Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
NCR qisq.: National Cash Register company NCR kompaniyasi. NCR kompaniyasining faoliyati yo‘nalishlaridan biri –
samaradorli kompyuter tizimlarini ishlab
chiqish. NCSA qisq.: National Center for Supercomputing Applications Superkompyuterlar uchun qo‘llanmalar bo‘yicha milliy markaz (AQSH). NDIS qisq.: Network Driver Interface Specification Tarmoq drayverining interfeysi spetsifikatsiyasi. Shaxsiy kompyuterlar tarmoq moslagichlarini bir xil shaklga keltirish uchun Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan spetsifikatsiya.
Novell firmasinining kataloglar xizmati. NEC korporatsiyasi ingl.: NEC corporation rus.: корпорация NEC Dunyoda
kompyuterlar va
elektronika mahsulotlari bo‘yicha eng yetakchi ishlab chiqaruvchilardan biri. NEC (Nippon Electronic Corporation) yarimo‘tkazgichlar ishlab
chiqarish sohasida Intel kompaniyasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
NEC apparatli ta’minotni ishlab
chiqaradi, turli
xil kompyuterlar, uy kompyuterlari, jumladan ko‘pmuhitli kompyuterlarni, ixcham shaxsiy kompyuterlarini va ular
uchun xotira
qurilmalarini yaratadi. Yaponiyaning shaxsiy kompyuterlar bozorining yarmini egallaydi. NEST operatsion (amaliy) tizimi ingl.: NEST operating system rus.: операционная система NEST Novell korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan sodda, ichiga joylashtiriladigan operatsion tizim. « Novell ichiga joylashtirilgan texnologiyalar tizimi « NEST konsepsiyadir. Unga ko‘ra, printer, faks-apparat va
texnologik jarayonlarning bergichlari, monitorlar va boshqa kuchli protsessorga yoki diskka ega bo‘lmagan qurilmalar, maxsus ichiga
joylashtirilgan voqeiy vaqtli operatsion tizim tufayli mahalliy tarmoqqa ulanadilar. netiket ingl.: netiquette rus.: нетикет Internet+Etiket=Netiket. Internet etiketi (odob- ahloq qoidalari). Internet “voqeiy hayotda” amal qiladigan qonunlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hollardan tashqari qonunlar bilan deyarli rostlanmaydi. Biroq, Internet hamjamiyatining ko‘pincha vebmaster va foydalanuvchilar amal qiladigan ba’zi an’ana va madaniyati mavjud. Ushbu yozilmagan nazorat yig‘indisi
207
qonun netiket, ya’ni “tarmoq etiketi” (net – tarmoq) deb nomlanadi. Netscape Communications korporatsiyasi ingl.: Netscape Communications corporation rus.: корпорация Netscape Communications Tarmoq uchun dasturiy ta’minot yaratish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. 1994 yilda James H. Clark va Marc Andreessenlar tomonidan yaratilgan va AOL kompaniyasi tomonidan 1999 yilda sotib olingan. Kompaniya bepul Netscape veb-brauzerini chiqarib bozorda inqilob
qilgan. Netscapening boshqa ishlanmalari qatoriga Live Media ma’lumotlarni haqiqiy vaqtda uzatish me’moriy tuzilmasi, Java
texnologiyasi, LiveScript yazыk ssenariylar tili va Java Script tili kiradi. Netware operatsion (amaliy) tizimi ingl.: Netware rus.: операционная система Netware Novell
(Orem sh.,
Yuta, AQSH)
kompaniyasining mahalliy tarmoqlar uchun mo‘ljallangan juda mashhur operatsion tizimi. Netver alohida amaliy tizim bo‘lib, o‘z ichiga periferiya (fayl serverlari, printerlar, modemlar va h.k.) va foydalanuvchilarni ham oladi. Netver DOS, OS/2 yoki Windows bo‘lmasa-da, ular ko‘rinishida bo‘lib ular kabi ishlay oladi. Bu xususiyat Netverni mashhur qiluvchi afzalliklardan biridir.
Yangiliklar guruhlaridan fayllarni olish uchun mo‘ljallangan Internet bayonnomasi (news://).
Obyektga-yo‘naltirilgan me’moriy tuzilma
dasturlarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya. AQSHda 1985 yilda yaratilgan NeXT_Software kompaniyasi turli ishlab
chiqaruvchilarning apparatli maslaklarini qo‘llab-quvvatlovchi NextStep obyektga- yo‘naltirilgan muhiti yaratgan.
So‘z orqali ishontirishning alohida shakllari yordamida insonlar ichki ongiga manipulyativ ta’sir ko‘rsatish uslubi. Bunda insonlarda yetarli darajada mustahkam psixologik ko‘rsatmalar paydo bo‘lib, ular keyinchalik muayyan harakatlarga undashi mumkin. Internet orqali amalga oshirilishi mumkin. neyron kompyuteri ingl.: neural computer rus.: нейронный компьютер Bir-biriga bog‘langan elektron neyronlar tarmog‘idan tuzilgan kompyuter turi. Ushbu mashinalar o‘rganish uchun yaratilgan va dasturlashtirish uchun yaratilmagan. Dizayni va faoliyati bo‘yicha ular inson miyasiga o‘xshaydi. Miyadagidek, neyronlar bir-biriga minglab moslashtiriladigan kanallar orqali signallar jo‘natadi. O‘rganish jarayoni davomida mashina kanallarni sozlaydi. O‘zini sozlangandan keyin mashina yozuv yoki ovozni tushuna oladi. neyron tarmog‘i ingl.: neural network rus.: нейронная сеть Bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan nerv hujayralari yoki
ularning harakatlarini modellashtirayotgan tarkibiy qismlardan tashkil topgan tarmoq. Neyron tarmoqlari sun’iy intellektda inson
miyasi faoliyatini modellashtirish uchun
o‘rganiladi. Ushbu
tarmoq miya
kabi ko‘pgina kiruvchi signallaridan parallel tarzda ta’sirlanuvchi bir- biriga bog‘langan neyronlardan tashkil topgan. Odatda neyron tarmog‘i avvalo ko‘p hajmdagi ma’lumotlar yoki ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi qoidalarini o‘rganadi (masalan, «Bobomning yoshi
otamnikidan katta»). Neyron tarmog‘i avvalgi boy tajriba bazasiga ega bo‘lganda asosan samaralidir. Neyron tarmoqlari sohasiga 1950-yillarda Stenford Universiteti vakili Bernard Vidrou asos solgan. Neyron tarmoqlari ovozni tanish, tasvirlarni aniqlash tizimlari, sanoat robotlari, aeronavtika, ma’lumotlarni olish va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. NFA qisq.: Deterministic Finite Automaton Aniqmas chekli avtomat. NFB N NFB
208
qisq.: Negative FeedBack Manfiy teskari aloqa. NFS qisq.: Network File System Tarmoq fayl tizimi, NFS bayonnomasi. Fayl tizimidan erkin foydalanish bayonnomasi, tarmoq orqali fayl tizimlarni o‘rnatish imkonini beradi. Sun Microsystems korporatsiyasi ishlab chiqqan. NFS asosida RPC bayonnomasi yotadi. NFSning 3 rusumi spetsifikatsiyasi RFC 1813da, 4 rusumi spetsifikatsiyasi RFC 3010 da keltirilgan.
Kiritish-chiqarish uchun spetsifikatsiyaning keyingi avlodi. NGN qisq.: Next Generation Network Yangi avlod tarmog‘i. Aloqaning yangi turi, video-telefoniya, video-Internetni, tezkor axborot resurslari texnologiyalarini quvvatlaydi. Niderraytera kriptotizimi ingl.: Nideraiter’s cryptosystem rus.: криптосистема Нидеррайтера Xatolarni tuzatish kodlariga asoslangan kriptotizim. 1986 yili G. Niderrayter tomonidan taklif qilingan.
Tarmoq
foydalanuvchisi odatda
chatlar, yangilik guruhlarida, elektron pochtasida ishlatadigan taxallus, haqiqiy bo‘lmagan ism. Odatda nik
turli xil qayd
yozuvlarida foydalanuvchi nomi sifatida ishlatiladi. nimtarmoq ingl.: subnetwork rus.: подсеть Tarmoq qismi. nimtizim ingl.: subsystem rus.: подсистема Tizim qismi. niqoblash ingl.: masking rus.: маскировка Obyektni jinoyatkorlar uchun
kirib bo‘lmaydigan (ko‘rinmaydigan) yoki undan erkin foydalanishni murakkablashtiruvchi harakatlarni bajarishga asoslangan obyektlarni muhofaza qilish uslubi.
Tarmoq axboroti xizmati, NIS bayonnomasi. Unix operatsion tizimi oilasida, foydalanuvchilar ma’lumotlar bazasidan, tarmoq xizmatlari ro‘yxatidan erkin foydalanish bayonnomasi.
Kompyuterlar displeylari va rasmlarda rasm enini bo‘yiga bo‘lgan nisbati. Masalan, 2:1 nisbati rasm eni uning bo‘yidan ikki baravar kattaligini ko‘rsatadi. Rasmni veb-sahifa kabi boshqa hujjatga qo‘shish paytida nisbatini saqlash katta ahamiyatga egadir.
Standartlar va texnologiyalar milliy instituti. nishon ingl.: cursor rus.: курсор qarang: kursor NL qisq.: Natural Language qarang: tabiiy til NLM qisq.: Netware Loadable Module NetWare operatsion tizimi yuklanadigan moduli. NLP qisq.: Neuro-Linguistic Programming Neyro-lingvistikaviy dasturlash, NLD. Maxsus hisoblangan og‘zaki ta’sir yordamida odamlarni o‘qitishni tezlatish va ularning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan uslub.
Deyarli bosmaxona sifati. NMT qisq.: Nordic Mobile Telephone NFS
209
Skandinaviya mobil telefoni. 400 va 450 MGs chastotalardagi uyali telefon
aloqasining analogli standarti, Yevropada keng tarqalgan. Raqamli standartlar tomonidan siqib
chiqarilmoqda. NNI qisq.: Network-to-Network Interface qarang: tarmoqlararo interfeys NNTP qisq.: Network News Transfer Protocol Yangiliklar uzatishning tarmoq bayonnomasi, NNTP bayonnomasi. Usenet yangiliklar guruhida xabarlarni uzatish uchun
foydalaniladigan bayonnoma. UUCP bayonnomasi o‘rniga yaratilgan. nomlarning domen tizimi ingl.: domain name system rus.: доменная система имен Internet kabi tarmoqlarning har bir
bog‘lamasiga noyob nom berishning shajaraviy tizimi. Nom subdomenlardan, ya’ni chapdan o‘ngga o‘suvchi shajara darajalarini bildiruvchi nuqtalar bilan ajratilgan qismlardan iborat. Nomda istalgancha domenlar soni bo‘lishi mumkin, biroq odatda ularning soni beshdan oshmaydi. Har bir domen ma’nosi tegishli shajara darajaga javobgar shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Masalan, cmp.ctd.unv.reg.ru nomidagi cmp elementi voqeiy kompyuter nomidir. Ushbu nom kompyuter joylashgan kafedra
(ctd) darajasida yaratilgan. O‘z
navbatida, kafedra Rossiyada (ru) joylashgan hududiy (reg) kompyuter tarmog‘iga ulangan universitetga (unv) tegishlidir. Nomlarning domen tizimi kompyuterlarni ma’lumotlar almashuvini ta’minlash uchun IP manzillariga aylantiriluvchi so‘zlardan iborat
nomlar bo‘yicha yo‘llash uchun qo‘llaniladi. Nortel korporatsiyasi ingl.: Nortel corporation rus.: корпорация Nortel Kommunikatsiya tarmoqlari uchun jihozlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya. AQSHda
yaratilgan Nortel
(Northern Telecom) kompaniyasining birinchi tuzilmalari 1874 yilda tashkil topgan bo‘lib, hozir ular Kanada, Yevropa va Osiyoda ham mavjud. Nortel optik kanallariga asoslangan tayanch
tarmoqlar yaratish imkonini beruvchi jihoz majmualarini taklif etadi. Kompaniya, shuningdek, tarmoq qurilmalarini yaratish uchun zarur bo‘lgan integral sxemalarni ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar orasida tarmoq boshqarishning apparatli va dasturiy ta’minoti muhim ahamiyat kasb etadi. NorthBridge Server
ko‘prigi – mikrosxema ishlab chiqaruvchilar orasida qabul qilingan atama. Tizim shinasi, AGP va PCI shinalari, xotira va xesh-xotira (oddiy Pentium uchun to‘plamlar uchun) shinasini o‘z ichiga oluvchi tizim nazoratchisini bildiradi. Odatda bu bitta mikrosxema va aynan unga ko‘ra butun to‘plam nomlanadi. NOS qisq.: Network Operating System Tarmoq operatsion tizimi. nosimmetrik shifr ingl.: non-symmetric code rus.: несимметричный шифр Shifr-matnga o‘girish uchun barchaga ma’lum bo‘lgan ochiq (ommaviy) kalit, dastlabki matnga o‘girish uchun esa faqat qabul qilib oluvchiga ma’lum maxfiy (shaxsiy, yopiq) kalit ishlatiladigan shifr. Novell korporatsiyasi ingl.: Novell corporation rus.: корпорация Novell Tarmoqlar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi kompaniya. AQSHda 1983 yilda yaratilgan. Novellning eng mashhur ishlanmasi o‘n yildan ko‘p mahalliy tarmoqlarni yaratish uchun
standart bo‘lib
kelgan NetWare
operatsion tizimidir. Novell-Perfect korporatsiyasi ingl.: Novell-Perfect corporation rus.: корпорация Novell-Perfect Matn, xabar va hujjatlarga ishlov berish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi kompaniya. AQSHda yaratilgan bo‘lib, dastlab WordPerfect deb nomlangan. Kompaniya tomonidan ochiq xabarlar muhiti hamda aloqa va obyektlarni butlash texnologiyasini belgilovchi «aloqa obyektlari va obyektlarni butlash» uslubiyati OLEOni yaratgan. N Novell-Perfect korpora... 210
noyob aynanlovchi ingl.: unique identifier rus.: уникальный идентификатор qarang: noyob identifikator noyob identifikator ingl.: unique identifier rus.: уникальный идентификатор Muayyan mohiyat turining har bir nusxasining noyob aniqlanishi uchun mo‘ljallangan atribut yoki jami atributlar va/yoki aloqalar. To‘liq aniqlash holatida ushbu mohiyat turining har bir nusxasi o‘zining muhim atributlari bilan to‘liq aniqlanadi, aks holda uning aniqlanishida, shuningdek, boshqa ota-ona mohiyat atributlari ishtirok etadi. Har bir mohiyat kamida bitta mumkin bo‘lgan kalitga ega bo‘lishi lozim. Mohiyatning mumkin bo‘lgan kaliti – bu qiymatlari mohiyatning har bir nusxasini bir ma’noda belgilovchi bir yoki bir necha atribut. Bir necha mumkin bo‘lgan kalit mavjud bo‘lsa, ularning bittasi
birlamchi kalit
sifatida, qolganlari esa muqobil
kalitlar sifatida belgilanadi.
Veb-sayt traffigi hajmini aniqlayotganda veb- saytga ma’lum muddat ichida birdan ko‘p marta tashrif buyuruvchi shaxsga tegishli. Veb-sayt traffigini nazorat qiluvchi va o‘lchovchi dastur saytga faqat bir marta tashrif buyurgan va saytga qayta-qayta tashrif buyuruvchi noyob foydalanuvchilarni ajrata oladi.
Saytda o‘qilayotgan fayllar soni
bo‘yicha o‘lchanadigan sayt sahifalarini ko‘ruvchilar o‘zlarining nolayn barmoq izlari kabi bo‘lgan noyob IP manzili bo‘yicha farq qiladi. Noyob tashrifchilar, shuningdek, saytga noyob
tashrifchilar tashrif buyurishlar sonidan qat’iy nazar faqat bir marta hisoblanadi. nozik axborot ingl.: critical information rus.: критичная информация To‘la
huquqli shaxs
nuqtai nazaridan muhofazalanishi zarur bo‘lgan axborot. Chunki, uni oshkor aylash, o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki yo‘qotish, kimgadir yoki nimagadir sezilarli zarar yetkazishga sabab bo‘lishi mumkin. NPC qisq.: 1. Non-Printable Character – Choplanmaydigan ishora. 2. Non-Player Character – O‘ynamaydigan shaxs. Kompyuter o‘yinida, kompyuter tomonidan boshqariladigan ishtirokchi shaxs.
[Web-] server uchun Netscape kompaniyasining API si. Web-server imkoniyatlarini kengaytirish uchun Netscape kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan API
(Application Programming Interface). CGIning o‘rnini bosish uchun yaratilgan edi. NSAPI unchalik keng tarqalmadi. IPlanet serveri keyingi avlod interfeysi WAI (Web Application Interface)dan foydalanadi. NSP qisq.: Network Service Provider Tarmoqdan erkin foydalanish xizmatini yetkazib beruvchi. NTFS qisq.: NT File System Windows NT fayl tizimi. Windows NT va Windows 2000 operatsion tizimlari uchun asosiy fayl tizimi. NTLM qisq.: NT LanMan Windows NTda so‘rov-javob turining chinligini tekshirish bayonnomasi. Bu bayonnoma tarmoqda uzatilayotgan maxfiy so‘zlarni muhofazalash uchun shifrlashdan foydalanadi. NTP qisq.: Network Time Protocol Vaqtning [sinxronlash] tarmoq bayonnomasi. Kompyuterning ichki soatini ko‘rsatishlarini kompyuter tarmog‘i serveri soati ko‘rsatishlari (odatda, yuqori aniqlikdagi, atomli) bilan sinxronlash uchun foydalaniladi. RFC 1305da tavsiflangan.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling