Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
xitlar ingl.: hits rus.: хиты Sahifalaringizni ko‘rsatishlar soni.
Ya’ni, saytingiz tashrifchisi tomonidan nechta sahifa ko‘rilgani.
xizmat paketi
320
Mavjud bo‘lgan muammoni hal qiladigan, masalan, xatoni to‘g‘rilaydigan, yoki mahsulotga uning yangi rusumida paydo bo‘ladigan yaxshilanishlarni kirituvchi, dastur rusumining yangilanishi. Mahsulotning yangi nus’hasi chiqqanda u odatda to‘g‘rilashlar va xizmat paketidan yangilanishlarni o‘z ichiga oladi. Xizmat paketlari yuklab olinishi yoki ishlab
chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurilishi mumkin.
Bankdan pul olish, ularni hisobga qo‘yish, boshqa xisobga o‘tkazish imkonini beradigan va odamlar
gavjum yerlarda o‘rnatiladigan terminal. xizmatlar sifati ingl.: Quality Of Service (QoS) rus.: качество услуг 1.
Foydalanuvchiga taqdim
qilingan xizmatlardan uning qoniqish darajasini yig‘ma tafsifnomasi. Xizmat ko‘rsatish sifati uni jihatlari majmui bilan tavsiflanib, qo‘shimcha xizmatlar bilan ta’minlanganligi, ta’sirchanligi, xizmatlarning to‘laligi va boshqa har bir telekommunikatsiyalar (xizmatlar, vazifa) turiga xos bo‘lgan faktorlar bilan belgilanadi. 2. Telekommunikatsiya tizimning uzatilayotgan ma’lumotlarning turiga qarab, xizmatlarni u yoki bu sifatini ta’minlash qobiliyati. Ya’ni, tarmoqning ichki resurslari shunday taqsimlansinki, ma’lumotlar aniq vazifasiga mos, tez va ishonchli uzatilishi mumkin bo‘lsin. Masalan, telekommunikatsiya tarmog‘i bo‘yicha tovush yoki tasvir uzatishda bunday paketlarni harakatlantirishda birinchiligini ta’minlash zarur. Shu bilan birga axborotni yo‘qotmasdan, qabul qilayotgan tomonda tasvir kadridagi «tushib qolish» yoki suhbatdoshning ovozini uzilib qolishiga yo‘l qo‘ymay, uzatish lozim. Internet tarmoqlarning ko‘pchiligi xizmatlar sifatini bunday darajasini ta’minlay olmaydi. xizmatlari birlashgan keng yo‘l-yo‘lli raqamli tarmoq ingl.: B-ISDN (Broadband Integrated Services Digital Network) rus.: широкополосная цифровая сеть с интеграцией услуг ISDN
standartini ko‘rsatkichlarini kengaytiradigan spetsifikatsiyalar. ITU tomonidan 1998 yili ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Bu,
tovushni, videoni
va ma’lumotlarni tezkor birlashtirib uzatishni amalga oshirish imkonini beradigan kommunikatsiya texnologiyasi XXI
asrda yetakchi bo‘lib qoladi. B-ISDN asosida ATM uzib-ulash texnologiyasidan foydalanish nazarda tutilmoqda, shu bilan birga, SONET magistral ulovchi kanallar o‘zak texnologiyasi sifatida foydalaniladi. xizmatlari birlashgan raqamli tarmoq ingl.: Integrated Services Digital Network (ISDN) rus.: цифровая сеть с интеграцией услуг Uzib-ulanadigan telefon liniyasi bo‘ylab raqamli aloqa uchun xalqaro standart. U kompyuter va ko‘pshaklli tashuvchi (ovoz, video) trafik uzatish uchun foydalaniladi. Odatda, bitta foydalanuvchining ISDN-liniyasi 64 Kbit/s li ikkita kanal orqali ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi. 16 Kbit/s li kanaldan esa, boshqaruv axborotini uzatish
uchun foydalaniladi. Mahalliy tarmoqlar ISDN- kanalga
yo‘naltirgich orqali,
ayrim foydalanuvchilar esa, ISDN-modem oqali ulanadilar. Tashkilotlar uchun, 23x64 Kbit/s ni ta’minlovchi ISDN-kanal va boshqaruvchi kanal qabilida ulanish mumkin.
1. Tizimni ixtiyoriy qismini ishdan chiqishiga, bu holda u, o‘zining funksiyalarini bajarishni to‘tatishiga olib keladigan ixtiyoriy ta’sir yoki ta’sirlar ketma-ketligi. Sabab sifatida, ruxsatsiz erkin
foydalanishni, xizmat
ko‘rsatishda kechikishlarni ko‘rsatish mumkin. 2. Resurslardan mualliflashgan erkin
foydalanishga to‘sqinlik qilish yoki vaqt bo‘yicha nozik amallarni kechiktirish. XML qisq.: eXtensible Markup Language qarang: gipermatnli markerlashning kengayuvchan tili xost ingl.: host xizmat terminali
321
rus.: хост Kommunikatsiya va tarmoq
resurslaridan (modemlar, faks-modemlar, katta kompyuterlar va h.k.)
erkin foydalanish vazifalarini bajaruvchi, tarmoq bog‘lamalarida o‘rnatilgan kompyuter (server). Asosiy, yetakchi, markaziy kompyuter deb ham ataladi. xosting ingl.: hosting rus.: хостинг qarang: veb-xosting xotira ingl.: memory rus.: память 1. Ma’lumotlar joylashtirilishi, saqlanishi va olinishi mumkin bo‘lgan funksional qurilma. 2. Buyruqlarni bajarish uchun ishlatiladigan ishlov berish qurilmasi va har qanday boshqa ichki xotiradagi butun manzil makoni. xotira qurilmasi ingl.: storage unit rus.: запоминающее устройство Ma’lumotlarni keyinchalik chiqarib olish va ishlatish uchun
yozish va
saqlashga mo‘ljallangan xotira qurilmasi. Xotira qurilmasining asosiy tavsifnomalariga quyidagilar kiradi: - xotira hajmi, bitlarda yoki baytlarda o‘lchanadi; - ma’lumotlardan erkin foydalanish usullari; - tezligi (qurilmaga murojaat qilish vaqti); - atrof muhit va elektr kuchlanishning o‘zgarishlariga qaramligi bilan xarakterlanadigan ishlash ishonchliligi; - xotira birligini narxi. Xotira qurilmalari Amaliy Xotira Qurilmalari (OXQ) ga va Tashqi Xotira Qurilmalari (TXQ) ga bo‘linadi. xotirali karta ingl.: memory card rus.: карта с памятью Eng sodda mikroprotsessorli karta. Xotira qurilmasi sifatida xotira - mikrosxemaga ega. Magnit yo‘l kartaning orqa tomonida joylashib, muayyan standartlarga ko‘ra uch yo‘lakchadan iborat.
xotirali uzib-ulash ingl.: store-and-forward rus.: коммутация с запоминанием Uzib-ulash usuli. Bunda qayta uzatish tizimi tomonidan ma’lumotlar bo‘lagi ichidagi narsa to‘la qabul qilingandan so‘ng uzatiladi. Uzib- ulashlash xotiraga olish mumtoz
texnologiyalardan bo‘lib, u paketlar uzib-ulash va xabarlar uzib-ulashda ishlatiladi. Uning mohiyati shundaki, qayta uzatish tizimi qabul qilgan paketdan yoki xabardan sarlavha, oxirgi qism va undagi uzatilayotgan axborot chiqarib olinadi. So‘ngra, xatolarni «davriy ortiqchalik bilan nazorat» CRC yordamida tekshiriladi. Ko‘rilayotgan uzib-ulash oddiy, lekin qayta uzatish tizimida yuz beradigan amallar kechikib amalga
oshadi. Shu
sabadan u tezkor tarmoqlarda to‘ppa-to‘g‘ri boradigan uzib-ulash bilan almashtiriladi. XSL qisq.: eXtensible Stylesheet Language Kengaytiriladigan stillar jadvallari tili, XSL tili. XSL tili XML hujjatlarni o‘girishlarni tavsiflash uchun xizmat qiladi. U ikki qismdan, ya’ni: XSLT tili
va formatlash semantikasini belgilovchi XML lug‘ati (XSL Formatting Objects, XSL formatlashtirish obyektlari) iborat.
XSL
o‘girishlar, XSLT
standarti. XSL
standartining XML hujjatlarini o‘girish tilini tavsiflovchi tarkibiy qismi. X XSLT
322
Yy Y2K qisq.: Year 2000 2000-yil. 2000-yil muammosini belgilash. Muammo mohiyati dasturlarda yil sanalarining to‘g‘ri talqinini ta’minlashdir. Dasturlar faqat yil tartib raqamini saqlash uchun yilning ikkita oxirgi raqamidan foydalanadilar. YACC qisq.: Yet Another Compiler Compiler Kompilyatorlar kompilyatorining yana biri. Matndan mustaqil grammatikalar uchun
mashhur parserlar (sintaksis tahlil dasturlari) generatori. yagona axborot makoni ingl.: common information space rus.: единое информационное пространство Ma’lumotlar bazalari va banklari, ularni olib borish va ishlatish texnologiyalari, axborot- kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar majmui. U yagona tamoyillar va umumiy qoidalar asosida ishlab, tashkilotlar va fuqarolar uchun axborot almashuvini ta’minlash, hamda ularni axborotga ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Axborot tizimlari guruhiga bir paytning o‘zida signallar (ularni
tarqatish vaqtini
ko‘rsatishgacha) uzatuvchi kanal. Yakka kanal yakka kanal tarmog‘ining asosidir. U bir yoki bir necha parallel joylashgan umumiy bo‘g‘inlar, erkin
foydalanish bloklari va abonent
bo‘g‘inlaridan iborat. O‘lchamlari, topologiyasi, o‘tkazish qobiliyati va boshqa tavsifnomalariga ko‘ra quyidagi yakka kanal turlari ajratiladi: shina, magistral yakka kanal, daraxtsimon yakka kanal.
O‘zagi yakka kanal bo‘lgan tarmoq. Yakka kanal tarmog‘i abonent tizimlari guruhini yakka kanalga ulash orqali hosil qilinadi. Tarmoq topologiyasi ishlatilayotgan yakka kanal turi bilan belgilanadi. Odatda yakka kanal tarmog‘i boshqa mahalliy tarmoqlar va
hududiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. yakor ingl.: anchor rus.: якорь HTML hujjatidagi, ularga murojaatlar bo‘yicha tezkor o‘tish uchun hujjatda maxsus markerlar 323
lentaga o‘xshaydi – so‘nggi xabarlar ro‘yxat ustida paydo bo‘lib, oldingilari arxivga ketadi. Internet OAVning ko‘plari o‘z xabarlarini translatsiya qilishni, ya’ni OAV saytidan ma’lum standart formatda yangiliklarni olib, ularni o‘z saytida chop etishni taklif etadi. yashil kompyuter ingl.: green computer rus.: зеленый компьютер Atrof muhitga nisbatan kamroq ta’siri bilan tavsiflanadigan kompyuter. Yashil kompyuter modelini yaratishda foydalanuvchilar salomatligini saqlash, radiatsion va
elektromagnit nurlanishlar darajasini kamaytirish, energiya sarfini
kamaytirish vazifalari qo‘yilgan. AQSH da atrof muhitni muhofaza qilish Agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Energy Star
talablariga javob
beradigan kompyuterlarni yashil deb ataydilar. yashirin jild ingl.: hidden folder rus.: скрытая папка Nomi ostiga chizish belgisi (_)dan boshlanuvchi jild. Yashirin jildlar odatda veb bog‘lamasining qo‘shimcha fayllarini o‘z ichiga oladi. yashirin kanal ingl.: advertising channel rus.: скрытый канал 1. Xavfsizlik siyosatiga rioya qilgan holda ma’lumotlar uzatish
uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar uzatish kanali. 2. Ikkita o‘zaro ishlovchi jarayonga tizim xavfsizlik siyosatiga rioya qilmagan holda axborot almashish imkonini beruvchi axborot uzatish yo‘li.
Shaklda bog‘lamaga tashrif buyuruvchi uchun ko‘rinmas bo‘lib qolib, biroq ma’lumotlarni shakllarga ishlov beruvchiga yetkazib beruvchi maydon.
Foydalanuvchi anglay olmaydigan holda uning ongiga ta’sir qiluvchi reklama. Bunga jumladan maxsus video qo‘shimchalardan foydalanish orqali (juftli yozuv) va boshqa yo‘llar bilan qilinadigan ta’sirlar ham kiradi. yetkazib beruvchilar elektron tarmog‘i ingl.: electronic supply chain rus.: электронная сеть поставщиков Elektron biznes tizimi doirasida harakat qiluvchi, yetkazib beruvchilar zanjiri, tarmog‘i.
Yevropadagi tadqiqotlar o‘tkazish va ta’lim olish uchun mo‘ljallangan tarmoq. EARN tarmog‘i Yevropa, Shimoliy Afrika, Osiyo, AQSH dagi tadqiqotchilarning foydalanish (abonent) tizimlarini birlashtiradi. EARN ning doimiy idorasi Parij atrofidagi Circe da joylashgan. Yevropa ko‘pbayonnomali magistrali ingl.: european multiprotocol trunk rus.: европейская многопротокольная магистраль Yevropa Ebone tayanch tarmog‘i. U o‘z faoliyatini 1991 yilda boshlagan va Internet tarmog‘ini qo‘llashga yo‘naltirgan, Ebone ning yadrosi London, Stokgolm, Amsterdam, Jeneva va
boshqa davlatlarning poytaxtlarini birlashtiradi. Tarmoqning yadrosiga Yevropa tarmoqlari kanallar orqali ulanadi.
Yevropadagi ilmiy axborot tarmoqlarini ishini va rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi tashkilot. 1986 yilda tashkil qilingan RARE ning maqsadi bo‘lib, tarmoqlar bo‘yicha milliy
tashkilotlarning ma’lumotlar uzatishning kelishilgan xalqaro axborot infratuzilmasini rivojlantirish uchun
hamkorligiga ko‘maklashish hisoblanadi. Bunday
infratuzilma, tarmoqlarga bir biri bilan o‘zaro aloqa qilish, boshqa tarmoqlardan uzatilayotgan axborotdan foydalanish, Yevropa va boshqa qit’alardagi tarmoq xizmatlaridan erkin foydalanish imkonini beradi. Yevropa telekommunkatsiya standartlari instituti Y Yevropa telekommunkats... 324
ingl.: European Telecommunication Standards Institute (ETSI) rus.: европейский институт телекоммуникационных стандартов Yevropa aloqa standartlarini ishlab chiquvchi tashkilot. ETSI ish mavzulari Yevropada axborot tarmoqlarini yaratish va rivojlantirish bilan bog‘liq muammolarni qamrab oladi. Masalan, Institut tomonidan Yevropa raqamli simsiz aloqasi, GSM «mobil aloqa uchun global tizim» va shovqinsifat signallarni mahalliy tarmoqlarda ishlatish uchun standartlar ishlab chiqilgan. Yevropa yo‘ldosh jamiyati ingl.: Societe Europeene des Satelites (SES) rus.: европейское спутниковое общество Yevropada yo‘ldoshli tarmoqning faoliyatini ta’minlovchi tashkilot. SES yo‘ldoshlar guruhiga ega
bo‘lib, ular
Astra-Net kommunikatsion tarmog‘ini tashkil qiladi. Yo‘ldoshlar 34
Mbit/s gacha
tezlikda Yevropaning ixtiyoriy nuqtasiga ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi.
Istalmagan axborotli elektrmagnit nurlanishi. U axborotga texnik vositalar bilan ishlov berish paytida va axborot sizib chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan elektr zanjirlarda nochiziqiy jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. yopiq ingl.: closed rus.: закрытый Bu tushuncha, faqat ayrim shaxslar erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan obyektlarga tegishli. Masalan, spetsifikatsiyasi ishlab chiqaruvchi tomonidan nashr
qilinmagan kompyuterning arxiteturasi yopiq hisoblanadi. Shu sababli begona ishlab chiqaruvchilar, yopiq kompyuterga tashqi qurilmalar ishlab chiqa olmaydilar.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling