Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103

 

teletibbiyot 

ingl.: telemedicine 

rus.: телемедицина 

Tibbiyot yo‘nalishi. U telekommunikatsiyalarni, 

davolash  va  tashxislash  sifatini  hamda  buning 

imkoniyatini  oshirish  maqsadida  mutaxassislar 

orasida  tibbiy  axborot  ayirboshlash  uchun 

ishlatishga 

asoslangan. 

Tibbiy 


axborotni 

mutanosib  ayirboshlashning  zaruriy  sharti 

bo‘lib,  tibbiy  ma’lumotlarni  va  bilimlarni  aloqa 

kanallari orqali uzatish uchun kelishilgan tarzda 

tayyorlash hisoblanadi. 

 

televizor 

ingl.: television set 

rus.: телевизор 

Harakatsiz va harakatlanuvchi tasvirlarni tovush 

hamrohligida 

namoyish 

qilish 

uchun 


mo‘ljallangan  qurilma.  Televizor,  birinchi 

navbatda 

teleko‘rsatuvlar 

tarmog‘ining 

terminalidir. 

Shunga 


munosib 

tarzda, 


teleko‘rsatuvlar  signallarini  qabul  qiluvchisini, 

kadrlar  va  qatorlarni  yoyish,  ekran  va  tovushni 

eshittirish  tarkibiy  qismlarini  o‘z  ichiga  oladi. 

O‘zaro  faol  teleko‘rsatuvlarni  paydo  bo‘lishi 

bilan  televizorga  mikroprotsessorli  qurilma 

ulaydigan 

bo‘lishdi. 

Uning 

vazafasi 



foydalanuvchini 

ma’lumotlar 

bazasi 

va 


tarmoqni  boshqa  amaliy  jarayonlar  bilan 

muloqotini  ta’minlashdir.  Televizorlar  borgan 

sari ko‘proq, analogli tamoyillardan raqamlisiga 

o‘tmoqda.  Bu bilan  birga,  ularni ekranlari  keng 

formatli,  kengligini  balandlikga  nisbati  16:9 

bo‘lmoqda. 



 

telexizmat 

ingl.: teleservice 

rus.: телеуслуга 

Axborot-kommunikatsiya 

infratuzilmasidan 

foydalanib,  masofadan  taqdim  qilinadigan 

xizmat turi. 

 

Telnet 

teleko‘rsatuvlar kutub... 



 

283 


Buyruqlarni  qadam-baqadam 

o‘giruvchidan 

foydalangan  holda  kompyuterdan  masofadan 

erkin  foydalanish  uchun  tarmoq  bayonnomasi. 

Bitta  kompyuter  foydalanuvchisiga  boshqa 

uzoqlashgan  kompyuterga  ulanish  va  u  bilan 

xuddi  o‘z  kompyuterida  ishlaganidek  ishlash 

(jumladan,  tahrir  qilish,  ko‘chirish,  o‘chirish 

amallarini 

bajarish) 

imkonini 

beradi. 


Shifrlashdan  foydalanmagani  uchun  Internet  va 

mahalliy 

tarmoqda 

foydalanilganda 

xaker 

hujumlariga  qarshi  zaifroq.  SSH  tarmoq 



bayonnomasi 

tomonidan 

yetarli 

kriptografikaviy 

muhofaza 

qilinganlikka 

o‘xshash funksionallik ta’minlanishi mumkin. 

 

terminal 

ingl.: terminal 

rus.: терминал 

1.  Axborot  tizimiga  ma’lumot  va  buyruqlarni 

kiritish-chiqarish 

qurilmasi. 

Terminallarni 

ishlatiladigan xillari ro‘yxati yetarlicha kattadir. 

Ularning  eng  oddiysi  bo‘lib,  telefon  apparati 

hisoblanadi.  Terminallar  videoteks,  audiomatn, 

teleteks  va  telekonferensiya  xizmatlarida  keng 

tarqalgan.  Informatikada,  banklarda,  savdoda 

ixtisoslashgan 

funksiyalarni 

bajaradigan 

terminallarda foydalaniladi. 

2.  Telefon  liniyasining  yakuniy  yoki  uning 

boshqa  liniya  yoki  tarmoq  bilan  ulanadigan 

nuqtasi. 

 

terminal emulyatsiyasi 

ingl.: terminal emulation 

rus.: эмуляция терминала 

Sizning 


kompyuteringiz 

ulangan 


terminal 

vazifasini  bajaradigan  uzoqdagi  kompyuter 

bilan ulanish jarayoni. 

 

terminal jihoz 

ingl.: Terminal Equipment (TE) 

rus.: терминальное оборудование 

Foydalanuvchi 

ehtiyojlari 

uchun 


amaliy 

jarayonlarni  bajaradigan  abonent  tizimning 

asosiy  qismi.  Terminal  jihoz  sifatida  rang-

barang 


qurilmalar 

o‘rin 


olishi 

mumkin. 


Shuningdek,  ular  qatoriga  telefon  apparat, 

teleks,  faks-apparat,  kompyuter  va  h.  k.lar 

kiradi.  Bu  jihoz  axborot  tizimiga  yakka  holda 

yoki guruhlab ulanadi. 



 

terminal qurilmasi 

ingl.: terminal device 

rus.: терминальное устройство 

Kompyuterni  masofadan  boshqarish  pulti. 

Terminal  qurilmasidan  inson,  kompyuter  bilan 

bevosita  muloqat  olib  borishi,  u  yoki  bu 

masalani 

qismlab 


yechishni 

topshirishi, 

kompyuter  xotirasidan  kerakli  ma’lumotlarni 

olishi,  hisoblarning  oraliq  natijalarini  olishi 

mumkin. 

 

terminal serveri 

ingl.: terminal server 

rus.: терминальный сервер 

Terminallar  majmuasini  birlashtiruvchi  server. 

U  terminallar  joyini  o‘zgartirganda  ulanishlarni 

soddalashtiradi. 



 

terminator 

ingl.: terminator 

rus.: терминатор 

Murakkab bo‘lmagan qurilma. U ma’lumotlarni 

yuqori  tezliklarda  uzatishda  signallar  umumiy 

bo‘g‘in 


oxiridagi 

nuqtalardan 

akslanishi 

mumkin  bo‘lganda  yakka  kanalning  umumiy 

bo‘g‘ini  uchlariga  (oxiriga)  o‘rnatiladi.  Ko‘p 

hollarda,  terminator  vazifasini  rezistor  o‘taydi. 

Terminator  tufayli,  signallar  umumiy  bo‘g‘in 

uchlarida yoyilib ketadi. 



 

termoprinter 

ingl.: thermoprinter 

rus.: термопринтер 

Ish  tamoyili  ikkita  rangsiz  qizdirilgan  tomchi 

bitta 

rangli 


tomchiga 

tutashib 

ketishiga 

asoslangan  printer.  Termoprinterning  ishlashi 

uchun,  odatda,  issiqlikga  sezgir  yupqa  jadval 

shaklidagi, 

uyalarida 

mikrotomchilar 

joylashtirilgan,  qatlam  bilan  qoplangan  maxsus 

qog‘oz  ishlatiladi.  Qog‘oz  bo‘ylab  qatorma-

qator  qog‘ozni  ezadigan  ignalar  siljitiladi. 

Kerakli  nuqtalarda,  elektrik  impulslar  evaziga, 

ignalar  qiziydi  va  ko‘rinadigan  mikrodog‘larni 

qoldiradi. 



 

teskari aloqa 

ingl.: feedback 

rus.: обратная связь 

Sayt  tashrifchilarining  fikr  va  taqrizlarini 

yig‘ish.  Foydalanuvchilar  bilan  teskari  aloqa 

o‘rnatishning  eng  sodda  va  standart  harakati  – 

saytda 

xatlar 


uchun 

elektron 

manzilni 

joylashtirishdir.  Agar  siz,  «shoshilinch  aloqa 

uchun»  manzilni  qoldirish  bilan  kifoyalanmay, 

foydalanuvchilar  sizga  taqrizlarini  yozishlariga 

erishmoqchi  bo‘lsangiz,  saytingizda  xabarlar 

teskari aloqa 

 


 

284 


yuborish  uchun  qolip  (shakl)  joylashtiring.  Bu 

shaklning  turi  sifatida,  «mehmonlar  kitobi» 

(guestbook) deb ataluvchi shakldan foydalanish 

mumkin.  Foydalanuvchi  mehmonlar  kitobi 

shaklni  to‘ldirishi  bilan,  uning  taqrizi  saytga 

chiqariladi.  Nihoyat,  teskari  aloqa  o‘rnatish 

vositasi sifatida forum ishlatilishi mumkin, agar 

siz  foydalanuvchilarning  savol  va  arzlariga 

javob  berishga  tayyor  bo‘lsangiz,  bu  dolzarb 

usuldir. 



 

teskari chaqiriq 

ingl.: callback 

rus.: обратный вызов 

1.  Ma’lumotlarga  ishlov  berish  tizimi  uni 

muvofiqlash  tartiboti.  Bunda  chaqirayotgan 

terminalni  aniqlab,  chaqiriqni  o‘chiradi  va 

chaqirayotgan 

terminalning 

kodini 

uni 


muvofiqlash  uchun  teradi.  Bu tartibot  uzoqdagi 

kompyuter  bilan  modem  yordamida  ulanish 

bo‘lganda sodir bo‘ladi. 

2.  Dasturlashda  –  chaqiruvchi  dasturdagi 

funksiyani  chaqirilayotgan  dastur  tomonidan 

asinxron  chaqirish:  A  dasturi,  S  tartibotning 

manzilini  ko‘rsatib,  V  tartibotni  chaqiradi, 

bajarilishi  davomida  V  tartibot,  boshqaruvni  A 

dasturiga  qaytarmay,  S  tartibotni  chaqirishi 

mumkin. 


Usul, 

aksariyat 

begona 

ishlab 


chiqaruvchilar 

tomonidan 

yaratilgan, 

hammabop 

algoritmlarni 

(V 


tartiboti) 

hammabop  tartibotlarning  dastlabki  kodini 

o‘zgartirmay,  tatbiq  qilishning  turli  usullari  (S 

tartiboti) bilan, ishlatish imkonini beradi. 



 

testlash 

ingl.: testing 

rus.: тестирование 

Qurilma 


yoki 

dasturiy 

ta’minot 

to‘g‘ri 


ishlayotganini  yoki  uning  ish  tezligini  aniqlash 

jarayoni.  Testlash  uch  asosiy  bosqichga 

ajratiladi.  Bular  ishlab  chiqish,  sifat  nazorati  va 

yaratilayotgan 

obyektni 

tatbiq 


qilish 

bosqichlaridir.  Har  bir  bosqichda,  shu  bosqich 

testlari  amalga  oshiriladi.  Bularning  hammasi 

obyektning  sifatini  va  obyektlarni  bexato 

ishlashini  kafolatlaydi.  Testlash  texnik  va 

dasturiy 

mahsulotlarni 

tashxislashni 

va 

haqiqiyligini  tasdiqlashni  ta’minlaydi,  ularning 



texnik  talablarga  mosligini  tekshiradi.  Testlash 

uchun  apparatlar  yoki  dasturlar,  masalan 

mantiqiy 

tahlilchilar 

ishlatiladi. 

Testlash 

dasturlardagi  xatoliklarni  aniqlash  imkonini 

beradi  xolos.  Ularni  tuzatish  dasturlarni 

sozlashda amalga oshiriladi. 

 

Texas Instruments korporatsiyasi 

ingl.: Texas Instruments corporation 

rus.: корпорация Texas Instruments 

Integral 

sxema 

va 


kompyuterlar 

ishlab 


chiqaruvchi  kompaniya.  Texas  Instruments 

AQSHda  yaratilib,  dastlab  neft  sanoati  uchun 

asboblar  va  boshqa  texnika  vositalarini  ishlab 

chiqarish 

bilan 

shug‘ullangan. 



Keyin 

kompaniya  yarimo‘tkazgichlar  yaratuvchilari 

orasida  eng  birinchilardan  biri  bo‘lgan.  1958 

yilda  kompaniya  birinchi  integral  sxemani, 

1967  yilda  esa  birinchi  qo‘l  kalkulatorini 

taqdim etgan. Hozirgi paytda Texas Instruments 

keng  ko‘lamda  integral  sxemalar  taklif  etadi. 

Kompaniya  modul  tamoyili  asosida  qurilgan 

yuqori  samarali  ixcham  shaxsiy  kompyuter  va 

mikroprotsessorlarni ishlab chiqaradi. 



 

texnik boshqaruv hujjati 

ingl.: technical guidelines 

rus.: материал технический руководящий 

Qo‘llanilishi  shart  bo‘lgan,  texnik  talablar  va 

telekommunikatsiyalar 

tarmoqlari 

apparaturasining 

o‘zaro 


aloqada 

ishlash 


bayonnomalarini aks ettirgan hujjat. 

 

texnik uyg‘unlik 

ingl.: technical compatibility 

rus.: техническая совместимость 

Biror  kompyuterni  boshqa  kompyuterning 

tarkibigidagi  bog‘lama  va  vositalar  bilan ishlay 

olish qobiliyati. 



 

texnikaviy ta’minot 

ingl.: hardware 

rus.: техническое обеспечение 

qarang: apparat ta’minoti 

 

texnikaviy vositalar 

ingl.: technical tools 

rus.: технические средства 

qarang: apparat vositalar 

 

texnologik aloqa tarmog‘i 

ingl.: technological communication network 

rus.: технологическая сеть связи 

Ishlab 


chiqarishning 

ichki 


jarayonlarini 

ta’minlash  uchun  mo‘ljallangan  elektr  aloqa 

tarmog‘i. 

 

texnologiya 

teskari chaqiriq 

 


 

285 


ingl.: technology 

rus.: технология 

Muayyan  ishlab  chiqarish sohasidagi usullar  va 

jarayonlar  majmuasi.  Informatikada  turli tuman 

axborot  texnologiyalari  ishlatiladi,  birinchi 

navbatda, kompyuter texnologiyalari. 

 

texnologiyalar egasi 

ingl.: owner of technologies 

rus.: владелец технологий 

Qonun 


tomonidan 

belgilangan 

chegaralar 

doirasida  texnologiyalarga  ega  bo‘lgan  va 

foydalanayotgan 

hamda 


foydalanish 

vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt. 



 

texnopark 

ingl.: industrial park 

rus.: технопарк 

Fanni,  ta’limni  va  ishlab  chiqarishni  hududiy 

tashkil qilish shakli. Texnopark yoki texnologik 

park, yuqori malakali mutaxassislar ishlaydigan 

tadqiqot, 

axborot, 

texnik 

va 


texnologik 

jamiyatlar.  Texnoparkda  tadqiqotlar  bajariladi, 

ishlanmalar ishlanadi,  ko‘pincha tovarlar ishlab 

chiqarish ham bajariladi. 



 

tezkor paket 

ingl.: fast packet 

rus.: быстрый пакет 

Kanal  sathida,  foydalanuvchi  tizimlar  va 

ma’muriy 

tizimlar 

orasida 

uzatiladigan 

ma’lumotlar bloki. 

 

tezkor xotira 

ingl.: main memory 

rus.: оперативная память 

Kompyuter  xotirasining  asosiy  tezkor  maydoni. 

Markaziy  protsessorning  bevosita  nazorati 

ostida  ma’lumotlarni  va  dasturlarni  saqlash 

uchun  ishlatiladi.  Tezkor  xotira  protsessorga 

buyruq  va  ma’lumotlarni  bevosita  yoki  kesh-

xotira  orqali  uzatadi.  Shu  sababli,  dastlab, 

tezkor  xotiraga  operatsion  tizim  yoki,  hech 

bo‘lmaganda,  uning  shu  vaqtda  ishlayotgan 

qismi  yoziladi.  Bundan  tashqari,  bu  yerda  bu 

dasturga 

zarur 


bo‘lgan, 

protsessorda 

bajarilayotgan  dastur  va  ma’lumotlar  saqlanadi. 

O‘z  navbatida,  tezkor  xotira,  kattaroq  hajmga 

ega,  lekin  sekinroq  ishlaydigan  tashqi  xotira 

bilan o‘zaro ishlaydi. 



 

tezkor xotira qurilmasi 

ingl.: main storage device 

rus.:  оперативное  запоминающее  устройство 

(ОЗУ) 

Axborot 


tizimiga 

tezkor 


xotira 

taqdim 


qilayotgan  xotira  qurilmasi.  Tezkor  xotira 

qurilmasi,  RAM  «ixtiyoriy  erkin  foydalanish 

xotirasi»ni  taqdim  qiladi,  tezkor  hisoblanadi, 

shu  sababli  qimmatbahodir.  Tezkor  xotira 

qurilmasi,  ularga  dasturlarni  va  ma’lumotlarni 

qayta-qayta  yozish  va  ularni  o‘chirish imkonini 

beradi.  Tezkor  xotira  qurilmalarining  ikki  sinfi 

farqlanadi. 

Energiyaga 

qaram 


qurilmalar 

soddaroq,  lekin  bunday  xotira  faqat  elektr 

quvvat  borligida  saqlay  oladi.  Energiyadan 

mustaqil  xotira  qurilmalari,  xotirani  saqlashni 

ozuqa  manbai  yo‘qligida  ham  davom  ettiradi, 

ammo ular murakkabligi bilan tavsiflanadi. 



 

teshik  

ingl.: hole (in information security) 

rus.: дыра (в информационной безопасности) 

Axborot  xavfsizligi  nuqtai  nazaridan  zaiflik. 

Qaralsin: Zaiflik. 

 

TFLOPS 

qisq.: TeraFLOPS 

Trillion FLOPS. 



 

TFT 

qisq.: Thin Film Transistor 

Yupqa  tasmali  tranzistor,  TFT  texnologiyasi. 

Ekrandagi har bir tasvir elementi uchun maxsus 

tranzistor (“faol matritsa”) javob beruvchi LCD 

panellarni ishlab chiqarish texnologiyasi. 

 

TFTP 

qisq.: Trivial File Transfer Protocol 

Fayllar  uzatishning  oddiy  bayonnomasi,  TFTP 

bayonnomasi. 

FTP 


bayonnomasining 

soddalashtirilgan  xili.  Asosan  disksiz  ish 

stansiyalarini 

dastlabki 

yuklash 

uchun 


ishlatiladi.  FTP  bayonnomasidan  farqli  o‘laroq, 

TFTP autentifikatsiya imkoniyatlariga ega emas 

va  UDP  transport  bayonnomasiga  asoslangan. 

TFTP  bayonnomasining  spetsifikatsiyasi  RFC 

1350da keltirilgan. 

 

TIFF 

qisq.: Tag Image File Format 

Tasvirni  saqlash  uchun  belgilovchiga  ega 

bo‘lgan  fayl,  TIFF  formati.  Rastr  grafikasini 

saqlash uchun fayl formati. 



 

tijorat axboroti 

tijorat axboroti 

 


 

286 


ingl.: commercial information 

rus.: коммерческая информация 

Oldi-sotdi  obyekti  axboroti.  U  faqat  axborot 

egasining  hoxishi  va  uning  shartlariga  ko‘ra, 

tarqatiladi. 



 

tijorat siri 

ingl.: commercial secret 

rus.: коммерческая тайна 

1.  Davlat  yoki  xususiy  korxona  faoliyatining 

ixtiyoriy  sohasiga  tegishli  mahfiy  ma’lumotlar. 

Ularni  oshkor  aylash  ularning  egalariga  yoki 

foydalanuvchilarga (yuridik shaxslarga) moddiy 

yoki  ma’naviy  ziyon  keltirishi  mumkin.  Tijorat 

sirini  qo‘riqlash  uning  egasi  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

2.  Boshqaruv,  ishlab  chiqarish,  ilmiy-texnik, 

kredit-moliya, savdo va o‘zga ishchan axborotni 

tashkil 

qiladigan, 

hamda 

maxsus 


qo‘riqlanadigan  ma’lumotlarni,  shu  jumladan 

ishlab  chiqarish  sirlarini  o‘z  ichiga  olgan 

axborot. 

3.  Fuqarolik  huquqining  alohida  tartibda 

muhofazalanadigan  obyektlaridan  biri.  Axborot 

tijorat  sirini  tashkil  qilishi  uchun,  u  uchinchi 

shaxslarga  noma’lumligi uchun,  haqiqatda  yoki 

potensial ravishda tijorat boyligiga ega bo‘lishi, 

undan  qonuniy  tarzda  erkin  foydalanish 

mumkin  emasligi  va  axborotni  egasi  uning 

pinhoniyligini  muhofaza  qilish  tadbirlarini 

ko‘rishi holati mavjud bo‘ladi. 



 

tizim 

ingl.: system 

rus.: система 

Ma’lum natijaga erishish uchun birlashtiriluvchi 

bir  butun  yoki  jami  turli  xil  obyektlar  sifatida 

o‘rganiluvchi ixtiyoriy obyekt. 



 

tizim birlashtiruvchisi 

ingl.: systems integrator 

rus.: системный интегратор 

Turli  yetkazib  beruvchilardan  olingan  tarkibiy 

qismlarni 

birlashtirish 

yo‘li 

bilan 


to‘liq 

kompyuter  tizimlarini  qurishda  ixtisoslashgan 

shaxs  yoki  kompaniya.  Dasturlarni  ishlab 

chiqaruvchilardan 

farqli 

o‘laroq, 



tizim 

birlashtiruvchilari  hech  qanday  dastlabki  kod 

ishlab 

chiqmaydi. 



Buning 

evaziga 


ular 

kompaniyalarga ularning hisoblash ehtiyojlarini 

qondirish  uchun  do‘konlarda  sotilmaydigan 

kompyuter va dastur paketlaridan foydalanishga 

undaydi. 

 

tizim butunligi 

ingl.: system integrity 

rus.: целостность системы 

Ma’lumotlarga  ishlov  berish  tizimining,  o‘z 

maqsadi  yo‘lida  faoliyat  bajarish  xossasi. 

Bunda 


mualliflashmagan 

foydalanuvchilar 

tomonidan  resurslar  shaklini  o‘zgartirish  va 

ulardan 


foydalanish, 

hamda 


resurslarni 

mualliflashgan 

foydalanuvchilar 

tomonidan 

nomutanosib  shakl  o‘zgartirish  va  noto‘g‘ri 

foydalanish  oldindan  bartaraf  qilingani  nazarda 

tutiladi. 

 

tizim dasturlovchisi 

ingl.: system software developer 

rus.: системный программист 

Tizimli  dasturiy  ta’minot  ishlab  chiqish  bilan 

shug‘ulanuvchi dasturlashtiruvchi. 

 

tizim fayli 

ingl.: system file 

rus.: системный файл 

O‘z  ichiga  operatsion  tizim  modullaridan  birini 

yoki  operatsion  tizim  foydalanayotgan  yoki 

qo‘llab-quvvatlayotgan  ma’lumotlar  to‘plamini 

olgan fayl. 

 

tizim jurnali 

ingl.: system log 

rus.: системный журнал 

Tizim 


subyektlari 

faoliyati 

natijalari 

qaydlarining xronologik tarzda tartibga solingan 

jami  qaydlar.  U  oxirgi  natijani  tekshirish 

maqsadida  tranzaksiyani  bajarayotgan  paytda 

amallar, 

jarayonlarning 

bajarilishiga 

yoki 


voqelarning  ro‘y  berishiga  olib  keluvchi 

harakatlar ketma-ketligini  qayta  tiklash,  ko‘rish 

va tahlil qilish uchun yetarli bo‘lishi lozim. 

 

tizim ma’muri 

ingl.: system administrator 

rus.: системный администратор 

Tashkilot 

yoki 

muassasa 



tizim 

dasturiy 

ta’minotining 

ahvoli, 


rivojlanishi 

va 


foydalanilishi  uchun  javobgar  inson  yoki 

shaxslar 

guruhi. 

Tizim 


ma’muri 

foydalanuvchilarning  qayd  yozuvlarini  olib 

boradi,  qayd  yozuvlari  siyosatini  belgilaydi, 

operatsion tizimlarning faoliyati va ma’lumotlar 

muhofazasining kerakli pog‘onasini ta’minlaydi. 

tijorat siri 

 


 

287 


U  ushbu  tashkilotning  tizim  muhandislari, 

tizimli 


dasturlashtiruvchilar 

va 


foydalanuvchilari bilan o‘zaro aloqada ishlaydi. 

Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling