Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103

 

SAM 

qisq.: Security Account Manager 

Xavfsizlik tizimida qayd yozuvlar menejeri. 



 

Samsung Electronics korporatsiyasi 

ingl.: Samsung Electronics corporation 

rus.: корпорация Samsung Electronics 

Telekommunikatsiyalar, 

kompyuterlar 

va 


maishiy  texnikani  ishlab  chiqaruvchi  katta 

kompaniya.  Samsung  Electronics  1969  yllda 

Koreya  Respublikasida  yaratilib,  tezda  xalqaro 

kompaniyaga  aylangan.  Shaxsiy  kompyuterlar 

bilan  birga  bu  yerda  qattiq  disklar,  monitorlar, 

integral  sxemalar  va  h.k.ni  ishlab  chiqarish 

keng yo‘lga qo‘yilgan. 

 

SAN 

qisq.: Storage Area Network 

Ma’lumotlarni  saqlash  qurilmalari  tarmog‘i. 

Ma’lumotlarni 

saqlash 


qurilmalarini 

birlashtiruvchi  yuqori  tezlikka  ega  bo‘lgan 

tarmoq. 

 

sanagich 

Ss 


 

 

255 


ingl.: counter 

rus.: счётчик 

qarang: tashriflar sanagichi. 

 

sanoat josusligi 

ingl.: industrial espionage 

rus.: промышленный шпионаж 

Egasiga  zarar  yetkazuvchi  yoki  yetkazishi 

mumkin  bo‘lgan  noqonuniy  harakatlar.  Bunda 

tijorat  sirini  tashkil  qiluvchi  ma’lumotlarni 

to‘plash,  egallab  olish  va  uzatish  nazarda 

tutiladi. 



 

Santa Cruz Operation korporatsiyasi 

ingl.: Santa Cruz Operation corporation 

rus.: корпорация Santa Cruz Operation 

Axborot  tarmoqlari  uchun  dasturiy  ta’minotni 

ishlab 

chiqarish 



bilan 

shug‘ullanuvchi 

kompaniya.  AQSHda  yaratilgan  bo‘lib,  UNIX 

operatsion 

tizimining 

yuqori 


samarali 

rusumlarini, 

jumladan 

«muqaddas 

xoch 

jarayoni» 



deb 

nomlangan 

SCO 

UNIX 


operatsion  tizimi  va  OpenServer  operatsion 

tizimini yaratish orqali mashhur bo‘lgan. 



 

sarlavha 

ingl.: header 

rus.: заголовок 

Ma’lumotlar  paketining  boshida  joylashgan 

bo‘lib, manzillash axborotini va o‘zida xatolarni 

tekshirish  kodlarini  saqlaydi.  Shu  atamaning 

o‘zi,  elektron  pochta  xabarida,  bevosita  matn 

oldida  joylashgan  qismini  belgilash  uchun  ham 

ishlatiladi. 

 

SAS 

qisq.: Serial Attached SCSI 

Ketma-ket  SCSI.  Diskli  jamlovchilarni  ulash 

uchun 

SCSI 


interfeysining 

evolutsiyasi. 

Ma’lumotlarni 

ketma-ket 

uzatishuslubidan 

foydalanadi.  SATA  qurilmalarini  qo‘shishni 

ham ko‘zlaydi. 

 

SAT 

qisq.: SIM Application Toolkit 

SIM  uchun  qo‘llanmalar  to‘plami,  SAT 

bayonnomasi. 

Uyali 


radiotelefonlar 

SIM 


kartalarini 

SMS 


xabarlar 

yordamida 

dasturlashtirish,  dasturiy  ta’minotni  yurgizish 

imkonini  beradi.  Foydalanuvchini  aynanlashni 

ta’minlaydi. 

 

SATA 

qisq.: Serial ATA 

Ketma-ket  ATA.  Diskli  jamlovchilarni  ulash 

uchun 

ATA 


interfeysining 

evolutsiyasi. 

Ma’lumotlarni  ketma-ket  uzatish  uslubidan 

foydalanadi. 



 

SATAN 

qisq.:  Security  Administrator  Tool  for  Analyzing 

Networks 

Tarmoqlar  tahlili  uchun  xavfsizlik  ma’muri 

quroli. 

 

savdo markasi 

ingl.: TradeMark (TM) 

rus.: торговая марка 

Xaridor  tomonidan  tanilishi  mumkin  bo‘lgan, 

lekin 

so‘zlar 


bilan 

ifodalanishi 

mumkin 

bo‘lmagan  belgilash.  Bu  belgi  tovarning  ishlab 



chiqaruvchisini 

ko‘rsatadi, 

ammo, 

chiqarilayotgan  mahsulot  turini  ko‘rsatmaydi. 



Masalan,  IBM  (IBM  korporatsiyasi),  Novell 

(Novell korporatsiyasi). 



 

savdo ta’minoti 

ingl.: marketware 

rus.: торговое обеспечение 

Savdoga  oid  dasturlar  majmuasi.  U  yagona 

maslakga  tayangan  va  sotish-sotib  olish, 

muzokaralar  o‘tkazish,  izlash  va  kataloglar 

xizmati  ishi  va  kelishuvlarni  amalga  oshirishni 

ta’minlaydi. 



 

savdo tizimi 

ingl.: trade system 

rus.: торговая система 

Xaridor  va  sotuvchi  muloqoti  maromida  savdo 

amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan virtual 

tizim.  Axborot  majmualarida  odatda,  virtual 

ofis  bilan  chambarchas  birlashgan  bo‘ladi. 

Mutaxassislarning  maslahatlari,  infratuzilmali 

xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyatlarni 

ta’minlaydi. 



 

sayt 

ingl.: site 

rus.: сайт 

qarang: veb-sayt 

 

saytni indekslash 

ingl.: site indexing 

rus.: индексация сайта 

Ishlatilayotgan  so‘zlar  va  iboralar  ro‘yxatini  

tuzish  maqsadida  saytning  matn  materiallarini 

mantiqiy  tahlil  qilish.  Shu  tarzda  tuzilgan 

ro‘yxat  foydalanuvchi  so‘rovi  bo‘yicha  saytda 

saytni indekslash 

 


 

256 


axborotni 

izlashda 

ishlatiladi. 

Indekslash 

avtomatik 

rejimda 


izlash 

robotlari 

deb 

nomlangan maxsus dasturlar tomonidan amalga 



oshiriladi.  Barcha  izlash  tizimlari  tomonidan 

qo‘llaniladi. 



 

SCA 

qisq.: Single Connector Architecture 

Bitta  ulash  uyasiga  ega  bo‘lgan  arxitektura  - 

Wide 

SCSI 


interfeys 

signallari 

hamda 

oziqlantirish  shinalarini  birlashtiradigan  qattiq 



diskni  ulash  uyasi.  Odatda  bunday  ulash  uyasi 

qattiq  disklarni  «issiq»  almashtirish  imkonini 

berib, serverlarda ishlatiladi. 

 

SCADA 

qisq.: Supervisory Control And Data Acquisition 

Dispetcherlik  boshqarish  va  ma’lumotlarni 

to‘plash.  Sanoat  ishlab  chiqarishini  boshqarish 

uchun mo‘ljallangan tizimlar sinfi nomi. 



 

SCS 

qisq.: Structured Cabling System 

Tartibga solingan kabel tizimi, TSKT. 



 

SCSI 

qisq.: Small Computer Systems Interface 

Kichik 


kompyuter 

tarmoqlari 

tizimlari 

interfeysi,  SCSI  interfeysi.  Yuqori  tezlikdagi 

parallel interfeys standarti, jamlovchi va chekka 

qurilmalarni 

kompyuterga 

ulash 


uchun 

ishlatiladi  (masalan,  qattiq  disk  yoki  skanerni). 

«Skazi» deb talaffuz qilinadi. 

 

SD 

qisq.: 

1.  Single  Density  –  Bir  xil  zichlik  (axborotni 

yozishda).  

2.  Standard  Deviation  –  O‘rtacha  kvadratik 

og‘ish. 

 

SD Card 

qisq.: Secure Memory Card 

Xavfsiz  xotira  kartasi.  SanDisk,  Panasonis  va 

Toshiba 

firmalari 

tomonidan 

qo‘llab-


quvvatlanadi.  O‘lchamlari  va  tavsifnomalari 

bo‘yicha  MMCga  juda  o‘xshaydi,  biroq  biroz 

yirikroq.  MMSdan  asosiy  farqi  –  mualliflik 

huquqlarini  muhofaza  qilish  texnologiyasi: 

karta  beruxsat  nusxa  olishdan  kriptografikaviy 

himoyaga,  axborotni  tasodifiy  o‘chirilishi  yoki 

buzilishiga qarshi kuchaytirilgan himoyaga ega. 

 

SDH 

qisq.: Synchronous Digital Hierarchy 

Sinxron  raqamli  shajara,  SDH  standarti. 

Ma’lumotlarni  uzatish  optik  tola  tarmoqlarini 

qurish standarti. 



 

SDI 

qisq.: Single Document Interface 

Bitta 


hujjat 

interfeysi, 

SDI 

interfeysi. 



Qo‘llanmalar bilan foydalanuvchi interfeysining 

tashkillashtirish  usuli.  SDI  qo‘llanmasi  yo  har 

doim bitta hujjat bilan ishlaydi, yo har bir yangi 

hujjat uchun qo‘llanma oynasidan tashqari yana 

bir oyna ochadi. 

 

SDK 

qisq.: Software Development Kit 

DTni ishlab chiqish to‘plami. Dasturiy ta’minot 

ishlab  chiquvchi  uchun  mo‘ljallangan  utilitalar, 

hujjatlar, dasturiy koddan iborat to‘plami. 



 

SDMI 

qisq.: Secure Digital Music Initiative 

Raqamli 


musiqa 

muhofazasini  ta’minlash 

bo‘yicha  tashabbus,  SDMI  komissiyasi.  1998 

yilning  dekabr  oyida  RIAA  tashabbusi  bilan 

yaratilgan. 

 

SDRAM 

qisq.: Synchronous Dynamic RAM 

Sinxron 


dinamik 

TXQ. 


SDRAM 

mikrosxemalarida  ketma-ket  tanlash  paytida 

ma’lumotlarni  olish  vaqti  nanosoniyalarda 

ko‘rsatiladi. 

Aslida 

esa 


sinxron 

xotira 


mikrosxemalari  qobiqlaridagi  raqamlar  ushbu 

xotira  ishlay  oladigan  tizim  shinasining  eng 

ko‘p  takt  chastotasini  ta’minlaydi.  SDRAM 

tezkorligi  va  shina  takt  chastotasi  muvofiqligi 

jadvalda quyida keltirilgan: 

Xotira tezkorligi, ns: 12, 10, 8, 7 

Shinaning  eng  ko‘p  chastotasi,  MGs:  83,  100, 

125, 133 



 

SDSL 

qisq.: Symmetric Digital Subscriber Line 

Simmetrik  raqamli  abonentlik  liniyasi,  SDSL 

standarti. 

Ma’lumotlarning 

Mbit/s 


tezligigacha  simmetrik  uzatilishini  ta’minlaydi 

va  kichik  korxonalarning  Internetdan  erkin 

foydalanishi 

uchun 


foydalanilishga 

mo‘ljallangan. 

SDSL 

ulanishning 



asosiy 

kamchiliklari 

turli 

ishlab 


chiqaruvchilar 

jihozlarining  past  uyg‘unligi  va  shovqinlarga 

SCA 

 


 

257 


nisbatan past bardoshligi. Hozirgi paytda ushbu 

texnologiyaning  yaxshilangan  xili  –  SHDSL 

keng 

tarqalgan. 



shovqinlarga 

qarshi 

kodlashdan  va  yagona  G.shdsl  standartidan 



foydalanadi. 

 

seans pog‘onasi shluzi 

ingl.: circuit-level gateway 

rus.: шлюз сеансового уровня 

Tarmoqlararo  ekranni  (brandmauerni)  amalga 

oshirish  usullaridan  biri.  Mualliflashgan  mijoz 

bilan  tashqi  xostni  bevosita  o‘zaro  ishlashiga 

yo‘l  qo‘ymaydi.  Ishonchli  mijozning  aniq 

xizmatlarga  bo‘lgan  talabnomasini  qabul  qilib, 

talab  qilingan  seansdan  erkin  foydalanish 

huquqini  tekshirib  tashqi  xost  bilan  ulanish 

o‘rnatadi.  Shundan  so‘ng  shluz,  har  ikki 

yo‘nalishdagi  paketlardan,  ularni  filtrlamay 

nusxa ko‘chiradi. 

 

SECAM 

qisq.: Systeme Sequentiel Couleurs a Memoire 

Xotirali  ranglar  ketma-ketligi  tizimi,  SECAM 

standarti. 

Fransiya 

va 

sobiq 


SSSR 

mamlakatlarida 

ishlatiladigan 

rangli 


televideniye standarti. 

 

Seiko Epson korporatsiyasi 

ingl.: Seiko Epson corporation 

rus.: корпорация Seiko Epson 

Aniq  mexanika  va  elektronika  mahsulotlarini 

ishlab  chiqaruvchi  kompaniya.  Seiko  Epson 

Yaponiyada  1942  yilda  yaratilgan.  Kompaniya 

o‘zining  Epson  printerlari  va  Seiko  elektron 

soatlari  bilan  mashhur.  Shu  bilan  birga,  u 

modemlar, 

skanerlar 

va 

boshqa 


tashqi 

qurilmalar  ishlab  chiqaradi.  Shuningdek,  katta 

integral sxemalar, cheklar, kvitansiyalar, shtrixli 

kodlarni  chop  etish  uchun  ixtisoslashtirilgan 

ixcham printerlar ham ishlab chiqaradi. 

 

semantika 

ingl.: semantics 

rus.: семантика 

Tilshunoslikning  semiotik  (semiotika  –  belgilar 

va  belgi  tizimlari  to‘g‘risidagi  fan)  nuqtai 

nazardan  til  birliklari  (so‘zlar,  gaplar  va 

h.k.lar)ning  ma’nolari  va  mazmunlari,  tilning 

iboralari  va  uning  tug‘ilishi,  ko‘rilishi  va 

o‘zgarishida 

ishtirok 

etuvchi 

mantiqiy 

shakllarini  o‘rganuvchi  bo‘limi.  Kompyuterli 

dasturlashtirish  sohasida  kodlar,  buyruqlar, 

xabarlar  mazmunini  belgilaydi  va  ma’lumotlar 

ma’nosini  aniqlash  yoki  kodlash  uchun  xizmat 

qiluvchi jami amallarni o‘z ichiga oladi. 

 

sensor ekrani 

ingl.: touch screen 

rus.: сенсорный экран 

Ekranni  barmoq  tegishi  orqali  kompyuterni 

boshqarish uchun xizmat qiladi. 

 

seriyali 

ingl.: serial 

rus.: серийный 

Ketma-ket.  Ma’lumotlarning  seriyali  uzatish 

deganda  ularni  bir  onda  bir  bitdan  uzatish 

tushuniladi.  Seriyali  atamasining  teskarisi 

parallel,  unda  bir  paytning  o‘zida  bir  necha  bit 

uzatiladi. 



 

sertifikat 

ingl.: certificate 

rus.: сертификат 

Sertifikatlash markazi tomonidan foydalanuvchi, 

kompyuter  yoki  xizmat  uchun  berilgan  raqamli 

imzoli 


hujjat. 

Sertifikatlar 

boshqa 

veb 


bog‘lamasini  mazkur  veb  bog‘lamasi  sifatida 

aynanlashtirish  mumkin  emasligini  ta’minlaydi. 

Bu  elektron  tranzaksiyalar,  masalan,  elektron 

savdo  xavfsiligini  ta’minlash  imkonini  beradi 

va bog‘lama tomonidan uzatiladigan yoki qabul 

qilib 


olinadigan 

axborotdan 

beruxsat 

foydalanishning oldini oladi. 



 

sertifikatlash markazi 

ingl.: certificate authority 

rus.: сертификационный центр 

Raqamli 


sertifikatlarni 

saqlash 


bilan 

shug‘ullanuvchi  kompaniya  yoki  tashkilot. 

Foydalanuvchi  shaxsini  tekshirib,  undan  ochiq 

kalitni  saqlash  uchun  qabul  qiladi.  Bundan 

keyin  boshqa  foydalanuvchilar  sertifikatlash 

markaziga ushbu foydalanuvchi ochiq kalitining 

haqiqiyligini 

tekshirish 

uchun 

murojaat 



qilishlari  mumkin.  “Elektron  raqamli  imzo 

to‘g‘risidagi” 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Qonuniga  ko‘ra  yuqorida  aytilgan  vazifalar 

Ro‘yxatga olish markazi zimmasiga yuklatilgan. 



 

server 

ingl.: server 

rus.: сервер 

1.  Tarmoqda  joylashgan  fayllar  va  boshqa 

resurslardan  erkin  foydalanishni taqdim  etuvchi 

tarmoqdagi 

kompyuter. 

Internetda 

server 

server 


 

 

258 


deganda,  veb-sahifalar  joylashgan  va  veb-

brauzerlari 

so‘rovlariga 

javob 


beruvchi 

kompyuterga tushuniladi. 

2.  Mijoz  deb  nomlanuvchi  dasturlarga  ma’lum 

xizmatlarni  ko‘rsatuvchi  dastur.  Server  dasturi 

va 

mijoz 


dasturlari 

bitta 


yoki 

turli 


kompyuterlarda  bajarilishi  mumkin.  Masalan, 

kompyuterda  o‘rnatilgan  elektron  pochtasi 

dasturi  mijoz  dasturidir.  U  pochta  qutisi  bilan 

ushbu  quti  joylashgan  kompyuter  bilan  server 

dasturi  orqali  muloqotda  bo‘ladi.  Serverlarning 

eng muhim turlari quyidagicha: 

-  WWW  serverlari  ko‘ptashuvchi  axborot  va 

ma’lumotlar  bazalari  tarkibini  taqdim  etish 

uchun mo‘ljallangan; 

- elektron pochtasi serverlari; 

-  fayllarni  almashish  uchun  mo‘ljallangan  FTP 

serverlari; 

-  vokeiy  vaqtda  muloqot  qilish  serverlari 

(chatlar); 

-  Internet  telefoniyasi  faoliyatini  ta’minlovchi 

serverlar; 

-  Internet  orqali  radio  va  videoni  uzatish 

tizimlari. 

3.  Server  dasturi  bajarilayotgan  kompyuter. 

qarang: Mijoz-server arxitekturasi. 

 

SES 

qisq.: Societe Europeene des Satelites 

qarang: Yevropa yo‘ldosh jamiyati 

 

sessiya 

ingl.: session 

rus.: сессия 

Server bilan har bir aloqada bo‘lish vaqtinchalik 

parol  (sessiya  soni)  uzatishni  mo‘ljallangan 

foydalanuvchining ish seansi. Odatda sessiyalar 

mahfiy ma’lumotlar – elektron pochtasi, fayllar, 

bank hisob raqamlari – bilan ishlash uchun hosil 

qilinadi. Foydalanuvchi 15-20 daqiqa davomida 

murojaat 

qilmasa 

sessiya 


tugallangan 

hisoblanadi. 



 

SET 

qisq.: Secure Electronic Transaction 

qarang: xavfsiz elektron kelishuv 

 

SGI korporatsiyasi 

ingl.: SGI corporation 

rus.: корпорация SGI 

Yuqori 


samarali 

abonentlik 

tizimlari, 

ma’lumotlarga  tezkor  ishlov  berish  usullari  va 

vositalarini  yaratish  bilan  shug‘ullanuvchi 

kompaniya. SGI (Silicon Graphics Incorporated 

qisqartmasi) James Clark tomonidan 1982 yilda 

yaratilgan 

bo‘lib, 

Mountain 

View 

(Kaliforniya)da 



joylashgan. 

SGI 


o‘zining 

kompyuter 

grafikasi 

va 


multiplikatsiya 

sohasidagi  mahsulotlari  bilan  ayniqsa  mashhur. 

Silicon  Graphics  superkompyuterlar,  katta 

ajrataolishga  ega  bo‘lgan  murakkab  grafik  va 

video  obyektlarga  ishlov  berish  uchun  zarur 

bo‘lgan katta xotiraga ega 64-razradli grafik ish 

stansiyalarini  ishlab  chiqaradi.  Kompaniyaning 

yangi  ishlanmalari  qatoriga  qo‘llanma  yaratish 

vositalari va WWW uchun serverlar kiradi. 

 

SGML 

qisq.: Standardised Generalised Markup Language 

Standart 

umumlashtirilgan 

belgilash 

tili. 

Elektron  hujjat  tuzilishini  belgilash  uchun  ISO 



8879  standarti.  SGML  asosida  oddiyroq  til 

XML yaratilgan. 



 

SGRAM 

qisq.: Synchronous Graphics RAM 

Sinxron  grafik  TXK.  Videokartalarda  mahalliy 

xotira  sifatida  qo‘llaniladigan  oddiy  sinxron 

xotira  turi.  Yozuvni  bir  paytning  o‘zida  bir 

necha manzilga yozish imkonini beruvchi sahifa 

registri  borligi  bilan  farq  qiladi.  Bu  ekran 

maydonlarning  tez  to‘ldirilishi  yoki  tozalanishi 

imkonini beradi. 



 

SGSN 

qisq.: Serving GPRS Support Node 

GPRS  ta’minot  bog‘lamasi.  GPRS  tizimi 

elementi  –  GSM  kadrlarini  TCP/IP  paketlariga 

aylantiruvchi paketli uzib-ulagich. 



 

Sharp korporatsiyasi 

ingl.: Sparp corporation 

rus.: корпорация Sharp 

Elektron 

texnikasini 

ishlab 


chiqaruvchi 

kompaniya.  Sharp  ko‘p  tashuvchili  vositalarga 

ega  bo‘lgan  ixcham  shaxsiy  kompyuterlar  va 

suyuq  kristalli  ko‘rsatkichlar  hamda  monitorlar 

ishlab chiqaradi. 

 

SHDSL 

qisq.: Symmetric High-bitrate Digital Subscriber Line 

SDSL  texnologiyasining  mukammallashtirilgan 

xili.  Ma’lumotlarni  taxminan  2.3  Mbit/s  gacha 

bo‘lgan tezlikda uzatish imkonini beradi. Ushbu 

texnologiya 

eng 


avvalo 

ma’lumotlarni 

SES 

 


 

259 


almashish  kanalining  eng  ko‘p  ishonchliligiga 

erishishga  qaratilgan.  SHDSL  texnologiyasida 

signalga 

ishlov 


berishning 

mukammallashtirilgan  uslubidan  foydalaniladi. 

Bu ulanish barqarorligi va liniyada shovqinlarga 

qarshi  yuqori  chidamlilikni  ta’minlaydi.  Bitta 

telefon  kabelida  joylashgan  bir  necha  SHDSL 

aloqa  kanallari  bir  biriga  halaqit  bermaydi. 

SHDSL barcha raqamli modemlar orasida aloqa 

liniyasining eng katta uzunligini ta’minlaydi – 6 

kmga  yaqin.  SHDSL  texnologiyasining  muhim 

afzalligi  ish  jarayonida  ma’lumotlarni  uzatish 

tezligi 

o‘zgarmasligidadir. 

Bu 

korporativ 



foydalanuvchilar  uchun  odatda  muhim  shart 

bo‘ladi.  ADSL  modemdan  farqli  o‘laroq 

SHDSL  modem  mijoz  va  server  rejimida 

ishlashi  mumkin,  bu  esa  ikkita  SHDSL 

modemni  bir  biri  bilan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri. 

Qo‘shimcha uzib-ulagichlarsiz ishlash imkonini 

beradi. 

 

SIG 

qisq.: Special Interest Group 

1.  Qiziqishlar  bo‘yicha  maxsus  guruh  bo‘lib,  u 

ACMga yo‘naltirish bo‘yicha tuzilgan. 

2. Qiziqishlar bo‘yicha yangiliklar guruhi. 



 

SIGMOD 

qisq.: Special Interest Group on Management of Data 

Ma’lumotlarni  boshqarish  bo‘yicha  ACM  SIG 

guruhi, SIGMOD guruhi. 

 

signal 

ingl.: signal 

rus.: сигнал 

1. 


Ma’lumotlarni 

aks 


ettirish 

uchun 


ishlatiladigan fizikaviy kattalikning o‘zgarishi. 

2.  Parametrlari  xabarni  mos  ravishda  aks 

ettiruvchi 

xohlagan 

fizikaviy 

jarayonni 

bildiruvchi 

moddiy 


axborot 

tashuvchisi. 

O‘zining  fizikaviy  tabiatiga  ko‘ra  signal  elektr, 

akustik,  optik,  elektrmagnit  va  boshqa  bo‘lishi 

mumkin. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling