Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
muhofazalangan muhit ingl.: protected environemnt rus.: защищенная среда Ma’lumotlarni va resurslarni tasodifiy yoki qasddan qilingan harakatlardan muhofazalashga alohida e’tibor (mualliflash, erkin foydalanish, tarkibiy tuzilmani boshqarish va h.k shakllarda) beriladigan muhit. muhofazalangan umum foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmog‘i ingl.: protected public switched telecommunications network rus.: защищенная сеть телекоммуникаций общего пользования Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmog‘i. Qoidabuzarning har bir harakati (loyihalashda belgilangan to‘plamga tegishli) yo belgilangan ehtimollik bilan
yo‘l qo‘yilmaydi, yo belgilangan ehtimollik bilan tarmoq vositalari bilan aniqlanadi Shu bilan birga tarmoqda, bu harakatlarning oqibatlarini belgilangan ehtimollik bilan bartaraf qilinadi. Ya’ni, foydalanuvchilarga xabar berish, ta’sir joyini ajratish, tarmoq ish qobiliyatini tiklash va foydalanuvchilar axborotini uzatish kabilarni ta’minlashga qaratilgan amallar ishga tushiriladi.
Tizimning maxfiy axborotdan beruxsat erkin foydalanishga, uni soxtalashtirish yoki buzishga qarshi tura olish qobiliyati. Texnik muhofaza (yo‘latmaslik xossasi) nuqtai nazaridan ham, maxfiylik darajasiga qarab ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan ham qaraladi.
Ma’lumotlarni qayta ishlash
tizimidagi muayyan zaiflikka aniq hujum uyushtirish mumkinligi.
Ishlab chiqarish faoliyati va subyektlarning o‘zaro ishlashini me’yoriy-huquqiy asosda qat’iy
belgilash. Bunda
axborotlashtirish obyekti va ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ining kerakli muhofaza darajasini ta’minlash muhofaza bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va uni yurgizish choralari. U muhofaza to‘g‘risidagi hujjatlar talablariga ko‘ra faoliyat doiralarida (masalan, xavfsizlik siyosati va uni yurgizish bo‘yicha hujjatlar yuritish, obyekt joylashish joyini tanlash, nazorat qilinadigan (tekshiriladigan) zonani tashkil qilish, turli tashuvchilardagi muhofaza qilish lozim bo‘lgan ma’lumotlarga ega hujjatlarni qayd qilish, saqlash va aylanish qoidalarini bajarish va h.k.). muhofazaning uzluksizligi ingl.: protection continuity M muhofazaning uzluksizl... 202
rus.: непрерывность защиты Obyektning hayotiy siklining barcha bosqichlarida (ishlab chiqish, yaratish yoki qurish, sinovdan o‘tkazish, foydalanish va utilizatsiya qilish) muhofazasini tashkil qilishdan iborat muhofaza tamoyili. multimedia ingl.: multimedia rus.: мультимедиа inglizchadan olingan: multi – ko‘p va media – tashuvchi, muhit 1. Axborotni turli shakldagi tashuvchilari bo‘lmish tovush, tasvir va matnlar birikmasi. 2. Vizual va audio effektlarning o‘zaro muloqotli dasturiy ta’minot boshqaruvida birgalikda nomoyoi bo‘lishi. Odatda bu matn, tovush va grafikaning, so‘nggi vaqtlarda esa – animatsiya va videoning ham birlashishini bildiradi. Multimedia veb bog‘lamalari va ixcham disklarning tavsifli, agar eng muhimi bo‘lmasa, xususiyatli – gipermurojaatlardir. 3. Videotasvir va tovush bilan ishlash uchun apparatli va dasturiy vositalar majmui.
Multimediaga ega kompyuterlar odatda kuchli videotizimga, videomagnitofon va
videokameralarni qo‘shish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va uni raqamli shaklda qattiq magnit diskka yozishning apparatli vositalari, tasvirni ustiga qo‘shish vositalariga ega. Shuning bilan bir qatorda, ular tovushni aks ettirish va uning sintezi uchun tovush platasiga, axborotni ixcham diskdan o‘qish uchun uzatmaga, akustik tizimni
qo‘shish imkoniyatlariga egadir. 4. Xohlagan turdagi ma’lumotlarni majmuaviy tarzda taqdim etish texnologiyasi. Multimedia birgalikda tasvirlarga ishlov berish, nutqni qayta ishlash va hujjatlarga ishlov berishni ta’minlaydi. Bu ekranga tasvirni mant va tovush bilan birgalikda chiqarish imkonini beradi. Multimedianing muhim yo‘nalishlaridan biri o‘rgatuvchi tizimlarni yaratishdir. Bu foydalanuvchining multimediada faol ishlashda ishlatilayotgan axborotning 75 foizini eslashi bilan bog‘liq. Faqat eshitilgan axborotdan esa foydalanuvchi 25 foizinigina eslab qolishi mumkin.
multimedia tarmog‘i ingl.: multimedia network rus.: мультимедийная сеть Kanallar bo‘yicha turli shakldagi foydalanish axborot (matn, tovush, video va h.k.)ni tashish uchun mo‘ljallangan tarmoq. multimedia vazifalari ingl.: multimedia functions rus.: мультимедийные функции Videoni raqamli filtrlash va masshtabga solish, videoni apparatli raqamli zichlash va yoyish, uch o‘lchamli grafika (3D) bilan bog‘liq grafik amallarni tezlashtirish, jonli videoni monitorga chiqarish, kompozitli video chiqishga ega bo‘lish, TV signalini monitorga chaqirish.
Multimedia PC Council ta’rifiga ko‘ra, hozirgi kunda yaxshi tezkor xotira hajmi, katta qattiq disk, CD-ROM qurilmasi, raqamli tovushni qullab-quvvatlash tizimiga ega shaxsiy
kompyuter multimedia shaxsiy kompyuteri hisoblanadi. multipleks shinasi ingl.: multiplexed bus rus.: мультиплексная шина Bir
xil liniyalar bo‘yicha ma’lumotlar uzatiluvchi va boshqaruv amalga oshiriladigan shina.
multiplekslash ingl.: multiplexing rus.: мультиплексирование Multiplekslash bitta fizik kanalni kanallar guruhi bilan
bog‘lash imkonini beradi. Multiplekslash natijasida bitta fizik kanalda mantiqiy kanallar guruhi tashkil etiladi. Multiplekslashga teskari amal filtrlash orqali amalga oshiriladi.
Bir
necha tor
polosali (past
tezlikli) kommunikatsiya kanallarini keng
plosali (broadband) yoki yuqori tezlikli kanalga yig‘uvchi elektron qurilma.
(lotincha «multiplicatio» – «ko‘paytirish») Harakatlanuvchi tasvirlarni modellashtirish multimedia
203
jarayoni. Harakatlanuvchi tasvir soxta
tasavvurini yaratadi. U tasvirlarni tez almashtirishga asoslangan. Axborot tizimida multiplikatsiya bir necha yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin. Ulardan
biri faqat
«harakatlanishi» lozim bo‘lgan jihatlari farq qiluvchi ko‘plab tasvirlarni chizishdan iborat. Ikkinchi yo‘l ekranni boshqarish dasturlaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ular yordamida boshlang‘ich va oxirgi mo‘ljal punktlari belgilash orqali tasvirning ketma-ket o‘zgarishi amalga oshiriladi. Bunda kompyuter tomonidan tasvirlarni yaratish tezligi ko‘rsatish tezligidan ancha past bo‘lishi mumkin. Bunday holatda tasvirlar ekranga chiqarilishidan oldin xotirada to‘planadi. Harakat soxta tasavvurini yaratish uchun ekranga soniyasiga kamida 16 tasvirni chiqarish lozim.
Televideniye standarti soniyasiga 25 tasvirga teng tezlikni belgilaydi.
MUMPS operatsion tizimi, MUMPS tili. Dasturlash tili o‘z ichiga o‘rnatilgan shajaraviy ma’lumotlar bazasini qo‘llashga mo‘ljallangan operatsion tizim.
O‘xshash mavzudagi veb-sahifalarni birlashtirish. Bu esa tashrifchiga halqaning ixtiyoriy saytlaridan uni qiziqtirayotgan mavzu bo‘yicha boshqa saytlarni yengillik bilan topishga imkon beradi. Halqaning yaratilishi resurslarni birlashtirishga yordam beradi hamda foydalanuvchilarga kam vaqt sarf qilib ko‘p axborot olishga imkon beradi. Halqaning har bir saytini birinchi sahifalarida avvalgi saytga, keyingi saytga va halqa saytlarining to‘la ro‘yxatiga murojaat mavjud.
Tashrifchi, ixtiyoriy saytga kirib, butun halqa bo‘ylab osonlik bilan «sayohat» qilishi mumkin.
Erkin foydalanish nazorati tamoyillari. U subyektlarning obyektlardan erkin foydalanish urinishlarini ajratuvchi mavhum
mashina tushunchasiga asoslangan. Xavfsizlik o‘zagi shaklida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan abonent tizimi U musiqa asarlarini yaratish, ishlov berish va ijro etish uchun mo‘ljallangan. Kompyuterga tashqi qurilmalar, ya’ni
maxsus klaviatura, mikrofonlar, karnaylar va tegishli dasturiy ta’minotning qo‘shilishi orqali yaratiladi. Tizim imkoniyatlari ishlab
chiqaruvchilarga ma’lumotlarni taqdim qilishning turli shakllaridan foydalanish imkonini beradi.
Musiqa asari bilan ishlab, foydalanuvchi uning tarkibiy qismlarini kesib olish, nusxa olish, qo‘shish, tozalash amallarini bajaradi. Musiqa tizimlari uchun musiqa qurilmasi interfeysi belgilangan va «standart musiqani tavsif qilish tili» SMDL yaratilgan. mutlaq URL manzil ingl.: absolute URL-address rus.: абсолютный URL-адрес Internetda sahifa yoki boshqa resurs manzili. Mutlaq URL manzil tarkibi bayonnomadan, masalan, “http”dan, tarmoqda joylashuvi, hamda qo‘shimcha yo‘l va fayl nomidan iborat. Masalan, http://www.gov.uz/ mutlaq URL manzilidir. muvaqqat kriptotizim ingl.: cryptosystem with temporarily disclosure rus.: криптосистема с временным раскрытием Muhofazalangan xabarni berilgan vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng, shifrini ochishga imkon beradigan kriptografik tizim. Hozirgi kunda, bunday tizimlarni amalga oshirishning ikki turi mavjud:
- vaqtincha qulfli Sharadalar; - o‘ziga, berilgan vaqt oralig‘ida axborotni ochmaslik majburiyatini oladigan ishonchli vakillarni ishlatish. muvaqqat qulfli jumboqlar ingl.: charades with temporarily lock rus.: шарады с временным замком R. Rayvest, A. Shamir va D. Vagner tomonidan taklif qilingan, vaqt mobaynida ochiladigan
muvaqqat qulfli jumboq... 204
kriptografik tizim.
«Jumboq « ning murakkabligi yechishga sarf qilinayotgan hisoblash resurslariga bog‘liq. «Jumboq « ni qurishda asosiy masala – algoritmni tanlashdir. Algoritmning samaradorligi amalga oshirishning turiga bog‘liq
bo‘lmay, hisoblashlarda tamomila paralellashtirishning iloji bo‘lmasligi kerak.
Model-Turi-Kontroller, MVC qolipi.
Foydalanuvchi interfeysi obyektlari (View) ma’lumotlar obyektlaridan (Model) butunlay ajratilgan bo‘lib, faqat vositachi (Controller) orqali
o‘zaro ishlaydigan obyektga- yo‘naltirilgan dasturlashning qolipi. MVS qisq.: Multiple Virtual Storage MVS operatsion tizimi. IBM firmasining S/360 EHM uchun operatsion tizimi.
Pochta
orqali almashish. DNS-serverning ma’lumotlar bazasidagi yozuv. Unda pochta xabarlariga ishlov beradigan kompyuter manzili bor.
mo‘yqalam ingl.: brush rus.: кисть qarang: elektron mo‘yqalam. muvofiqlash
205
Nn NAK qisq.: Negative AcKnowledgement Radiya haqida bildirish. N-AMPS qisq.: Narrowband Advanced Mobile Phone Service (xuddi shunday NAMPS ham). Toryo‘l-yo‘lli AMPS, N-AMPS standarti. AMPS analog uyali aloqa standarti raqamli signalli axborot bilan birgalikda qo‘shilgan. Oddiy AMPSga nisbatan tarmoq hajmini uch baravar ortirishga va xabarlar bilan almashiga imkon beradi.
Parametrlari qabul qilingan me’yorlarga javob beruvchi uzatish kanali.
Tarmoqli kirish serveri. NASA qisq.: National Aeronautics and Space Administration Aeronavtika va kosmos bo‘yicha milliy boshqarma (AQSH).
AQSH kosmik
tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi davlat tashkiloti. NASDAQ qisq.: National Association of Securities Dealers Automated Quotation 1. Fond dillerlari milliy uyushmasining (AQSH) kotirovkalar uchun avtomatlashtirilgan tizimi. 2. Aksiyalar ulkan kompyuter tarmog‘i orqali elektron tarzda savdo qilinayotgan birja. Uning aksi, masalan, savdo-sotiq ma’lum joyda o‘tkazilayotgan Nyu-York Fond Birjasidir.
Tarmoq manzillari translatsiyasi. Manzilni ichki tarmoqdan tashqi tarmoq (Internet) manziliga aylantirish. Xavfsizlikni oshirish va jalb qilingan oshkora
IP- manzillar sonini kamaytirish uchun, korxonalar ichki tarmoqlarida odatda maxsus oshkora Inernetda uchramaydigan manzil to‘plamlari ishlatiladi, masalan, 10.x.x.x, 172.16.x.x, 192.168.x.x. NAT texnologiyasi yordamida ichki tarmoq so‘roviga ko‘ra juftlik (manzil, port) (oshkora manzil, port 2) juftlikka aylantiriladi. Bu ichki tarmoqning bir necha xostlariga bitta oshkora IP- manzilni portlarning turli tartib raqamlarini birgalikda baham ko‘rishga imkon beradi. Shu bilan birga,
ichki tarmoq
xosti bilan
Internetdagi xost tashabbusi bilan ulanish o‘rnatilmasligi mumkin. NATning ishi batafsil RFC 3022da yoritilgan.
Ko‘chish, harakatlanish. Internetga tegishli ravishda ishlatilganda sahifadan sahifaga o‘tishni, ya’ni ularning ketma-ket ko‘rilishini bildiradi. nazorat jurnali ingl.: control journal rus.: контрольный журнал qarang: audit jurnali nazorat nuqtasi ingl.: checkpoint rus.: контрольная точка Ma’lumotlarga ishlov berish jarayonini mo‘tadil to‘xtatib va qayta boshlash mumkin bo‘lgan dasturning nuqtasi. Nazorat
nuqtalarining mavjudligi, to‘xtashlar va xatolar yuzaga kelganda dasturni nazorat qilish, uni boshidan emas, balki oxirigi nazorat nuqtasidan qayta ishga tushirish imkonini beradi. Shuningdek, nazorat nuqtasida, oraliq natijalarni Chop etish ham mumkin.
Fizikaviy erkin foydalanishni nazorat qilish uchun avtomatlashtirish vositasi. Misol – magnit yo‘lli jetonlar, tafakkur kartalari, N nazorat qilinadigan er... 206
biometrik tavsifnomalarni o‘qish qurilmalaridan foydalanish. nazorat yig‘indisi ingl.: checksum rus.: контрольная сумма Ma’lumotlar blokining oxiriga yoziladigan bitlar ketma-ketligi. U blok uzatilgandan so‘ng xato paydo bo‘lgan bo‘lmaganligini aniklaydi. Buning uchun blokning tanasidagi 0,1 raqamlari blokni uzatishdan oldin argument sifatida, qabul qilingan formulalar bo‘yicha hisoblanadi. Buning natijasida, hosil bo‘lgan funksiya nazoratlovchi yig‘indi bo‘ladi. Ma’lumotlar blokini uzatilgandan so‘ng bu amal takrorlanadi. Agar ikki funksiya bir xil bo‘lsa, xato yo‘q deb hisoblanadi. Aks holda, blokda bir yoki undan ortiq xato paydo bo‘lgan deb hisoblanadi nazoratchi ingl.: controller rus.: контроллер Ixtisoslashgan protsessor. Uning yordamida kompyuterga tashqi qurilmalar ulanadi. Dastlab, nazoratchilar kompyuterni kiritish-chiqarish qurilmalari, masalan, monitorlar, displeylar, chopetgichlar bilan o‘zaro
muloqatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan edi. So‘ngra, bevosita xotiraga, tashqi xotiradan erkin foydalanishni ta’minlaydigan qurilmalarni nazoratchi deb atay boshladilar. Mahalliy tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan, ulardan erkin foydalanish bloklarini ham nazoratchilar deb
atadilar. Nazoratchining vazifasiga ma’lumotlar oqimini ularning oxirini o‘zgartirmay boshqarish kiradi. Nazoratchi, kompyuterga qo‘yiladigan yoki tashqi
qurilmaga ulanadigan ko‘rinishda ayrim
qurilma yo plata sifatida tayyorlanadi. Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling