Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet48/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103

 

pochta qutisi 

ingl.: mail box 

rus.: почтовый ящик 

Pochta  serverida  axborotni  (xatlar,  xabarlar, 

qo‘llanmalar) yozish uchun mo‘ljallangan qattiq 

disk maydoni. Pochta qutisi egasi maxsus mijoz 

dasturi  yordamida  quti  tarkibini  ko‘rishi,  nusxa 

olishi,  ko‘chirishi,  o‘chirishi  mumkin.  Pochta 

qutisiga  har  bir  pochta  qutisini  boshqalardan 

farqlash  imkonini  beruvchi  noyob  elektron 

manzil beriladi. 

 

pochta serveri 

ingl.: mail server 

rus.: почтовый сервер 

Foydalanuvchilarning  shaxsiy  xatlarini  qabul 

qilib 

olish 


va 

uzatishni 

hamda 

ularni 


yo‘naltirishni 

ta’minlovchi 

server. 

Pochta 


serverini 

tashkil 


qilish 

uchun 


shaxsiy 

kompyuterga 

tegishli 

dasturiy 

ta’minotni 

o‘rnatish  lozim.  Pochta  –  Internetda  muloqot 

qilishning asosiy vositasi. 

 

pochta ustasi 

ingl.: postmaster 

rus.: постмастер 

Tashqi  abonentlar  mazkur  bog‘lama  haqida 

axborot  olish  uchun  murojaat  qiluvchi  shaxs. 

Uning 


vazifalariga, 

jumladan, 

foydalanuvchilarga  ko‘rsatmalar  berish  ham 

kiradi. 


 

PPP 

qisq.: Point-to-Point Protocol 

Nuqta-nuqta  bayonnomasi,  PPP  bayonnomasi. 

Ulanishning 

ikki 


tomoni 

orasida 


uzib-

ulanadigan  yoki  ajratilgan  kanal  bo‘yicha 

ma’lumotlarni uzatish bayonnomasi. Ko‘pincha, 

kompyuterlarni  Internet  tarmog‘iga  modem  va 

telefon  liniyasi  orqali  ulashda  ishlatiladigan 

bayonnoma. RFC 1661da aniqlangan. 



 

PPTP 

qisq.: Point-to-Point Tunneling Protocol 

Nuqta-nuqta  tunnellash  bayonnomasi,  PPTP 

bayonnomasi.  Kriptografikaviy  himoyalangan 

ulanishlarni yaratish bayonnomasi. 



 

printer 

ingl.: printer 

rus.: принтер 

Printer qurilma. Axborotni yoki choplash uchun 

boshqa  materiallarni  –  proyeksion  apparatlar 

uchun  shaffof  tasma,  plastik  va  h.k.larni  – 

qog‘ozga  chiqarish.  Printerlarning  ko‘plab 

farqli turlari mavjud. 



 

printer ajrataolishi 

ingl.: printer resolution 

rus.: разрешение принтера 

Tasvirni  chop  etib  chiqarishda  bir  dyumda 

yotgan  nuqtalar  soni.  Masalan,  300-dpi  (300 

dyumga  300  nuqta)  ajrata  olishga  ega  printer, 

1dyum  chiziqqa  300  nuqtani  choplay  oladi.  Bu 

degani  u,  bir  dyum  kvadratga  90.000  nuqtani 

Chop etishi mumkin. 

 

print-server 

ingl.: print-server 

rus.: принт-сервер 

Mahalliy  tarmoqda  bitta  printerdan  ushbu 

tarmoqning  barcha  ish  stansiyalari  tomonidan 

foydalanish qurilmasi. 



 

Progress Software korporatsiyasi 

ingl.: Progress Software corporation 

rus.: корпорация Progress Software 

Ma’lumotlar  bazalarini  boshqarish  tizimlari 

(MBBT)  sohasida  dasturiy  ta’minot  ishlab 

chiqaruvchi  yetakchi  kompaniya.  Progress 

Software  kompaniyasi  o‘z  MBBTni  yaratgan 

bo‘lsa  ham,  uning  asosiy  ustunligi  xohlagan 

MBBT  bilan  o‘zaro  ishlashi  mumkin  bo‘lgan 

qo‘llanmalarni  yaratish  vositalarini  taqdim 

etishdan iborat. 

 

proksi-server 

ingl.: proxy server 

rus.: прокси-сервер 

Brauzer va oxirgi veb-server o‘rtasida vositachi 

sifatida  foydalaniluvchi  o‘rtaliq  veb-serveri. 

Proksi-serverdan  foydalanishning  asosiy  sababi 

–  axborotni  uzatishni  tejash  va  keshlash  orqali 

kirish 


tezligini 

oshirish. 

Masalan, 

kompaniyaning  ko‘pchilik  xodimlari  ko‘pincha 



proksi-server 

 


 

236 


bir  xil  veb-serveridan  foydalanib  turganda, 

bunday  server  sahifalari  proksida  saqlanadi  va 

shunday  qilib dastlabki  serverdan  bir  martagina 

so‘raladi. 

Proksi-serverdan 

foydalanishning 

ikkinchi  sababi  IP  manzillarini  tejayolishi 

mumkinligi,  ya’ni  proksidan  foydalanganda 

kompaniya  faqat  bitta  ommaviy  IP  manzilga 

ega bo‘lishi mumkin. 



 

PROLOG tili 

ingl.: PROLOG language 

rus.: язык PROLOG 

Sun’iy  tafakkur  masalalarida  foydalaniladigan 

yuqori  pog‘onadagi  dasturlash  tili.  «Mantiq 

tushunchalarida  dasturlash»  tili,  PROLOG 

(PROgramming  LOGic)  mantiqiy  fikrlardan  va 

qoidalar majmuasidan iborat. Fikrlar shartlardan 

(predikatlardan), 

bog‘lanmalardan, 

doimiylardan 

iborat 


bo‘lib, 

ma’lumotlar 

bazasini  tashkil  qiladi.  Qoidalar  quyidagi 

shaklga  ega:  «A,  agar  B  va  D».  Tilning  asosiy 

elementi bo‘lib «atom» deb nomlangan element 

hisoblanadi,  u  ayrim  obyektlar  orasidagi 

munosabatlarni  ifodalaydi.  PROLOG  bu  – 

formal  mantiqdan  foydalanish  uchun  yangi 

yondashuv.  Bu  tildan  foydalanib,  dasturchi 

bevosita 

tushunchalar 

orasidagi 

mantiqiy 

aloqalar bilan ish tutadi. 



 

PROM 

qisq.: Programmable Read-Only Memory 

Dasturlanadigan  doimiy  xotiralash  qurilmasi, 

DDXQ. 

 

protsessor 

ingl.: processor 

rus.: процессор 

1. Kompyuterning buyruqlarni tahlil qiluvchi va 

bajaruvchi  funksional  qurilmasi.  Protsessor 

kamida  buyruqlarni  boshqarish  qurilmasi  va 

arifmetik-mantiqiy qurilmadan iborat bo‘ladi. 

2.  Muayyan  buyruqlarning  aniq  bajarilishini 

ta’minlovchi funksional qurilma. 

 

provayder  

ingl.: Internet Services Provider (ISP) 

rus.: провайдер 

qarang: Internet provayderi 

 

PSTN 

qisq.: Public Switched Telephone Network 

Umumiy 


foydalanishdagi 

uzib-ulanadigan 

telefon tarmog‘i. 

 

PSU 

qisq.: Power Supply Unit 

Ozuqa bloki. 



 

PTN 

qisq.: Public Telephone Network 

Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘i. 



 

pul vositalarining elektron almashuvi 

ingl.: Electronic Funds Transfer (EFT) 

rus.: электронный обмен денежными средствами 

Biror 


bankdagi 

biror 


shaxsning 

yoki 


tashkilotning 

hisob 


raqamidan, 

boshqa 


shaxsning  yoki  tashkilotning  hisob  raqamiga 

pul  mablag‘larini  o‘tkazish  imkonini  beradigan 

elektron tijorat texnologiyasi. Bu atamadan, shu 

texnologiyadan foydalanish hodisasini ifodalash 

uchun ham foydalaniladi. 

 

PROLOG tili 

 


 

237 


Qq

 

 

Q&A 

qisq.: Questions and Answers 

Savollar va javoblar. 



 

QA 

qisq.: Quality Assurance 

Sifat nazorati. 



 

qadam-baqadam o‘girish 

ingl.: interpreter 

rus.: интерпретатор 

qarang: interpretator 

 

qadrsizlanish 

ingl.: discredit 

rus.: компрометация 

Kompyuter 

muhofazasi 

buzilishi. 

Buning 

natijasida 



dasturlar 

yoki 


ma’lumotlar 

o‘zgartirilishi, 

yo‘q 

qilinishi 



yoki 

mualliflashtirilmagan 

obyektlardan 

erkin 


foydalanish imkoniyati tug‘ilishi mumkin. 

 

qadrsizlovchi nurlanish 

ingl.: discredit emission 

rus.: компрометирующее излучение 

Ixtiyoriy  nurladigan  signallar.  Ularni  tutib 

olishda  va  tahlil  qilishda  ishlov  berilayotgan 

yoki  uzatilayotgan  nozik  axborot  oshkor 

bo‘lishi  mumkin.  Misollar  –  akustik  (tovush) 

nurlanishi, elektromagnit to‘lqinlar nurlanishi. 



 

Qalpoq qurilmasi 

ingl.: Head-Mounted Device (HMD) 

rus.: шлем 

Insonni,  virtual  borliqqa  botishi  uchun  boshiga 

kiyiladigan  maxsus  qalpoq.  HMD  qurilmasi 

bosh kiyim shaklida yasalgan bo‘lib, o‘zi uncha 

og‘ir  emas  (200  gr  atrofida)  va  uch  asosiy 

qismlardan  tashkil  topgan.  Ulardan  birinchisi 

hajmiy  tasvir  hosil  qilish  uchun  mo‘ljallangan. 

U  suyuq  kristalli  indikatorlar  asosida  yaratilgan 

ikki  ekran  shaklida  yasalgan.  Bu  ekranlar 

foydalanuvchining 

ko‘zlari 

qarshisida 

joylashgan.  HMD  ning  ikkinchi  qismi  hajmiy 

tovush  olish  uchun  xizmat  qiladigan  quloq 

radiokarnaylaridir.  HMD  ning  uchunchi  qismi 

bosh  burilishlarini  kuzatishni  ta’minlaydi.  Bu 

virtual  borliqda  foydalanuvchi  holatiga  taqlid 

etish imkonini beradi. 



 

qamal qilish 

ingl.: locking 

rus.: блокировка 

1.  Obyektni  ajratib  qo‘yish,  uni  muayyan 

amallarni 

bajarishga 

to‘sqinlik 

qiladigan 

holatga keltirish. 

2. 


Obyektlarni 

birgalikda 

ishlatiladigan 

resursdan  erkin  foydalanishini  nazorat  qilish 

mexanizmi.  Bir  tarafdan,  qamal  qilish  noxush 

holatlardan 

saqlanish 

tadbiridir. 

Boshqa 

tarafdan,  axborot  tizimida  yoki  tarmoqda 



vujudga kelgan noxush holatni qamal qilish deb 

tushuniladi. 

3. 

Umumiy 


foydalanishdagi 

ma’lumotlar 

bazasida,  turli  foydalanuvchilar  tomonidan  bir 

xil ma’lumotlardan bir vaqtda erkin foydalanish 

va o‘zgartirishlarini nazorat qilish mexanizmi. 

 

qattiq disk 

ingl.: hard disk 

rus.: жесткий диск, твердый диск 

Diskovodda  doim  mustahkamlangan  qattiq 

magnit  diski  yoki  disklar  majmui.  U  yozish, 

o‘qish 


kallaklari 

bilan 


birga 

changdan 

tozalangan  atmosfera  bosimi  ostida  oddiy  havo 

bilan  to‘ldirilgan  germetik  yopiq  korpusga 

solingan.  Diskning  aylanishida  uning  ustida 

kallaklarning  disk  ustidan  tahminan  bir  necha 

mikron balandlikda osilib turishini ta’minlovchi 

«havo 


yostig‘i» 

paydo 


bo‘ladi. 

IBM 


muhandislari  o‘zlarining  birinchi  qattiq  magnit 

diskda  jamlovchilarni  (QMDJ)  Winchester  deb 

atashgan. Bunga sabab qattiq diskning 30 Mbitli 

ikkita  plastinadan  (30-30)  iborat  bo‘lganligidir. 

Bu  loyiha  rahbari 

Ken 


Xotonga 

(Ken 


Haughton)  Winchester  miltig‘ini  eslatgan  (0,30 

kalibrli ikki stvol). 



 

qayd yozuvi 

ingl.: profile 

rus.: учетная запись 

Kompyuterda saqlanuvchi foydalanuvchi tavsifi. 

Odatda 



o‘z 



ichiga 

foydalanuvchining 

tarmoqdagi 

ismi, 


haqiqiy 

ismi, 


paroli, 

foydalanuvchi  huquqlari,  uy  katalogi  nomini 

(agarda u mavjud bo‘lsa) oladi. 

 

qaydlangan yo‘naltirish 

ingl.: fixed routing 

rus.: фиксированная маршрутизация 

qaydlangan yo‘naltirish 

 


 

238 


Tarmoqda  ishlatilayotgan  yo‘naltirish  usuli. 

Qaydlangan 

yo‘naltirish, 

mo‘ljallanayotgan 

tarmoq 

trafikining 



samaraliroq 

yo‘llarini 

ko‘rsatuvchi  yo‘nalishlar  jadvalini  tuzishni 

ko‘zda  tutadi.  Bunda  yo‘nalish  avvaldan 

tanlanadi  va  tarmoqning  holatiga  bog‘liq 

bo‘lmaydi. 



 

qaynoq almashtirish 

ingl.: hot swap 

rus.: горячая замена 

Elektr  manbaini  o‘chirmagan  va  tizim  ishini 

to‘xtatmagan  holda  tizimning  ichki  bloklarini, 

masalan,  server  shaxsiy  kompyuterida  qattiq 

disklarni, almashtirish usuli. 

 

qayta uzatgich 

ingl.: relay 

rus.: ретранслятор 

Radiotarmoqda 

ikkita 

radiokanal 



o‘zaro 

ishlashini ta’minlovchi ko‘prik. 



 

qayta uzatish tizimi 

ingl.: relay system 

rus.: ретрансляционная система 

Ma’lumotlarni  uzatishga  yoki  bayonnomalarni 

o‘zgartirishga  mo‘ljallangan  axborot  tizimi. 

Turli  arxitekturaga  ega  bo‘lgan  tarmoqlarni 

birlashtiradi.  Qayta  uzatish  tizimlarida  har  bir 

tarmoq  to‘la  muxtoriyatga  va  o‘z  boshqarash 

vositalariga  ega.  O‘ziga  yuklatilgan  vazifalarni 

bajarish  uchun,  qayta  uzatuvchi  tizimlar 

quyidagilarni amalga oshiradi: 

-  ma’lumotlarni  kommunikatsiyasi  va  ularni 

yo‘naltirish; 

- ulanadigan kommunikatsiya tarmoqlarida yoki 

tarmoqlar qismlarida bayonnomalarni moslash; 

-  ma’lumotlar  bloklarini  tarmoqlar  yoki 

ularning qismlari orasida uzatish; 

-  ma’lumotlar  bloklarini,  agar  tarmoqlarda 

(ularning qismlarida) ular turli o‘lchovlarga ega 

bo‘lsalar, yiriklashtirish yoki kichraytirish; 

-  tizimlarni  buferlari  toshib  ketishi  va  yuz 

bergan nosozliklar haqida xabar berish; 

-  rad  qilishlar  va  nosozliklardan  so‘ng  ishni 

qayta tiklash; 

-  ulanayotgan  tarmoqlarni  yoki  ularning 

qismlari holatini aniqlash; 

-  o‘z  ishini  hisob  qilib  borish  va  bu  haqida 

hisobot tayyorlash. 



 

qayta-ulanadigan to‘plagichli halqa 

ingl.: ring with a wiring concetrators 

rus.: кольцо с переключающими концентраторами 

Bir  yoki  bir  necha  guruh  o‘zaro  bog‘langan 

yulduzlar  shaklida  ifodalangan  halqa  tarmog‘i. 

Ulanib  turadigan to‘plagichning  vazifasi  bo‘lib, 

davriy  halqani  ishonchli  ishini  ta’minlash 

hisoblanadi.  Buning  uchun  to‘plagich  yoylarni 

bir-biri  bilan  shunday  ulaydiki,  topologiya 

ma’nosida  yulduzsimon  tarmoq  hosil  bo‘lsin. 

Natijada, 

barcha 


ulanish 

bloklari 

orqali 

o‘tadigan  yagona  halqa  paydo  bo‘ladi.  Yoyda 



yoki  abonent  tizimda  nosozlik  paydo  bo‘lishi 

bilan  to‘plagich  tegishli  yoyni  halqadan 

o‘chiradi.  Shuning  evaziga,  halqaning  qolgan 

qismi odatdagi ishini davom ettiraveradi. 



 

QBASIC tili 

ingl.: QBASIC language 

rus.: язык QBASIC 

Microsoft  kompaniyasi  tomonidan  OS  DOS  va 

Windows  95  bilan  birgataklif  qilingan  BASIC 

dasturlash  tilining  interpretatori.  QBASIC 

tilining  interpretatori  BASIC  tili  vazifalarining 

ko‘pchiligini quvvatlaydi va to‘ldiradi. 



 

QBE 

qisq.: Query By Example 

Andoza bo‘yicha so‘rov. 



 

QBF 

qisq.: Query By Form 

Shakl  orqali  so‘rov.  Ma’lumotlar  bazasiga 

ekran shaklini to‘ldirish vositasida so‘rov berish. 

 

qizil kitob 

ingl.: red book 

rus.: красная книга 

1.  AQSH  Mudofaa  Vazirligining  kompyuter 

tarmoqlarini  baholash  bo‘yicha  yo‘riqnoma 

sifatida  chiqarilgan  kitob.  National  Computer 

Security  Center  nashri.  U  hisoblash  tarmoqlari 

uchun  Trusted  Computer  System  Evaluation 

Guidelines  -TCSEC  ni  ta’riflab  bergan.  Qizil 

kitob  nomi  bilan  ham  mashhur.  U  qizil 

muqovali  ikkita  alohida  kitobdan  iborat. 

Birinchisi Trusted Network Interpretation of the 

Trusted  Computer  System  Evaluation  Criteria 

(NCSC-TG-005)  nomi bilan  chop etilgan,  1987 

yilni  31  iyulida  tasdiqlangan  va  ikkinchisi 

Trusted  Network  Interpretation  Environments 

Guideline:  Guidance  for  Applying  the  Trusted 

Network  Interpretation  (NCSC-TG-011)  nomi 

bilan  chop  etilgan,  1990  yilni  1  avgustida 

tasdiqlangan. 

qaynoq almashtirish 

 


 

239 


2.  ITU-T  X.400  Message  Handling  System 

(MHS) tavsiyanomasi elektron pochtani saqlash 

va  jo‘natishga  oid  xalqaro  ikkita  standartning 

birini  (ikkinchi  standart  -SMTP)  aniqlaydi.  U 

ifodalashni,  uzatishni  va  yetkazib  qo‘yishni 

muhofazalashni 

turli 

usullarini 



qo‘llab-

quvvatlashni  ta’minlaydi.  X.400  standartini, 

(uning  muqovasi tufayli)  gohida  qizil  kitob  deb 

ham atashadi. 



 

QL 

qisq.: Query Language 

qarang: so‘rovlar tili 

 

qobiqsiz integral sxema 

ingl.: bare integrated circuit 

rus.: безкорпусная интегральная схема 

Muhofazalovchi  qobig‘i  bo‘lmagan  integral 

sxema.  Ularning  chiqarilishi  sharofati  bilan, 

apparatura  ishlab  chiqaruvchilar  o‘zlarining 

ko‘pmikrosxemali 

komplekslarini 

(mikroprotsessorlar,  elektron xotira  qurilmalari, 

maxsus  mantiqiy  modullar,  mikrokontrollerlar, 

modemlar)  yaratish  imkoniyatiga  ega  bo‘ldilar. 

Bunda  ko‘pmikrosxemali  kompleks  avval 

seriyalab ishlab  chiqarilgan tarkibiy  qismlardan 

yig‘ilib,  so‘ngra biror  bir qobig‘ga  yoki  boshqa 

muhofazalovchi g‘ilofga joylashtiriladi. 

 

qoidabuzar 

ingl.: infringer 

rus.: нарушитель 

1.  Dastur  yoki  ma’lumotlardan  ruxsatsiz  erkin 

foydalanish niyatida bo‘lgan, bunga urinayogan 

yoki urinib ko‘rgan shaxs yoki tashkilot. 

2.  Harakatlari  ma’lum  kompyuter  tizimi 

axborotining xavfsizligini buzuvchi subyekt. 



 

qoidabuzar modeli 

ingl.: infringer model 

rus.: модель нарушителя 

Qoidabuzarning 

amaliy 

va 


nazariy 

imkoniyatlari, oldingi bilimlari, harakat vaqti va 

joyi 

va 


h.k.ni 

aks 


ettiruvchi 

mavhum 


(rasmiylashtirilgan  yoki  rasmiylashtirilmagan) 

tavsifi. 



 

QoS 

qisq.: Quality Of Service 

qarang: xizmatlar sifati 

 

qotil paketlar 

ingl.: killer packets 

rus.: пакеты-убийцы 

Tizimni,  unga  tarmoq  dasturlaridagi  xatolardan 

foydalanuvchi  Ethernet  yoki  IP  paketlarini 

jo‘natish  yoki  tizim  ishini  halokatli  tugatish 

orqali ishdan chiqarish uslubi. 

 

QUILP 

qisq.: QUad-In-Line Package 

Chiqish  tutashmalari  to‘rt  qatorda  joylashgan 

(mikrosxema uchun) tana. 

 

qurilma fayli 

ingl.: device file 

rus.: файл устройствa 

Soxta-fayl  (qurilma.  U  baytlar  (ma’lumotlar) 

ketma-ketligini  yozish  va  undan  o‘qish  uchun 

xizmat  qiladi.  Odatiy  fayllar  bilan  ishlash 

doimo biror bir tashqi qurilmaga baytlar ketma-

ketligini  o‘qish  (yoki  yozish)dan  iborat  Odatda 

bu  qattiq  disk,  disketa  yoki  kompakt–disk. 

Lekin 


hech 

kim 


baytlar 

ketma-ketligini 

printerga  yozishni  yoki  baytlar  ketma-ketligini 

klaviaturadan  o‘qishni  taqiqlamagan.  Shu  bilan 

birga  operatsion  tizim,  odatiy  fayl  bilan 

ishlayotgandek ishlayveradi. Masalan, MS-DOS 

da  “CON”  ismli  faylga  yozish,  ekranga 

chiqarishni  anglatadi.  “PRN”  ismli  faylga 

yozish  -  bu  ma’lumotlarni  printerga  uzatishni, 

“CON”  faylidan  o‘qish  -  bu  ma’lumotlar 

oqimini  klaviaturadan  uzatish,  “COM1”  ismli 

faylga  yozish  –  bu  ma’lumotlarni  1-chi  ketma-

ket  port  orqali  uzatishni  (tizimli  blokning  orqa 

tomonida  shunday  ajratgich  bor)  anglatadi. 

PRN,  COM1,  CON  soxta-fayllar  “qurilmalar 

fayllari” degan maxsus nom olganlar. 



 

qurt 

ingl.: worm 

rus.: червь 

Muxtor  dastur.U  ma’lumotlarni  qayta  ishlash 

tizimlari  yoki  kompyuter  tarmoqlari  orqali 

tarqalishi  mumkin.  Qurtlar  xotira,  xotira 

qurilmalari  yoki  ma’lumotlarni  qayta  ishlash 

vaqti kabi mavjud resurslarni kamaytirish uchun 

yaratiladi. 

 

quyi pog‘ona tili 

ingl.: Low-Level Language (LLL) 

rus.: язык низкого уровня 

Ma’lumotlarni boshqarish va tuzilmasi bevosita 

muayyan 

kompyuter 

arxitekturasini 

aks 


ettiradigan  dasturlash  (Assembler  tili  yoki 

mashina tili) tili. 



 

quyi pog‘ona tili 

 


 

240 


QWERTY 

QWERTY  klaviaturasi.  Stolusti  kompyuterlari 

uchun klaviaturaning standart yoyilmasi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling