayyan 

virusning  har  bitta  nusxasiga  xos  bo‘lib, 

skanerlovchi 

dastur 

tomonidan 



virus 

mavjudligini 

aniqlash 

uchun 


ishlatilishi 

mumkin. 


 

VisiCalc 

Birinchi elektron jadvallar – 1978 yilda Deniyel 

Briklin tomonidan yaratilgan dastur. 

 

Visual Basic tili 

ingl.: Visual Basic language 

rus.: язык Visual Basic 

Qo‘llanmalarni  ishlab  chiqish  uchun  Microsoft 

kompaniyasi 

tomonidan 

ishlab 

chiqilgan 



dasturlash  tili  va  muhiti.  Visual  Basic,  BASIC 

tiliga  asoslangan  va  foydalanuvchi  interfeysini 

ishlab  chiqish  uchun  grafik  dasturiy  muhitni 

taqdim  qiladigan  birinchi  mahsulotlardan  biri 

bo‘lgan.  Dasturchilar,  Visual  Basic  tilida 

bo‘lg‘usi dasturning interfeysini shaklga kerakli 

boshqarish  vositalarini  (tugmacha  va  muloqot 

oynalarini)  joylash  hisobiga,  keyin,  ularning 

tashqi  shaklini  va  xossalarini  aniqlash  orqali 

yaratadilar.  Visual  Basic  obyektlar  uchun  aloqa 

va  butlash  texnologiyasini  quvvatlaydi.  Visual 

Basic  mazmunan  obyektga-yo‘naltirilgan  til 

demay,  uni  ko‘proq  «hodisalarga  asoslangan 

til»  (event-driven  language)  deb  atashadi, 

chunki  har  bir  obyekt  turli  hodisalarga  javoban 

harakat 


qiladi 

(masalan, 

sichqoncha 

tugmachasini 

bosish). 

Visual 


Basicda 

qo‘llangan  yondashuv,  1990  yil  tilning  chiqqan 

kunidan  boshlab,  dasturlash  tillari  uchun 

standart  bo‘lib  qoldi.  Hozirga  kelib,  bir  qancha 

dasturlash tillari, shu jumladan, Ci, C++, Pascal, 

va  Java  tillari  uchun  qo‘llanmalar  ishlab 

chiqishning  vizual  vositalari  mavjud.  Visual 

Basic tili bir necha tahrirlarda chiqarilgan: 



Visual Basic tili 

 


 

312 


-  standart  nashr,  havaskorlarga  -  talaba, 

o‘quvchi  va  dasturlashning  o‘ziga  xos  xobbi 

hisoblagan shaxslar uchun mo‘ljallangan; 

-  kasbiy  nashr,  dasturchi  mutaxassislar  uchun 

mo‘ljallangan; 

-  tadbirkorlik  nashri,  mijoz-server  me’moriy 

tuzilmasida  murakkab  amaliy  jarayonlarni 

yaratadigan  ishlab  chiquvchilar  jamoasi  uchun 

mo‘ljallangan. 

 

Visual C++ tili 

ingl.: Visual C++ 

rus.: язык Visual C++ 

Dasturchilar  uchun  C++  tilida,  Microsoft 

kompaniyasi 

tomonidan 

ishlab 

chiqilgan 



qo‘llanmalarni  ishlab  chiqish  vositasi.  Visual 

C++ 


IDE 

ishlab 


chiqish 

muhiti 


bilan 

uyg‘unlashgan 

32 

– 

bitli 



Windows 

qo‘llanmalarni  obyektga-yo‘naltirilgan  tarzda 

dasturlashni, 

Ci/C++ 


kompilyatorini 

va 


Microsoft  Foundation  Classes  (MFC)  deb 

ataladigan  sinflar  kutubxonasini  quvvatlaydi. 

Visual C++ tili 1993 yili chiqqan. 

 

Visual FoxPro tili 

ingl.: Visual FoxPro language 

rus.: язык Visual FoxPro 

Visual 


FoxPro, 

ma’lumotlar 

bazalari 

qo‘llanmalarini  ishlab  chiqish  tilidir.  Visual 

FoxProning 

so‘nggi 


rusumlari, 

obyektga-

yo‘naltirilgan  dasturlash,  COMni  quvvatlash, 

mijoz-server 

texnologiyalarini 

quvvatlash, 

ichiga o‘rnatilgan ma’lumotlar bazasi va boshqa 

ma’lumotlardan 

erkin 

foydalanish 



texnologiyalari  kabi  funksiyalar  to‘plamini 

taqdim qiladi. 



 

VLAN 

qisq.: Virtual Local Area Network 

[Ma’lumotlarni  uzatish  uchun]  virtual  mahalliy 

tarmoq, 

VLAN 


texnologiyasi. 

Mavjud 


ma’lumotlarni 

uzatish 


mahalliy 

tarmoqni 

mustaqil  mantiqiy  kichik  tarmoqlarga  bo‘lish 

imkonini  beradi.  Tarmoq  jihozlari  tomonidan 

qo‘llab-quvvatlanadi. 

 

VLSI 

qisq.: Very Large Scale Integration 

O‘ta 


keng 

ko‘lamli 

birlashtirish. 

Bitta 


mikrosxemadagi  elementlar  soni  minglab  va 

millionlab 

hisoblanadigan 

birlashtirish 

pog‘onasi (SBIS). 

 

VM 

qisq.: 

1. Virtual Machine – Virtual mashina.  

2. Virtual Memory – Virtual xotira. 

 

VME 

qisq.: VersaModule Eurocard bus 

qarang: VME shinasi 

 

VME shinasi 

ingl.: VME (VersaModule Eurocard) bus 

rus.: шина VME 

«Virtual  xotiraning  kengaytmasi»  deb  atalmish 

32  bitli  shina.  1981  yilda  Motorola,  Signetics, 

Mostek  va  Thompson  CSF  kompaniyalari 

tomonidan ishlab  chiqilgan.  Dunyodagi  300dan 

ortiq ishlab chiqaruvchilarning sanoat, tijorat va 

harbiy  mahsulotlariga  qo‘llanmalarida  keng 

foydalaniladi. 

VME64, 

VME 


shinaning 

kengaytirilgan  rusumi  bo‘lib,  u  64  bitli 

manzillash 

va 


ma’lumotlarni 

uzatishni 

ta’minlaydi. 

 

VMS 

qisq.: Virtual Memory System 

Virtual  xotirali  tizim,  VMS  OT.  DEC 

kompaniyasi  kompyuterlari:  VAX  va  Alpha 

(OpenVMS 

rusumi) 

uchun 


yaratilgan 

operatsion  tizim.  Virtual  xotira  tomoyillariga 

asoslangan. 

 

voqea 

ingl.: event 

rus.: событие 

Muayyan 


tizim 

holatining 

bir 

lahzada 


aniqlanadigan o‘zgarishi. 

Kompyuter  qurilmasidan  operatsion  tizim, 

dastur yoki drayverga jo‘natiluvchi signal. 

Voqeaga 


yo‘naltirilgan 

dasturlashtirishda 

dasturlashtiruvchi  voqealarga  javob  berish 

tartibotlarini belgilashi mumkin bo‘lgan ko‘plab 

turli voqealar nazarda tutiladi. 

 

VPN 

qisq.: Virtual Private Network 

Virtual xususiy tarmoq. Umum foydalanishdagi 

ma’lumotlar  uzatish  tarmog‘i  (Internet)  asosida 

tunnellashtiruvchi  bayonnomalar  va  trafikni 

shifrlash 

vositalaridan 

foydalangan 

holda 


qurilgan  muhofaza  qilingan  ma’lumotlarni 

uzatish tarmog‘i. 



 

VR 

Visual C++ tili 

 


 

313 


qisq.: Virtual Reality 

Virtual voqeiylik. 



 

VRAM 

qisq.: Video Random Access Memory 

Videotasvirlar uchun TXQ. Videomonitor (kadr 

buferi)ga  uzatiluvchi  tasvirni  vaqtinchalik 

saqlash uchun tezkor xotira. 



 

VRML 

qisq.: Virtual Reality Modeling Language 

qarang: virtual borliqni modellash tili 

 

VSAT 

qisq.: Very Small Aperture Terminal 

qarang: VSAT terminali 

 

VSAT terminali 

ingl.: Very Small Aperture Terminal (VSAT) 

rus.: терминал VSAT 

Yo‘ldosh orqali kommunikatsiya ishlanmalarida 

qo‘llanadigan  diametri  1  metrdan  3  metrgacha 

bo‘lgan  nisbatan  katta  bo‘lmagan  yo‘ldosh 

antennasi.  Antennaning  ixchamligi  yer  usti 

stansiyalarni  o‘lchamlari  va narxini kamaytirib, 

ularning  qo‘llanishi  ommaviy  tus  oldi  va 

abonent  tizimlarga  yaqin  yerlarda  masalan, 

binolar  tomida,  joylashtirish  imkonini  berdi. 

VSAT terminallari qator sohalarda ishlatiladi. 

1. Keng eshittirishlarda. Yo‘ldoshdan ko‘p sonli 

abonentlarga  mo‘ljallangan  axborot  uzatilgan 

hollarda,  masalan,  birja  xabarlari,  yangiliklar, 

ob-havo  ma’lumoti,  brokerlik  ma’lumotlari, 

moliyaviy  ma’lumotlar,  pochta  jo‘natmasi  va 

boshqalar. 

2. 

Turli 


asboblar 

ko‘rsatmalarini 

terish 

(meteorologiyada,  ekologiya  majmualarida  va 



h.k.)  va  axborotni  yig‘ishda,  masalan,  savdo 

nuqtalarida. 

3. 

Mobil 


aloqa 

tizimlarini 

yaratishda 

(harakatlanuvchi  obyektlar–  avtomobil,  kema 

va poyezdlar bilan aloqada). 

 

VSAT terminali 



 

314 


Xx

 

 

X.25 

Paketlarni  uzib-ulashga  asoslangan  tarmoqlarda 

ma’lumotlarga 

ishlov 


berish 

va 


kompyuterlardan 

erkin 


foydalanishni 

tavsiflovchi  standart.  Shaxsiy  kompyuterlar  va 

modemlar bo‘lmagan eraning  eski,  biroq  hanuz 

keng 


tarqalgan 

standarti. 

Foydalanuvchi 

jihozlari  (DTE)  va  tarmoq  yetkazib  beruvchisi 

jihozlarning (DCE) o‘zaro ishlashini tavsiflaydi. 

Ushbu  CCITT  tavsiyasi  faqat  o‘zaro  ishlashni 

belgilaydi;  u  na  tarmoqning  ichki  ishini,  na 

uning  boshqarilishini  standartlashtiradi.  X.25 

to‘la ma’noda standart hisoblanmaydi: u doimiy 

va  bir  tarzli.  U  ko‘plab  shakllarga  ega  va 

ularning 

hech 


qaysisi 

boshqalar 

bilan 

uyg‘unlikni ta’minlamaydi. 



 

X.400 

Elektron  pochtani  xalqaro  jo‘natish  uchun 

bayonnoma  standartlari  to‘plami.  Bu  elektron 

pochta  xabarlari  bilan  ishlash  tizimlari  uchun 

yangi  standart  xabarlarga  nafaqat  matn,  balki 

boshqa  axborotni  ham,  masalan,  fakslar  va 

grafik  tasvirlarni  qo‘shish  imkonini  beradi. 

Yetkazib  beruvchilar  tomonidan  asosan  turli 

elektron  pochta  tizimlari  bilan  ishlash  quroli 

sifatida qo‘llab-quvvatlanadi. 



 

X.500

 

Kompyuter 



manzil-ma’lumotnoma 

xizmati 


standarti,  e-mail  uchun  “oq  sahifalar”  sifatida 

ishlatiladi.  Saqlanayotan  axborot  tarmog‘ining 

turli 

elementlariga 



jumladan, 

tizimlar, 

jarayonlar, 

foydalanuvchilarga 

tegishlidir. 

Bunday 


xizmat 

mavjudligining 

afzalligi 

shundaki, 

bu 

foydalanuvchiga 



tarmoq 

tomonidan,  hamda  boshqa  foydalanuvchilar 

tomonidan,  tarmoq  tuzilmasida  o‘zgarishlar  va 

h.k.ta’sirini  eng  kichik  darajaga  keltirish 

imkonini beradi. 

 

xab  

ingl.: hub 

rus.: хаб 

Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa ulash uchun 

qurilma.  Odatda  signal  kuchaytiruvchisi  bilan 

birlashtiriladi.  Bir  necha  ulash  uyali  quti 

shakliga  ega.  Xab  yordamida  bog‘langan 

kompyuterlar muloqoti “bittasi uzatadi – barcha 

eshitadi”  tamoili  bo‘yicha  amalga  oshiriladi. 

Eng  oddiy  xablar  ko‘p portli takrorlovchilardir. 

Xablar  BNC,  RJ-45,  AUI  ulash  uyalari 

to‘plamiga 

ega 

bo‘lib, 


manbadan 

qabul 


qiluvchiga  uzatish  uchun  kabel  tanlashni 

ta’minlashi  mumkin.  Xab  portiga  alohida 

bog‘lama  ham,  boshqa  xab  ham  ulanishi 

mumkin.  Turli  xil  portlar  to‘plamiga  ega 

bo‘lgan  xablar  turli  kabel  tizimli  tarmoq 

qismlarini 

birlashtirish 

imkonini 

beradi. 

Murakkabroq  va  qimmatroq  xillari  ham 

mavjud: Switched HUB, Stackable HUB. 

 

xabar 

ingl.: message 

rus.: сообщение 

1. 


Foydalanuvchiga 

hisoblash 

tizimining 

tarkibiy 

qismlari 

tomonidan 

hisoblash 

jarayonining  rivojlanishi  yoki  holati  to‘g‘risida 

beriladigan axborot. 

2. Ma’lum kompyuter tarmog‘i yoki kompyuter 

aloqasi  tizimida  bu  belgilangan  ravishda 

ma’lumotlarni  uzatish  uchun  tayyorlangan 

ma’lumotlar  ulushi.  Misol:  elektron  pochtasi 

xabari.  Xabar  odatda  sarlavha  va  xabar  oxiri 

haqida  belgiga  ega,  sarlavha  jo‘natuvchi  va 

qabul  qilib  oluvchi  to‘g‘risida  axborotga 

(masalan, ularning ismlari  va  manzillari),  xabar 

mazmuni 


va 

uzunligi 

to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarga  hamda  xabarning  jo‘natilgan 

vaqti haqidagi ma’lumotlarga ega. 

3.  Parallel  hisoblash  jarayonlari  o‘rtasida 

sinxronlash va axborot almashish vositasi. 

4.  Elektronika  vositalari,  optik  va  shu  kabi 

vositalar, 

jumladan 

(biroq, 

ular 


bilan 

cheklanmaydi) 

ma’lumotlarning 

elektron 

almashuvi,  elektron  pochtasi,  telegramma, 

teleks  yoki  telenusxalar  yordamida  tashkil 

qilingan,  jo‘natilgan,  qabul  qilib  olingan  yoki 

saqlanayotgan axborot. 

5.  Ma’lum  shaklda  ifodalangan  va  axborot 

manbaidan  uni  qabul  qilib  oluvchiga  turli  fizik 

tabiatga  ega  bo‘lgan  signallar  yordamida 

uzatish  uchun  mo‘ljallangan  axborot.  Turli 

aloqa  kanallari  orqali  uzatiladigan  telegramma, 

fototelegramma, nutq, musiqa, televizion tasvir, 

Xx 

 


 

315 


kompyuterdan  chiqishdagi  ma’lumotlar  va h.k., 

shuningdek  muhofaza  obyektlaridan  keluvchi 

turli  fizikaviy  tabiatga  ega  bo‘lgan  signallar 

xabar bo‘lishi mumkin. 



 

xabar autentifikatsiya kodi 

ingl.: message authentication code 

rus.: код аутентификации сообщения 

1.  Ma’lumotlar  (ochiq  yoki  shifrlangan  matn) 

va maxfiy kalit funksiyasi bo‘lgan, ma’lumotlar 

autentifikatsiyasini  amalga  oshirish  uchun 

ma’lumotlarga  qo‘shib  jo‘natiladigan  axborot 

(bitlar ketma – ketligi) majmui. 

2. 

Xabarlarni 



turlashdan 

va 


yolg‘on 

ma’lumotlarni  tiqishtirishdan  muhofazalashga 

mo‘ljallangan  mexanizm.  Birmarotabalik  yon 

daftar,  xesh-funksiya,  oqimli  va  blokli  shifrlar 

mexanizmlariga asoslanishi mumkin. 

 

xabar autentifikatsiyasi 

ingl.: message authentication 

rus.: аутентификация сообщения 

Xabarning  mo‘ljallangan  manba  tomonidan 

oldindan belgilangan oluvchiga yuborilganligini 

va 


ushbu 

xabarning 

uzatish 

paytida 


o‘zgartirilmaganligini tekshirish. 

 

xabar jo‘natuvchisi 

ingl.: message sender 

rus.: отправитель сообщения 

Xabarni  jo‘natmoqchi  yoki  saqlashdan  oldin 

xabar  hosil  qilmoqchi  bo‘lgan  (yoki  uning 

nomidan  harakat  qilgan)  shaxs, ammo,  xabarga 

nisbatan vositachi shaxs bunga kirmaydi. 

 

xabar oluvchi 

ingl.: message receiver 

rus.: адресат сообщения 

Xabarni  jo‘natuvchi  shaxs  xabar  oluvchi  deb 

mo‘ljallayotgan shaxsni bildiradi, biroq xabarga 

vositachi bo‘lgan shaxs hisobga olinmaydi. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling