Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
uzatish nazorati va to‘qnashuvlarni
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
uzatish nazorati va to‘qnashuvlarni aniqlash bilan ko‘p tomonidan erkin foydalanish ingl.: Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection (CSMA/CD) rus.: множественный доступ с контролем передачи и обнаружением столкновений Tarmoq
qurilmalarining taqsimlanadigan ma’lumotlarni uzatish
muhitidan erkin
foydalanishni boshqarish usuli. CSMA/CD IEEE standartlari tomonidan tasdiqlangan va ko‘p abonent tizimlarining bitta yakka kanal orqali o‘zaro ishlash paytida qo‘llaniladi. Ushbu usulda har bir abonent tizimi yakka kanalda paydo bo‘layotgan signallarni nazorat qiladi. Yakka kanalni eshitganda tizimlarning hech biri ma’lumotlarni uzatmayotganligi aniqlangandagina A tizimi ma’lumotlar blokini uzatishni boshlashi mumkin. Yakka kanalda ma’lumotlar uzatilayotgan bo‘lsa A tizimi uning tugashini kutadi. Uzatishni boshlab, A tizimi boshqa
tizim tomonidan ayni paytda
ma’lumotlar uzatilishi boshlanganligini nazorat qilib turadi. Bunday holda A tizimi o‘z uzatishni tugatib, ma’lum vaqt o‘tgach uni qayta boshlaydi. Ma’lumotlar faqat A tizimi tomonidan uzatilayotganligi aniqlanganda u blokni
uzatishni oxirigacha yetkazadi. CSMA/CD Ethernet, Fast Ethernet va Gigabit Ethernet tarmoqlarida qo‘llaniladi.
Telekommunikatsiya signallari ochiq fazoda radioto‘lqinlar tarzida tarqatiladigan uzatish tizimi. Radioto‘lqinlarning tarqalishi muhiti va shakliga qarab, uzatish radiotizimini: to‘g‘ri ko‘rinadigan radioreleli, trposferali, yo‘ldosh aloqali, ionosferali va h.k. deb atashadi.
Uzatuvchi foydalanuvchidan qabul qiluvchi foydalanuvchiga kelayotgan telekommunikatsiya signalini qayta tiklash darajasi. uzatishning asinxron rejimi ingl.: Asynchronous Transfer Mode (ATM) rus.: асинхронный режим передачи Uzib - ulash kanallariga ega tarmoqlarda barcha turdagi (ma’lumotlar, ovoz va video) trafikning bir
xil paytda
yuqori tezlikda uzatish texnologiyasi; uzib - ulash tarmoqlari uchun standart. Ma’lumotlar cheklangan uzunlikdagi (53 bayt) paketlar («uyalar») ga aylantiriladi. Bayonnoma bog‘lanishlar uchun mo‘ljallangan: ma’lumotlarning uzatilishidan oldin
ma’lumotlarni jo‘natuvchi va oluvchi o‘rtasida virtual bog‘lanish (uzib - ulash yoki doimiy) tashkil qilinadi, bu esa yo‘naltirish tartiblarini osonlashtiradi. Turli o‘tkazish qobiliyatiga ega tarmoqlarda (soniyasiga 2 dan 620 Mbitgacha) ma’lumotlar va sarlavhadan iborat 53-baytli uyalarni kafolatlangan almashuvi uchun
vositalar mavjud.
Bayonnoma nomidagi «asinxron» atamasi bitta bog‘lanishdagi uyalar aloqa
kanaliga istalgan vaqtda (ya’ni
nomuntazam ravishda) erkin foydalanishi mumkinligini bildiradi. Ma’lumotlar uzatishning asinxron maromi (MUAR) dizayni apparatli ta’minot darajasida dasturiy ta’minotga qaraganda osonroq tashkil etilishi sababli, ma’lumotlarga ishlov berish va uzib- ulashning yuqori tezlikda (soniyasiga 10
uzatishning asinxron r... 302
Gbitgacha) bajarilishi mumkin. MUAR sinxron optik tarmoqlar (SONET) va boshqa ba’zi tarmoqlar bilan birga keng yo‘l-yo‘lli ISDN bog‘lanishning asosiy tarkibiy bo‘lakidir. uzatishning gipermatnli bayonnomasi ingl.: HyperText Transfer Protocol (HTTP) rus.: гипертекстовый протокол передачи Uzatishning transport bo‘g‘ini bayonnomasi. U Internet tarmog‘ida hamkorlarni o‘zaro
harakatlari tartibini belgilaydi va Internet tarmog‘i orqali gipermatn formatida hujjatlar uzatishga mo‘ljallangan. HTTP yordamida bajariladigan amallar to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: - hamkorlarni o‘zaro harakatlarining seansini o‘rnatish; - so‘rov tashabbuskori xabarlarini jo‘natish; - javob ma’lumotlarini (teskari tomonga) yo‘naltirish; - seansni to‘xtatish.
Ma’lumotlar uzatish mumkin
bo‘lgan yo‘nalishlardan birini tanlashni amalga oshiradigan qurilma yoki
dastur. Kommunikatsiya tarmog‘ida uzib-ulagich qayta uzatish tizimning oddiy turi bo‘lib, tiniqlik xususiyatiga ega. Ya’ni, bu yerda uzib-ulash ma’lumotlarga birorta ishlov bermasdan amalga oshiriladi. Uzib-ulagich buferga ega emas va ma’lumotlarni yig‘a olmaydi. Shu sababli, uzib- ulagich
ishlatilganda, ulanayotgan ma’lumotlarni uzatish kanallarida signallarni uzatish tezliklari bir xil bo‘lishi zarur. uzib-ulanadigan aloqa liniyasi ingl.: switched communication line rus.: коммутируемая линия связи Uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarni ulanish vaqtida o‘rnatiladigan aloqa liniyasi. Qoida bo‘yicha, telefon tarmog‘ida tashkil qilinadi.
Kommunikatsiya tarmog‘ining mantiqiy kanali. Kanallarni uzib-ulash natijasida, aksariyat, faqat tizimlar orasida seans vaqtiga taqdim qilinadi. uzib-ulanadigan mahalliy tarmoq ingl.: switched local-area network rus.: коммутируемая локальная сеть Segmentlardan iborat mahalliy tarmoq. U uzib- ulash majmuasi yordamida yagona bir butun bo‘ladi. Yuqori o‘tkazish qobiliyatli uzib- ulaydigan majmua
orqali, faqat
boshqa segmentlarda joylashgan tizimlarga yo‘llangan ma’lumot bloklari uzatiladi. Qolgan bloklar faqat o‘zlarining segmentlarini ichida aylanib yuradilar, bu esa tarmoqni xavfsizligiga imkon yaratadi. Uzib-ulaydigan majmua jismoniy uzib-ulashni ham, mantiqiy uzib-ulashni ham ta’minlaydi. Buning sharofati bilan, bir-biri bilan bog‘langan turli-tuman virtual tarmoqlar yaratiladi. uzib-ulanadigan virtual tarmoq ingl.: Switched Virtual Networking (SVN) rus.: коммутируемая виртуальная сеть IBM korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan, tuzulmasi jo‘shqin o‘zgaradigan tezkor
kommunikatsiya tarmoqlarining me’moriy qiyofasi. SVN tizimli tarmoq me’moriy qiyofasi va yo‘naltirgichlar asosida yaratilayotgan tarmoqlar o‘rniga kirib kelmoqda. SVN ning asosiy xususiyati uzatishning asinxron usulini ishlatish va ulanishning jismoniy vositalarining rang-barangligi. Shuning evaziga, SVN strategiyasi turli rusumdagi tarmoqlarni qamrab olmoqda. uzib-ulash ingl.: switching rus.: коммутация 1. Signallarni tashib o‘tishga kerak bo‘lgan vaqtga funksional birliklarini, uzatish
kanallarini va telekommunikatsiya kanallarini ketma-ket ulanishlarini yaratish jarayoni. 2. Ma’lumotlarni uzatish yo‘nalishini tanlash usuli.
Uzib-ulash ma’lumotlarni yo‘naltirgichli tarmoqlar texnologiyasining asosi
bo‘lib hisoblanadi. Kommunikatsiya tarmog‘i oldiga qo‘yilgan vazifalarga qarab, uzib-ulashning bir necha usuli ishlatiladi. Ularning har biri OSI sohasi pog‘onalarining turli qatlamlari bilan aniqlanadi. Bloklarni uzib-ulashni, kanallarni uzib-ulashni, xabarlarni uzib-ulashni, paketlarni uzib-ulashni farqlashadi. Aralash uzib-ulash, kanallarni uzib-ulashni ham, paketlarni uzib- ulashni ham ta’minlay oladi. uzatishning gipermatnl...
303
uzib-ulash xabi ingl.: switched hub rus.: коммутирующий хаб Tarmoq ishining samaraliligini oshiruvchi Ethernet texnologiyasining keyingi rivojlanishi. Bu
holda muhitdan erkin foydalanishni boshqarish aslida bog‘lamalardan port juftlari – paket manbalari va ularni qabul qiluvchilar – o‘rtasida virtual ajratilgan kanallar o‘rnatilishini ta’minlovchi markaziy uzib-ulovchi qurilmasiga ko‘chiriladi. Uzatuvchi bog‘lamalardan uzib- ulovchi xab deyarli har doim paketni yo o‘z buferiga qabul qilish, yo uni deyarli uzulishsiz maqsad portiga uzatishga tayyor (bunday xab bilan “turib”
almashuvchi ikkita
kompyuterlarning uzib-ulovchisi – On-the-fly Switching). Uzib-ulovchi xab orqali o‘zaro ma’lumotlarni almashuvchi kompyuterlar umumiy trafik yukini oshirmaydi. Bunday xablar, shuningdek, Ethernet va Fast Ethernet tarmoqlarini bog‘lash uchun qo‘llaniladi. uzib-ulashlar markazi ingl.: switching centre rus.: центр коммутации Ma’lumotlarni uzatishda dastlabki, kirish va tranzit yuklamalarni o‘tkazishni ta’minlaydigan stansiya. uzluksiz ozuqa manbai ingl.: Uninterruptible Power Supply (UPS) rus.: источник бесперебойного питания Tarmoqda kuchlanish pasayishi paytida kompyuterning uzluksiz ishini ta’minlovchi qurilma.
Bog‘lamani boshqa kompyuterdan tarmoq orqali ma’murlash.
Hajmiy
obyektlarning tasvirlari ustidan tekislikda amallar bajaruvchi kompyuter grafikasi. Uch o‘lchamli grafika, uch o‘lchamli tasvirni ikki o‘lchamli shaklda ifodalash modelini ishlatish natijasida olinadi. Shu bilan birga, sintezlanayotgan uch o‘lchamli 3D obyektni, mumkin bo‘lgan eng ko‘p darajada taqlid qilinishi ta’minlanishi shart. Uch o‘lchamli grafika tushuntirilayotgan materialni izohlashda keng ishlatiladi va virtual borliqni boyitadi. Uni tavsiflash uchun turli tillar ishlatiladi, shu jumladan, virtual borliqni modellash tili ham. uch o‘lchamli interfeys ingl.: three dimensional interface rus.: трехмерный интерфейс Uch o‘lchamli grafikani tavsiflaydigan amaliy dasturlarning interfeysi. «Uch o‘lchamli « 3D interfeysning yaratilishi, aniq
obyektlarni tavsiflaydigan uch o‘lchamli grafikaning barcha kuchli vositalarini birlashtirish imkonini beradi. Bu uch o‘lchamli tavsviflar bo‘yicha, inson «ko‘rishiga» taqlid etilgan virtual borliqda harakatlanuvchi tasvirlarni tezkor
qurish texnologiyasini yaratish imkonini beradi. uch o‘lchamli tasvir ingl.: three dimensional image rus.: трехмерное изображение Obyektning hajmiy tasviri. uchinchi avlod tili ingl.: third generation language (3GL) rus.: язык третьего поколения Inson
tomonidan tushunish va
dasturlar yozishni yengillashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturlash tili. Uchinchi avlod dasturlash tillarining ko‘pchiligi tuzilmaviy dasturlashni quvvatlaydi. Uchinchi avlod tillariga Fortran, ALGOL, COBOL, BASIC, Ci, C++ misol bo‘la oladi.
Uchinchi avlod tilli 304
Vv vakillik serveri ingl.: proxy server rus.: представительский сервер To‘siq hosil qiluvchi kompyuter yoki unda ishlovchi dasturiy ta’minot. Vakillik serveri ikki tarmoq o‘rtasida joylashib, biri uchun erkin foydalanish chetdan mumkin bo‘lsa, boshqasiga esa mumkin bo‘lmaydi. Ichki tarmoqni ajratib, Internetda uning vakili sifatida bo‘ladi. Uning asosiy
vazifasi – tarmoq mijozlarining so‘rovlarini Internet bog‘lamalariga uzatish va talab qilingan axborotni mijozga qaytarish.
Vakolat yordamida yakka kanaldan ko‘p tomonli erkin foydalanish yoki davriy halqa. TMPA usulida abonent tizimlari mantiqiy halqa bo‘ylab bir-biriga vakolat yoki asso deb nomlangan alohida ma’lumotlar blokini uzatadi. Vakolatni olib,
tizim erkin
foydalanish jarayonini boshlaydi va (oldindan kelishib olingan) bir yoki bir necha ma’lumotlar blokini uzatishi mumkin. Vakolatni olgan tizim uzatish uchun ma’lumotlarga ega bo‘lmasa, u darhol vakolatni ro‘yxatda navbatdagi boshqa tizimga jo‘natadi.
Foydalanuvchi (terminal, dastur, tizim)ning muhofaza qilingan ma’lumotlar ustidan u yoki bu amallarni bajarish huquqi. vakolatli server ingl.: proxy server rus.: сервер полномочий Muhofaza qilingan tarmoqning Internetning qolgan qismi bilan aloqasini boshqaruvchi dastur. Ko‘p korporatsiyalar korporativ tarmoq va xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘llanmalar o‘rtasida muhofaza qatlamini hosil qiluvchi vakolatli serverlardan foydalanadi.
Yagona kompyuterdan bir paytda bir necha shaxs foydalanishi. Bu holda,
har bir
foydalanuvchi, o‘zining aloqa vositalari orqali bosh kompyuter bilan ulangan, terminali oldida bo‘ladi. Foydalanuvchi, bosh kompyuterga, eng oddiysidan to eng murakkabigacha o‘z ichiga olgan muayyan vazifani, bajarish uchun talabnoma yuboradi. Shunda, foydalanuvchiga kompyuter faqat uning vazifasini ishlash uchun ajratilgandek tuyuladi, lekin, kompyuterning quvvati unga bir foydalanuvchining vazifasidan boshqasining vazifasiga ko‘chib
yurish imkonini beradi. Vaqt ajratish texnologiyasi quyidagi ustunliklarga ega: 1.
Foydalanuvchi uchun
o‘ziga alohida
kompyuter sotib olishdan ko‘ra boshqalar bilan birga yagona kompyuterni baham ko‘rish arzonroq tushadi. 2. Bosh kompyuterda yetarlicha hajmdor yoki qimmatli axborot
bo‘lib, uni
ayrim kompyuterlarda nusxalash imkoni yo‘q. Vaqt ajratish texnologiyasi kompyuter narxi juda baland bo‘lgan davrda, ayniqsa ommaviy tarzda ishlatilgan.
Belgilangan vaqtda amalga
oshiriladigan mantiqiy bomba turi. vaqtni taqsimlash bilan ko‘p tomonidan erkin foydalanish ingl.: Time Division Multiple Access (TDMA) rus.: множественный доступ с разделением времени Kanal ish vaqtini axborot tizimlari orasida taqsimlashga asoslangan ko‘p tomonidan erkin foydalanish. TDMA usuli takt generatori deb nomlangan maxsus qurilmadan foydalanishga asoslangan. Ushbu generator kanal ish vaqtini takrorlanadigan davralariga bo‘ladi. Har bir davra chegaralovchi signal bilan boshlanadi. Davra tartib raqami berilgan n ta vaqt oraliqlaridan tarkib topgan. Oraliqlar ularga ma’lumotlar bloklarini yuklash uchun taqdim Vv
305
etiladi. TDMA usuli ma’lumotlarni uzatish muhitining bitta chastota polosasida FDMA usuliga nisbatan bir necha barobar ko‘p mustaqil kanallarni joylashtirish imkonini beradi. TDMA usuli ISDN standartli raqamli telefon tarmoqlari va mobil aloqada qo‘llaniladi. VAX qisq.: Virtual Address eXtension Kengaytirilgan virtual manzillash, VAX seriyadagi EHM. DEC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan XX asrning 80-90- yillarida mashhur mini EHM liniyasi. VBR qisq.: Variable Bit Rate Ma’lumotlar oqimining o‘zgaruvchan tezligi. VBScript tili ingl.: VBScript language rus.: язык VBScript Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Internet Explorer veb-brauzeri quvvatlaydigan skriptlar (Visual Basic Scripting Editiondan qisqartma) tili. VBScript tili Visual Basic dasturlash tiliga asoslangan, lekin unga nisbatan soddaroq. Ko‘p
jihatlardan u,
JavaScript skriptlar tili bilan
o‘xshash. VBScript tili masalan, mualliflarga veb- sahifalarga o‘zaro faol boshqarish vositalarini (tugmachalar, aylantirish yo‘l-yo‘llari) qo‘shishga imkon beradi.
Vizual tarkibiy qismlar kutubxonasi, VCL kutubxonasi. Borland Delphi va Borland C++ Builder ishlab chiqishning RAD vositalari bilan birga yetkaziluvchi vizual tarkibiy qismlar kutubxonasi. VCR qisq.: Video Cassette Recorder Videomagnitofon. VDSL qisq.: Very High Speed Digital Subscriber Line O‘ta yuqori tezlikka ega bo‘lgan raqamli abonentlik liniyasi, VDSL texnologiyasi. Ma’lumotlarni bitta bino doirasida uzatish uchun mo‘ljallangan (eng katta masofa 1,2-1,4 km). U yuqoriroq chastotalar ko‘lamini talab qiladi, bu esa uni ADSL va SHDSL bilan uyg‘un qiladi. Shunday qilib, bitta telefon simi orqali bir paytning o‘zida VDSL modemi, ADSL modemi va oddiy ovoz telefoni signallari uzatilishi mumkin. Liniyaning kichik uzunligi VDSL modemi tuzilishini osonlashtirish va arzonlashtirish va 18 Mbit/s tezlikni ta’minlash imkonini beradi.
Veb bog‘lamasi sahifalari orasidagi aloqalar to‘plami
Veb-serverda umumiy katalogda saqlangan, bir- biri bilan bog‘liq bo‘lgan veb-sahifalar, rasmlar, hujjatlar, ko‘ptashuvchi fayllar va boshqa fayllar to‘plami.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling