Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103

 

resurs 

ingl.: resource 

rus.: ресурс 

1.  Tizimning,  foydalanuvchiga  yoki  jarayonga 

ajratilishi  mumkin  bo‘lgan,  mantiqiy  yoki 

jismoniy qismi. 

2.  Hisoblash  tizimining  ixtiyoriy  tarkibiy 

qismlaridan  biri  va  u  taqdim  qilayotgan 

imkoniyatlar. 

3.  Hisoblash  tizimining  yoki  uning  ayrim 

tarkibiy qismlarining, hisoblash jarayoniga yoki 

foydalanuvchiga  taqdim  qilinishi  mumkin 

bo‘lgan  vaqt,  apparat,  dasturiy  va  boshqa 

vositalari.  Masalan,  biror  bir  dasturni  ishlashi 

uchun  ajratilishi  mumkin  bo‘lgan  markaziy 

protsessorning  vaqti,  tezkor  yoki  tashqi  xotira 

sohasi va kiritish-chiqarish qurilmalari resursdir. 

4.  Xizmat  yoki  bir  turdagi  xizmatlarni  taqdim 

qiladigan, 

muayyan 


auditoriyaga 

xizmat 


ko‘rsatadigan  va  mustaqil  loyiha  muqomiga 

(o‘zining  xususiy  noyob  nomiga)  ega  veb-

sahifalar majmui. 

 

RET 

qisq.: Resolution Enhancement Technology 

RET 


 

 

250 


Ajrataolish 

qobiliyatini 

yaxshilash 

texnologiyasi, RET texnologiyasi. 



 

REXX 

qisq.: REstructured eXtended eXecutor 

Tuzilmasi qayta  tuzilgan  kengaytirilgan  ijrochi, 

REXX  tili.  IBM  kompaniyasi  ishlab  chiqqan 

skriptlar tili. 



 

reyestr 

ingl.: registry 

rus.: реестр 

Qaralsin:  domen  nomlar  reyestri,  Windows 

reyestri 

 

rezident 

ingl.: resident 

rus.: резидент 

qarang: rezident dastur 

 

rezident dastur 

ingl.: resident program 

rus.: резидентная программа 

Dastur.  U  joriy  vaqtda  bajarilayotibdimi  yo 

yo‘qmi,  bundan  qat’iy  nazar,  tezkor  xotiradan 

joy olgan obyektdir. 



 

rezistor 

ingl.: resistor 

rus.: резистор 

Yarimo‘tkazgichli  asbob.  U  elektromagnit 

nurlanishni  energiyaning 

boshqa 


turlariga 

o‘zgartirishni  ta’minlaydi  va  elektronikada 

ishlatiladi. 

 

RFC 

qisq.: Request for Comments 

Sharhlar uchun so‘rov. IETF guruhining rasmiy 

hujjati  turi.  RFC  seriyasi  hujjatlari  tartib 

raqamga  va  o‘z  mavqeiga  ega.  RFC-hujjatning 

yakunlangan  rusumi  Internet  standarti  bo‘lib 

qolmoqda. 



 

RGB 

qisq.: Red, Green, Blue 

Qizil,  yashil,  ko‘k;  RGB  tizimi.  Rang  kodlash 

RGB tizimi. RGB tizimida rang uch asosiy aniq 

jadallikka  ega  ranglarning  yig‘indisi  sifatida 

tasavvur  qilinadi.  Uchchala  asosiy  ranglarning 

yo‘qligi  (nol  jadallikka  ega)  qora  rangga  mos 

keladi. 

 

RGBHV 

qisq.: Red, Green, Blue, H-sync, V-sync 

Alohida sinxronlashga ega bo‘lgan qizil, yashil, 

ko‘k  rang.  RGB  videosignalini  uzatish  usuli, 

gorizantal  va  vertikal sinxronlash signallari  bir-

biridan alohida uzatiladi. 

 

RIP 

qisq.: 

1.  Routing  Information  Protocol  –  Yo‘nalish 

axboroti bayonnomasi, RIP bayonnomasi. Katta 

bo‘lmagan 

tarmoqlar 

uchun 


yo‘naltirish 

bayonnomasi. 

2.  Raster  Image  Processor  –  Rastrli  tasvirlarga 

ishlov  bergich.  Tasvirni  vektorli  turdan  bitli 

xarita  (rastr)  turiga  o‘zgartirish  uchun  xizmat 

qiluvchi dasturiy yoki apparat qurilma. 

3.  Rest  In  Peace  -  Tinch  yotgin.  Qabrlardagi 

yozuv. 


 

RISC 

qisq.: Reduced Instruction Set Computer 

Buyruqlar  yig‘masi  qisqartirilgan  kompyuter, 

RISC me’moriy tuzilmasi.  

Mashina  buyruqlari  (ko‘rsatmalari)  yig‘masi, 

odatda  bir  xil  uzunlikdagi,  uncha  katta 

bo‘lmagan ommabop protsessor turi. 



 

Rich media 

Reklama  materiallarini  yaratishning  odatda 

Flash 

va 


Javalarga 

asoslangan 

yangi 

texnologiyasi. 



Ingliz 

tilidan 


“boy” 

yoki 


“boyitilgan”  vosita  deb  so‘zma-so‘z  tarjima 

qilinadi.  Rich  media  afzalliklari  qatorida  uning 

yordamida reklamani qiziqarliroq va o‘zaro faol 

qilish mumkinligi ajralib turadi. 



 

richagli mexanizm 

ingl.: joystick 

rus.: рычажный механизм 

Tizimga  koordinatalar  kiritishga  mo‘ljallangan 

qurilma.  Richagli  mexanizm  plastmass  g‘ilof 

shaklida  yasalgan  bo‘lib,  unga tik  ravishda  qo‘l 

ushlagich  o‘rnatilgan.  U  hech  bo‘lmaganda 

ikkita 


harakat 

erkinligi 

darajasiga 

ega. 


Boshqarish  tugmachalari  g‘ilofning  ustida  va 

qo‘l  ushlagichning  yuqori  qismida  joylashadi. 

Qo‘l  ushlagichning  har  tamonga  harakatlanishi 

monitor 


ekranidagi 

kursorni 

boshqaradi. 

Richagli  mexanizm  avtomatlashtirishning  turli 

sohalarida va kompyuter o‘yinlarida ishlatiladi. 

 

RJ 

qisq.: Registered Jack 

REXX 


 

 

251 


Standart  uya.  FCC  da  ro‘yxatga  olingan  ulash 

uyalariga standartlar. 



 

RLE 

qisq.: Run-Length Encoding 

Takrorlanish davomiyligini kodlash, RLE usuli. 

Bir 

xil 


elementlar 

ketma-ketligi 

takrorlanayotgan 

element 


qiymatiga 

va 


takrorlanishlar soniga almashtiriladigan kodlash 

usuli. 


 

RLL 

qisq.: Run-Length Limited encoding 

Cheklangan 

davomiylikka 

ega 


bo‘lgan 

takrorlanishni 

kodlash, 

RLL 


usuli. 

Takomillashgan 

RLE 

usuli, 


bunda 

kodlanayotgan 

ketma-ketlik 

uzunligi 

cheklangan. 

 

RMI 

qisq.: Remote Method Invocation 

Usulni  uzoqdan  chaqirish,  RMI  texnologiyasi. 

Java  maslagi  uchun  API,  uning  yordamida 

obyekt  uzoqdan  turib  (tarmoq  orqali)  boshqa 

obyektning usullarini chaqirishi mumkin. 

 

RMON 

qisq.: Remote network MONitoring 

Uzoqdan 


tarmoq 

monitoringi. 

SNMP 

bayonnomasining 



kengaytmasi. 

Tarmoq 


bog‘lamalari 

ma’lumotlarni 

uzatishi 

bilan 


bog‘liq  statistik  axborotni  hisobga  olish 

registrlarining  standart  yig‘masini  ta’minlaydi. 

Bunday 

axborot 


shikastlanishlarni 

izlash 


maqsadida  markazlashgan  aks  ettirilishi  va 

tahlil qilinishi mumkin. 



 

robastlik 

ingl.: robustness 

rus.: робастность 

Ham  ichki,  ham  tashqi  xato  holatlar  yuz 

berganda,  hisoblash  tizimining  qayta  tiklana 

olish qobiliyati o‘lchovi. 



 

robot 

ingl.: robot 

rus.: робот 

O‘zgaruvchan  tashqi  sharoitda  maqsad  sari 

yo‘nalgan  hulq-atvorga  qodir  tizim.  «Robot» 

atamasi chex tilidagi «robata» ish so‘zidan kelib 

chiqqan.  Bu  g‘oya  ilk  bor  1921  yili  Karel 

Chapekning 

«RUR» 

(Rossumnmning 



hammabop  robotlari)  pyesasida  ifodalangan. 

Fantast yozuvchi Ayzek Azimov ularni 1951yili 

chiqqan  «Men,  Robot»  hikoyasi  va  «Robotlar 

seriyasi» 

kitoblari  seriyasi  bilan  mashhur  qildi.  Robot-

sun’iy intellekt va mexanikaning qorishmasidir. 

Uning  asosi  kompyuter  yoki  kompyuterlar 

guruhidan  iborat.  Kompyuter tashqi qurilmalar-

rivojlangan 

a’zolarni 

boshqaradi. 

Tashqi 


qurilmalar  detallar,  asboblar  yoki  robotning 

o‘zini  fazoda  va  burchak  ostida  harakatlarini 

ta’minlaydi.  O‘z  vazifalarini  bajarish  uchun 

robot  datchiklardan  (sun’iy  ko‘rish,  eshtish 

a’zolari, 

sensor 


qurilmalar) 

kelayotgan 

axborotga  ishlov  beradi.  «Robot»  atamasi 

«bot»sifatida  ham  ishlatiladi,  uning  ma’nosi, 

dasturiy agent bo‘lib, u masalan, veb-resurslarni 

izlashda qo‘llaniladi. 



 

ROLAP 

qisq.: Relational OLAP 

Relyatsion  OLAP,  ROLAP  texnologiyasi. 

Relyatsion 

ma’lumotlar 

bazasida 

axborot 


saqlaydigan  OLAP-  tizimlarning  boshqacha 

shakli. 


 

ROM 

qisq.: Read-Only Memory 

Faqat  o‘qish  uchun  xotira,  doimiy  xotira 

qurilmasi. 

 

ROT-13 

qisq.: ROTate 13 

13  ga  burilish.  Lotin  alifbosida  yozilgan 

xabarlarni  kodlashning  sodda  usuli.  Usulning 

mohiyati  alifboni  13tadan  belgilardan  iborat 

ikkita 

nimjadvalga 



bo‘lish 

va 


dastlabki 

xabardagi  har  bir  harfni  boshqa  nimjadvaldagi 

simmetrik  harf  bilan  almashtirishga  asoslanadi. 

Shunday  qilib,  A  harfi  N  deb  kodlanadi,  B  esa 

O  deb,  va  teskarisi  -  N  -  A,  O  –  B  va  h.k. 

boshqa  belgilar  (ochiq  joy,  tutinish  belgilari) 

o‘zgartirilmaydi. 

 

rotor mashinasi 

ingl.: rotor machine 

rus.: роторная машина 

Umumiy  o‘q  atrofida  erkin  aylanadigan 

disklardan 

iborat 


kriptografik 

mashina. 

Mexanik  va  elektromexanik  bo‘lishi  mumkin. 

Mashinaning disklari (rotori) bir biriga nisbatan 

harakatlanadi,  shu  bilan,  har  bir  taktda burchak 

holatlaridan  noyob  birikma  hosil  qiladi.  Agar 



rotor mashinasi 

 


 

252 


mashinaning  hamma  disklari  qo‘zg‘almas 

bo‘lganda  edi,  bunda,  rotor  mashinasi  bir  diskli 

oddiy  ekvivalent  almashtirishni  bajaruvchiga 

o‘xshab  qolgan  bo‘lar  edi.  Disklar  soni 

yetarlicha  (odatda  5-10)  bo‘lsa,  disklarning 

to‘g‘ri  tanlangan  soxta  tasodifiy  harakatida 

rotor  mashinasi  yuqori  kriptobardoshlikni 

ta’minlaydi.  Eng  mashhur  rotor  mashinalaridan 

biri  S-36,  u  yana  M-209  Converter  nomi  bilan 

ham ma’lum. 



 

rouming 

ingl.: roaming 

rus.: роуминг 

Abonentga 

avtomatik 

uzluksiz 

xizmat 

ko‘rsatish.  Roumingni  ikki  turi  mavjud. 



Birinchisi,  milliy  rouming.  Bunda davlat ichida 

abonent biror operator tarmog‘i ta’sir zonasidan 

boshqasining  ta’sir  zonasida  o‘tsa  avtomatik 

uzluksiz  xizmat  bilan  ta’minlanadi.  Ikkinchisi, 

xalqaro 

rouming. 

Bunda, 

abonent 


bir 

mamlaktdan  boshqa  mamlakatga  o‘tganda  ham 

mobil  abonentga  avtomatik  uzluksiz  xizmat 

bilan ta’minlanadi. 



 

router 

ingl.: router 

rus.: маршрутизатор, рутер 

qarang: yo‘naltirgich 

 

RPC 

qisq.: Remote Procedure Call 

Tartibotni 

uzoqdan 

chaqirish, 

RPC 

bayonnomasi. 



 

RPG 

qisq.: Role-Playing Game 

Rolli  o‘yin.  O‘yin  ishtirokchisi  aniq  shaxs 

o‘rnida o‘ynaydigan kompyuter o‘yini. 

 

RS-232 

qisq.: Recommended Specification 232 

Tavsiya  qilingan  232  spetsifikatsiyasi.  Ketma-

ket kommunikatsiya interfeys spetsifikatsiyasi. 

 

RSA 

qisq.: Rivest-Shamir-Adleman 

RSA  algoritmi.  Ochiq  kalit  asosida  shifrlash 

algoritmi, 

1977 


yilda 

ishlab 


chiqilgan. 

Algoritmning 

nomi 

uning 


mualliflari 

familiyalarining 

birinchi 

harflaridan 

hosil 

bo‘lgan:  Ron  Rivest,  Adi  Shamir,  Leonard 



Adleman. 

 

RSVP 

qisq.: Resource Reservation Protocol 

Resurslarni  zahiralash  bayonnomasi,  RSVP 

bayonnomasi.  Tarmoqni  zaruriy  o‘tkazish  yo‘l-

yo‘lni  vaqtincha  zahiralash  imkonini  beradigan 

bayonnoma. 

 

RT 

qisq.: Real Time 

Haqiqiy vaqt. Haqiqiy vaqtga mansub. 



 

RTC 

qisq.: Real-Time Clock 

Haqiqiy  vaqt  soati.  Haqiqiy  vaqt  hisobini  olib 

boradigan qurilma. 

 

RTF 

qisq.: Rich Text Format 

Kengaytirilgan matn formati, RTF formati. 



 

RTOS 

qisq.: Real-Time Operating System 

Haqiqiy  vaqt  operatsion  tizimi.  Haqiqiy  vaqt 

operatsion  tizimlari  kattaroq  bo‘lsa  ham  (bir 

necha  soniya)  kafolatlangan  javob  vaqtiga 

egadirlar. 

 

RTTI 

qisq.: Run-Time Type Identification 

Bajarilish  vaqtida  turini  aniqlash.  Obyektga 

yo‘naltirilgan  dasturlash  tilining  tavsifnomasi. 

Dastur  bajarilishi  vaqtida  muayyan  turdagi 

obyekt  haqida  axborot  olib  turish  imkonini 

beradi. 


 

runet 

ingl.: runet 

rus.: рунет 

Internetning  Rossiya  qismi,  ya’ni,  yagona, 

Rossiya veb-saytlaridan tashkil bo‘lgan axborot 

makoni. 


Internetda 

chegaralar 

geografik 

alomatlar  bo‘yicha  emas,  balki,  til  bo‘yicha 

bo‘ladi.  Shu  sababli,  runet  deganda,  faqat  .ru 

domenidagi  saytlarning  o‘zigina  emas,  balki, 

barcha  russiyzabon  saytlarni  ham  tushunish 

zarur. 


 

RUP 

qisq.: Rational Unified Process 

Bir  shaklga  keltirilgan  Rational  jarayoni. 

Rational  kompaniyasi  taklif  qilgan  dasturiy 

ta’minotni ishlab chiqish uslubiyati. 



 

ruter 

rouming 


 

 

253 


ingl.: router 

rus.: маршрутизатор, рутер 

qarang: yo‘naltirgich 

 

ruxsatli erkin foydalanish 

ingl.: authorized access 

rus.: санкционированный доступ 

1.  Axborot  resursiga  shtat  texnika  vositalari 

yordamida  belgilangan  qoidalarga  muvofiq 

amalga oshirilayotgan erkin foydalanish. 

2.  Erkin  foydalanishlar  uchun  chegaralaviy 

qoidalarni 

buzmasdan 

axborotdan 

erkin 

foydalanish. 



 

ro‘yxatga ishlov berish 

ingl.: list processing 

rus.: обработка списков 

Ro‘yxat  elementlarini  tahlil  qilish  va  tartibga 

keltirish. 

Ro‘yxatlarga 

ishlov 

berishda, 



ma’lumotlar  elementlarining  bog‘lanishlarini 

namoyon qiladigan modellash amalga oshiriladi, 

bu 

esa 


ularni 

izlashni 

yengillashtiradi. 

Ro‘yxatlarga  ishlov  berish  aslida,  elementlar 

to‘plamini  tartibga  keltirishdir.  Ro‘yxatlarga 

ishlov  berish,  bu  maqsadga  mos  keluvchi  tillar 

yordamida  bajariladi,  masalan,  LISP  tili 

yordamida.  Ro‘yxatlarga  ishlov  berish  tilining 

eng 

muhim 


vazifasi 

xotiradan 

unumli 

foydalanishdir. 



 

ro‘yxatga kiritish 

ingl.: registration 

rus.: регистрация 

Foydalanuvchilarni  ro‘yxatga  olish  va  ularga 

dasturlar  va  ma’lumotlarni  ishlatishga  huquq 

berish 


jarayoni. 

Ayrim 


veb-saytlar 

foydalanuvchilarga 

qo‘shimcha 

xizmatlarni 

olish va pullik xizmatlarga obuna bo‘lish uchun 

ro‘yxatdan 

o‘tishni, 

ya’ni, 


o‘zi 

haqida 


qandaydir  ma’lumotlarni  xabar  qilishni  (anketa 

to‘ldirishni)  va  login  va  parol  olishni  taklif 

qiladilar. 

Ro‘yxatga 

kiritish 

varaqasini 

to‘ldirganingizdan 

so‘ng, 


sizning 

ma’lumotlaringiz  sayt  egalariga  kelib  tushadi. 

Foydalanuvchi  ro‘yxatdan  o‘tganda,  uning 

uchun  «akkaunt»  (account)  deb  ataluvchi  – 

hisob  yozuvi  yaratiladi,  foydlanuvchiga tegishli 

turli  axborot  saqlanadi,  masalan,  sayt  uchun 

uning  sozlashlari,  pullik  xizmatlarni  istemol 

qilgani haqida ma’lumotlar va boshqalar. 



 

ro‘yxatga olish markazi 

ingl.: registration centre 

rus.: центр регистрации 

Maxsus  vakolatli  organda  davlat  ro‘yxatidan 

o‘tgan va «Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi» 

qonunda 


nazarda 

tutilgan 

vazifalarni 

bajarayotgan  yuridik  shaxs.  Ro‘yxatga  olish 

markazi: 

-  elektron  raqamli  imzoning  yopiq  va  ochiq 

kalitlarini yaratadi; 

-  elektron  raqamli  imzo  yopiq  kaliti  muhofaza 

qilinishini ta’minlaydi; 

elektron 



raqamli 

imzolar 


kalitlari 

sertifikatlarining  reyestrini  yuritadi,  uning  o‘z 

vaqtida  yangilanishini  hamda  undan  yuridik  va 

jismoniy  shaxslarning  erkin  foydalana  olish 

imkoniyatini ta’minlaydi; 

-  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  elektron 

raqamli  imzolar  kalitlarining  sertifikatlarini 

elektron  hujjatlar  shaklida  va  qog‘oz  hujjatlar 

shaklida beradi; 

elektron 



raqamli 

imzolar 


kalitlarining 

sertifikatlarining  amal  qilishini  to‘xtatib  turadi 

va  qayta  tiklaydi,  shuningdek  ularni  bekor 

qiladi; 


-  elektron  raqamli  imzoli  qog‘ozdagi  elektron 

hujjatlarning  ko‘chirma  nusxalarini  tasdiqlaydi 

va h.k. 

 

ro‘yxatga olish markazi 

 


 

254 


Ss

 

 

S.M.A.R.T. 

qisq.:  Self-Monitoring,  Analysis  and  Reporting 

Technology 

Qattiq  disklarning  o‘z-o‘zini  nazorat  va  tahlil 

qilish texnologiyasi. 

 

S/C 

qisq.: Short Circuit 

Qisqa tutashuv. 



 

S/N 

qisq.: 

1. Serial Number – (Mahsulotning) seriya tartib 

raqami.  

2. Signal-to-Noise - Signal/shovqin [nisbati]. 



 

S/PDIF 

qisq.: Sony/Philips Digital InterFace [connector] 

Sony/Philips raqamli interfeysi. Sony va Philips 

firmalari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  raqamli 

optik audio interfeys. 



 

sabj 

ingl.: subj 

rus.: сабж 

Inglizcha  Subj  qisqartmasi.  Subject  ya’ni 

mavzu, nom, predmetni bildiradi. 

 

SACD 

qisq.: Super Audio Compact Disc 

Yaxshilangan  audio  ixcham-disk.  Oddiy  CDga 

qaraganda 6  barobar  katta sig‘imga  ega,  bu  esa 

ko‘p  kanalli  tovushni  juda  sifatli  yozish 

imkonini  beradi.  SACD  ikki  qatlamli  bo‘lib, 

bunda 


ikkinchi 

qatlam 


yo 

oddiy 


CD 

o‘ynatgichlari  bilan  uyg‘unlik  uchun,  yo 

diskning umumiy eshittirish vaqtini ko‘paytirish 

uchun xizmat qilishi mumkin. 



 

SADT 

qisq.: Structured Analysis and Design Technique 

Tarkibiy tahlil va loyihalashtirish uslubi, SADT 

uslubiyati.  Biznes  loyihalarini  modellashtirish 

va  tahlil  qilish  uchun  ishlatiladi.  SADT 

uslubiyati 

funksional 

diagrammalar 

(modellar)ning  oddiy  grafik  ifodasi  va  ularning 

bosqichma-bosqich 

bo‘linishi 

va 

aniqlanishining 



(yozuvchi-o‘quvchi 

davri) 


o‘zaro faol uslubiga asoslangan. 

 

SAG 

qisq.: SQL Access Group 

SAG  guruhi,  SQL  erkin  foydalanish  guruhi. 

SQL  tilini  qo‘llab-quvvatlovchi  relyatsion 

MBBT yetkazib beruvchilarining uyushmasi. 



 

sahifa 

ingl.: page 

rus.: страница 

Noyob  manzilga  ega  bo‘lgan,  ko‘rish  dasturi 

yordamida  ochib  ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan 

hujjat.  WWW  sahifalardan  iborat.  Odatda,  bu 

matn,  grafika,  tovush,  video  yoki  animatsiya, 

boshqa hujjatlarga gipermurojaatlarni o‘z ichiga 

olgan ko‘ptashuvchi hujjatlardir. 

 

sahifaga tashriflar chastotasi 

ingl.: site frequency 

rus.: частота посещения страницы 

Foydalanuvchilar  qachon  veb-saytga  qaytishini 

ko‘rsatuvchi  o‘rtacha  kattalik.  Bu  doimiy 

yangilanib  turuvchi  mazmunli  saytlar  uchun 

tavsifli.  Tashriflar  soni  chastotasi  qanchalik 

katta bo‘lsa, bannerlar tezroq kuyadi, chunki bu 

holda  bitta  tashrifchi  tomonidan  bannerni  bir 

necha marta ko‘rish ehtimoli yuqori. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling