Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103

 

troyan oti 

ingl.: Trojan horse 

rus.: троянский конь 

Ma’lumotlarni 

ruxsatsiz 

yig‘ishni, 

soxtalashtirish  va  yo‘q  qilishni  ta’minlaydigan 

badniyat  mantiqini  o‘z  ichiga  olgan,  shakldan 

beziyon  dastur.  Viruslardan  farqli  o‘laroq, 

troyan 


oti 

tizimda 


o‘zining 

nusxalarini 

yaratmaydi.  Uning  eng  ashaddiy  turlaridan  biri 

kompyuterni  viruslardan  halos  qilishni  taklif 

qiladigan  dastur  bo‘ladi,  haqiqatda  esa,  u 

kompyuterni  virus  bilan  zararlantiradi.  Atama, 

Gomerning  «Iliada»  hikoyasidan  kelib  chiqqan, 

unda,  greklar  o‘z  dushmanlariga,  troyaliklarga, 

yog‘ochdan  yasalgan  juda  ham  katta  otni, 

tinchlik  taklifining  ramzi  sifatida  hadya 

qilganlar.  Ammo,  troyaliklar  otni  o‘z shaharlari 

ichiga  olib  kirganlaridan  so‘ng,  uning  ichida 

berkinib  olgan  grek  jangchilari  tashqariga 

chiqib  darbozalarni  ochganlar,  shu  bilan  o‘z 

qo‘shinlariga  shaharga  kirish  va  uni  egallashga 

sharoit yaratganlar. 



 

TSR 

qisq.: Terminate and Stay Resident 

TSR 


 

 

292 


To‘xtab rezident bo‘lish, TSR dasturi. MS-DOS 

uchun,  uning  bir  marta  yurgizilishidan  keyin 

xotirada  saqlanuvchi  dastur.  Odatda  rezident 

modul 


muayyan 

tugmachalar 

birikmasini 

bosganda boshqaruv boshlanadi. 



 

TTF 

qisq.: True-Type Font 

True-Type shrifti. 



 

TTS 

qisq.: Text To Speech 

Matnni  nutqqa  o‘girish.  Oldindan  kompyuterga 

kiritilgan  yoki  dinamik  tarzda  shakllantirilgan 

matnni  operator  tomonidan  karnay  yoki 

quloqchinlar  orqali  qabul  qilinadigan  tekis 

nutqqa o‘girish. 



 

tugun 

ingl.: node 

rus.: узел 

qarang: hisoblash tarmog‘i bog‘lamasi. 

 

tunellash 

ingl.: tunneling 

rus.: туннелирование 

Hududiy  yoki  global  tarmoq  ichidan  o‘tgan 

virtual  kanalni  yotqizib  chiqish.  Tunellash 

ekstratarmoq deb ataluvchi tarmoqlarni yaratish 

va  foydalanuvchilarni  o‘zlarining  mahalliy 

tarmoqlari  bilan  o‘zaro  ishlashini  ta’minlashda 

foydalaniladi. 

 

tutash huquqlarni qo‘riqlash nishoni 

ingl.: adjacent right symbol 

rus.: знак охраны смежных прав 

Fonogrammaning  har  bir  nusxasida  va  (yoki) 

uning har bir g‘ilofida joylashtiriladigan nishon. 

U  uch  elementdan  iborat  bo‘ladi:  aylanada  «R» 

lotin  harfi;  alohida  tutash  huquqlari  egasining 

ismi (rasmiy nomi); fonogramma birinchi marta 

chop etilgan yil. 

 

TUV 

qisq.: Technical Supervision Bureau 

Germaniyada 

elektron 

jihozlarni 

sertifikatsiyalash uchun javobgar tashkilot. 

 

tuynuk 

ingl.: hatch 

rus.: люк 

Yashirin  dastur  yoki  apparat  mexanizmi.  U 

odatda  sinovdan  o‘tkazish  va  nosozliklarni 

topish  uchun  yaratiladigan  va  kompyuter 

muhofazasini  chetlab  o‘tish  uchun  ishlatilishi 

mumkin. 


 

tuzilmaviy dasturlashtirish 

ingl.: structural programming 

rus.: структурное программирование 

Mantiqan  oddiy  va  tushunarli  dasturlarni 

yaratishga  qaratilgan  dasturlashtirish  uslubiyati. 

Tuzilmaviy 

dasturlashtirish 

dasturning 

mantiqiyligi  va  tushunarliligi  uning  ishlab 

chiqilishi,  to‘g‘riligini  isbotlash  va  keyingi 

kuzatishni  osonlashtirishi,  shuningdek,  uning 

ishonchliligini  ta’minlashi  haqidagi  taxminga 

asoslangan.  Tuzilmaviy  dasturlashtirishning 

o‘ziga hos tamoyillari quyidagilardir: 

1)  pasayuvchi  dasturlashtirishda  vazifa  kichik 

dasturlar  (tartibotlar  yoki  vazifalar)  shaklida 

dasturlashtiriluvchi  bir  necha  oddiyroq  qismlar 

yoki kichik vazifalarga bo‘linadi; 

2)  modulli  dasturlashtirishda  nisbatan  mustaqil 

kichik  vazifalar  alohida  dasturiy  modullar 

shaklida dasturlashtiriladi. 

3)  dasturlashtirishda  boshqarishning  uchta 

tuzilmasidan  foydalanishlari  (ergashish,  tanlash 

va takrorlash); 

xohlagan  algoritm  harakatlar,  tarmoqlanishlar 

va  takrorlashlar  ketma-ketligidan  iborat  bo‘lib, 

ularni  asosiy  boshqarish  tuzilmalari  yordamida 

tasniflash mumkin; 

4)  boshqarishni shartsiz  uzatishdan  voz  kechish 

va  global  o‘zgaruvchilardan  foydalanishni 

kamaytirish 

mumkin; 


kichik 

dasturlar 

(tartibotlar 

yoki 


vazifalar)ni 

chaqirish 

yordamida  barcha  kichik  vazifalar  bir  butun  – 

tuzilma dasturga bog‘lanadi. 



 

TWAIN 

qisq.: Technology Without An Important Name 

TWAIN  texnologiyasi.  Skanerlar  bilan  ishlash 

uchun past pog‘onali API. TWAIN rastr tasvirni 

kiritish  qurilmasi  drayveri  va  amaliy  dastur 

o‘rtasida interfeysni aniqlaydi. 

 

to‘la uyg‘unlik 

ingl.: full compatibility 

rus.: полная совместимость 

Ikki 


yoki 

undan 


ko‘p 

kompyuterning 

foydalanuvchilari 

uchun 


hech 

qanday 


cheklashlarsiz  texnik,  dasturiy  va  axborot 

uyg‘unligi. 



 

to‘la o‘girgich 

TTF 


 

 

293 


ingl.: compiler 

rus.: компилятор 

qarang: kompilyator 

 

to‘lamatnli ma’lumotlar bazasi 

ingl.: full-text database 

rus.: полнотекстовая база данных 

To‘lamatnli  hujjatlar  yoki  ularning  qismlari 

saqlanayotgan ma’lumotlar bazasi. 

 

to‘la-to‘kis hujum 

ingl.: exhaustive attack 

rus.: исчерпывающая атака 

Kompyuter  muhofazasini  buzish  maqsadida 

mumkin bo‘lgan parol yoki kalitlar to‘plamidan 

foydalanishga  urinish  va  har  bir  urinish  xato 

bo‘lsa,  to‘plamning  boshqa  elementini  sinab 

ko‘rish  tartibida  qilinadigan  harakat.  To‘la-

to‘kis 

hujum 


tahliliy 

hujumning 

aksi 

hisoblanadi. 



 

to‘lqinni 

taqsimlash 

bilan 

ko‘p 

tomonidan erkin foydalanish 

ingl.: Wavelength Division Multiple Access (WDMA) 

rus.: множественный доступ с разделением волны 

Optik  kanallarda  qo‘llaniladigan  ko‘p  tomonli 

erkin 

foydalanish. 



WDMA 

usuli 


ikki 

multipleksor  tomonidan  amalga  oshiriladigan 

«to‘lqin  uzunligi  bo‘yicha  multiplekslash», 

ya’ni  WDMga  asoslanadi.  WDMA  usuli  olis 

aloqada  ayniqsa  samarali  bo‘lib,  qit’alararo 

kanallar  o‘tkazuvchanlik  qobiliyatini  bir  necha 

marta oshirish imkonini beradi. 

 

to‘plagich 

ingl.: concentrator 

rus.: концентратор 

Kanallar  guruhini  yagona,  umumiy  kanal  bilan 

o‘zaro  ishlashini  ta’minlovchi  funksional  blok. 

To‘plagich  ma’lumotlarni  to‘plashni  ta’minlab 

beradi. Shu bilan birga, to‘plagichning kirishiga 

kelayotgan  axborot  bloklarining  soni  uning 

imkoniyatlaridan  ortiq  bo‘lgan  holat  yuzaga 

kelishi 


mumkin. 

Unda, 


to‘plagich 

bu 


bloklarning 

bir 


qismini 

yo‘q 


qiladi. 

To‘plagichning  o‘zagi  protsessordir.  Kiruvchi 

axborotni birlashtirish uchun, aksariyat hollarda, 

vaqtni  bo‘lishga  asoslangan  ko‘ptomonlama 

erkin foydalanish ishlatiladi. 

 

to‘r 

ingl.: web 

rus.: паутина 

qarang: umumjahon o‘rgimchak to‘ri. 

 

to‘rtinchi avlod tili 

ingl.: fourth generation language (4GL) 

rus.: язык четвертого поколения 

Yuqori  pog‘onadagi  tillarga  nisbatan  inson 

tiliga  yaqinroq  turadigan  (ko‘pincha  4GL  deb 

ataladigan) dasturlash tillari.  Atama  Jim  Martin 

tomonidan  ma’lumotlar  bazalari  tizimlari  bilan 

o‘zaro 


ishlaydigan 

yuqori 


pog‘onadagi 

dasturlash  tillarini  tasviflash  uchun  ixtiro 

qilingan 

edi. 


To‘rtinchi 

avlod 


tillariga 

ma’lumotlar  bazalariga  so‘rovlar  tillari  (SQL; 

Focus,  Metafont,  PostScript,  RPG-II,  S,  IDL-

PV/WAVE, 

Gauss, 

Mathematica) 



va 

ma’lumotlar oqimlarini boshqarish tillari (AVS, 

APE,  Iris  Explorer)  misol  bo‘ladi.  Kompyuter 

tillarining  qolgan  avlodlari  quyida  sanab 

o‘tilgan. Bularga: 

birinchi avlod: mashina tili, 

ikkinchi avlod: Assembler tili, 

uchinchi  avlod:  yuqori  pog‘onadagi  tillar, 

masalan, Ci, C++ va Java, 

beshinchi  avlod:sun’iy  tafakkur  va  neyron 

tarmoqlarida masala yechishda foydalaniladigan 

tillar kiradi. 



 

to‘sish 

ingl.: locking 

rus.: блокировка 

qarang: qamal qilish 

 

to‘xtovsiz  ishni  ta’minlash  va  faoliyatni 

qayta tiklash rejasi 

ingl.: continuous work and operation recovery plan 

rus.:  план  обеспечения  непрерывной  работы 

и восстановления функционирования 

Muhofaza dasturining qismi. U tizimning xavfli 

holatlarga 

javoban 


ish 

qilish, 


zahiraviy 

nusxalash  va  keyingi  qayta  tiklash  tartiboti 

bo‘yicha  ish  rejasidir.  U  asosiy  resurslardan 

erkin foydalanish imkonini va tanglik holatlarda 

ishlov  berishning  to‘xtovsizligini  ta’minlash 

uchun tuzilgan. 



 

to‘xtovsiz ishni... 



 

294 


Uu

 

 

UART 

qisq.: Universal Asynchronous Receiver/Transmitter 

Hammabop 

asinxron 

qabul 


qiluvchi 

va 


uzatuvchi.  Ma’lumotlarni  ketma-ket  RS-232 

interfeysi 

orqali 

uzatishni 



boshqaruvchi 

mikrosxema. 



 

UATA 

qisq.: Ultra ATA 

Ultra ATA interfeysi. 



 

UCS 

qisq.: Universal Character Set 

Hammabop  belgilar  to‘plami,  UCS  standarti. 

ISO/IEC  10646-1  standartining  (ISO  10646 

standarti) 

qisqartirilgan 

belgilanishi, 

belgilarning  ko‘pbaytli  to‘plamini  belgilaydi. 

UCS  standarti  o‘z  ichiga  dunyodagi  ko‘pchilik 

yozuv  tizimlarining  belgilarini  oladi.  Ularni 

kodlashning  2  asosiy  usuli  aniqlangan:  ikki 

baytli  kodlash  UCS-2  va  to‘rt  baytli  kodlash 

UCS-4. UCS-2 faqatgina UCSning birinchi 64K 

belgilari  bilan  cheklangan,  ya’ni  bu  baza 

to‘plami.  Ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  standart 

qabul  qilinayotgan  paytda  UCS-2  doiralaridan 

tashqaridagi  belgilar  aniq  bo‘lmagan,  biroq 

bunday kengaytirish ro‘y berishi mumkin. UCS 

belgilar 

to‘plami 

Unicode 


bilan 

sinxronlashtirilgan; 

Unicodega 

kiritiladigan 

o‘zgarishlar  UCSga  tuzatishlar  sifatida  qabul 

qilinadi. 



 

UDDI 

qisq.: 

Universal 

Description, 

Discovery, 

and 

Integration 

Hammabop  tavsif,  izlash  va  o‘zaro  ishlash, 

UDDI  registri.  XML  tiliga  asoslangan  jahon 

elektron tijorat veb xizmatlari registri. 



 

UDF 

qisq.: User-Defined Function 

Foydalanuvchi tomonidan belgilangan vazifa. 



 

UDP 

qisq.: User Datagram Protocol 

Foydalanuvchi  deytagrammalar  bayonnomasi, 

UDP  bayonnomasi.  TCP/IP  bayonnomalari 

oilasidan  ma’lumotlar  uzatishning  transport 

bayonnomasi. RFC 768da tavsiflangan. 

 

UG 

qisq.: User Group 

Foydalanuvchilar  guruhi.  Ma’lum  dasturiy 

mahsulot 

foydalanuvchilarining 

odatda 

norasmiy uyushmasi. 



 

UHF 

qisq.: Ultra High Frequency 

Ultrayuqori  chastota,  UVCH.  Elektrmagnit 

to‘lqinlarining  300  MHzdan  3  GHzgacha 

bo‘lgan  chastotasi  (uzunligi  1  mdan  10 

smgacha). 

 

UL 

qisq.: Underwriter's Laboratory 

Turli  asboblarning  xavfsizligini  aniqlovchi 

AQSH  tashkiloti.  Uning  talablariga  javob 

beruvchi  qurilmalar  ushbu  tashkilot  nashr 

qiladigan maxsus ro‘yxatga kiritiladi. 

 

ulanadigan modul 

ingl.: plug-in module 

rus.: подключаемый модуль 

Veb-brauzerlariga 

formatlari 

brauzerlar 

tomonidan  aniqlanmaydigan,  masalan  ba’zi 

video  va  audio  yozuv  formatlari,  HTML 

hujjatlariga  solingan  fayllarni  o‘qish  va  ularni 

amalga  oshirish  imkonini  beruvchi  dastur. 

Masalan,  Windows  Media  aks  ettiruvchining 

ulanadigan  moduli  Internet  Explorer  brauzeri 

oynasida filmlarni ko‘rish imkonini beradi. 

 

ulanish bloki 

ingl.: Medium Attachment Unit (MAU) 

rus.: блок доступа 

Foydalanuvchi  tizimni  yoki  ma’muriy  tizimni 

monokanal  yoki  davriy  xalqaning  umumiy 

bo‘g‘ini  bilan  ulanish  qurilmasi.  Ulanish  bloki 

uch 

qismdan 


tashkil 

topadi. 


Ulardan 

ikkitasining,  tuzilmasi  bu  bo‘g‘inlarning  turiga 

bog‘liq  bo‘lib,  ulanish  blokini  foydalanuvchi 

bo‘g‘in  yoki  umumiy  bo‘g‘in  bilan  tutashishini 

ta’minlaydi.  Blokning  uchinchi  (mantiqiy) 

qismi,  ulanish  blokining  nosozligini  tashhis 

qilish va “o‘zining” tizimiga paydo bo‘layotgan 

nosozliklar  haqida  xabar  uzatish,  tizimdan 

signallarni  umumiy  bo‘g‘inga  va  unga  teskari 

yo‘nalishda  uzatish  va  qabul  qilish,  umumiy 

bo‘g‘inni  bandligini  aniqlash  maqsadida  eshitib 

turish  kabi  erkin  foydalanish  funksiyalarini 

Uu 

 


 

295 


bajaradi. 

Ko‘pincha 

ulanish 

bloklarini 

nazorotchilar deb atashadi. 

 

ulanishga buyurtma 

ingl.: connection order 

rus.: заказ на соединение 

Foydalanuvchining 

telefonga 

ulanishni 

o‘rnatish hakida talabi. 

 

UMA 

qisq.: Unified Memory Architecture 

Unifikatsiya  qilingan  xotira  arxitekturasi  – 

odatda  ona  platalarida  joylashgan  arzon 

videokartalarda 

ishlatiladi. 

Ish 


tamoyili 

videokarta  tomonidan  kompyuterning  oddiy 

xotirasini  ekran  xotirasi  sifatida  ishlatishi  va 

binobarin, 

kompyuter 

arzonlashishiga 

asoslangan.  Bunda  videokarta  uchun  ajratilgan 

xotira  DOS  turidagi  operatsion  tizim  uchun 

ko‘rinmas  bo‘lib,  unga  faqat  videokartaning 

BIOSidan  kirish  mumkin,  shuning  uchun 

bunday  videokartalar  oddiy  PCI  kartalarga 

qaraganda  ancha  sekinroq  ishlaydi.  Windows 

turidagi  operatsion  tizimlar  ostida  ishlaganda 

farq ancha kamroq, biroq mavjud. 



 

UML 

qisq.: Unified Modeling Language 

Unifikatsiya  qilingan  modellashtirish  tili,  UML 

tili.  Obyektga  yo‘naltirilgan  loyihalashtirish 

uchun grafik tavsif. 



 

UMTS 

qisq.: Universal Mobile Telephone System 

Uchinchi  avlod  mobil  radioaloqalari  uchun 

standart, ovoz va raqamli ma’lumotlarni uzatish 

spetsifikatsiyalarini o‘zida birlashtiradi. 



 

umum foydalanishdagi axborot tizimi 

ingl.: information common use system 

rus.: 

информационная 

система 

общего 

пользования 

Barcha  jismoniy  va  yuridik  shaxslarning 

foydalanishi  uchun  ochiq  va  ushbu  shaxslarga 

xizmatlari  rad  etilishi  mumkin  bo‘lmagan 

axborot tizimi. 

 

umum 

foydalanishdagi 

telekommunikatsiyalar  tarmog‘i  axborot 

xavfsizligi obyekti 

ingl.:  public  switched  telecommunications  network 

information security object 

rus.: объект информационной безопасности сети 

телекоммуникаций общего пользования 

Umum  foydalanishdagi  telekommunikatsiyalar 

tarmog‘ining  axborot  xavfsizligiga  badniyat 

shaxs  ta’siri  tahdidi  amalga  oshirishga  olib 

kelishi mumkin bo‘lgan, umum foydalanishdagi 

telekommunikatsiyalar tarmog‘ining obyekti. 



 

umumfoydalanishdagi tarmoq 

ingl.: public use communication network 

rus.: сеть связи общего пользования 

1.  Aloqa  xizmatlarini  xohlagan  yuridik  yoki 

jismoniy  shaxslarga  xizmat  ko‘rsatish  uchun 

mo‘ljallangan elektr aloqasi tarmog‘i. 

2. 

Mamlakatning 



o‘zaro 

bog‘liq 


aloqa 

tarmog‘ining  tarkibiy  qismi.  U  barcha  yuridik 

va  jismoniy  shaxslarning  foydalanishi  uchun 

ochiq 


va 

ushbu 


shaxslar 

tomonidan 

foydalanilish rad etilishi mumkin emas. 

 

umumiy axborot nazariyasi 

ingl.: united information theory 

rus.: общая теория информации 

Ilmiy 


bilimlarning 

istiqbolli 

poydevoriy 

sohalaridan  biridir.  U  tabiat  va  jamiyatning 

rivoji  asosida  yotgan,  axborot  voqeiyligining 

namoyon 


bo‘lishiga 

oid 


eng 

umumiy 


qonuniyatlarga asoslanadi. 

 

umumiy bo‘g‘in 

ingl.: common link 

rus.: общее звено 

Monokanalning  bir  qismi,  u  orqali  har  bir 

ma’lumotlar  bloki  barcha  abonent  tizimlarga 

uzatiladi.  Umumiy  bo‘g‘in  o‘rama  juft,  yassi 

kabel,  koaksal  kabel,  optik  kabel  yoki 

radiokanal asosida yaratiladi. 



 

umumiy 

foydalanish 

telekommunikatsiya 

tarmoqlarining 

(UFTT) axborot xavfsizligi 

ingl.: 

information 

security 

of 

public 

access 

telecommunication networks 

rus.:  безопасность  сетей  телекоммуникаций 

общего пользования информационная 

Ma’lumot 

(foydalanuvchining 

axborotlari) 

uzatish 

jarayonining 

buzg‘unchilardan 

muhofazalanganlik  holati.  Bunda  buzg‘unchi 

tomonidan 

tasodifan 

va 

ataylab 


amalga 

oshiriladigan 

ta’sirlar 

telekommunikatsiya 

tarmog‘i 

obyektlariga 

apparat-dasturiy 

vositalariga, 

foydalanuvchi 

uzatayotgan 

ma’lumotlarni 

uzatishni 

to‘sib 

qo‘yish 


maqsadida  tarmoqni  boshqaruvchi  axborotga 

umumiy foydalanish tel... 



 

296 


yo‘naltirilgan  bo‘lib,  bular  avvaldan  ma’lum 

hisoblanadi. 



 

umumiy 

foydalanishdagi 

telekommunikatsiyalar  tarmog‘i  axborot 

xavfsizligi mexanizmi 

ingl.:  public  switched  telecommunications  network 

information security mechanism 

rus.:  механизм  информационной  безопасности 

сети телекоммуникаций общего пользования 

Umumiy 


foydalanishdagi 

telekommunikatsiyalar 

tarmog‘i 

axborot 


xavfsizligini ta’minlashning apparat-dasturiy va 

tashkiliy  vositalari.  Belgilangan  xavfsizlik 

siyosatiga 

muvofiq 


tarmoqning 

axborot 


xavfsizligiga  bo‘lgan  tahdidlardan  bir-birini 

bosuvchi  muhofaza  sinflariga  ko‘ra  bir  yoki  bir 

necha  muhofaza  jihatlarini  amalga  oshiradi: 

buzish  ta’sirining  oldini  olish,  jinoyatkor 

tomonidan  keltirilgan  oqibatlarni  aniqlash, 

ushbu  oqibatlarni  bartaraf  qilish.  Umumiy 

foydalanishdagi 

telekommunikatsiyalar 

tarmog‘i  axborot  xavfsizligi  mexanizmlariga 

tarmoqda 

xabarlarni 

uzatish 


jarayonini 

muhofaza  qilishda  quyidagilar  kiradi:  erkin 

foydalanishni nazorat qilish mexanizmi, xabarni 

autentifikatsiya  qilish  mexanizmi,  almashuv 

autentifikatsiyasi mexanizmi. 

 

umumjahon o‘rgimchak to‘ri (UO‘T) 

ingl.: World Wide Web (WWW) 

rus.: всемирная паутина 

1. Butun jahon bo‘ylab joylashgan serverlardagi 

axborotni  olish  imkonini  beruvchi  Internet 

xizmati. 

2.  Internet xalqaro  axborot-telekommunikatsion 

tarmog‘ining  gipermatn  axborot  subtizimi. 

Internet  tarmog‘iga  ulangan  va  dunyoning  turli 

mamlakatlarida 

joylashgan 

ma’lumotlar 

bazalarida  kalit  so‘zlar  va  murojaatlar  bo‘yicha 

axborot izlashni ta’minaydi. 

3.  Internetdagi  resurslarni  izlash  va  ulardan 

erkin foydalanish uchun gipermatn tizimi. 

UO‘T 

ushbu 


tarmoqdagi 

kompyuterlarda 

saqlanayotgan  barcha  ma’lumotlarni,  ularni 

bog‘lovchi  gipermurojaatlar tizimi  orqali ko‘rib 

chiqish  imkonini  yaratuvchi  Internet  xizmatlari 

majmuini  taqdim  etadi.  UO‘Tning  apparat 

ta’minoti  asosini  butun  dunyoda  joylashgan  va 

Internetda  birlashgan  ko‘plab  kompyuterlar 

tashkil  etadi.  UO‘Tning  axborot  asosini  veb-

hujjatlari  deb  atalmish  ushbu  kompyuterlar 

xotirasida  ko‘plab  saqlanayotgan  gipermatnga 

asoslangan 

hujjatlar 

tashkil 


etadi. 

veb-


hujjatlarida  foydalanuvchi,  ajratib  qursatilgan 

so‘z  yoki  jumlalarni  tanlab,  boshqa  hujjatlarga 

o‘tishi  yoki  yer  sharining  turli  nuqtalarida 

joylashgan kompyuterlar xotirasidagi fayllardan 

erkin foydalanishi mumkin. Shuning uchun ham 

foydalanuvchi  UO‘Tni  Umumnjahon  virtual 

«o‘rgimchak  to‘risimon»  axborot  tarmog‘i 

sifatida  qabul  qiladi.  UO‘T  Internetdagi 

kompyuterlar  va  fayllar  va  hujjatlarni  uzatish 

protokollaridan 

foydalanganligi 

sababli 


«UO‘T» 

atamasi 


odatda 

umumjahon 

kompyuterlar  tarmog‘ini  ham,  axborotning 

o‘zini  ham  bildiradi.  veb-hujjatlaridan  erkin 

foydalanish  mijoz-server  arxitekturasini  qo‘llab 

amalga  oshiriladi.  Serverdan  hujjatni  olish 

uchun  uning  hammabop  resurs  ko‘rsatkichi 

(URL)  deb  atalmish  tarmoqdagi  manzili 

qo‘llaniladi.  UO‘T  mijoz  va  serverlari  o‘zaro 

muloqotda  bo‘lgan  til  va  qoidalar  gipermatnni 

uzatish  protokoli  (Hyper Text  Transmission 

Protocol,  HTTP)  tomonidan  belgilanadi.  HTTP 

matn,  tasvir,  tovushlarga  ega  gipermedia 

ma’lumotlarini  so‘rash,  qabul  qilish  va  aks 

ettirish 

imkonini 

beradi. 

Umumjahon 

o‘rgimchak to‘ri asoschisi Tim Berners-Li (Tim 

Berners-Lee)  2004  yilning  15  aprelida  1  mln. 

AQSH  dollari  ($1,23  mln.)  miqdorda  mukofot 

olgan. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling