Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103

 

sust tahdid 

ingl.: passive threat 

rus.: пассивная угроза 

Tizim  faoliyati  maromi  o‘zgartirilmagan  holda 

aborotdan 

beruxsat 

erkin 

foydalanish 



imkoniyati. 

 

SVG 

qisq.: Scalable Vector Graphics 

Masshtablanuvchi 

vektor 

grafikasi, 



SVG 

formati.  WWWda  vektor  grafikasi  formati 

uchun W3C standarti. 

 

SVGA 

qisq.: Super Video Graphics Array 

Videografikasining  yaxshilangan  matritsasi. 

VGA  standartidagi  moslagich  imkoniyatlaridan 

ustun 


keladigan 

xohlagan 

turdagi 

videomoslagichning umumiy nomi. 



 

S-VHS 

qisq.: Super Video Home System 

Uy  videosining  yaxshilangan  tizimi,  S-VHS 

standarti. 

 

svitch 

ingl.: switch 

rus.: свитч 

SUN Microsystems korpo... 



 

269 


Uzib-ulagich. 

Kompyuterlarni 

mahalliy 

tarmoqqa 

birlashtirish 

qurilmasi. 

Bunday 

tarmoqda 



kompyuterlarning 

juftlangan 

kommunikatsiyasi 

hamda 


bir 

necha 


ma’lumotlar  oqimlarining  bir  paytning  o‘zida 

mavjud  bo‘lishi  mumkin.  Xab  yordamida 

qurilgan tarmoqdan farq qiladi. 

 

SVN 

qisq.: Switched Virtual Networking 

qarang: uzib-ulanadigan virtual tarmoq 

 

SVR4 

qisq.: System V Release 4 

UNIX OT rusumi. 



 

SXGA 

qisq.: Super eXtended Graphics Array 

O‘ta  kengaytirilgan  grafik  matritsa,  SXGA 

standarti. Grafik axborotni aks ettirish standarti, 

16,7 mln. ranglar bilan 1280x1024 ajrataolishni 

ta’minlaydi. 

 

Sybase korporatsiyasi 

ingl.: Sybase corporation 

rus.: корпорация Sybase 

Ma’lumotlar  bazalarini  boshqarish  tizimlarini 

ishlab 

chiqaruvchi 



kompaniya. 

Sybase 


AQSHning 

Emeryville 

shahrida 

faoliyat 

ko‘rsatib,  ma’lumotlar  bazalari  uchun  dasturiy 

ta’minot 

ishlab 

chiqaruvchi 



eng 

katta 


kompaniyadir. 

Obyektga-yo‘naltirilgan 

me’moriy  tuzilma  va  ommaviy  parallel  ishlov 

berish  maslagiga  alohida  e’tibor  qaratilgan. 

Korporatsiya,  shuningdek,  geterogen  tarmoqlar 

uchun  dasturiy  ta’minot  ishlab  chiqish  bilan 

ham  shug‘ullanadi.  Kompaniyaning  mijoz-

server  texnologiyasiga  asoslangan  mahsulotlari 

PowerSoft nomi ostida ishlab chiqariladi. 

 

so‘roq 

ingl.: polling 

rus.: опрос 

Sayt  auditoriyasi  va  u  auditoriya  fikri 

to‘g‘risidagi  axborotni  yig‘ish.  Odatda,  so‘roq 

har  bir  savolga  bir  nechta  standart  javoblardan 

birini  tanlashni  taklif  qilish  yo‘li  bilan  amalga 

oshiriladi.  Erkin  tarzda  axborot  yig‘ishdan 

farqli,  so‘roq  o‘tkazish  natijalarga  avtomatik 

ravishda  ishlov  berish  imkoniyatiga  ega. 

Umumiy holda, Internetda o‘tkazilgan so‘roqlar 

natijalari ibratli hisoblanmaydi, shunga qaramay, 

lekin  ovoz  beruvchilar  soni  katta  bo‘lgan 

hollarda, ular katta qiziqish uyg‘otadi. 



 

so‘rov 

ingl.: query 

rus.: запрос 

1.  Ma’lumotlarni  uzatishda  bosh  kompyuter 

tomonidan  bo‘ysunuvchi  kompyuterni  uning 

holatini 

(ish 

maromini) 



aniqlash 

va 


oydinlashtirish maqsadida so‘rov qilish jarayoni. 

2.  Foydalanuvchi  izlab  topmoqchi  bo‘lgan 

axborotni  tavsiflovchi  so‘zlar  va  xizmat 

ramzlari to‘plami. 

3.  Veb-brauzerda,  manzildagi  «?»  belgisidan 

so‘ng  keladigan  manzil  qatorining  qismi.  U 

skriptlar  foydalanadigan  parametrlarni  o‘z 

ichiga oladi. 

4. 

Ma’lumotlar 



bazasida 

ma’lumotlar 



termasiga talab. 

 

so‘rovlar tili 

ingl.: query language 

rus.: язык запросов 

Ma’lumotlar  bazasidan  axborot  chiqarib  olish 

uchun 

mo‘ljallangan 



ixtisoslashgan 

til. 


So‘rovlar tiliga de-fakto (hodisa  yuz  bergandan 

so‘ng) standart bo‘lib SQL tili hisoblanadi. 



 

so‘z 

ingl.: word 

rus.: слово 

1.  Biror  alifboda  ma’lum  ma’noga  ega  bo‘lgan 

bo‘sh joylarisiz belgilar ketma-ketligi. 

2. Mashina so‘zi. 



 

so’z 


 

 

270 


Tt

 

 

T1 

AT&T  kompaniyasi  tomonidan  1,544  Mbps 

yo‘l-yo‘li  bilan  DS1  kodida  ma’lumotlarni 

uzatish 


kanallarini 

belgilash 

uchun 

ishlatiladigan  atama.  T1  liniyasi  24  kanalga 



(timeslot) bo‘linadi. 

 

T3 

Raqamli  ma’lumotlarni  yuqori  tezlikda  uzatish 

uchun standart. 

 

ta’minlash vositalarining egasi 

ingl.: owner of ensuring means 

rus.: владелец средств обеспечения 

Qonun 


tomonidan 

belgilangan 

chegaralar 

doirasida  ta’minot  vositalariga  ega  bo‘lgan  va 

foydalanayotgan 

hamda 


foydalanish 

vakolatlarini amalga oshirayotgan subyekt. 



 

ta’minlovchi nimtizimlar 

ingl.: supporting subsystems 

rus.: обеспечивающие подсистемы 

Avtomatlashtirilgan 

boshqarish 

tizimining, 

asosiy 

funksional 



nimtizimlarini 

mo‘tadil 

faoliyatini  ta’minlab  beruvchi  nimtizimlar 

guruhi.  Ularga,  tashkiliy,  iqtisodiy,  matematik, 

axboriy,  texnik,  huquqiy  va  boshqa  ta’minotlar 

kiradi. 


 

ta’sirchanlik 

ingl.: hue 

rus.: тон 

Kompyuter grafikasida rang tavsiflanadigan uch 

tavsifnomadan (to‘yinganlik va ravshanlik bilan 

bir  qatorda)  biri.  Ta’sirchanlik  spektral  qizil, 

sariq,  to‘q  sariq,  yashil,  ko‘k  va  pushti 

ranglarga tegishli. 



 

tabiiy til 

ingl.: Natural Language (NL) 

rus.: естественный язык 

1.  Inson  muloqati,  fikrlashi  uchun  xizmat 

qiladigan  tovushlar,  lug‘at  va  grammatik 

vositalar tizimi. 

2.  Qoidalari  aniq  ifodalanmasa-da  zamonaviy 

so‘z ishlatishga asoslangan til. 



 

tafakkurli tarmoq 

ingl.: intelligent network 

rus.: интеллектуальная сеть 

Nafaqat  ma’lumotlarni  uzatish,  balki  turli  xil 

murakkab  axborot  xizmatlarini  ko‘rsatishni 

amalga oshiruvchi kommunikatsiya tarmog‘i. 



 

taglik 

ingl.: background 

rus.: подложка 

Veb-sahifada  fon  rasmi  sifatida  aks  ettiriluvchi 

rasm.  Oddiy  fon  rasmlaridan  farqli  o‘laroq, 

taglik  veb-sahifaning  boshqa  elementlari  bilan 

aylantirib o‘tkazilmaydi. 

 

tahdid 

ingl.: threat 

rus.: угроза 

Kompyuter  muhofazasining  mumkin  bo‘lgan 

buzilishi. 

 

tahdidlar tahlili 

ingl.: threat analysis 

rus.: анализ угроз 

Ma’lumotlarga 

ishlov 

berish 


tizimiga 

nomuvofiq  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan 

mexanizmlar va voqealarni tadqiq qilish. 

 

tahliliy hujum 

ingl.: analytic attack 

rus.: аналитическая атака 

Tahliliy  uslublar  yordamida  kodni  ochish  yoki 

kalitni topishga urinish. Misollar – tasvirlarning 

statistik 

tahlili, 

shifrlash 

algoritmida 

kamchiliklarni topish. 



 

taksonomiya 

ingl.: taxonomy 

rus.: таксономия 

Narsalarni  ularning  munosabatlariga  ko‘ra 

tashkillashtirilgan  tasniflash.  Internetda  bu 

atama, 


Internetda 

ishlatiladigan 

bayonnomalarning  tashkillashtirilgan  o‘zaro 

munosabatlarini ifodalash uchun ishlatiladi. 



 

takt 

ingl.: clock tick 

rus.: такт 

Sinxronlovchi 

signallar 

ketma-ketligi 

oraligidagi 

davr. 


Takt 

davomati 

shuday 

tanlanadiki,  uning  o‘tib  borishi  davomida, 



ko‘rilayotgan  obyektda  kirish  signali  yuzaga 

chiqargan 

barcha 

o‘tkinchi 



jarayonlar 

yakunlanib  bo‘ladi.  Taktning  boshi  va  oxirini 

Tt 

 


 

271 


aniqlaydigan  impulslar  taktlash  impulslari  deb 

ataladi.  Taktlash  impulsini  mavjudlik  vaqti 

taktlash davrining qismi bo‘ladi. Bu impulslarni 

paydo  bo‘lish  chastotasi  taktlash  chastotasi  deb 

ataladi.  Taktlash  impulslarining  mavjudligi 

evaziga  tizim  yoki  tarmoq  ishini  sinxronlash 

amalga  oshiriladi.  Har  bir  buyruq,  uning 

murakkabligiga  qarab,  bir  yoki  bir  necha  takt 

davomida bajariladi. 

 

taktlanidigan halqa tarmog‘i 

ingl.: slotted-ring network 

rus.: кольцевая тактируемая сеть 

Halqa tarmog‘i. Bunda tarmoq ish vaqti bir bitli 

oraliqlarga bo‘lish evaziga, ma’lumotlar uzatish 

amalga  oshiriladi.  Tarmoq  halqa  kanali, 

takrorlagichlar  va erkin  foydalanish bloklaridan 

tashkil  topgan.  Erkin  foydalanish  bloklariga 

ma’muriy  tizim  va  abonent  tizimlari  ulanadi. 

Halqa  kanalini  ikki  o‘rama  juft  simlari  tashkil 

qiladi.  Ular  bo‘ylab  ma’lumotlar,  sinxronlovchi 

signallar,  takrorlagichlarga  ozuqa,  ozuqani 

yoqish-o‘chirish signallari uzatiladi 

 

taktlash 

ingl.: clocking 

rus.: тактирование 

Sinxronlashni  amalga  oshirish  uchun,  jismoniy 

pog‘onada 

bajariladi. 

Taktlash 

impulslari 

alohida  yoki  foydalanuvchining  ma’lumotlari 

tarkibida  uzatiladi.  Ular  bayonnomalar  bilan 

aniqlanadi.  Taktlashni,  takt  generatori  deb 

ataluvchi elektron qurilma bajaradi. 



 

taktlash chastotasi 

ingl.: clock rate 

rus.: тактовая частота 

Taktlash  impulslarini  paydo  bo‘lish  chastotasi. 

U,  signallarni  bir  qiymatdan  boshqasiga  faol 

o‘tishlari  oraligidagi  vaqt  bilan  aniqlanadi. 

Chastota gerslarda o‘lchanib, bir sekundagi faol 

o‘tishlar sonini anglatadi. Har bir faol o‘tishdan 

so‘ng  sust  o‘tish  keladi  va  signal  o‘zining 

avvalgi  qiymatini  oladi.  Impulslar  takrorlanish 

chastotasi yuqori aniqlik bilan ushlab turiladi. 

 

Taligent korporatsiyasi 

ingl.: Taligent corporation 

rus.: корпорация Taligent 

Dasturiy  ta’minotning  obyektga-yo‘naltirilgan 

me’moriy  tuzilmasi  sohasida  tadqiqotlar  olib 

boruvchi  kompaniya.  Taligent  AQSHda  IBM, 

Apple 

Computer 



va 

HP 


kompaniyalari 

tomonidan 

yaratilgan. 

Taligentning 

eng 

mashhur 


ishlanmasi 

Taligent 

operatsion 

tizimidir. 

Uning 

asosida 


Taligent 

«hamkorlarning  dastlabki  tanishishida  tajriba 

uchun  vositalar  to‘plami»  PEEKni  yaratgan 

bo‘lib, u  amaliy  dasturlar  joylashgan  obyektga-

yo‘naltirilgan  me’moriy  tuzilma  modelining 

tafsilotidir. 



 

Taligent operatsion (amaliy) tizimi 

ingl.: Taligent operating system 

rus.: операционная система Taligent 

Taligent  va  IBM  korporatsiyalar  hamkorlikda 

yaratishgan  operatsion  tizim.  Uning  asosiy 

g‘oyasi 


obyektga-yo‘naltirilgan 

me’moriy 

tuzilmadan  foydalanishda.  Buning  evaziga, 

Taligent  operatsion  tizimi,  unga  turli  xildagi 

mikroprotsessorlar  bilan 

ishlash  imkonini 

beradigan amaliy muhitda yengil joylashadi. 

 

tambneyl 

ingl.: thumbnail 

rus.: тамбнейл 

Veb-saytlarda  gipermurojaat  bo‘lmish  kichik 

rasmlar. 

Ushbu 


rasmni 

bosganda 

kattalashtirilgan rasm paydo bo‘ladi. 

 

TAN 

qisq.: Tiny-Area Network 

qarang: kichik tarmoq 

 

tanaffus 

ingl.: interruption 

rus.: прерывание 

1.  Kompyuterga  dasturni  bajarishni  to‘xtatib, 

xizmat 

dasturini 



bajarishni 

boshlashni 

buyuruvchi signal. 

2. 


Kompyuterning 

apparatli 

va  dasturiy 

vositalar  tizimi.  Boshqa  dasturlar  ketma-

ketligiga  o‘tish  yoki  oldin  tanaffusga  chiqqan 

dasturga qaytish uchun dasturlar ketma-ketligini 

bajarishning 

vaqtinchalik 

to‘xtashini 

ta’minlaydi. 

Tanaffus 

tizimi 


protsessorga 

quyidagi  hollarda  o‘z  holatini  o‘zgartirishga 

ruxsat beradi: 

- dasturni bajarayotganda xato paydo bo‘lganda 

yoki ushbu dastur bo‘yicha hisoblashlar tugasa; 

-  ma’lumotlar  massivlari  kiritish-chiqarish 

uchun  tayyor  bo‘lib,  kerakli  qurilmalarga 

murojaat qilish lozim bo‘lsa; 

-  foydalanuvchi  yoki  boshqarilayotgan  obyekt 

hisoblash  jarayonini  o‘zgartirishi  mumkin 



tanaffus 

 


 

272 


bo‘lgan  ma’lumotlarni  darhol  to‘g‘rilab  olishi 

lozim bo‘lganda. 

Yuqoridagi  barcha  hollarda  tanaffus  tizimining 

yo‘qligi  kompyuterning  to‘xtab  qolishiga, 

foydali  mashina  vaqti  zoye  ketishiga  yoki 

kompyuter  kirgan  tizimga  yuklatilgan  vazifalar 

bajarilmay qolishiga olib keladi. 

 

Tandem Computer korporatsiyasi 

ingl.: Tandem Computer corporation 

rus.: корпорация Tandem Computer 

Yuqori ishonchlilikka ega bo‘lgan kompyuterlar 

ishlab 

chiqaruvchi 



kompaniya. 

Tandem 


Computer AQSHda 1974 yilda yaratilgan bo‘lib, 

o‘z  kuchini  eng  avvalo  ishga  chidamli 

kompyuterlar  ishlab  chiqarishga  qaratgan. 

Kompaniya 

birinchi 

bo‘lib 


mijoz-server 

me’moriy  tuzilmasini  yaratgan.  Kompaniya 

tomonidan  yaratilayotgan  tizimlar  parallel 

ishlov berishdan keng foydalanishga asoslanadi. 

Ular  orasida  ommaviy  parallel  ishlov  berishni 

bajaruvchi  serverlar  ham  bor.  Qo‘llanilayotgan 

texnologiya  millionlab  protsessorlarning  ishini 

ta’minlaydi. 



 

tanho egalik 

ingl.: monopoly 

rus.: монополия 

Biror  narsaga  alohida  huquq.  Informatikada 

foydalanuvchi  tanho  ravishda  abonent  tizimdan 

foydalanishi  mumkin,  abonent  tizimi  esa  tanho 

ravishda  kanalni  egallashi  mumkin,  masalan, 

kanallarni uzib-ulashda. 



 

TAPI 

qisq.: Telephony Application Programming Interface 

Telefon  API.  Modem  bilan  ishlash  uchun 

Windows OTning API. 

 

taqlid 

ingl.: simulation 

rus.: симуляция 

Matematika  formulalari  to‘plami  bilan  voqeiy 

hodisalarga  taqlid  qilish  jarayoni.  Murakkab 

kompyuter  dasturlari  ob-havo  holati,  kimyoviy 

reaksiyalar,  yadro  reaksiyalari,  hatto  biologik 

jarayonlarni  simulyatsiya  qilishi  mumkin. 

Nazariyotda 

matematik 

ma’lumotlar 

va 


tenglamalargacha 

kichraytirila 

olinadigan 

xohlagan  hodisa  kompyuterda  taqlid  qilinishi 

mumkin.  Biroq,  amaliyotda  taqlid  ancha 

murakkabdir, chunki ko‘pchilik tabiiy hodisalar 

deyarli  cheksiz  ta’sirlar  soni  ostiga  tushishi 

mumkin.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  foydali 

taqlidlarni  rivojlantirish  yo‘llaridan  biri  eng 

muhim omillarni aniqlashdir. 



 

taqsimlangan  ikki  yoqlama  navbatli 

shina 

ingl.: Distributed Queue Double Bus (DQDB) 

rus.: распределенная двойная шина с очередями 

Bir  juft  optik  kanal  yordamida  hosil  bo‘lgan 

tezkor ko‘pkanalli tarmoq. U birinchi navbatda, 

katta  shaharning  axborot  tarmog‘ini  yaratish 

uchun  mo‘ljallangan.  Ishda  yuqori  o‘tkazish 

qobiliyati 

va 

ishonchlilikka 



ega.O‘zining 

tavsifnomalariga ko‘ra DQDB, mahalliy tarmoq 

deb  ham,  hududiy  tarmoq  deb  ham  qaralishi 

mumkin.  DQDB,  Telesom  Australia  firmasi 

tomonidan ishlab chiqilib taklif qilingan. 

 

taqsimlangan kommunikatsiyalar 

ingl.: peer-to-peer communications 

rus.: распределенные коммуникации 

Tarmoqda  kommunikatsiyani  tashkil  qilish turi. 

Bunda,  kommunikatsion  jarayonda  ishtirok 

etuvchi  tomonlar,  aloqa  seansini  (sessiyasini) 

boshlab 

berishda, 

qo‘llab-quvvatlashda 

yakunlashda  teng  huquqlarga  egadirlar.  U,  xost 

(bosh 

uzel, 


server) 

qanday 


jarayonlar 

(kompyuterlar)  aloqa  seansini  boshlab  berishini 

belgilaydigan  katta-bo‘ysunuvchi  (master-slave 

communications)  shajarasidan  keskin  farq 

qiladi. 

 

taqsimlangan ma’lumotlar banki 

ingl.: distributed data bank 

rus.: распределенный банк данных 

Hududiy  tarqoq  ma’lumotlar  banklari  tizimi. 

Hisoblash  texnikasi  vositalari  bilan  birlashgan 

va yagona boshqaruv ostida faoliyat ko‘rsatadi. 



 

taqsimlangan ma’lumotlar bazasi 

ingl.: Distributed DataBase (DDB) 

rus.: распределенная база данных 

Tarkibi axborot tarmog‘ining bir necha abonent 

tizimlarida  joylashgan  ma’lumotlar  bazasi. 

DDB  ning  mohiyati  katta  hajmdagi  axborotdan 

foydalanuvchilarning 

erkin 


foydalanishini 

tashkil 


qilishdadir. 

Bunda, 


bir 

tarafdan, 

ma’lumotlar,  ularga  eng  katta  ehtiyoj  bo‘lgan 

punktlarda  joylashtirilsa,  ikkinchi  tarafdan, 

tranzaksiya  yordamida,  qayerda  joylashishidan 

qat’iy  nazar,  ixtiyoriy  ma’lumotlardan  erkin 

foydalanish  ta’minlanadi.  Quyidagilar  DDB 

ning o‘ziga xos xususiyatlaridir: 

Tandem Computer korpor... 


 

273 


-  fazoviy  shaffoflik;  bu  bazaning  tarkibiy 

qismlari  qayerda  joylashganini  bilintirmaslik 

imkonini beradi; 

-  taqsimlash  shaffofligi;  bu  ma’lumotlarni 

ixtiyoriy abonent tizimlarda joylashtirishga yo‘l 

qo‘yadi; 

 -  to‘la  funksionallik,  ya’ni,  bir  tizimda 

joylashgan, 

bazada 

mumkin 


bo‘lgan 

amallarning barchasini bajarish imkoni; 

- ma’lumotlarning butligi; bunda ma’lumotlarni 

kuzatish 

va 

xatolarni 



tuzatish 

bilan 


ta’minlanganligi nazarda tutiladi; 

-  tizimda  ishlatilayotgan  qurilmalarning  turiga 

nisbatan mustaqillik. 

 

tarifikatsiya birligi 

ingl.: tariffing unit 

rus.: единица тарификации 

Telefonda so‘zlashish (ulanish) davomati uchun 

to‘lanadigan  birlik.  U  telekommunikatsiya 

operatori  tomonidan  tanlangan  (to‘la  minutlar 

yoki 

davriy 


impulslar 

bo‘yicha 

hisob) 

tarifikatsiya tizimiga bog‘liq. 



 

tarkibiy qismli dasturiy ta’minot 

ingl.: component software 

rus.: компонентное программное обеспечение 

Standart  tashkil  etuvchilarni  terib  biriktirish 

bilan  yaratiladigan  dasturlar  majmui.  Mazkur 

texnologiyada, dasturning ixtiyoriy qismi takror 

ishlatilishi  mumkin  bo‘lsa,  u  tarkibiy  qismdir 

(komponentdir). 

Tarkibiy 

qismli 


dasturiy 

ta’minotning  afzalliklari  ishlab  chiqish  davrini 

qisqartirishda 

va 


dastur 

arzonlashuvida 

namoyon  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  dasturiy 

ta’minotni  yuqori  sifati  ta’minlanadi.  Tarkibiy 

qismli  dasturiy  ta’minot  texnologiyasining 

rivojlanishi, 

obyektga 

– 

yo‘naltirilgan 



dasturlashning yaratilishiga olib keldi. 

 

tarkibiy tuzilma 

ingl.: configuration 

rus.: конфигурация 

1. 


Tizimni, 

funksional 

elementlarini 

xususiyatini, sonini, o‘zaro aloqalarini va asosiy 

tavsifnomalarini aniq belgilab shakllantirish. 

2. Dasturning yoki qurilmaning ishlash tartibini 

belgilaydigan  apparat  va  dasturiy  o‘rnatishlar 

(masalan, 

qayta 

ulagichlarning 



holatlari, 

boshqaruvchi  o‘zgaruvchilarning  qiymatlari, 

opsiyalar) yig‘masi. 

3.  Axborotga  ishlov  berish  tizimining  apparat 

va  dasturiy  vositalarini  tashkillashtirish  va 

o‘zaro ishlashini belgilab beradigan usul. 

4.  Tarmoq  tarkibiy  qismlarining  tashqi  chizgisi 

va o‘zaro joylashuvi. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling