Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103

 

MISD 

qisq.: Multiple Instruction, Single Data 

Ko‘rsatmalar  to‘plami,  yagona  ma’lumotlar. 

Markaziy  protsessor  me’moriy  tuzilmasi,  bitta 

operand  yoki  bir  nechta  operandalar  ustidan bir 

takt 

davomida 



bir 

nechta 


(konveyer) 

buyruqlarni  bajarishga  imkon  beradi;  markaziy 

protsessor  va  EHM  larning  konveyer-vektorli 

me’moriy tuzilmasi. 



 

Mitsubishi korporatsiyasi 

ingl.: Mitsubishi corporation 

rus.: корпорация Mitsubishi 

Televizion 

va 

global 


tarmoqlar 

uchun 


apparaturani  ishlab  chiqaruvchi  kompaniya. 

Mitsubishi 

kompaniyasi 

o‘zining 

odatiy 

vazifalaridan 



tashqari 

Internet  tarmog‘iga 

ulanishi  mumkin  bo‘lgan  televizorlarni  taklif 

etadi.  Ushbu  televizorlar  ichiga  o‘rnatilgan 

ko‘rish 

muharririga 

ega 

bo‘lib, 


WWW 

sahifalarini  ko‘rish  va  elektron  pochtasi  bilan 

ishlash  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari, 

Mitsubishi  RISC  protsessorlari  va  xotira 

qurilmalarini ham ishlab chiqaradi. 

 

MJPEG 

qisq.: Motion JPEG 

Harakatlanuvchi 

JPEG. 

Harakatlanuvchi 



tasvirlarga  ishlov  berish  uchun  zichlash  usuli. 

Harakatlanuvchi 

tasvir 

JPEG 


algoritmi 

yordamida  zichlashtirilgan  kadrlar  ketma-

ketligidan tashkil topgan. 

 

MMC 

qisq.: MultiMedia Card 

Ko‘ptashuvchi  kartochkasi.  MMC  formatidagi 

kartochka  katta  bo‘lmagan  o‘lchamlarga  - 

24x32x1,4  mm  ga  ega.  SanDisk  va  Siemens 

kompaniyalari  hamkorligida  yaratilgan.  MMC 

xotira  nazoratchisiga  ega  bo‘lib  har  xil  turdagi 

qurilmalar  bilan  yuqori  darajada  uyg‘unlasha 

oladi. 


 

MMS 

qisq.: Multimedia Messaging Service 

Qisqa  ko‘ptashuvchi  xabarlar  bilan  almashish 

xizmati,  SMS  va  EMS  dan  farqli  GPRS 

texnologiyasiga  asoslangan.  Xizmat to‘la rangli 

rasm,  fotosurat,  kuy  va  hatto  videoroliqlarni 

qabul  qilish-uzatish  imkonini  beradi,  Ularga 

biriktirib  qo‘yilgan  grafik  tasvirlar  va  kuylar 

(«EMS» 


qaralsin) 

bilan 


matn 

xabarlar 

shaklidagi  EMS-xabarlardan  farqli,  MMS 

texnologiyasi bevosita xabar matniga grafika va 

kuyni  tirkashni  nazarda  tutadi,  MMS-xabarni 

qabul  qiluvchi  bir  vaqtning  o‘zida  rasmni 

ko‘rishi  va  kuyni  eshitishi  mumkin.  EMSda 

matn,  tovush  va  grafika  bir  vaqtning  o‘zida 

ishlatilishi  mumkin  emas.  MMS-xabarlarni 

jo‘natish-qabul  qilish  uchun  MMSni  nafaqat 

telefon  aloqa,  balki  mobil  aloqa  operatori  ham 

quvvatlashi  zarur.  Afsuski  hozirgi  kunda, 

MMS-xabarlarni  ikki  uyali  aloqa  operatorlari 

orasida 


jo‘natish-qabul 

qilish 


amalga 

oshirilmaydi. 



 

MMX 

qisq.: MultiMedia eXtension 

Ko‘ptashuvchi 

uchun 

kengaytma, 



MMX 

buyruqlari  yig‘masi.  Pentium protsessori uchun 

Intel  firmasi  tomonidan  taklif  qilingan  57ta 

qo‘shimcha 

SIMD-ko‘rsatmalari. 

MMXni 


ko‘ptashuvchi-qo‘llanmalar 

tomonidan 

ishlatilishi ularning ishini tezlashtiradi. 

 

mnemonika 

ingl.: mnemonic 

rus.: мнемоника 

Qisqa  osonlik  bilan  eslanadigan  so‘z  yoki 

qisqartma.  U  inson  va  kompyuter  muloqotida 

buyruq  sifatida  ishlatiladi.  Masalan,  «Ctrl» 

MIPS 

 


 

193 


tugmasi 

kompyuterning 

ba’zi 

amallarini 



boshqaradi.  Bu  yerda  «Ctrl»  -  mnemonika, 

«Control» so‘zining qisqartmasi. 



 

MO 

qisq.: Magneto-Optical 

Magnitooptikaviy. 



 

mobil agent 

ingl.: mobile agent 

rus.: мобильный агент 

Ma’lumotlar  bazalari  bo‘ylab  axborot  izlash 

maqsadida  «o‘rmalovchi»  dastur.  Mobil  agent 

izlashni 

amalga 

oshirish 



lozim 

bo‘lgan 


ma’lumotlar  bazasiga  ega  tizimga  o‘tadi. 

O‘rgimchak deb  ham  nomlanuvchi  mobil  agent 

faqat 

nimadir 


topilganda 

va 


o‘z 

foydalanuvchisiga  topilganni  berish  lozim 

bo‘lganda tarmoqqa murojaat qiladi. Bitta tizim 

bazasida  izlashdan  keyin  mobil  agent  boshqa 

abonent  tizimiga  o‘tib,  u  yerda  izlashni  davom 

etishi 


mumkin. 

Mobil 


agentlar 

global 


bog‘lanish  xizmatida  ayniqsa  keng  tarqalgan. 

Bu yerda mobil agentlardan foydalanish kerakli 

axborotni  topish  tezligini  ancha  oshiradi. 

Robotlar deb ham nomlanuvchi agentlar deyarli 

to‘xtovsiz bog‘lamalar bo‘ylab «o‘rmalab», ular 

tarkibini  so‘raydi  va  ularda  mavjud  axborotni 

tahlil qiladi. 

 

mobil aloqa 

ingl.: mobile communications 

rus.: мобильная связь 

Mobil  aloqa  yerusti  tayanch  stansiyasi  va  bir 

guruh  abonent  tizimlaridan  iborat.  Bunday 

yulduzsimon 

tarmoqda  tayanch 

stansiyasi 

tizimlarning  o‘zaro  ishlovchi  juftlarini  bog‘lab 

yoki  keng  tarqatishni  amalga  oshirib  ushbu 

tizimlarni  uzib-ulash  jarayonlarini  ta’minlaydi. 

Katta  mobil  aloqa  tarmoqlari  ko‘plab  o‘zaro 

bog‘langan  tayanch  stansiyalaridan  tashkil 

qiladi.  Bunda  harakatlanuvchi  obyekt  bitta 

stansiyaning  ish  zonasidan  ketma-ket  boshqa 

stansiya zonasiga o‘tadi. Bunday o‘tish rouming 

deyiladi. 

 

mobil banking 

ingl.: mobile banking 

rus.: мобильный банкинг 

Bank  hisob  raqamidan simsiz  erkin  foydalanish 

texnologiyasidan 

(WAP 


bayonnomasi) 

foydalangan  holda  uyali  telefon  yoki  portativ 

kompyuter (PDA) yordamida boshqarish. 

 

mobil Internet 

ingl.: mobile Internet 

rus.: мобильный Интернет 

WAP  bayonnomasi  asosida  Internetdan  simsiz 

erkin  foydalanish  texnologiyasi.  Mobil  aloqa 

tarmoqlarida 

so‘rovlarni 

uzatish 


uchun 

ma’lumotlarni  paketli  uzatish  xizmati  GPRS 

(general  packet  radio  servise)  yoki  CSD 

transport  vazifasini  bajarishi  mumkin.  Yuqori 

darajali  xizmatni,  ayniqsa  biznesni  samarali 

boshqarish mumkinligini ta’minlaydi. 



 

mobil telefon 

ingl.: mobile phone 

rus.: мобильный телефон 

Mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati 

turi.  Mobil  telefon  asta-sekin  kompyuter,  faks 

apparati,  telefon  apparati,  qaydlar  kitobchasi 

vazifalarini  bajaruvchi  ko‘p  maqsadli  abonent 

tizimiga  aylanmoqda.  Buning  uchun  apparat 

klaviatura va ekranga ega. 

 

mobil telefoniya 

ingl.: mobile telephony 

rus.: мобильная телефония 

Ko‘chma  telefon  qurilmalarini  zamonaviy 

kundalik  hayotga  tadbiq  etish.  Tadqiqotlar 

ko‘rsatishicha,  mobil  telefoniyasi  zamonaviy 

insonlarning  yashash  va  fikrlash  tarzidagi 

o‘zgarishlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 



 

mobil tijorat 

ingl.: mobile commerce 

rus.: мобильная коммерция 

Mobil  aloqa  vositalari  –  uyali  telefon,  PDA  – 

yordamida  mahsulot  va  xizmatlarni  sotib  olish 

va  sotish.  Internet  bilan  bog‘lanish  uchun 

bunday  tizimlarda  WAP  bayonnomasidan 

foydalaniladi. 



 

mobil tizim 

ingl.: mobile system 

rus.: мобильная система 

Harakatlanuvchan 

va 

harakatmaydigan 



abonentlarning  bir-biri  bilan  o‘zaro  ishlashini 

ta’minolovchi 

kommunikatsiya 

tarmog‘i 

xizmati.  Mobil  tizimlar  yer  usti  va  sun’iy 

yo‘ldosh  tarmoqlarida  tashkil  etiladi.  Ular, 

shuningdek,  uyali  paketli  radio  tarmoqlarida, 

jumladan 

uyasimon 

raqamli 


paketli 

ma’lumotlardan 

foydalanganda 

ham 


keng 

qo‘llaniladi.  Natijada  mobil  aloqa  tarmoqlari, 



mobil tizim 

 


 

194 


ya’ni  harakatlanuvchan  mobil  aloqa  tizimlari 

tashkil etiladi. 



 

mobil treyding 

ingl.: mobile trading 

rus.: мобильный трейдинг 

Investitsiya  hisob  raqamidan  simsiz  erkin 

foydalanish 

texnologiyasidan 

(WAP 

bayonnomasi)  foydalangan  holda  uyali  telefon 



yoki  portativ  kompyuter  (PDA)  yordamida 

boshqarish. 



 

MOD 

qisq.: Magneto-Optical Disk 

qarang: magnit-optik disk 

 

moddiy axborot tashuvchisi 

ingl.: information storage device 

rus.: материальный носитель информации 

Axborotni  yozish  va  saqlash  uchun  ishlatilishi 

mumkin  bo‘lgan,  ma’lum  fizik  xususiyatlarga 

ega modda. 



 

model 

ingl.: simulator 

rus.: модель 

Ma’lum obyektning muayyan tavsifnomalari va 

harakatlariga taqlid  qilishni ta’minlovchi  dastur 

yoki  qurilma.  Model  o‘rganilayotgan  yoki 

yaratilayotgan 

obyektning 

tuzilishi 

va 


vazifalarini  tavsiflaydi.  Modellar  ikki  sinfga 

bo‘linadi. 

Ularning 

birinchisi 

matematika 

usullari 

orqali 

ifodalangan 



obyektlarning 

taxminiy 

tavsifi 

bo‘lmish 

matematik 

modellardan  iborat.  Ikkinchi  sinfga  obyektlarni 

ularning 

ma’lum 


tavsifnomalari 

yoki 


xususiyatlaria  taqlid  qiluvchi  modellashtiruvchi 

qurilmalar bilan o‘zgartirish orqali yaratiladigan 

fizik  modellar  kiradi.  Masalan,  fizik  model 

yordamida bitta kompyuterning faoliyati boshqa 

kompyuterda taqlid qilinadi. 

Informatikada  tizim  va  tarmoqlarni  boshqarish 

modellari 

muhim 


ahamiyatga 

ega. 


Yaratilayotgan  tarmoqlarning  arxitekturasini 

belgilovchi 

ochiq 

tizimlarning 



o‘zaro 

ishlashining  asosiy  etalon  modeli,  ISDN  etalon 

modeli, tizim obyektlari modeli keng tarqalgan. 

 

modellashtirish 

ingl.: simulation 

rus.: моделирование 

Obyekt  harakatlarining  ayrim  tavsifnomalarini 

boshqa  obyekt,  masalan  kompyuter  yordamida 

aks  ettirish  texnologiyasi.  Modellashtirish  turli 

xil  obyektlar  tahlilini  ta’minlaydi:  tarmoqlar, 

tizimlar, qurilmalar, jarayonlar. U yangi texnika 

namunalari  va  texnologiyalarni  loyihalashtirish 

va  ishlab  chiqish  hamda  xodimlarni  o‘qitishda 

muhim 

vosita 


sifatida 

qo‘llaniladi. 

Modellashtirishda  kompyuterlar  va  boshqa 

hisoblash  texnikasi  vositalari  keng  qo‘llaniladi. 

Modellashtirish  odatda  ishlab  chiqishning 

asosidir.  Uning  asosida  pastga  yo‘nalgan 

loyihalashtirish amalga oshiriladi. 

 

modem 

ingl.: modem 

rus.: модем 

«Modulyator-demodulyator»ning  qisqartmasi. 

Ushbu  qurilmaning  ish  tamoyilini  belgilaydi: 

kompyuterdan  olingan  raqamli  signalni  uzatish 

uchun  analog  shaklga  aylantirish  va  qabul 

qilingan  signalni  analog  shakldan  raqamli 

shaklga 

qaytarish. 

Modem 

signalning 



telekommunikatsiya  kanallari  bo‘ylab  uzatishni 

ta’minlaydi.  Modem  yordamida  Internetda 

oddiy  analog  telefon  tarmog‘i  orqali  ishlash 

mumkin. 


Bunday 

modemlarning 

nazariy 

jihatdan eng ko‘p erkin foydalanish tezligi – 56 

Kbit/s.  Mazkur  atama  ba’zan  tezkor  kabel  yoki 

DSL 


modemlari 

hamda 


ISDN 

terminal 

adapterlariga  nisbatan  qo‘llanilsa  ham,  ushbu 

qurilmalarning  barchasi  texnik  nuqtai  nazardan 

ma’lumotlarning  raqamli  uzatilishini  amalga 

oshirib modem hisoblanmaydi. 



 

modem-dastur 

ingl.: software modem 

rus.: модем-программа 

Modem  vazifalarini  bajaruvchi  dastur.  Kerakli 

dasturiy  ta’minot  kompyuterning  «doimiy 

xotira  qurilmasiga»  yuklanadi.  Modem-dastur 

modemga ko‘ra qator afzalliklarga ega: 

-  modem  apparati  uchun  zarur  bo‘lgan  joy 

egallamaydi; 

-  narxi  solishtirib  bo‘lmaydigan  pog‘onada 

arzon; 

- energiya iste’moli kamroq; 



- modemni yangilash oson. 

 

modemlar to‘plami 

ingl.: modem pool 

rus.: модемный пул 

Modemlar 

to‘plami. 

Foydalanuvchi 

o‘z 

terminalini  ulashga  ruxsat  so‘raganda  ushbu 



mobil treyding 

 


 

195 


modemlarning  bittasiga  ulanadi  va  uni  telefon 

tarmog‘i  orqali  ma’lumotlar  uzatish  va  olish 

uchun ishlatadi. 

 

moderator 

ingl.: moderator 

rus.: модератор 

1.  Forum,  teleanjuman  va  chatlarda  qoidalarga 

rioya qilishni nazorat qiluvchi yetakchi. Odatda 

teleanjuman  qoidalari  juda  oddiy:  spam,  fleym 

va  anjumanga  tegishli  bo‘lmagan  mulohazalar 

man  etiladi.  Moderator,  zarur  bo‘lganda 

ishtirokchilarga  nisbatan  ma’muriy  choralar 

ko‘rishi 

mumkin 

– 

tartibbuzarlarni 



ogohlantirishdan  tortib  ma’lum  xabarlarni 

o‘chirish  yoki  hatto  ba’zi  foydalanuvchilar 

uchun erkin foydalanishni man etishgacha. 

2.  Kataloglarda  moderator  –u  yoki  bu  mavzu 

bo‘limiga  javobgar  shaxs.  U  sayt  mavzusi  va 

katalog  bo‘limining  mosligini  tekshirib  turadi. 

Ba’zan 

(agarda 


bu 

katalogda 

axborotni 

joylashtirish  shartlari  bilan  belgilangan  bo‘lsa) 

moderator  saytlar  mazmuni  bilan  tanishib 

chiqadi. 



 

Modula-2 tili 

ingl.: Modula-2 language 

rus.: язык Modula-2 

Dasturlash  tili.  Pascal  tilining  muallifi  Niklaus 

Wirth  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Wirth, 

Modula-2  tilini  70-  yillar  oxirida  Pascal  tili 

tanqidiga javoban yaratgan. Hususan, Modula-2 

tili  Pascal  tilida  bo‘lmagan  modullarni  alohida 

kompilyatsiyalarini 

va 


ko‘p 

vazifalikni 

quvvatlaydi.  Modula-2  tili  ilmiy  muhitda 

qo‘llangan  bo‘lishiga  qaramay,  qo‘llanmalarni 

yaratishda ko‘p foydalanilmaydi. 

 

modulli arxitektura 

ingl.: modular architecture 

rus.: модульная архитектура 

Birga  bog‘lanishi  mumkin  bo‘lgan  alohida 

tarkibiy  qismlardan  iborat  xohlagan  tizim 

dizayniga  tegishli  atama.  Modulli  me’moriy 

tuzilma  afzalligi  xohlagan  tarkibiy  qism 

(modul)ni  qolgan  tizimga  ta’sir  ko‘rsatmasdan 

o‘zgartirish  yoki  qo‘shish  mumkinligidadir. 

Modulli  me’moriy  tuzilmaning  qarama-qarshi 

tarkibiy  qismlar  orasida  aniq  chegaralar 

bo‘lmagan birlashgan me’moriy tuzilmadir. 



 

modullik 

ingl.: modularity 

rus.: модульность 

Qurilmaning 

turli 

vazifalarni 



bajaruvchi 

funksional  bloklardan  foydalanish  orqali  o‘z 

imkoniyatlarini o‘zgartirish xususiyati. 

 

modulyatsiya 

ingl.: modulation 

rus.: модуляция 

Bitta  statsionar  signalning  boshqa  signal 

shakliga 

ko‘ra 


o‘zgarishi 

jarayoni. 

Modulyatsiya 

ma’lumotlarni 

elektrmagnit 

nurlanish 

yordamida 

uzatishda 

amalga 

oshiriladi. Modulyatsiyaning asosiy usullari: 



a.  Amplituda  modulyatsiyasi  olib  boruvchi 

amplitudaning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. 

b.  Chastota  modulyatsiyasi  0,  1  signallari  turli 

chastotalarga 

ega 

sinusoidlar 



shaklida 

uzatilishini nazarda tutadi. 

c.  Faza  modulyatsiyasida  «bir»dan  «nol»ga  va 

«nol»dan  «bir»ga  o‘zgartirilganda  sinusoidal 

tashuvchi  fazasi  180  ga  o‘zgaradi.  Yuqori 

tezlikda ishlaydigan modemlarda qo‘llaniladi. 

d.  Impuls-kod  modulyatsiyasida  analog  signal 

qator  impulslar  sifatida  kodlanadi.  Kodlash-

dekodlash qurilmalarida qo‘llaniladi. 

e.  Spektr  modulyatsiyasidan  foydalanganda 

tashuvchi  chastotasi  bo‘yicha  uchinchi,  ya’ni 

kod signali bilan birgalikda modulyatsiyalanadi. 

Harbiy  texnika  va  paketli  radio  tarmoqlarida 

ishlatiladi. 



 

MOE 

qisq.: Measure Of Effectiveness 

Samaradorlik mezoni. 



 

mol belgisi 

ingl.: TradeMark (TM) 

rus.: товарный знак 

qarang: tovar belgisi 

 

MOLAP 

qisq.: Multidimensional OLAP 

Ko‘po‘lchamli  OLAP,  MOLAP  texnologiyasi. 

OLAP-tizimlarida 

ma’lumotlarni 

saqlashni 

ya’ni,  aynan  ko‘po‘lchamli  massivlar  shaklida 

tashkil qilish. 

 

moliya tizimi 

ingl.: financial system 

rus.: финансовая система 

Moliyaviy  hisob-kitob  hisoblashlarini  o‘tkazish 

uchun  mo‘ljallangan  o‘zaro  bog‘liq  uslublar  va 

vositalar  majmuasi.  Moliya  tizimi  mijoz-server 



moliya tizimi 

 


 

196 


arxitekturasidan  foydalanib,  ma’lumotlardan 

global 


miqyosda 

erkin 


foydalanishni 

ta’minlaydi. 

Axborotga 

ishlov 


berishda 

«tuzilmalashtirilgan  talabnomalar  tili»  SQL 

ishlatiladi.  Foydalanuvchilarning  tizim  bilan 

ishlashi,  haqiqiy  vaqt  maromida  yuz  beradi. 

Moliyaviy 

ma’lumotlar 

serverlarda 

va 


mijozlarda  joylashtiriladi.  Ishda  maxsus  MB 

ishlatiladi. 



 

MOM 

qisq.: Message-Oriented Middleware 

O‘rta  qatlam  dasturiy  ta’minoti,  xabarlarga 

ishlov berish uchun mo‘ljallangan. 

 

monitor 

ingl.: monitor 

rus.: монитор 

1.Monitor  kompyuterning  tashqi  qurilmasi.  U 

displeyning  asosiy  tarkibiy  qismlaridan  biridir. 

Monitor tizimda ro‘y berayotgan jarayonlarning 

ekranda  aks  ettirilishini  ta’minlaydi.  Monitor 

ba’zan  displey  deb  ham  ataladi.  Monitorlar 

yaratilish  texnologiyasi,  ekran  hajmi,  hal  qilish 

qobiliyati bilan farq qiladi. 

2.  Operatsion  tizimda  –  vazifalar  bajarilishi, 

jumladan, 

dasturlarning 

kiritilishi 

va 

chiqarilishini boshqaruvchi dastur. 



3.  Dasturlash  tillarida  –  resurslardan  erkin 

foydalanishni  tashkillashtiruvchi  jarayonlarning 

o‘zaro 

ishlashi 



va 

sonxronizatsiyasini 

ta’minlovchi yuqori pog‘onali mexanizm. 

 

monitoring 

ingl.: monitoring 

rus.: мониторинг 

Tadqiqotlarni  tashkillashtirish  shakli.  Bunda  u 

yoki  bu  obyekt  to‘g‘risida  to‘xtovsiz  axborot 

kelib turishi ta’minlanadi. 



 

monolog 

ingl.: monoloque 

rus.: монолог 

Foydalanuvchi  yoki  amaliy  jarayonning  o‘ziga 

o‘xshash  foydalanuvchi  yoki  jarayonga  darrov 

javob  berishni  talab  qilmaydigan  murojaati. 

Monolog 

darrov 


javob 

berishni 

talab 

qilmaydigan  turli  xil  xabarlarni  uzatish  uchun 



mo‘ljallangan.  Monolog  elektron  pochtasi, 

faksimil  aloqa  bilan  ta’minlanadi.  Hozirgi 

kunda,  ayniqsa  multimuhitdan  foydalanilganda, 

nutq  monologi  keng  tarqatilmoqda.  Uni 

o‘tkazish 

uchun 


nutq 

pochtasi 

maxsus 

yaratilgan.  Foydalanuvchi  yoki  dastur  nutqi 



abonent  tizimining  tashqi  xotirasida  haqiqiy 

oluvchi 


tomonidan 

talab 


qilinmaguncha 

saqlanadi.  Internet  tarmog‘i  nutq  monologini 

ta’minlovchi 

birinchi 

global 

tarmoqdir. 



Monolog muqobili muloqotdir. 

 

monoxrom 

ingl.: monochrome 

rus.: монохромный 

Bir  rangli. Misol  uchun,  monitorlar  monoxrom, 

oq-qora 

yoki 


rangli 

bo‘lishi 

mumkin. 

Monoxrom  monitorlar  aslida  ikkita  rangdan 

foydalanadi,  ularning  bittasi  displey  tasviri, 

ikkinchisi  esa  fon  uchun  ishlatiladi.  Grafik 

tasvirlar  ham  monoxrom,  oq-qora  yoki  rangli 

bo‘lishi mumkin. 



 

Mosaic 

WWWda  hujjatlarni  o‘qishni  osonlashtiruvchi 

qo‘llanma.  Dastlab  Milliy  superkompyuter 

qo‘llanmalari  markazi  (National  Center  for 

Supercomputing 

Applications, 

NCSA) 

tomonidan  yaratilgan.  Mosaic  doimo  bepul 



dastur  sifatida  tarqatilgan.  Biroq  1994  yilda 

NCSA  dasturning  tijoriy  rivojlantirilishini 

Spyglass 

kompaniyasiga 

berib 

yuborgan. 



Hozirgi  kunda  Mosaicning  bir  necha  turi  bor, 

ba’zilari bepul va ba’zilari pullik. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling