Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103

kompyuter 

 


 

152 


arifmetik 

hisoblarni 

bajaradigan 

insonni 


anglatgan. 

Keyinchalik 

uning 

ma’nosi 


mashinalarning 

o‘ziga 


ko‘chirildi, 

biroq, 


zamonaviy  kompyuterlar  matematika  bilan 

bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni 

ham  bajaradilar.  XX  asrning  90-yillaridan 

boshlab,  kompyuter  atamasi  elektron  hisoblash 

mashinalari  (EHM)  atamasini  amalda  siqib 

chiqardi. Kompyuter quyidagi asosiy bloklardan 

iborat: 

- asosiy xotira; 

- protsessor; 

- tashqi qurilmalar. 

Kompyuterning  hamma  blok  (blok)lari  o‘zaro 

tizim  magistrali  (shinasi)  bilan  bog‘langan. 

Uning  o‘zagi  bo‘lib,  bitta  protsessor  yoki 

protsessorlar  guruhi  hisoblanadi.  Ular,  kesh-

xotira  yoki  tezkor  xotira  bilan  bevosita  o‘zaro 

ishlaydi  va  nazoratchilar  yordamida  tashqi 

qurilmalarga  shu  jumladan,  tashqi  xotira 

qurilmalariga va kiritish-chiqarish qurilmalariga 

ulanishi  mumkin.  Ma’lumotlarni  kiritish  uchun 

klaviatura,  skanerlar  va  h.k.  lar  ishlatiladi. 

Ma’lumotlar 

ekranga, 

printerlarga, 

radiokarnaylar 

va 

boshqa 


qurilmalarga 

chiqariladi.  Kompyuter  ishini  amaliy  tizim 

boshqaradi. 

Birinchi 

Z1 


va 

Z3 


– 

dasturlanadigan 

kompyuterlarni 

nemis 


muhandisi  Konrad  Suze  (Konrad  Zuse)  mos 

ravishda, 1938 va 1941 yillarda yaratgan. 



 

kompyuter aloqasi 

ingl.: computer communication 

rus.: компьютерная связь 

Aloqa 


kanallari 

bo‘ylab 


kompyuterdan 

kompyuterga  axborot  uzatish.  Aloqa  elektron 

vositalar 

yoki 


jamoa 

telekommunikatsiya 

kanallari  (telefon,  radio-  va  yo‘ldoshli  aloqa), 

yoki  maxsus  kabellar  va  simlar  orqali  amalga 

oshiriladi. 

 

kompyuter arxitekturasi 

ingl.: computer architecture 

rus.: архитектура компьютера 

Kompyuter  tarkibiy  bo‘laklarining  texnik  va 

dasturiy  vositalarining  o‘zaro  aloqalarini  o‘z 

ichiga oluvchi kompyuterning mantiqiy tuzilishi 

va funksional tavsifnomalari. 

 

kompyuter axboroti turlanishi 

ingl.: computer information modification 

rus.: модификация компьютерной информации 

Kompyuter  tizimi,  tarmoq  yoki  mashina 

tashuvchilarida 

saqlanayotgan 

axborotni 

o‘zgartirish  yoki  yolg‘on  axborotni  ataylab 

kiritish. 

 

kompyuter dasturidan foydalanish 

ingl.: software use 

rus.: использование программы для ЭВМ 

Chop  etish,  aks ettirish, tarqatish  va  ularni turli 

xo‘jalik 

faoliyatiga 

kiritish 

(jumladan 

o‘zgartirilgan shaklda ham) bo‘yicha harakatlar. 

Ommaviy 


axborot 

vositalari 

tomonidan 

kompyuter  uchun  dastur  chop  etilishi  haqidagi 

xabar  berish  kompyuter  uchun  dasturidan 

foydalanish hisoblanmaydi. 



 

kompyuter dasturi 

ingl.: computer program 

rus.: компьютерная программа 

1.  Masalani  yechish  algoritmining  tavsifi. 

Dasturlash 

tilida 


beriladigan, 

dasturchi 

tomonidan 

tuziladigan 

va 

kompyuter 



bajaradigan ko‘rsatmalar yig‘masi. 

2.  Muayyan  funksiyalarni,  masalalarni  va 

muammolarni  yechish  uchun  zarur  bo‘lgan, 

ixtisoslashgan  dasturlash  tilining  qoidalariga 

bo‘ysuyanadigan  va  operatorlar  yoki  buyruqlar 

tavsifidan iborat sintaksis birlik. 

3.  Hisoblash  mashinasiga  algoritmni  belgilab 

beradigan, 

ko‘rsatmalar 

(buyruqlar 

yoki 

tavsiflar 



va 

operatorlar) 

ketma-ketligi. 

Kompyuter  dasturi  kompyuter  qanday  tartibda, 

qaysi  ma’lumotlar  ustidan  va  qanday  amallarni 

bajarishi  kerakligini,  hamda  qanday  shaklda 

natija  berishi  kerakligini  ko‘rsatib  beradi. 

Kompyuterni  boshqarish  qurilmasi  kompyuter 

dasturini  mashina  buyruqlari  ketma-ketligi 

shaklida  qabul  qiladi.  Kompyuter  dasturini 

mashina  tilida  tuzish  –  noqulay  va  sermehnat 

jarayon.  Shu  sababli,  odatda  kompyuter 

dasturini  inson  tomonidan  biror-bir  dasturlash 

tilida  tuziladi,  so‘ngra  kompyuterning  o‘zi  bu 

dasturni  mashina  tiliga  o‘tkazadi  (translatsiya 

qiladi). 



 

kompyuter dasturini nashr etish 

ingl.: software publishing 

rus.: выпуск программы для ЭВМ 

Kompyuter  uchun  dastur  nusxalarini  muallif 

roziligi 

asosida 


cheklanmagan 

shaxslar 

doirasiga  taqdim  etish  (jumladan,  kompyuter 

xotirasiga  yozish  va  bosma  matn  chop  etish 

kompyuter aloqasi 

 


 

153 


orqali  ham).  Bunday  nusxalar  soni  ko‘rsatilgan 

asarlar  tavsifiga  ko‘ra  mazkur  doiradagi 

shaxslar ehtiyojlarini qondirishi lozim. 

 

kompyuter dasturining muallifi 

ingl.: software author 

rus.: автор программы для ЭВМ 

Ijodiy  faoliyat  tufayli  kompyuter  uchun  dastur 

yaratgan jismoniy shaxs. 

 

kompyuter dasturining shakliy turlanishi 

ingl.: software modification 

rus.: модификация программы для ЭВМ 

Moslashtirish bo‘lmagan  va  dastlabki  matnning 

o‘zgarishiga 

olib 


keluvchi 

har 


qanday 

o‘zgartirishlar. 



 

kompyuter dasturlarini qo‘riqlash 

ingl.: protection of computer software 

rus.: охрана компьютерных программ 

Ixtiyoriy  tilda  va  ixtiyoriy  shaklda,  shu 

jumladan, dastlabki matn yoki obyektli kod ham, 

ifodalanishi  mumkin  bo‘lgan,  dasturlarni  (shu 

qatori  operatsion  tizimlar  ham)  barchasiga 

tegishli bo‘lgan qo‘riqlash turi. 



 

kompyuter grafikasi 

ingl.: computer graphics 

rus.: компьютерная графика 

Kompyuterlar  yordamida  tasvirlarni  yaratish  va 

ishlov  berish  texnologiyasi.  Avvaliga,  oq-qora 

chizmalarni  va  sxemalarni  tayyorlash  jarayoni 

kompyuter  grafikasi  deb  atalgan.  Ammo,  tez 

orada turli-tuman ranglarni ishlatadigan rasmlar 

paydo 

bo‘ldi. 


Qimirlamaydigan 

rangli 


tasvirlardan  keyin  videofilmlar  paydo  bo‘ldi. 

Endi  esa,  uch  o‘lchamli  tasvirlar  tobora  keng 

tarqalmoqda. 

Hozirgi 


kunda 

kompyuter 

grafikasi,  uni  yangicha  tushunishda,  hattoki 

virtual  haqiqiylikni  yarata  oladi.  Vizualizatsiya 

tobora  ko‘proq  ahamiyat  kasb  etmoqda. 

Kompyuter 

grafikasi 

yordamida 

vektorli 

tasvirlar va rastrli tasvirlar yaratilmoqda. 



 

kompyuter huquqi 

ingl.: computer law 

rus.: компьютерное право 

Qonunchilikning  yangi  sohasi.  U  kompyuter, 

kompyuter  tizimlari  va  tarmoqlarini  ishlatish 

jarayonida 

yuzaga 

keladigan 



ijtimoiy 

munosabatlar  majmuasini  tartibga  soladigan 

huquqiy  hujjatlar  majmuidir  Huquqshunoslikka 

oid  adabiyotlarda  «kompyuter  huquqi»  atamasi 

bilan  birga:  «informatika  huquqi»,  «axborot 

huquqi»,  «kompyuter  -  axborot  huquqi»  kabi 

atamalar  ham  uchraydi.  Axborot  huquqi 

tushunchasi  kompyuter  huquqi  tushunchasiga 

nisbatan  kengroq  ma’noga  ega,  chunki  u, 

axborotga  qanday  texnik  vositalar  bilan  ishlov 

berilishidan  va  uni  tashuvchilar  qandayligidan 

qat’iy  nazar,  axborot  faoliyati  sohasidagi 

ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 

 

kompyuter ilmi 

ingl.: computer science 

rus.: компьютерная наука 

qarang: informatika 

 

kompyuter ish tashlashi 

ingl.: computer sabotage 

rus.: компьютерный саботаж 

Qasddan  kompyuter  axborotini  yoki  dasturini 

yo‘q  qilish,  qamal  qilish.  yaroqsiz  holga 

keltirish, 

kompyuter 

uskunalarini 

safdan 

chiqarish,  kompyuter  tizimini,  tarmog‘ini  yoki 



axborotning  mashinali  tashuvchisini  barbod 

qilish. 


 

kompyuter jinoyatlari 

ingl.: computer crimes 

rus.: компьютерные преступления 

1.  Bevosita  ma’lumotlarga  ishlov  berish  tizimi 

yoki  kompyuter  tarmog‘i  yordamida  qilingan 

jinoyatlar. 

2. 

Apparat, 



dasturiy 

vositalarni 

va 

ma’lumotlarni  ishlatish,  turlash  yoki  qo‘porish 



yo‘li bilan sodir etilgan jinoyat. 

3. 


Kompyuter 

informatikasi 

sohasidagi 

jinoyatlarning qisqartirilgan nomi. 

4.  Axborot  –  telekommunikatsiya  tarmoqlari 

orqali  axborotdan  erkin  foydalanishning  yangi 

imkoniyatlarini  ishlatish,  hamda  kompyuter 

tizimlari 

foalitini 

buzish 


bilan 

bog‘liq 


huquqbuzarlik harakatlari. 

 

kompyuter jinoyatlari tasniflagichi 

ingl.:  codifier  of  computer  crimes,  classifier  of 

computer crimes 

rus.:  кодификатор  компьютерных  преступлений, 

классификатор компьютерных преступлений 

U  Interpol  tashkilotining  Bosh  kotibiyotining 

ishchi  guruhi  tomonidan  1991  yili  ishlab 

chiqilgan.  U  so‘rovlar  bo‘yicha  axborotni 

avtomatlashtirilgan 

axtarish 

tizimi 

bilan 


uyg‘unlashgan va hozirgi kunda, Interpolni 100 

dan ortiq Milliy bo‘limlaridan erkin foydalanish 



kompyuter jinoyatlari ... 



 

154 


imkonini 

beradi. 


Tasniflagich 

kompyuter 

jinoyatlarining  olti  guruhini  o‘z  ichiga  olib, 

ularning  har  biri  yana  ayrim  turlarga  bo‘linadi. 

Tasniflagichda Z shartli belgisi nazarda tutilgan 

bo‘lib,  u  «jinoyatlarning  boshqa  turlari»ni 

ifodalaydi  va  kompyuter  texnologiyalarining 

bo‘lajak rivojlanishini hisobga olib kiritilgan. 

-  QA  guruhi  —  Ruxsat  etilmagan  erkin 

foydalanish va tutib olish: 

-  QD  guruhi  —  Kompyuter  ma’lumotlarini 

o‘zgartirish: 

- QF guruhi — Kompyuter qallobligi: 

- QR guruhi — Noqonuniy nusxa olish: 

- QS guruhi — Kompyuter ish tashlashi: 

- QZ guruhi — Boshqa kompyuter jinoyatlari: 



 

kompyuter kartochkasi 

ingl.: computer card 

rus.: компьютерная карточка 

Ichiga  mikroprotsessor,  dasturiy  ta’minot  va 

energiyaga  qaram  bo‘lmagan  xotira  qurilmasi 

o‘rnatilgan  plastika  kartochkasi.  Kompyuter 

kartochkasi,  boshqacha,  tafakkur  kartochkasi 

deb  ham  atalib,  uncha  katta  bo‘lmagan 

o‘lchamlarga, o‘zining oddiy OT ga va beruxsat 

erkin  foydalanish  dan  ichiga  o‘rnatilgan 

muhofazasiga  ega.  Kartochkada  bir  guruh 

tutashmalar bo‘lib, ular ozuqa manbaiga ulanish, 

kartochkaga  ma’lumotlarni  kiritish  va  undan 

ma’lumotlarni  chiqarish  uchun  xizmat  qiladi. 

Kompyuter  kartochkasi  uning  egasini  aniqlash 

uchun  va  qo‘shimcha  axborot  (bankdagi  hisob 

raqami, biror tovar uchun to‘langan pul miqdori 

va h.k.) taqdim qilish uchun mo‘ljallangan. 



 

kompyuter  ma’lumotlarini  g‘ayriqonuniy 

egallab olish 

ingl.: improper possession of computer information 

rus.:  неправомерное  завладение  компьютерной 

информацией 

Kompyuter  tizimida,  tarmoqda  yoki  mashina 

tashuvchilarida 

saqlanayotgan 

axborotni 

ruxsatsiz  ko‘chirish  yoki  boshqa  g‘ayriqonuniy 

yo‘l bilan egallab olish, yoki kompyuter aloqasi 

vositalari  yordamida  uzatiladigan  axborotni 

ushlab qolish. 

 

kompyuter muhofazasi 

ingl.: computer protection 

rus.: защита компьютера 

Ma’lumotlar  va  tizim  resurslarini,  odatda 

tasodifiy  va  qasddan  qilingan  harakatlarga 

qarshi  qo‘llanadigan  tegishli  tadbirlar  tizimi 

bilan muhofazalash. Bunday harakatlar o‘zgalar 

axborotini o‘zgartirish, yo‘q qilish, oshkor etish, 

olish  yo  undan  erkin  foydalanish  kabilar 

bo‘lishi mumkin. 



 

kompyuter musiqasi 

ingl.: computer music 

rus.: компьютерная музыка 

Kompyuter  texnikasi  va  tegishli  dasturiy 

ta’minotni ishlatib yaratiladigan musiqa. 

 

kompyuter qallobligi 

ingl.: computer fraud 

rus.: компьютерное мошенничество 

Ma’lumotlarga  ishlov  berish  tizimi  yoki 

kompyuter  tarmog‘i  yordamida  yoki  bevosita u 

orqali qilingan qalloblik. 



 

kompyuter reklamasi 

ingl.: computer advertisement 

rus.: компьютерная реклама 

Axborot  tarmog‘i  tomonidan  texnologiyalar, 

tovarlar  va  taklif  qilinayotgan  xizmat  turlari 

to‘g‘risida 

taqdim 

qilinayotgan 



axborot. 

Kompyuter 

reklamasi 

audiovideotizimlar, 

multimuhit  va  virtual  borliqdan  foydalanishga 

tayanadi. 

Reklamada 

taklif 


qilinayotgan 

obyektlar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  joylashgan 

MB  katta  ahamiyatga  ega.  Barcha  hollarda 

ma’lumotlarning  hamma  turlari,  ya’ni,  matn, 

nutq,  musiqa  va tasvirlar,  shu jumladan, rangli, 

hajmiy 


tasvirlar 

ishlatiladi. 

Ommaviy 

tamoshabinga  mo‘ljallangan  reklama  uchun, 

teleko‘rsatuvlar tarmog‘i ishlatiladi. 

 

kompyuter savodxonligi 

ingl.: computer literacy 

rus.: компьютерная грамотность 

Shaxsiy kompyuterda ishlash uchun zarur bilim 

va  ko‘nikmalarning  eng  kam  to‘plamini 

egallash.  Shu kunda,  o‘qish  va  yozishda  ustalik 

qanchalik zarur bo‘lsa, kompyuter savodxonligi 

ham shunday qaralmoqda. 



 

kompyuter tarmog‘i 

ingl.: computer network 

rus.: компьютерная сеть 

Hisoblash  tizimi.  U  bir  necha  kompyuter, 

terminal  va  boshqa  apparat  vositalarini  o‘z 

ichiga 


olib, 

ma’lumotlar 

uzatishni 

ta’minlaydigan  aloqa  liniyalari  bilan  o‘zaro 

bog‘langan.  Kompyuterlar  bir  biri  bilan  o‘zaro 

kompyuter kartochkasi 

 


 

155 


bevosita  yoki  oraliq  kompyuterlar  orqali 

ulanadilar.  Tarmoqning  tuzilishi  va  tarmoq 

dasturiy  ta’minoti  imkoniyatlariga  qarab,  biror 

kompyuter 

yoki 

terminal 



foydalanuvchisi 

quyidagi  imkoniyatlarga  ega  bo‘lishi  mumkin: 

boshqa  kompyuter  xotirasida  saqlanayotgan 

ma’lumotlardan  erkin  foydalanish  ;  o‘zining 

amaliy  dasturini  bajarish  uchun  quvvatliroq 

kompyuterning markaziy protsessoriga va uning 

xotirasidan  erkin  foydalanish  ;  tarmoqqa 

qo‘shilgan  barcha  kompyuterlarning  birlashgan 

resurslaridan  erkin  foydalanish  .  Tarmoqlarga 

misol 


sifatida 

avialiniyalar 

chiptalariga 

buyurtma  berish  yagona  tizimi  yoki  bankni  va 

uni  turli  shaharlarda  va  hatto,  mamlakatlarda 

joylashgan  bo‘limlarini  bog‘lovchi  tarmoqni 

ko‘rsatish  mumkin.  Butun  dunyoda  keng 

tarqalgan  global  kompyuter  tarmog‘i  Internet 

esa yaqqol misoldir. 

 

kompyuter telefoniyasi 

ingl.: computer telephony 

rus.: компьютерная телефония 

Chaqiruvlar  generatsiyasi  va  qabul  qilinishi, 

seanslarni  boshqaruvi  kompyuter  zimmasiga 

yuklatilgan 

telefoniya. 

tufayli 



foydalanuvchiga  quyidagi  xizmatlar  taqdim 

qilinadi: 

-  xabarlar  uchun  yagona  makon  (ovoz  va 

faksimil) qo‘llash; 

-  telefon  chaqiriqlarni  bir  kompyuterdan 

boshqasiga ulash; 

- MB bilan interfaol ovozli o‘zaro ishlash; 

-  kirayotgan  va  chiqayotgan  chaqiriqlarni 

nazorat qilish; 

-  chaqirilayotgan  foydalanuvchi  tartib  raqamini 

terish; 

- nutq xabarlarini sintezlash; 

- avtojavobchini ishini taqlid qilish; 

foydalanuvchilar 



guruhi 

orasida 


telekonferensiya tashkil qilish. 

 

kompyuter texnologiyasi 

ingl.: computer technology 

rus.: компьютерная технология 

qarang: axborot texnologiyasi. 

 

kompyuter tezligi 

ingl.: computer speed 

rus.: быстродействие компьютера 

Mashinaning markaziy protsessorlari tomonidan 

bir  sekundda  bajarilayotgan  elementar  amallar 

soni. 


Zamonaviy 

kompyuterlar 

tezligi 

sekundiga bir necha milliard amallarga yetadi. 



 

kompyuter tili 

ingl.: computer language 

rus.: компьютерный язык 

Kompyuterlar  va  kompyuter  texnikasi  bilan 

bog‘liq, odatda tillarga tegishli tushuncha. 

Bu 


tushuncha 

ko‘proq 


dasturlash 

tili 


tushunchasiga  mos  keladi, lekin  bunday  moslik 

bir  ma’noli  emas.  Masalan,  markerlash  tillari 

(HTML  kabi)  dasturlash  tillariga  kirmaydi, 

ammo aniq kompyuter tillariga tegishli. 



 

kompyuter tizimi 

ingl.: computer system 

rus.: компьютерная система 

Markaziy  kompyuter  va  unga  aloqador  chekka 

qurilmalar, 

konsol 


kompyuterlar, 

disk 


massivlari,  lentali  tashuvchilar,  ma’lumotlarni 

robotlashgan 

saqlash 

tizimi 


va 

shunga 


o‘xshashlar. 

 

kompyuter tizimi auditi 

ingl.: computer system audit 

rus.: аудит компьютерной системы 

Ma’lumotlarga 

ishlov 

berish 


tizimida 

qo‘llanilayotgan  jarayonlarlarning  samaraliligi 

va  to‘g‘riligini  baholash  va  ularni  yaxshilash 

bo‘yicha tavsiyalar berish uchun ekspertiza. 



 

kompyuter 

uchun 

dasturni 

moslashtirish 

ingl.: software adaptation 

rus.: адаптация программы для ЭВМ 

Foydalanuvchining  muayyan  texnik  vositalari 

yoki  aniq  dasturlari  boshqaruvidagi  kompyuter 

uchun  mo‘ljallangan  dasturning  faoliyatini 

ta’minlash  maqsadida  amalga  oshiriladigan 

o‘zgartirishlar kiritish. 



 

kompyuter uchun dasturni tarqatish 

ingl.: software distribution 

rus.: распространение программы для ЭВМ 

Ixtiyoriy 

moddiy 

shaklda 


qayta 

ishlab 


chiqarilgan  kompyuter  uchun  dastur  erkin 

foydalanishni,  shu  jumladan, tarmoq  va  boshqa 

usullar bilan, taqdim qilish. Shuningdek, sotish, 

kiraga  berish,  ijaraga  topshirish,  qarzga  berish, 

shu maqsadlarda importni ham o‘z ichiga oladi. 

 

kompyuter virusi 

ingl.: computer virus 

rus.: компьютерный вирус 

kompyuter virusi 

 


 

156 


1. 

Boshqa 


dasturlarni 

turlab 


o‘z-o‘zini 

tarqatadigan  dastur.  U  iloji  boricha,  o‘z 

o‘zgartirilgan  nusxalarini  ham  va  kasallangan 

dasturni  chaqirilganda  bajariladigan  dasturlarni 

ham  o‘z  ichiga  oladi.  Virus,  aksariyat  hollarda 

nosozlikka 

sabab 

bo‘ladi 


yoki 

g‘ijinish 

uyg‘otadi  va  biror  hodisa  yuz  berishi  bilan, 

masalan,  aniq  kunning  kelishi  bilan  ishga 

tushirilishi mumkin. 

2.  Quyidagi  xossalarga  ega  dastur:  o‘zini 

boshqa  fayllarga,  disklarga,  kompyuterlarga 

nusxasini 

ko‘chirish, 

axborotdan 

ruxsat 

berilmagan  erkin  foydalanishni  amalga  oshirish 



imkoniyati  bor;  topib  olishga  urinishlardan 

niqoblanish imkoniyatiga ega. 

3.  Dastur  yoki  boshqa  dasturlarga  ulanadigan 

buyruqlar  yig‘masi.  U  o‘zining  nusxalarini 

kompyuterlarda  yoki  kompyuter  tarmoqlarida 

qayta  ko‘paytirib  va  tarqatib,  hamda  qonuniy 

foydalanuvchilar  uchun  nomaqbul  harakatlarni 

bajaradi. 

Kompyuter  virusi tezkor  xotiradagi  va  diskdagi 

dasturlarni  «zaharlaydi».  Tarqatilish  usullari, 

«tajovuzkorlik»,  virusga  qarshi  dasturlarni 

muhofazasini 

yengib 

o‘tadigan 



va 

tavsifnomalari 

bilan 

ajralib 


turadigan 

kompyuter  viruslari  xillari  to‘plami  mavjud. 

Zaharlash  usuliga  qarab  kompyuter  viruslari 

dasturiy  yoki  yuklovchi  bo‘lishi  mumkin. 

Dasturiy  virus  dasturning  tanasiga  yozilib  oladi 

va  uni  xotiraga  yuklaganda,  rezident  ravishda 

yuklanadi,  natijada  tezkor  xotirada  joylashgan 

barcha  dasturlarni  diskda  ularning  fayllariga 

o‘zini  yozib  olib  zaharlaydi.  Yuklovchi  virus 

o‘zini  diskka  hufiya  tarzda,  o‘ziga  diskli 

yuklovchida  murojaat  qoldirib  yozib  oladi  va 

diskka  birinchi  murojaat  vaqtida  faollashib 

ketadi.  Kompyuter  viruslari  diskdan  diskka 

nusxa  ko‘chirishda  yohud  Internet  tarmog‘i 

orqali “yuqadi”. 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling