Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
TCP qisq.: Transmission Control Protocol Uzatishni boshqarish bayonnomasi, TCP bayonnomasi. TCP/IP bayonnomalar setkasida transport pog‘onali bayonnomasi. Ma’lumotlarning ikki tomonlama ketma-ket uzatilishini ta’minlaydi. Bayonnoma RFC 793da tavsiflangan. TCP vazifalari mumkin bo‘lgan paketlarning yo‘qolishini tekshirish, bir necha paketdan to‘g‘ri tartibda ma’lumotlarni yig‘ish hamda yo‘qolgan va buzilgan paketlarni qayta
jo‘natishga so‘rov berishdir. Veb-serverlari bilan aloqa qilish uchun kompyuterlarda TCP/IP bayonnomasi bajarilishi lozim.
TCP/IP
bayonnomalari oilasi.
Internetda ma’lumotlar uzatish uchun
ishlatiladigan bayonnomalar to‘plami. Dastlab
UNIX operatsion tizimlari uchun yaratilgan. Hozirgi paytda barcha asosiy operatsion tizimlarga o‘rnatiladi. TDD qisq.: Time Division Duplex Vaqt ajratish bilan dupleks uzatish. TDMA qisq.: Time Division Multiple Access qarang: vaqtni taqsimlash bilan ko‘p tomonidan erkin foydalanish TDS qisq.: Tabular Data Stream Jadval ma’lumotlari oqimi, TDS bayonnomasi. Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish uchun kommunikatsiya bayonnomasi. TD-SCDMA qisq.: Time-Division Synchronous Code-Division Multiple Access Vaqt va chastota bo‘yicha sinxron ajratish bilan ko‘ptomonlama erkin foydalanish, TD-SCDMA standarti, TD-SCDMA texnologiyasi. Uchinchi avlodli uyali aloqa standarti. Asosan Xitoyda tarqalgan. teg ingl.: tag rus.: тэг (inglizcha, tag - kalka) Odatda, gipermatnni belgilab chiqish tilidagi buyruq shunday ataladi. Bular misolni ko‘rish uchun, «Вид» (Shakl) menyusida, «HTML kodini ko‘rish» buyrug‘ini tanlang. Burchak qavslardagi barcha so‘zlar – teglardir.
Bank hisoblaridantelefon orqali uzoqdan erkin foydalanish .
Telekommunikatsiya tamog‘i orqali, qog‘ozli tashuvchida taqdim qilinadigan harakatsiz tasvirlarni uzatish-qabul qilishni amalga oshiradigan qurilma. Telefaks (xuddi shunday faks deb ataladi), faksimil aloqani ta’minlashga mo‘ljallangan. U uch asosiy qismdan tashkil topgan. Ulardan birinchisi - skaner, qog‘oz sahifasidan ma’lumotlar kiritishni ta’minlab beradi. Skaner 210 mm kenglikka ega, unda tasvirning ravshanligini ilg‘ay oladigan 1600 datchik o‘rnatilgan. Ikkinchi qism – elektron qism,
xabarni qabul
qiluvchiga signal
ko‘rinishida uzatishga xizmat qiladi. Shu qismning o‘zi signalni qabul qilishni ta’minlaydi. Uchinchi qism – printerdir, u xabarni rulonli yoki varaqli qog‘ozda choplaydi. Faks - apparatlarda ko‘pincha termoprinterlarni ishlatishadi. telefon apparati ingl.: telephone set TCP
279
rus.: телефонный аппарат Nutqni balki, ma’lumotlarni boshqa xillarini ham, qabul qilish va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilma. Telefon apparati A.Bell tomonidan 1876 yili kashf qilingan bo‘lib, jahonda keng tarqalgan. Bu apparat ikki qismdan iborat: - abonentlarni chaqirishga, ulashga va uzishga mo‘ljallangan uzib – ulovchi tarkibiy qismdan; - nutqni qabul qilishni va uzatishni ta’minlaydigan suhbat tarkibiy qismdan. telefon pochtasi ingl.: telephone mail rus.: телефонная почта qarang: nutqiy pochta telefon serveri ingl.: telephone server rus.: телефонный сервер Mahalliy tarmoqning telefoniya xizmatida ishlash uchun mo‘ljallangan server. Bu server nutq
pochtasi, chaqiruvlarni avtomatik taqsimlash, telefon suhbatlarining narxini hisoblash, tashqi telefon
tarmog‘i bilan
interfeys vazifalarini bajaradi. Server,
telefoniya bilan bir qatorda, tasvirlarni va faksimil aloqa xabarlarini ham uzatishi mumkin. telefon tarmog‘i ingl.: telephone network rus.: телефонная сеть Nutq uzatishga mo‘ljallangan tarmoq. Telefon tarmog‘i, ATS «avtomatik telefon stansiyalari» (telefon stansiyalari) deb nomlanuvchi uzib- ulash bog‘lamalaridan tashkil topgan. Telefon stansiyalari kanallarni uzib-ulashni ta’minlaydi, abonent tizimlar sifatida esa, birinchi galda, telefon apparatlari ishlatiladi. Tarmoq va uning tarkibiy qismlari ITU standartlari bilan belgilanadi. Odatda, telefon tarmog‘i kabelli tarmoqqa tayanadi. Shu bilan birga, telefon radiotarmog‘i ham ishlatiladi. telefoniya ingl.: telephony rus.: телефония Ovoz
va video
signallarni, tasvir
va ma’lumotlarni masofadan uzatish texnologiyasi. Telefoniya xizmati foydalanuvchilarga turli tuman xizmat turlarini taqdim qiladi, shu jumladan: - abonentlar orasidagi nutqiy muloqat; - nutqiy pochta; - faksimil aloqa; - matnlarni masofadan o‘qish; - ma’lumotlar bazasi bilan matnli muloqat. Internet tarmog‘ida, IP «tarmoqlararo bayonnomasi» bo‘yicha bajarilayotgan matn muloqati IP-telefoniya deb ataladi. telefonogramma ingl.: telephonogram rus.: телефонограмма Nutqiy pochta saqlaydigan va uzatadigan, qabul qiluvchi esa, eshitadigan xabar.
1. Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasidan foydalangan holda ish natijalaridan foydalanish ishlatish joyidan uzoq yerda bajariladigan ish. 2. Bir tashkilotning xodimlarini o‘z uylarida yoki
maxsus mahalliy telemarkazlarda, telekommunikatsiya tizimlaridan foydalanib ularning o‘zaro ishlashini ta’minlaydigan ishlab chiqarish faoliyati. Teleish qator muhim imkoniyatlar beradi, ularga birinchi galda quyidagilar kiradi: - ish vaqtini va bo‘sh vaqtni erkin taqsimlash; - ish joyiga qatnash uchun ketadigan vaqt va harajatlarni tejash.
1. Simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalanib signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki boshqa ko‘rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish jarayoni. 2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida
ma’lumotlarni masofadan uzatish jarayoni. 3. Predmeti axborot uzatish uslublari va vositalari bo‘lgan faoliyat sohasi. telekommunikatsiya makroiqtisodiyoti ingl.: macroeconomics of telecommunication rus.: макроэкономика телекоммуникации Iqtisodiyot sohasi. U mamlakatda telekommunikatsiyalar rivojini statistik qonuniyat asosida jamiyatning iqtisodiy darajasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda belgilaydi.
telekommunikatsiya mak... 280
telekommunikatsiya operatori ingl.: telecommunication operator rus.: оператор телекоммуникаций Telekommunikatsiya tarmog‘iga mulkchilik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida, egalik huquqiga ega bo‘lgan, uning faoliyatini, rivojlanishini ta’minlovchi va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. telekommunikatsiya operatorining xizmat doirasi ingl.: activity zone of telecommunications operator rus.: зона действия оператора телекоммуникаций Telekommunikatsiya operatori aloqa xizmatini ko‘rsatadigan hudud.
Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanganligi uchun olinadigan haq stavkalari tizimi.
Buzg‘unchining (xavfsizlikka tahdid
soluvchining) TT obyektlariga, tasodifan va ataylab, TTning ish jarayonini izdan chiqarish uchun TTda aylanib yuradigan ma’lumotlarga va uni boshqaruvchi axborotlarga, ular bilan tanishish, buzish, yo‘q qilish yoki qamal qilish maqsadida qilingan ma’lum (berilgan) ta’sirlar to‘plamidan muhofazalanganlikni bildiradi.
Bitta yoki bir nechta uzatish (telefon, telegraf, faks, ma’lumotlar va boshqa hujjatli xabarlar uzatish, jumladan kompyuter orasida axborotni almashish, televizion, tovush va boshqa radiosimli uzatish) turlarini ta’minlovchi texnologik tizimlar. telekommunikatsiya tarmog‘ining itoatkorligi ingl.: non-failure operation of telecommunication networks rus.: безотказность сети телекоммуникаций Telekommunikatsiya tarmog‘ining uzluksiz ishchi holatini biror vaqt davomida yoki biror ishini saqlab qolish xossasi. telekommunikatsiya tashkiloti ingl.: telecommunication company rus.: организация телекоммуникаций Mulkchilik turidan qat’iy
nazar, telekommunikatsiya xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslarga, o‘zining asosiy faoliyat turi sifatida taqdim qiladigan, yuridik shaxs. telekommunikatsiyalar kanali ingl.: telecommunication channel rus.: канал телекоммуникаций Texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui. U telekommunikatsiya signallarining o‘tish yo‘lini hosil qiladi. Bu yo‘l kanallar va ikkilamchi tarmoq liniyalari bilan ikkilamchi tarmoq stansiyalari va bog‘lamalari yordamida ketma- ket ulangan. Shunda uning chekkalariga abonent
chekka qurilmalari (terminallari) ulanganda manbadan qabul qiluvchi (lar) ga xabar yetkazishni ta’minlaydi. Tarmoqning turiga ko‘ra, telekommunikatsiya kanalini, masalan, telefon, telegraf, ma’lumotlar uzatish kanali deb atashadi. Hududiy alomati bo‘yicha telekommunikatsiya kanallari xalqaro, shaharlararo, zonaviy, mahalliy turlarga bo‘linadi. telekommunikatsiyalar mikroiqtisodiyoti ingl.: microeconomics of telecommunications rus.: микроэкономика телекоммуникации Ayrim
telekommunikatsiya subyektlari, masalan, telekommunikatsiyalar operatori, aloqa
tashkillashtiruvchisi faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiyot sohasi. telekommunikatsiyalar tarmog‘ining texnologik xavfsizligi ingl.: technological security of telecommunications network rus.: технологическая безопасность сети телекоммуникаций Telekommunikatsiyalar tarmog‘ining apparat- dasturiy ta’minotini qasddan qilingan qo‘poruvchi nosozliklarga ega bo‘lmaslik xossasi. Buning uchun muayyan vaqt o‘tishi bilan yoki tashqaridan berilgan buyruqqa binoan, noxush oqibatlarga olib keluvchi harakatlar sodir etuvchi vositalar bo‘lmasligi shart. telekommunikatsiya ope... 281
telekonferensiya ingl.: teleconference rus.: телеконференция 1. Texnik vositalar yordamida, hududiy tarqoq ishtirokchilar orasida
guruhiy kommunikatsiyani amalga oshiradigan tadbir turi. Misollar: telefonli konferensiya, audiokonferensiya, chat,
elektron e’lonlar doskasi, pochta konferensiyasi, video konferensiya va sh.o‘. 2. Uzoqdagi foydalanuvchilar guruhlari orasida munozara o‘tkazish usuli. Telekonferensiya foydalanuvchilarni o‘zaro
ishlashini ta’minlovchi texnik-dasturiy muhit asosida amalga oshiriladi. Telekonferensiya o‘tkazish uchun, ularning har biri tarmoqqa ulangan shaxsiy kompyuterdan erkin foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lishi kerak.
Telekonferensiyalar ikki
turga bo‘linadi. Haqiqiy vaqtdagi telekonferensiyada, uning barcha ishtirokchilari bir vaqtning o‘zida shaxsiy kompyuterlari oldida o‘tirib, hamkorlarga matn va tasvirlarni ko‘rsatish hamda tovushli muloqat olib borish, fayllarni va xabarlarni jo‘natishni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Telekonferensiyalarning ikkinchi turi hujjatlarni ko‘rib chiqish maromida amalga oshiriladi. Bunda, muhokama bo‘layotgan axborotni o‘z ichiga olgan faylni yaratayotgan, ma’lumotlar bazalaridan biri ishlatiladi.
Abonent telegraflashning xalqaro tarmog‘i. Tarmoq xabarlarni katta bo‘lmagan tezlik bilan avtomatik uzatishni ta’minlaydi. Tarmoqning abonentlari oddiy terminallar bo‘lib, ular belgilari yozuv mashinkalarining belgilariga mos keladigan klaviaturadan matnlarni kiritish, xotiralash va uzatish
imkoniga egalar.
Teleksning ishi
ITU standartlari bilan belgilanadi. Teleks, o‘zining oddiyligi evaziga avvallari keng
tarqalgandi. Teleks
terminallarining butun dunyo tartib raqami bilan ta’minlash sxemasi yaratilgan. So‘nggi yillarda, teleks ko‘p
ixtisosli kommunikatsiya tarmog‘ining tarmoq xizmati bo‘lib qoldi va aloqa vositalarini zamonaviyroq turlari – telematn va
elektron pochta
bilan almashtirilmoqda. teleko‘rsatuv ingl.: television rus.: телевидение Asosiy vazifasi harakatlanuvchi tasvirlarni uzatish bo‘lgan tarmoq xizmati. Avvaliga teleko‘rsatuvlar, keng abonentlar auditoriyasiga mo‘ljallangan ommaviy
axborot vositasi sifatida rivojlangandi. U bu maqsadlar uchun teleko‘rsatuvlar tarmog‘ini yoki
maxsus yaratilgan kabel teleko‘rsatuvlar tarmog‘ini ishlatgan. So‘ngra, bu tarmoqni ko‘p faoliyatli kommunikatsiya tarmog‘iga aylanib borishi bilan, teleko‘rsatuvlar muayyan ijtimoiy guruhlarni axborot bilan ta’minlab o‘zining imkoniyatlarini kengaytira bordi.
Asosiy eshittirishlar bilan birga,
teleko‘rsatuvlar, sekundiga 25 ta
kadrni uzatish
bilan abonentlarni yangi xizmat
turlari bilan
ta’minladilar: - pullik teleko‘rsatuvlar; - o‘quv ko‘rsatuvlari; - reklama va marketing xabarlari; - telematn. Sun’iy yo‘ldosh orqali teleko‘rsatuvlar yaratildi. Yuqori ajrataolishli teleko‘rsatuvlar xizmati HDTV paydo bo‘ldi. teleko‘rsatuv kamerasi ingl.: television camera rus.: телевизионная камера Dunyoda qabul qilingan standartlarga mos tazrda videofilmlarni yozib oladigan kamera.
Birinchi navbatda, teleko‘rsatuvlarning faoliyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan tarmoq. Biroq, bugungi kunda, teleko‘rsatuvlar tarmog‘i ko‘psonli foydalanuvchilarga keng ko‘lamli axborot xizmatlari turlarini ta’minlamoqda. Barcha teleko‘rsatuvlar tarmoqlarining alohida
xususiyati bo‘lib
ularning yuqori darajadagi yuzlab megabit sekundiga, o‘tkazish qobiliyati, hisoblanadi. Teleko‘rsatuvlar tarmoqlarida, aloqa yo‘ldoshlari keng ishlatilmoqda. Teleko‘rsatuvlar tarmoqlari asta-sekin keng eshittirishlar tarmog‘idan, ko‘pmaqsadli katta T teleko‘rsatuv tarmog‘i
282
o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lgan
kommunikatsiya tarmog‘iga aylanib bormoqda. Unga, Intercast texnologiyasi yoki boshqa uslublar yordamida shaxsiy kompyuterlar ulanmoqda.
Asosan tasvirlar va videofilmlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar banki. Optik to‘plovchilarni keng ishlatish, juda katta hajmdagi xotiraga ega bo‘lgan ma’lumotlar bankini yaratishga imkon bardi.
Buning evaziga
teleko‘rsatuvlar kutubxonasi yaratilishi mumkin bo‘ldi. telemarketing ingl.: telemarketing rus.: телемаркетинг qarang: elektron marketing telematika ingl.: Telematics rus.: телематика 1. Foydalanuvchining axborot talablariga javob beradigan axborot tizimlari va xizmatlari. 2. Axborotga birlashgan ishlov berish va uni uzatish uchun teleko‘rsatuvlarini kompyuter qurilmalari bilan birlashmasi. telematn ingl.: teletext rus.: телетекст Teleko‘rsatuvlar tarmog‘ining tarmoq xizmati. U matn
va oddiy
tasvirlarni uzatishni ta’minlaydi. Telematn keng eshittirishlar maromida ishlaydi va axborotni televizorlar yordamida qabul qilishga mo‘ljallangan. Uzluksiz aylanma davriy tarzda, ob-havo ma’lumoti, sport natijalari, valuta kurslari, yangiliklar sarlavhalaridan iborat sahifalar to‘plami (100 betgacha) uzatadi.
Matnli hujjatlar uzatish uchun tarmoq xizmati. Teleteks, elektron pochtaning eng sodda xili bo‘lib, hujjatlarni tayyorlash, tahrirlash va uzatish bilan bog‘liq keng imkoniyatlarga ega. U, telefon tarmog‘ida ITU standartiga mos ravishda faoliyat ko‘rsatadi. Teleteks, o‘zining imkoniyatlari va bajarayotgan vazifalariga ko‘ra, teleksni rivojlangan darajasidir. Chunki, u amallarni 2400 bod tezlikda bajaradi, bu esa teleks ish tezligidan 50 barobar ortiqdir. Teleteksning, teleksga nisbatan afzalligi, qatorlarni va paragraflarni shakllantirishda kengroq belgilar yig‘masini ishlata olish imkoniyatidadir. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling