Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103

 

ma’lumotlar muhofazasi 

ingl.: data protection 

rus.: защита данных 

1.  Tegishli  ma’muriy,  texnik  va  jismoniy 

tadbirlarni  qo‘llash.  U  ma’lumotlardan  muallif 

bo‘lmagan  holda  erkin  foydalanish,  hamda 

beruxsat 

qasddan 


yoki 

tasodifiy 

erkin 

foydalanish, 



takomillashtirish 

yo 


barbod 

qilishning oldini olish uchun zarur. 

2.  Ma’lumotlarga  ishlov  berishda  uning  yaxshi 

saqlanishi, 

butunligi 

va 


ishonchliligini 

ta’minlash jarayoni. 



 

ma’lumotlar muhofazasi tizimi 

ingl.: data protection system 

rus.: система защиты данных 

Ma’lumotlarning  tasodifan  yoki  atayin  qilingan 

buzilish, buzib talqin etish yoki foydalanishidan 

muhofazasini  ta’minlovchi  apparatli,  dsturli 

(jumladan,  kriptografiya)  vositalar  hamda 

choralar majmui. 



 

ma’lumotlar ombori (MO) 

ingl.: database (DB) 

rus.: база данных (БД) 

qarang: ma’lumotlar bazasi (MB) 

 

ma’lumotlar sifati 

ingl.: data quality 

rus.: качество данных 

Ma’lumotlarning  muayyan  masalalarni  yechish 

uchun 

yaroqliligini 



ta’minlab 

beradigan 

xossalar 

majmui. 


Ma’lumotlarning 

sifat 


ko‘rsatkichlariga  aniqlik, to‘lalik,  mutanosiblik, 

ziddiyatsizlik,  muhofazalanganlik  va  boshqalar 

kiradi. 

 

ma’lumotlar tashuvchisi 

ingl.: data carrier 

rus.: носитель данных 

1. 


Moddiy 

obyekt 


yoki 

moslama. 

ma’lumotlarni  yozish,  saqlash  va  o‘qish 



imkonini  beruvchi  ma’lum  fizik  xususiyatlarga 

ega. 


Hisoblash 

texnikasida 

ma’lumotlar 

tashuvchisi  sifatida  yarimo‘tkazgich  kristallar, 

magnit  va  lazer  disklari,  magnit  tasmalar, 

magnit  kartalar,  perfokarta  va  perfotasmalar 

hamda  (bosish  uchun)  qog‘oz  ishlatiladi. 

Ma’lumotlar 

tashuvchisiga 

ma’lumotlarni 

yozish  va  ularni  o‘qish  moslamalari  bilan  birga 

ma’lumotlar  tashuvchisi  xotira  qurilmasini 

tashkil qiladi. 

ma’lumotlar butunligi 

 


 

171 


2.  Axborotni  yozish  uchun  va  doimiy  xotira 

qurilmasi sifatida ishlatiladigan jism yoki muhit. 

3. Ma’lumotlar  yozilishi  yoki  o‘qilishi  mumkin 

bo‘lgan moddiy obyekt. 



 

ma’lumotlar uzatish kanali 

ingl.: Data Transmission Channel (DTC) 

rus.: канал передачи данных 

1.  Kanal  pog‘onasida  obyektlarni  ulaydigan 

mantiqiy kanal. 

2.  Bir  qurilmadan  ikkinchisiga  ma’lumotlar 

uzatiladigan  jismoniy  ulanish.  Ma’lumotlarni 

uzatish  kanalini  tashkil  qiluvchi  qurilmalar 

uzatish 

jarayonini 

tartibga 

soluvchi 

bayonnomalarga bo‘ysunadi, 

3. Tarmoq qismi. U tarmoqni har bir juft chekka 

terminallarini 

o‘zaro 


bog‘laydi 

va 


ma’lumotlarni  uzatish  va  qabul  qilish  texnik 

vositalaridan,  shu  jumladan,  aloqa  liniyasi 

hamda 

dasturiy 



ta’minot 

vositalari 

va 

bayonnomalardan tashkil topgan. 



 

ma’lumotlar uzatishni qamal qilish 

ingl.: data transmission blocking 

rus.: блокирование передачи данных 

Axborot  xavfsizligi  buzilishlaridan  biridir.  U 

foydalanuvchilar  axborotidan  iborat  bo‘lgan 

uzatilayotgan 

ma’lumotning 

haqiqiyligini, 

butunligini,  o‘z  vaqtida  yetib  borishini  va 

tartibini 

o‘zgarishida 

namoyon 


bo‘ladi. 

Buzg‘unchining 

axborot 

xavfsizligi 

obyektlariga 

(uzatilayotgan 

ma’lumotlar, 

tarmoq 


obyektlarining 

apparat-dasturiy 

vositalari,  tarmoqni  boshqaruvchi  axborot) 

ataylab  qilgan  ta’sirlari  axborot  uzatishni 

ma’lum  vaqtga  to‘xtashi  yoki  kechikishiga  olib 

keladi. 


Bu 

vaqtda 


foydalanuvchi 

uchun 


axborotning qadri qolmaydi. 

 

ma’lumotlar uzatishni to‘sish 

ingl.: data transmission blocking 

rus.: блокирование передачи данных 

qarang: ma’lumotlar uzatishni qamal qilish 

 

ma’lumotlar  va  ularni  tashuvchilarni 

maxfiylashtirish 

ingl.: classification of information and its bearers as 

secret 

rus.: засекречивание сведений и их носителей 

Davlat 


siridan 

iborat 


ma’lumotlarga 

qonunchilik  tomonidan  o‘rnatilgan  tartibda, 

ularni  tarqatishga  va  ularni  tashuvchilaridan 

erkin foydalanishga chekllovlar kiritish. 



 

ma’lumotlardan 

ruxsatsiz 

erkin 

foydalanish 

ingl.: unauthorized access to information 

rus.: несанкционированный доступ к информации 

1.  Axborotni  olish  qoidalarini  buzgan  holda 

olish. 

2.  Foydalanuvchining  olish  ruxsat  etilmagan 



ma’lumotlarni  o‘qish,  yangilash  yoki  buzish 

maqsadida atayin murojaat qilishi. 

3.  Subyektlarning  axborotni  olish  va  ishlatish 

qoidalarini  buzgan  holda  axborotlashtirish 

obyekti  (ma’lumotlarni  uzatish  tarmog‘i)ning 

asosiy vositalari yordamida axborotni olish yoki 

ulardan foydalanish. 

 

ma’lumotlarga 

avtomatlashtirilgan 

ishlov berish 

ingl.: automatized data processing 

rus.: автоматизированная обработка данных 

Ma’lumotlarni 

asosan 

hisoblash  texnikasi 



vositalari yordamida qayta ishlash. 

 

ma’lumotlarga  haqiqiy  vaqtda  ishlov 

berish 

ingl.: real-time data processing 

rus.:  обработка  данных  в  реальном  масштабе 

времени 

Ma’lumotlarga ishlov  berish  tezligi,  hodisaning 

modellash tezligi bilan bir xil yuz bergan hol. 

 

ma’lumotlarga ishlov berish 

ingl.: data processing 

rus.: обработка данных 

Ma’lumotlar 

bilan 

aniq 


ketma-ketlikdagi 

amallarni  bajarish  jarayoni.  Bunday  amallarga 

misol 

tariqasida, 



ma’lumotlarni 

izlash, 


ma’lumotlarni  saralash,  ularni  tahlil  qilish  va 

birlashtirishni  keltirish  mumkin.  Iqtisodiy  va 

muhandislik 

hisob-kitoblari, 

ilmiy-texnik 

masalalar  va  ishlab  chiqarishni  boshqarish 

masalalari  ham  ma’lumotlarga  ishlov  berish 

jaryonlaridir.  Ma’lumotlarga  ishlov  berish 

abonent 

tizimlarda 

bajariladigan 

amaliy 


jarayonlar 

bilan 


amalga 

oshiriladi. 

Ma’lumotlarga  ishlov  berish  foydalanuvchilar 

ehtiyojlari  va  tarmoq  boshqarish  ehtiyojlari 

uchun 

bajariladi. 



Foydalanuvchining 

topshirig‘iga  binoan  yoxud  amaliy  dastur 

tomonidan  bajarilayotgan  ishlov  bir  yoki  guruh 

protsessorlar  bilan,  bir  yoki  bir  nechta, 

tarmoqda 

parallel 

ishlayotgan 

tizimlarda 

bajarilishi 

mumkin. 


So‘nggi 

holda, 


ma’lumotlarga ishlov b... 



 

172 


ma’lumotlarga  taqsimlangan  ishlov  berish  yuz 

beradi.  Ishlov  ikki  maromda  -  o‘zarofaol  va 

vaziyat 

maromida 

bajarilishi 

mumkin. 


Ma’lumotlarga 

ishlov 


berish 

muammosi 

quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: 

1)  ma’lumotlarga  tarmoqli  superishlov  berish; 

2) hujjatlarga ishlov berish; 3) tasvirlarga ishlov 

berish;  4)  nutqqa  ishlov  berish;  5)  signallarga 

ishlov  berish;  6)  ro‘yxatlarga  ishlov  berish;  7) 

matnlarga ishlov berish. 



 

ma’lumotlarga ishlov berish tizimi 

ingl.: data processing system 

rus.: система обработки данных 

Ma’lumotlarga  ishlov  berishni  ta’minlovchi 

bitta  yoki  undan  ko‘p  kompyuter,  chekka 

qurilmalar va dasturiy vositalar. 



 

ma’lumotlarga masofadan ishlov berish 

ingl.: distant data processing 

rus.: обработка данных дистанционная 

qarang: teleish. 

1. Ma’lumotlarga masofada ishlov barish. 

2. Kiritish (yoki chiqarish) qurilmalari markaziy 

protsessordan 

uzoqda 

joylashgan 



holda 

ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish. 



 

ma’lumotlarga  ochiq  tarmoqda  ishlov 

berish 

ingl.: Open Network Computing (ONC) 

rus.: открытая сетевая обработка данных 

SUN  Microsystems  korporatsiyasi  tomonidan 

taklif  qilingan  asosiy  funksional  profil.  SUN 

Microsystems  korporatsiyasiga  tegishli  bo‘lgan 

ONC  1985  yili  paydo  bo‘lgan  va  turli  ishlab 

chiqaruvchilar  tomonidan  chiqarilgan  axborot 

tizimlarida 

tatbiq 


qilishga 

mo‘ljallangan 

standartlar 

to‘plamidir. 

Bu 

standartlar, 



operatsion 

tizim 


va 

kompyuterlarning 

arxitekturasiga  bog‘liq  emas.  Interfeyslarning 

barcha  spetsifikatsiyalari  va  tavsiflari  nashr 

qilingan  va  mutaxassislarning  keng  doirasiga 

murojaat  etilgan,  ya’ni,  ONC  ochiqdir.  Unda 

dastlabki  matnlarning  talaygina  qismi  bepul 

uzatiladi,  qolgan  qismi  uchun  –  arzimagan  pul 

to‘lanadi.  ONC  asosiy  profili  keng  tarqalib, 

ma’lumotlarga  tarqoq  ishlov  berish  uchun  de-

fakto standart bo‘lib qoldi. 

 

ma’lumotlarga 

taqsimlangan 

ishlov 

berish 

ingl.: Distributed Data Processing (DDP) 

rus.: распределенная обработка данных 

Amaliy  dasturlarni,  bir  guruh  axborot  tizimlari 

tomonidan  bajarish  uslubi.  DDP  ning  mohiyati 

shundaki,  unda  foydalanuvchi, bir  necha  o‘zaro 

ishlovchi abonent tizimlarda joylashgan, tarmoq 

xizmatlari  va  amaliy  jarayonlar  bilan  ishlash 

imkoniga  ega  bo‘ladi.  Taqsimlangan  ishlov 

berish  uchun  amaliy  dasturlar  segmentlab 

bajariladi.Ma’lumotlarni  uzatish,  jarayonlarni 

masofadan  chaqirish  yoki  elektron  pochta 

yordamida  yuz  beradi.  Taqsimlangan  ishlov 

berishni  alohida  katta  imkoniyatlarini  aralash 

tarmoqlarda ko‘rish mumkin. 

 

ma’lumotlarga 

taqsimlangan 

ishlov 

berish muhiti 

ingl.: Distributed Computing Environment (DCE) 

rus.: распределенная среда обработки данных 

Ma’lumotlarga  taqsimlangan  ishlov  berish 

texnologiyasi. U DCE muhiti bo‘lib, 1990 yilda 

ochiq  dasturiy  ta’minot  fondi  tamonidan  taklif 

qilingan.Abonent  tizimlar  guruhlari  bo‘yicha 

tarqalgan 

geterogen 

tarmoqda 

amaliy 

jarayonlarni  bajarish  uchun  mo‘ljallangan 



tarmoq xizmatlarining yig‘masidir. 

 

ma’lumotlarni boshqarish tili 

ingl.: Data Manipulation Language (DML) 

rus.: язык манипулирования данными 

Ma’lumotlar  bazasining  boshqarish  tizimida 

dasturlar  bilan  ma’lumotlar  bazasi  orasida 

almashuvni 

tashkil 

qilish 


uchun 

foydalaniladigan til. Ma’lumolarni ajratib olish, 

yaratish,  yo‘q  qilish  va  o‘zgartirish  uchun 

foydalaniladigan 

ma’lumotlar 

bazasini 

boshqarish tizimining buyruqlari nimto‘plami. 

 

ma’lumotlarni dolzarblash 

ingl.: data actualization 

rus.: актуализация данных 

Ma’lumotlarni  dolzarb  holatda  saqlash,  ya’ni 

ularni  ma’lum  sohadagi  aks  ettirilayotgan 

obyektlar 

holati 

bilan 


muvofiqlashtirish. 

Dolzarblash  yozuvlarni  qo‘shish,  o‘chirish 

hamda tahrir qilish amallarini o‘z ichiga oladi. 

 

ma’lumotlarni elektron almashuvi 

ingl.: Electronic Data Interchange (EDI) 

rus.: электронный обмен данными 

1.Axborot 

tuzilmalashning 

kelishilgan 

standartidan  foydalanib,  bir  kompyuterdan 

boshqasiga elektron tarzda axborot uzatish. 

2.  Korxonalar  orasida  elektron  shakldagi 

buyurtma, tasdiqlov va hisob raqamli-fakturalar 

ma’lumotlarga ishlov b... 


 

173 


kabi,  hujjatlar  bilan  almashuv.  Bu  usuldan 

foydalanib  kompaniyalar,  tarmoqlarni  ishchan 

o‘zaro  aloqada  ishlash  uchun  qo‘llashlari 

mumkin. 


Agar 

kompaniyalar 

orasidagi 

yozishma  odatdagi  hodisa  bo‘lsa,  EDI  hisob 

raqami  va  shartnoma  kabi  katta  hajmdagi 

qog‘oz  hujjatlarni  almashtirib  katta  hajmdagi 

axborotlarni  uzatishni  nazarda  tutadi.  EDI 

korporativ  malumotlar  bazalariga  bevosita 

o‘zgarishlar kiritilishini nazarda tutadi. 

 

ma’lumotlarni filtrlash 

ingl.: data filtering 

rus.: фильтрация данных 

Ma’lumotlarni 

umumiy 

oqimidan 



kerakli 

mezonlarga  ega  bo‘lganlarini  ajratib  qo‘yish 

jarayoni.  Ma’lumotlarni  filtrlash  jismoniy 

pog‘onadan 

tashqari 

barcha 


pog‘onalarda 

amalga  oshirilishi  mumkin.  Ular  quyidagilar 

zarur bo‘lganda bajariladi: 

-  ruxsatsiz erkin  foydalanish  ga  urinishlar  bilan 

bog‘liq 

ma’lumotlarning 

xavfsizligini 

ta’minlash; 

yakkakanal 



yoki 

halqa 


tarmoqlarda 

ma’lumotlar bloklarining tanlanishi; 

-  o‘rnatilgan  standartlarga  mos  kelmagan, 

masalan  MB  ga  yozishda,  ma’lumotlarni 

chiqarib tashlash; 

ma’lumotlarni 



zichlashtirish, 

masalan, 

bittasidan boshqa bir biri bilan ketma ket kelgan 

barcha  ochiq  joylarni  yo‘q  qilish  va  ularning 

o‘rniga ochiq joylar sonini yozib qo‘yish. 

 

ma’lumotlarni keng yo‘l-yo‘lli uzatish 

ingl.: broadband transmission 

rus.: широкополосная передача данных 

Bitta muhit (sim) bir yo‘la bir necha kanallarga 

xizmat  ko‘rsata  oladigan  ma’lumotlarni  uzatish 

turi.  Keng  yo‘l-yo‘lli  uzatish,  misol  uchun, 

kabel  teleko‘rsatuvlari  xizmati  tomonidan 

foydalaniladi. 



 

ma’lumotlarni 

muhofazalash 

samaradorligining me’yorlari 

ingl.: efficiency norms of information protection 

rus.: нормы эффективности защиты информации 

Me’yoriy  hujjatlar  tomonidan  belgilangan 

axborotni 

muhofazalash 

samaradorligi 

ko‘rsatkichlarining qiymati. 



 

ma’lumotlarni muvofiqlash 

ingl.: data authentication 

rus.: аутентификация данных 

qarang: ma’lumotlar autentifikatsiyasi 

 

ma’lumotlarni nusxalashtirish 

ingl.: data replication 

rus.: тиражирование данных 

Tarqoq  ma’lumotlar  bazasiga  ma’lumotlarni 

tarqatish  texnologiyasi.  Azalda,  to‘la  hujjatlar 

yoki 


fayllar 

nusxalashtirilgan. 

Keyinroq, 

tarmoqda  tranzaksiyalarning  sonini  kamaytirish 

uchun 

hujjatlarni 



va 

fayllarni 

faqat 

o‘zgartirilayotgan 



qismini 

nusxalashtirildi. 

Nusxalashtirish  yangi  ma’lumotlar  kiritilganda 

ham,  ularni  butunlay  yangilanganda  ham 

amalga  oshiriladi.  Nusxalashtirish  shunday 

amalga  oshiriladiki,  ma’lumotlar  blokining 

biror  nusxasiga  kiritilgan  ma’lumotlar,  boshqa 

nusxalarga 

ham 

tarqatiladi. 



Tarmoqda 

nusxalashtirish  davriy  ravishda  (aniq  vaqt 

oraliqlarida) 

yoki 


yangi 

ma’lumotlarning 

tushishiga qarab bajariladi. 

 

ma’lumotlarni tavsiflash tili 

ingl.: Data Definition Language (DDL) 

rus.: язык описания данных 

Ma’lumotlarni  jismoniy  va  (yoki)  mantiqiy 

tuzilmasini  tavsiflash  tili.  Ma’lumolar  bazasi 

obyektlarini  (jadval,  indeks  va  h.k.larni) 

tuzilmasini  yaratish,  yo‘q  qilish  va  o‘zgartirish 

uchun  foydalaniladigan  ma’lumotlar  bazasini 

boshqarish tizimining buyruqlari nimto‘plami. 

 

ma’lumotlarni tezkor tarqatish 

ingl.: operative data delivery 

rus.: оперативная рассылка данных 

Foydalanuvchilar  tomonidan  axborotni  tezkor 

olish 

texnologiyasi. 



Foydalanuvchilar 

o‘z 


abonent 

tizimlariga 

axborotni 

ikki 


texnologiyadan birini ishlatib olishlari mumkin. 

Ma’lumotlarni ko‘chirib olish texnologiyasi shu 

bilan 

tavsiflanadiki, 



unda 

foydalanuvchi 

mustaqil yoki mobil agentlar yordamida kerakli 

axborotni  bazadan  qidiradi,  uni  topib,  bazadan 

oladi. 

Ma’lumotlarni 



turtkilab 

chiqarish 

texnologiyasining 

mohiyati 

shundaki, 

foydalanuvchilar  guruhiga  ularning  muayyan 

talabnomalarsiz  aniq  axborot  tarqatiladi.  Uni 

buyurtma  bergan  va  tarqatish  manzili  egalari 

ro‘yxatiga kiritilganlar oladi. 

 

ma’lumotlarni tortish texnologiyasi 

ingl.: pull technology 

rus.: технология вытягивания данных 

ma’lumotlarni tortish ... 



 

174 


Foydalanuvchi  mustaqil  ravishda  yoki  mobil 

agentlar  yordamida  tarmoqdan  kerakli  axborot 

izlaydi  va  uni  topgach  qabul  qilib  olishini 

ta’min  etish  texnologiyasi.  Bu  holda  shaxsan 

bitta manzilga tarqatish yuz beradi. 

 

ma’lumotlarni ulash 

ingl.: data 

rus.: подключение данных 

Ma’lumotlar  bazasi  fayli  yoki  server  haqida 

nom, tur, joylashish va shartsiz ravishda boshqa 

axborot belgilanadigan ulanish. 



 

ma’lumotlarni o‘tkazish texnologiyasi 

ingl.: push technology 

rus.: технология выталкивания данных 

Bir 


guruh 

foydalanuvchilarga 

muayyan 

axborotni,  unga  aniq  so‘rovlar  bo‘lmasa  ham 

tarqatish  texnologiyasi.  Uni  tarqatish  manzillari 

ro‘yxatiga  kiritilgan  buyurtma  berganlar  oladi. 

Bunda  keng  tarmoqli  tarqatish  yuz  beradi. 

Bunday 


xizmat 

uslubi 


WWWxizmatida 

ishlatiladi. 

Ma’lumotlarni 

o‘tkazish 

texnologiyasidan 

quyidagi 

hollarda 

foydalaniladi. 

- mahsulot va xizmatlar reklamasi; 

qo‘l 



ostidagi 

tashkilotlarga 

hujjatlarni 

tarqatish; 

-  bank tomonidan  qimmatli  qog‘ozlarning  joriy 

qiymati to‘g‘risida ma’lumot berish; 

-  jamoa  xodimlarini  yangi  xabarlar  haqida 

ogohlantirish va ularga yangi dasturlar tarqatish. 

Mazkur 

texnologiyadan 



foydalanishda 

ko‘pincha  muayyan  turdagi  axborotlarga  obuna 

e’lon qilinadi. 

 

ma’lumotlarning analog shakli 

ingl.: analog data form 

rus.: аналоговая форма данных 

Ma’lumotlarni elektr kuchlanish yoki elektr toki 

kabi ma’lum diapazonda to‘xtovsiz o‘zgaruvchi 

fizikaviy  kattaliklar  shaklida  taqdim  etish, 

saqlash va uzatish uslubi. 

 

ma’lumotlarning buzilishi 

ingl.: data damage 

rus.: повреждение данных 

Ma’lumotlar butunligining buzilishi. 



 

ma’lumotlarning xavfsizligi 

ingl.: data security 

rus.: безопасность данных 

Dasturlarni  va  ma’lumotlarni  tasodifiy  yoki 

qasddan  o‘zgartirish,  yo‘q  qilish,  oshkor  qilish, 

hamda  ruxsatsiz  foydalanishdan  muhofazalash 

tamoyillar  to‘plami.  Ma’lumotlar  xavfsizligi 

arxitekturasi ko‘prejali muammo bo‘lib, u qator 

muhim  vazifalarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ularga 

birinchi  navbatda,  autentifikatsiya,  mahfiylik 

(konfidensiallik),  erkin  foydalanish  nazorati, 

ma’lumotlar butunligi kiradi. 



 

ma’muriy boshqaruv 

ingl.: management control 

rus.: административное управление 

Axborot-hisoblash 

tarmog‘ini 

boshqarish 

vazifalari.  U  ma’lumotlarni  uzatish  tizimlari, 

terminallari  va  kanallarini  ishga  tushirish  va 

o‘chirish, 

nosozliklarni 

aniqlash, 

statistik 

ma’lumotlarni  to‘plash,  hisobotlarni  tayyorlash 

va h.k. bilan bog‘liq. 



 

ma’muriy tizim 

ingl.: management system 

rus.: административная система 

Sayt,  portal,  axborot  majmui  yoki  ularning 

qismini  boshqarishni  ta’minlovchi  tizim.  U, 

shuningdek, 

obyektdan 

erkin 


foydalanish 

nazoratini 

va 

undan 


ruxsatsiz 

erkin 


foydalanishdan muhofazani amalga oshiradi. 

Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling