Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103

ODBC 


 

 

216 


Ma’lumotlar manbai bilan ODBC orqali ishlash 

uchun  APIga  maxsus  dastur  -  ODBC-drayver 

talab  qilinadi.  ODBC-drayver  o‘z  ichida 

muayyan 


MBBT 

bilan 


ishlashning 

xususiyatlarini 

«yashiradi»: 

ma’lumotlar 

formatlari,  kommunikatsiya  kutubxona  va 

bayonnomalari 

bilan. 

Amalda 


barcha 

zamonaviy  MBBT  uchun  ODBC-drayverlar 

ishlab  chiqilgan,  ular  mijoz  qismi  bilan  taqdim 

qilinadi. Xuddi shunday norelyatsion MBBT ga 

va  boshqa  ma’lumotlar  manbalariga  ham 

drayverlar  mavjud.  ODBC  APIni  yaratishda 

SAG  (SQL  Access  Group)  tomonidan  ishlab 

chiqilgan 

CLI 

(Call 


Level 

Interface) 

spetsifikatsiyasi muhim ahamiyat kasb etgan. 

 

ODBMS 

qisq.: Object DataBase Management System 

OODBMS qaralsin. 



 

ODMA 

qisq.: Open Document Management API 

Hujjatlarni  boshqarish  uchun  ochiq  API. 

Hujjatlarni  boshqarish  tizimlari  va  tashqi 

dasturlar  orasida  o‘zaro  aloqada  ishlashni 

tashkil qilish uchun API standarti. 

 

ODMG 

qisq.: Object Database Management Group 

qarang:  obyektga  yo‘naltirilgan  ma’lumotlar 

bazalarini boshqarish guruhi 



 

OEM 

qisq.: Original Equipment Manufacturer 

Aslida  «apparatli  ta’minot  ishlab  chiqaruvchi» 

so‘zlari  qisqartmasi.  Atama  apparatli  ta’minot 

ishlab 


chiqaruvchilari 

bilan 


maxsus 

munosabatlarni 

ta’minlovchi 

kompaniyani 

bildiradi.  Odatda  OEM  ishlab  chiqaruvchidan 

apparatli  ta’minot  partiyasini  sotib  olib,  uni 

ma’lum  qo‘llanmaga  moslashtiradi,  keyin  esa 

ushbu  kompyuterlarni  o‘z  nomi  ostida  sotadi. 

Atama  noto‘g‘ri  ishlatiladi,  chunki  aslida  OEM 

dastlabki  ishlab  chiqaruvchi  emas,  balki 

apparatli ta’minot sozlovchisidir. 

 

OFDM 

qisq.: Orthogonal Frequency Division Multiplexing 

Chastotani 

ortogonal 

bo‘lish 


bilan 

multiplekslash. 



 

offlayn 

ingl.: offline 

rus.: оффлайн 

1.  Foydalanuvchining  kompyuteri  bog‘lama 

kompyuteri bilan ulanmagan holat. 

2.  Telefon  liniyasi  bilan  ulanmagan,  ammo,  bu 

tizim  bilan  ishlash  uchun  faollashtirilishi 

mumkin bo‘lgan ixtiyoriy qurilma. 



 

offlayn rejimi 

ingl.: offline mode 

rus.: режим оффлайн 

qarang: offlayn 

 

offlayn texnologiyalari 

ingl.: offline technologies 

rus.: оффлайновые технологии 

Ma’lumotlar  va  xabarlar  almashuvida,  sezilarli 

asinxronlikka 

yo‘l 


qo‘yadigan, 

axborot 


makonidagi 

xabarlar 

kommunikatsiyasi 

vositalari:  tarqatish  ro‘yxatlari,  yangiliklar 

guruhi, veb-forumlar va h.q. 

 

ogohlantiruvchi muhofaza 

ingl.: preventive protection 

rus.: предупредительная защита 

Noqonuniy 

ravishda 

dastur 


yoki 

faylni 


nusxalashga  urinayotgan  shaxs  uchun  qat’iy 

jarima  yoki  jarima  ehtimolini  ko‘zlovchi 

nusxalashdan  muhofaza  qilishning  tashkiliy 

choralari. 



 

ohang chastotasini uzatish kanali 

ingl.: tonal frequency transmission channel 

rus.: канал передачи тональной частоты 

300-3400  Gs  chastota  kengligiga  ega  bo‘lgan 

namunaviy analogli uzatish kanali. 

 

OIS 

qisq.: Office Information System 

Boshqaruvchi axborot tizimi. 



 

Okidata korporatsiyasi 

ingl.: Okidata corporation 

rus.: корпорация Okidata 

Printer 


ishlab 

chiqaruvchilari 

orasida 

yetakchilardan 

biri. 

Okidata 


Nyu-Jersi 

(AQSH)da joylashgan. 



 

OLAP 

qisq.: On-Line Analytical Processing 

Haqiqiy  vaqtda  (ma’lumotlarga)  analitik  ishlov 

berish, 

OLAP 


texnologiyasi. 

Yig‘ilgan 

ma’lumotlarni turli  nuqtai nazarlardan tez  tahlil 

qilish  imkonini  beruvchi  dasturiy  tizimlar 

sinfining  umumiy  nomi.  OLTP-  tizimlarda 

ODBMS 


 

 

217 


yig‘ilgan  ma’lumotlarni  bevosita  tahlil  qilish 

mumkin.  Relyatsion  (ko‘pmillionli  yozuvlari 

bor) ma’lumotlar bazasiga so‘rov bir necha soat 

davomida  bajarilishi  mumkin.  Tahlilni  tezlatish 

uchun ma’lumotlar nusxalari maxsus 

OLAP-tizimga 

ko‘chiriladi, 

yerda 



ma’lumotlar  ko‘po‘lchamli  kub  sifatida  aks 

etiladi.  Kubning  tomonlari  analitik  kesmalarga 

mos  keladi.  Ma’lumotlarni  OLAP-tizimga 

joylashtirishda  odatda  dastlabki  yaxlitlash  ham 

amalga 

oshiriladi. 



Shu 

bilan 


birga 

saqlanayotgan  axborot  hajmi  bir  necha  marta 

ortadi,  lekin  keyingi  so‘rovlarga  javob  ham 

tezroq beriladi. 



 

OLCP 

qisq.: On-Line Complex Processing 

Murakkab  tezkor  ishlov  berish.  Ma’lumotlarga 

haqiqiy vaqtda murakkab ishlov berish. 

 

OLE 

qisq.: Object Linking and Embedding 

qarang:  obyektlarni  bog‘lash  va  joylash 

texnologiyasi 



 

OLED 

qisq.: Organic Light Emitting Diode 

Organik  elektro-lyuminessent  displeylar  uyali 

telefonlarda  qo‘llaniladi.  Ular  ingichkaroq, 

ravshanroq, qo‘shimcha yoritishga muhtoj emas 

va  tejamliroq.  LCD-texnologiyalarga  nisbatan 

OLED juda yuqori aniqlik va ravshanlik (ya’ni, 

displey amalda ixtiyoriy sharoitda o‘qiladi) kabi 

afzalliklarga  ega.  Hozirda  OLED  ekranlaridan 

ayrim  telfon  modellarida  qo‘shimcha  tashqi 

displey sifatida foydalanilmoqda. 



 

olovrang kitob 

ingl.: Orange Book 

rus.: оранжевая книга 

1983  yildan  1988  yilgacha,  AQSH  Mudofaa 

vazirligi  va  Kompyuter  xavfsizligi  bo‘yicha 

milliy 


qo‘mita 

(xrozirda 

TruSecure 

korporatsiyasi) birgalikda kompyuter xavfsizligi 

sohasida,  o‘ndan  ortiq  hujjatlardan  iborat, 

standartlar 

tizimini 

ishlab 


chiqdilar. 

Bu 


ro‘yhatni  «Kompyuter  tizimlarini  xavfsizligini 

baholashni  ko‘rsatgichlari»  boshlab  beradi, 

muqovasini  rangiga  ko‘ra,  ko‘proq  «  To‘qsariq 

kitob 


« 

deb 


ataladi. 

Hujjatda, 

ishlov 

berilayotgan  axborotni  xavfsizligini  ta’minlash 



bo‘yicha  umumiy  talablar  ajratilgan,  bu 

talablarni  amalga  oshirishni  xarkterlaydigan, 

muhofazalanganlik 

ko‘rsatkichlari 

ro‘yhati 

aniqlangan. 

Ko‘rsatkichlar 

majmuasi, 

ko‘rilayotgan 

tizimni 


xavfsizlik 

sinfini 


belgilaydi.  Axborot  xavfsizligini  ta’minlashni 

turli 


mexanizmlari 

bilan, 


yettita 

sinfini 


ajratadilar. 

 

oltin 

ingl.: gold 

rus.: золото 

Sariq 


rangli, 

cho‘kichlanuvchan, 

zanglamaydigan  asl  metall.  Oltin  apparat 

ta’minotini  ishlab  chiqarishda  keng  ishlatiladi. 

Korroziyadan saqlanish uchun, bosma platalarni 

elektr  kontaktlarini  oltin  bilan,  platina  va 

kumush qotishmasi bilan qoplanadi. 

 

oltin disk 

ingl.: golden disk 

rus.: золотой диск 

Dasturiy  mahsulot  nusxalari  ko‘paytiriladigan 

dasturiy ta’minotning to‘la va so‘nggi rusumi. 

 

oltin tartib raqam 

ingl.: golden number 

rus.: золотой номер 

Oson eslab qolinadigan telefon tartib raqami. 



 

OLTP 

qisq.: On-Line Transaction Processing 

Tranzaksiyalarga 

tezkor 

ishlov 


berish. 

Ma’lumotlarni  (amallarni,  hujjatlarni)  haqiqiy 

vaqtda kiritish. Mumtoz misol – aviachiptalarni 

bronlash tizimi. 



 

OMG 

qisq.: Object Management Group 

qarang: obyektlarni boshqarish guruhi 

 

ommaviy axborot 

ingl.: mass information 

rus.: массовая информация 

1.  Cheklanmagan  shaxslar  doirasi  uchun 

mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, 

audio,  audiovizual  va  boshqa  xabar  va 

materiallar. 

2.  Ommaviy  axborot  vositalari  orqali  ommaviy 

tarqatiladigan  bosma,  audio,  audiovizual  va 

boshqa xabar va materiallar. 

3. Bir paytning o‘zida maxsus vositalar – mass-

media  yordamida  shaxslar  guruhiga  axborotni 

uzatish jarayoni. 

 

ommaviy axborot 

 


 

218 


ommaviy komunikatsiya 

ingl.: mass communication 

rus.: массовая коммуникация 

Bir  paytning  o‘zida  maxsus  vositalar  –  mass-

media  yordamida  shaxslar  guruhiga  axborot 

uzatish jarayoni. 



 

ommaviy parallel ishlov 

ingl.: Massively Parallel Processing (MPP) 

rus.: массовая параллельная обработка 

Ma’lumotlarga  ko‘p  sonli  protsessorlar  bilan 

parallel 

ishlov 


berish 

uslubi. 


MPP 

«buyruqlarning  ko‘p  oqimi,  ma’lumotlarning 

ko‘p  oqimi»  yoki  MIMD  prinsipini  ishlatib, 

parallelizmga  asoslanadi.  Ma’lumotlarga  ishlov 

berishda  ishtirok  etayotgan  protsessorlar  soni 

bir necha yuzni tashkil qilishi mumkin. 



 

ommaviy tarqatish 

ingl.: multicast 

rus.: мультивещание 

1.  Xabarlar  (ma’lumotlar)ni  mahalliy  tarmoq, 

global  tarmoq  yoki  Internet  tarmog‘ining 

muayyan  ajratilgan  foydalanuvchilar  guruhiga 

jo‘natish texnologiyasi. 

2.  Televideniyeda  –  tomoshabinlar  ko‘rishi 

uchun ko‘p sonli kanallarning mavjudligi. 

 

ommaviy xizmat nazariyasi 

ingl.: mass services theory 

rus.: теория массового обслуживания 

Amaliy  matematikaning  xizmatlarga  bo‘lgan 

katta 

talablarni 



qondirish 

bilan 


bog‘liq 

jarayonlarni  o‘rganadigan  bo‘limi.  Ommaviy 

xizmat 

nazariyasi, 



shuningdek, 

navbatlar 

nazariyasi 

deb 


ham 

ataladi, 

telefoniya 

masalalari asosida 20 asr boshida paydo bo‘lgan. 

U  davrda  obyektlarga  xizmat  ko‘rsata  oladigan 

kanallar  sonini  topish  talab  qilingan  edi.  Xuddi 

shunday  muammolar  aerodrom,  yo‘l,  ombor  va 

do‘konlarni  yaratishda  ham  yuzaga  keladi. 

Ommaviy  xizmatning  o‘ziga  xos  xususiyati 

shundaki,  obyektlar,  abonentlar  yoki  mijozlar 

xizmat  talab  qiladigan  vaqt  tasodifiydir.  Shu 

sababli, 

nazariyaning 

asosiy 


masalasi, 

xizmatlarga  talabni  yuzaga  kelish  jarayonini 

o‘rganishdir.  Bu  jarayonni  tahlil  qilish  optimal 

qarorlarni 

qabul 

qilishga 



imkon 

beradi. 


Umuman 

bunda,  aniq 

bo‘lmagan 

ya’ni, 


statistika  qonunlari  bilan  topiladigan  ehtimoliy 

natijalar 

olinadi. 

Nazariyada 

ko‘riladigan 

informatikaning  eng  muhim  masaalardan  biri, 

ma’lumotlar oqimini boshqarish masalasidir. 

 

ommaviy xotira 

ingl.: mass storage 

rus.: массовая память 

Katta 


hajmdagi 

tashqi 


xotira 

qurilmasi. 

Ommaviy  xotira  qurilmalarining  uchta  guruhi 

ajratiladi. 

Ularning 

birinchisi 

eng 

ko‘p 


ishlatiladigan  dastur  va  ma’lumotlarni  saqlash 

uchun  xizmat  qiladi.  Odatda  bu  matritsaning 

mustaqil  disklarni  va  alohida  qattiq  disklarni 

zahiralash  majmualarida  amalga  oshiriladi. 

Ikkinchi  guruh  muntazam,  biroq  unchalik  tez 

ravishda 

qo‘llanilmaydigan 

dastur 


va 

ma’lumotlarni  saqlash  uchun  mo‘ljallangan. 

Uchinchi guruhga ahyon-ahyonda ishlatiladigan 

dastur va ma’lumotlar kiradi. Masalan, tasvirlar, 

ayniqsa, videofimllar. Ushbu guruhlarda magnit 

tasmalar  va  optik  disklar  keng  qo‘llaniladi. 

Ommaviy 

xotira 


ma’lumotlarni 

zahiraga 

ko‘chirishda va arxivlashda keng qo‘llaniladi. 

 

ommaviy xotira qurilmasi 

ingl.: mass storage device 

rus.: массовое запоминающее устройство 

1. Katta hajmdagi tashqi hotira qurilmasi. 

2.  Katta  hajmdagi  ma’lumotlar  yozuvlarini 

saqlay  oladigan  magnit  tasmali  kartridjlar 

kutubxonasi turidagi zahiraviy saqlash tizimi. 

 

ONA 

qisq.: Open Network Architecture 

qarang: ochiq tarmoq arxitekturasi 

 

ona platasi 

ingl.: motherboard 

rus.: материнская плата 

Shaxsiy  kompyuterlar  tizim  blokining  asosiy 

platasi. Shaxsiy kompyuterlarning ona platasida 

markaziy  protsessor,  tezkor  xotira,  tizim  va 

mahalliy  shinalar  hamda  alohida  platalar 

shaklida  bo‘lgan  displey  adapteri,  qattiq  va 

egiluvchan  disklarning  nazoratchilari  va  portlar 

solinadigan  uyalar  joylashgan.  Hozirgi  paytda 

kompyuter  ishlab  chiqaruvchilari  kompyuter 

qurilmalarining  asosiy  qismini  ona  platasida 

joylashtirishga 

harakat 


qiladi, 

chunki 


zamonaviy 

mikrosxemalar 

bunday 

imkoniyatlarga  ega  va  bunday  texnik  yechim 



eng arzon va ishonchlidir. 

 

ONC 

ommaviy komunikatsiya 

 


 

219 


qisq.: Open Network Computing 

qarang:  ma’lumotlarga  ochiq  tarmoqda  ishlov 

berish 


 

onlayn 

ingl.: online 

rus.: онлайн 

1.  On-line  (ot).  Sizning  kompyuteringiz  xost-

tizim 

bilan 


ulangan 

marom, 


hamda 

kompyuteringiz 

FTP-server, 

WWW-server, 

BBS  va  boshqa  umumiy  foydalanish  mumkin 

bo‘lgan tizim bilan ulanganda bevosita xizmatni 

taqdim 

qilish. 


O‘zgacha 

qilib  aytganda, 

foydalanuvchi  bilan  bevosita  o‘zaro  aloqada 

ishlash  maromi  (foydalanuvchi  talabnomalarini 

paket ishlash tizimlaridan farqli). 

2. On-line (sifat). 

-  elektron,  tarmoqli  nashrlarga,  ma’lumotlar 

bazalariga nisbatan. Masalan, online magazine - 

tarmoq jurnali; 

-  online  documentation  –  tarmoq  dasturining 

ichiga  o‘rnatilgan  elektron  shakldagi  hujjatlar; 

online help – ichiga o‘rnatilgan aytib turish. 



 

onlayn marketing 

ingl.: on-line marketing 

rus.: онлайновый маркетинг 

Kompyuter  tarmoqlarini  -  tijorat  onlayn 

kanallarini  va  Internet  tarmoqlarini  ishlatishga 

asoslangan  marketing.  Kanallardan  foydalanib, 

xaridorlar  marketing  axborotini  oladilar  va 

savdo bitimi tuzadilar. 



 

onlayn rejimi 

ingl.: online mode 

rus.: режим онлайн 

qarang: onlayn 

 

onlayn resursi 

ingl.: online resource 

rus.: ресурс онлайновый 

Ma’lumotlardan  uzatish  tarmog‘iga  ulangan 

kompyuter  orqali, haqiqiy  vaqt  maromida  erkin 

foydalanish amalga oshiriladigan resurs. Onlayn 

resursi  shaklida,  tezkor  axborot  yoki  dastur  yo 

boshqa  foydalanuvchi  bilan  muloqat  maromida 

ishlash imkoniyati taqdim qilinishi mumkin. 

 

onlayn texnologiyalar 

ingl.: online technologies 

rus.: онлайновые технологии 

Tarmoq  axborot  fazosida,  haqiqiy  vaqtda 

axborotni 

sinxron 


almashuvini 

ta’minlab 

beruvchi, xabarlarni kommunikatsiya vositalari: 

«suhbat 


kanallari» 

(chatlar), 

audio- 

va 


videokonferensiyalar va boshqalar. 

 

onlayn xizmat 

ingl.: web-service 

rus.: онлайновая служба 

Internetda  maxsus  dasturlar  yordamida  taqdim 

qilinadigan  xizmatlar.  Masalan,  keng  tarqalgan 

xizmatlar:  qidirish  tizimi,  veb-xosting,  veb-

pochta,  Internetda  turli  axborotni  saqlash 

(fayllar,  xatcho‘plar),  taqvim  va  boshqalar. 

Onlayn  xizmatlarning  muhim  xossasi shundaki, 

ular  sizning  provaydringiz,  kompyuteringizga 

va  brauzeringizga  bog‘liq  emas,  siz  o‘zingizga 

tegishli  ma’lumotlar  bilan,  Internetdan  erkin 

foydalanish  imkoniyatingiz  bo‘lgan  dunyoning 

ixtiyoriy nuqtasida ishlashingiz mumkin. 



 

onlayn-banking 

ingl.: online banking 

rus.: онлайн-банкинг 

Bank  hisob  raqamlarini  telefon  (telebanking), 

shaxsiy  kompyuter  va  Internet  (Internet-

banking)  yoki  ixcham  qurilmalar  (mobil 

banking) orqali masofadan boshqarish. 

 

onlayn-broker 

ingl.: online broker 

rus.: онлайн-брокер 

Internet orqali o‘z xizmatlarini taqdim qiladigan 

broker.  Texnologiya  nuqtai  nazaridan  Internet 

telefonga  nisbatan,  ko‘proq  mijozlarga  xizmat 

ko‘rsatish  uchun  buyurtmalar  qabul  qilish 

uchun qo‘shimcha vositadir. 



 

onlayn-treyding 

ingl.: online trading 

rus.: онлайн-трейдинг 

Savdo  (investitsion)  hisob  raqamlarni  shaxsiy 

kompyuter  va  Internet  (Internet  treyding)  yoki 

ko‘chma  qurilmalar  (mobil  treyding)  orqali 

masofadan boshqarish. 

 

onlayn-o‘yinlar 

ingl.: online games 

rus.: онлайн-игры 

Insonlar  Internetda  o‘ynaydigan  o‘yinlarning 

ikki  turi  mavjud:  bevosita  veb–sahifadagi 

soddagina  o‘yinlar  va  ko‘pfoydalanuvchilarga 

mo‘ljallangan  o‘yinlar.  Birinchi  holda,  o‘yin 

bevosita  veb–sahifada  o‘ynaladi  -  sahifaga 

kirishda  katta  bo‘lmagan  dasturcha  yoki  flesh 

onlayn-o‘yinlar 

 


 

220 


yuklanadi va o‘yin «iste’molga tayyor». Odatda 

bunday  o‘yinlar  yetarlicha  murakkab  bo‘lmay, 

ayrim  hollarda  juda  zavqli  va  yoqimtoydir. 

Ko‘pfoydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘yinlar, 

odatda mijoz-dastur bo‘lishini talab qiladi, ya’ni, 

siz  sotib  yoki  ko‘chirib  oladigan  o‘yinlar.  Bu 

mijozni  ishga  tushirib  yuborib,  siz  Internet 

orqali  o‘yinlar  serveri  bilan  ulanasiz  va  shu 

serverga  ulangan,  boshqa  o‘yinchilar  bilan 

birgalikda o‘yinda ishtirok etasiz. 



 

OnNow PC texnologiyasi 

ingl.: OnNow PC technology 

rus.: технология OnNow PC 

Axborot 


tizimining 

energiya 

iste’molini 

boshqarish  usuli.  OnNow  PCning  mohiyati, 

elektr  energiya  iste’molini  keskin  kamaytirib, 

shu  bilan  birga  tizim  ixtiyoriy  vaqtda  uning 

operatsion  tizimini  qayta  yuklatmasdan  ishga 

tushishga  tayyor  bo‘lishidadir.  Tizim  (masalan, 

kompyuter)  o‘chirilganda,  tashqi  hodisalarga 

javob  bera  oladigan  holatda  qoladi:  tugmacha 

foydalanuvchi  tomonidan  bosilishi,  tarmoqdan 

kelgan  signal.  Buning  sababi,  tizimning  katta 

bo‘lmagan,  alohida  qismi  hamisha  yoqilgan 

holatda bo‘ladi. 



 

OO 

qisq.: Object-Oriented 

Obyektga yo‘naltirilgan. 



 

OOA 

qisq.: Object-Oriented Analysis 

Obyektga yo‘naltirilgan tahlil. 



 

OOD 

qisq.: Object-Oriented Design 

Obyektga yo‘naltirilgan loyihalash, 



 

OODB 

qisq.: Object-Oriented DataBase 

qarang:  obyektga-yo‘naltirilgan  ma’lumotlar 

bazasi 


 

OODBMS 

qisq.: Object-Oriented Database Management System 

qarang:  obyektga-yo‘naltirilgan  ma’lumotlar 

bazasini boshqarish tizimi 



 

OOP 

qisq.: Object-Oriented Programming 

qarang: obyektga-yo‘naltirilgan dasturlash 

 

OOPL 

qisq.: Object-Oriented Programming Language 

Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili. 



 

Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling