Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103

 

kafolatlar 

ingl.: assurance 

rus.: гарантии 

Tizim  xavfsizligini  ta’minlashning  memoriy 

tuzimasi  va  vositalariga  ishonch  o‘lchovi.  U 

xavfsizlik 

siyosatini 

bexato 


va 

puxta 


o‘tkazilishiga nisbatan o‘lchanadi 

 

kalit 

ingl.: key 

rus.: ключ 

1.  Ramzlar  majmui.  U  obyektlarni  o‘xshashlari 

to‘plamidan  ajratib  olish,  ularni  axtarish  yoki 

maxfiylashtirish  uchun  ishlatiladi.  Obyektlar 

sifatida 

foydalanuvchilar 

va 

dasturlar, 



ma’lumotlar,  fayllar,  klaviatura  va  h.k.  bo‘lishi 

mumkin.  Ikki  turdagi  kalitlar  farqlanadi:  ochiq 

(barcha 

foydalanuvchi 

va 

dasturlarga 



beriladigan, 

masalan 


klaviatura 

tugmachalarining kodlari) va yopiq (cheklangan 

doiradagi  shaxslarga  va  dasturlarga  ma’lum, 

masalan  korporatsiya  ma’lumotlar  bazasidan 

erkin foydalanish kaliti). 

2.  MB  da  -  ma’lumotlarni  aniqlash  uchun 

ishlatiladigan  bir  yoki  undan  ortiq  ramzlar 

yoxud yozuv maydoni. 

3. 

Kriptografiyada 



– 

dastlabki 

matnni 

shifrmatnga  o‘girish  va  unga  teskari  amalarini 



boshqarish uchun ishlatiladigan axborot majmui 

(bitlar ketma-ketligi). 



 

kalit generatsiyasi 

ingl.: key generation 

rus.: генерация ключей 

Kriptografik  kalitni  generatsiyalash  jarayoni. 

Bunda  turli  usullar,  masalan tasodifiy  sonlar  va 

soxta 


tasodifiy 

sonlar 


ketma-ketligini 

generatsiyalash ishlatiladi. 



 

kalit oqimi generatori 

ingl.: key stream generator 

rus.: генератор ключевого потока 

Oqimli kriptotizimlar uchun kalit oqimini ishlab 

beruvchi  algoritm.  Jo‘natuvchi  va  qabul 

qiluvchi  tomonlarida bir  xil  kalit  oqimini  qayta 

tiklash uchun yo u aniqlangan (deteministik), yo 

tasodifiy  bo‘lishi  mumkin.  Agar  generator 

aniqlangan  bo‘lsa,  u  maxfiy  kalitga  qaram 

bo‘ladi.  Odatda  kalit  oqimi  generatori  surish 

registri 

va 


nochiziqiy 

Bul 


funksiyalari 

birikmalaridan 

tug‘iladi. 

Kalitlar 

oqimi 

generatorini qurishda qo‘shimcha blokli shifrlar 



ustida  kriptografik  o‘zgartirishlar  ishlatiladi, 

masalan OFB yoki hisoblagich usuli. 



 

kalit so‘zi 

ingl.: key word 

rus.: ключевое слово 

1.  Ishlov  berilayotgan  matndan  (axtarishda 

hujjatlar  va  so‘rovlar  tizimiga  kiritiladigan) 

tanlanadigan leksik birlik. 

2.  Izlash  tizimlari  yordamida  tashrifchilarga 

sizning saytingizni topib beradigan so‘zlar. 



 

kalit taqsimoti 

ingl.: key distribution 

rus.: распределение ключей 

Kalitlarni 

boshqarishning 

asosiy 


mexanizmlaridan  biri.  Har  xil  usullar  bilan 

amalga  oshiriladi.  Simmetrik  kriptotizimlar 

uchun  kalitlarni  abonentlarga  yetkazish  usullari 

quyidagilardir: 

-  muhofazalangan  kanallar  orqali,  masalan, 

feldyeger xizmatini ishlatish; 

- turli kanallar orqali qismlarga bo‘lib uzatish; 

- kalit taqsimlash markazi orqali yetkazish. 

Asimmetrik  kriptotizimlar  uchun  kalitlarni 

oshkora  taqsimlash  mexanizmini  ishlatish 

mumkin. 

 

kalit tizimi 

ingl.: key system 

rus.: ключевая система 

1.  Qoidalar  majmui.  U  kriptografik  kalitlarni 

generatsiyalash,  taqsimlash,  ishlatish,  saqlash, 

alishtirish,  yo‘q  qilish  va  qayta  tiklash  tartibini 

belgilaydi. 

kalit tizimi 

 


 

144 


2.  Axborotni  kriptografik  muhofazalashni 

ta’minlashdagi kriptografik kalitlar va ular bilan 

muloqot qilish qoidalari majmui. 

 

kalitlarni eksponensial tarqatish 

ingl.: exponential distribution of keys 

rus.: экспоненциальное распределение ключей 

Kalitlarni  ochiq  taqsimlash  algoritmi.  U 

asimmetrik  kriptotizimlarga  xos  bo‘lib,  Diffi-

Xellman  algoritmi  deb  ham  ataladi.  Modul 

arifmetikasida 

birtomonlama 

ko‘rsatkichli 

funksiya  f(x)  =  ax  (mod  n)  dan  foydalanishga 

asoslangan. Bu yerda x - daraja kursatkichi, a – 

asos, n – modul. 



 

kalitlarni oshkora taqsimlash 

ingl.: public distribution of keys 

rus.: открытое распределение ключей 

Kriptografiya  kalitlarini  muhofazalanmagan 

aloqa  kanallari  orqali  taqsimlash  mexanizmi. 

Bu  mexanizm  ilk  bor,  1976  yili  amerikalik 

olimlar  Diffi  va  Xellman  tomonidan  taklif 

qilingan  va  diskret  logarifmlash  muammosiga 

asoslanadi.  Shunga  qaramay,  kalitlarni  ochiq 

tarqatish  va  ochiq  kalit  bilan shifrlash  g‘oyalari 

bir vaqtda taklif qilingan bo‘lsa ham, mualliflar 

ochiq  kalit  bilan  shifrlash  tizimini  aniq  amalga 

oshira  olmadilar.  Shifrlash  uchun  ochiq  kalitlar 

tamoyilini 

amalga 

oshiruvchi 



tizimlar 

keyinchalik paydo bo‘ldi. 



 

kalitli nomlash 

ingl.: indexing 

rus.: индексирование 

Ma’lumotlarning  tezroq  va  osonroq  olinishi 

uchun  ularga  kalitli  so‘zlardan  tuzilgan  nom 

berish  jarayoni.  Ma’lumotlar  bazalarida  kalitli 

nomlash  ma’lumotlarni  tezda  izlab  topish, 

saralash,  guruhlarga  ajratish  va  olish  uchun 

muhim element hisoblanadi. 

Hujjatga 

uning 

ma’noli 


mazmunini 

aks 


ettiruvchi kalitli so‘zlar to‘plami bilan belgilash. 

 

kalkulator 

ingl.: calculator 

rus.: калькулятор 

Sonlar  ustida  elementar  amallar  bajarish  uchun 

mo‘ljallangan  sodda  kompyuter.  Kalkulatorlar 

dasturlanmaydigan  va  dasturlanadigan  bo‘lishi 

mumkin. 

 

kallak 

ingl.: head 

rus.: головка 

Ma’lumotlarni  diskdan  o‘qish  va  unga  yozish 

komponenti.  Dastlabki  diskdan  o‘qish  va  unga 

yozish kallaklari ferritdan yasalgan edi. So‘ngra, 

ular  o‘rniga  juda  yupqa  metall  qatlamli 

tuzilmali  kompozit  moddalardan  yasalgan 

kallaklar  ishlatildi.  Yupqa  plenkali  kallaklarga 

o‘tish  ularning  o‘lchamlarini  juda  kamaytirish 

imkonini  berdi.  Ma’lumotlarni  diskda  yuqori 

zichlikda  yozish  uchun  ishlab  chiqilgan  magnit 

rezistiv kallaklar haqiqiy inqilob bo‘ldi. 

 

kamera 

ingl.: camera 

rus.: камера 

Yorug‘likka  sezgir  moddalarda  predmetlarning 

tasvirini  olishga  mo‘ljallangan  qurilma.  Eslab 

qolinadigan  signalning  turiga  qarab  kameralar 

analogli va raqamli turlarga bo‘linadi. 

 

kanal 

ingl.: channel 

rus.: канал 

Signal  yoxud  ma’lumotlar  uzatish  vositasi  yoki 

yo‘li. Signallarni uzatish vositasi jismoniy kanal 

deb  ataladi.  Ma’lumotlar  manbadan  uni  qabul 

qiluvchiga  uzatiladigan  yo‘lni  mantiqiy  kanal 

aniqlab  beradi.  Kanallarning  ikki  sinfini 

farqlashadi:  asinxron  va  sinxron.  Sinxron 

kanalda 


amalga 

oshirilayotgan 

uzatish 

jarayonini 

sinxronlashtirish 

ta’minlangan 

bo‘ladi.  Asinxron  kanal,  shu  bilan  ajralib 

turadiki,  u  orqali  ma’lumotlar  uzatishda, 

jo‘natuvchi 

va 


qabul 

qiluvchi 

ishlari 

sinxronlashtirilmaydi. 

Uzatilayotgan 

signallarning shakliga ko‘ra, kanallar ikki turga: 

analog  va  diskret  turlarga  bo‘linadi.  Signallarni 

uzatish  usuliga  qarab,  kanallar  bir  necha 

turlarga  bo‘linadi  –  simpleks,  nimdupleks, 

dupleks kanallar. 



 

kanal pog‘onasi 

ingl.: data link layer 

rus.: канальный уровень 

Axborot tizimlari orasida ma’lumotlar uzatishni 

amalga  oshiruvchi  pog‘ona.  Kanal  pog‘onasi 

OSI modelining pog‘onalar shajarasida ikkinchi 

bo‘lib,  jismoniy  va  tarmoq  pog‘onalari  orasida 

joylashgan. 



 

kanallarni uzib-ulash 

ingl.: circuit switching 

rus.: коммутация каналов 

kalitlarni eksponensia... 



 

145 


Kompyuter  tarmoqlarida  ma’lumotlarni  uzatish 

usuli. U har bir juft foydalanuvchilarga, tarmoq 

kanallari  ketma-ketligini  yakkaxon  ravishda 

ishlatish  uchui  taqdim  qilishni  ta’minlaydi. 

Kanallarni  uzib-ulashning  mumtoz  sxemasida 

jismoniy  pog‘ona  funksional  bloklari  va 

kanallarni  uzib-ulash  bog‘lamalarining  yoki 

aralash 


uzib-ulash 

bog‘lamalarining 

fizik 

jarayonlari  ishtirok  etadi.  Natijada,  ulanishning 



jismoniy  vositalari  orqali  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

uzib-ulash  amalga  oshiriladi.  Bunda  o‘zaro 

ishlovchi 

foydalanuvchi 

tizimlari 

yoki 


ma’muriy  tizimlar  orasida  mantiqiy  kanallar 

ketma-ketligi  hosil  bo‘ladi.  Ular  orqali  amaliy 

jarayonlar  bir-biriga  ma’lumotlar  bloklarini 

uzatadilar.  Shu  yo‘l  bilan  hosil  bo‘lgan  ketma-

ketlik,  u  orqali  o‘zaro  ishlashdagi  bir  juft 

foydalanuvchilar 

tomonidan 

yakkaxon 

ishlatiladi.  Kanallarni  uzib-ulashning  paketlarni 

uzib-ulashga  nisbatan,  ijobiy  tomoni  shundaki, 

bu 

maqsadda 



ishlatilayotgan 

bog‘lamalar 

nisbatan  arzon  tushadi.  Bundan  tashqari,  seans 

davomida  uzatilayotgan  barcha  ma’lumotlar 

bloklarini 

oluvchiga, 

bog‘lamalar 

va 


kanallarning 

tezlik 


tavsifnomalari 

bilan 


belgilanadigan,  hamda  vaqt  bo‘yicha  bir  xil 

kechikish bilan yetkaziladi. Bu kommunikatsiya 

tarmog‘i orqali nutqni uzatishni osonlashtiradi. 

 

kanalli shifrlash 

ingl.: channel level coding 

rus.: канальное шифрование 

Telekommunikatsiya 

vositalari 

bilan 


uzatilayotgan  axborotni  kriptografik  usullar 

bilan  muhofazalash.  Shifrlash,  aloqa  kanalinig 

ikki 

bog‘lamasi 



(yuboruvchidan 

qabul 


qiluvchigacha  yo‘lda  oraliq  shifrlash  ham 

bo‘lishi mumkin) orasida amalga oshiriladi. 



 

Kardano panjarasi 

ingl.: Kardano’s grid 

rus.: Кардано решетка 

O‘rin 


almashtirishlar 

shifrini 

amalga 

oshiradigan kriptografik tizim. U kvadrat jadval 



(panjara)  bo‘lib,  kataklarning  chorak  qismida 

shunday  o‘yiq  qilinganki,  o‘yiq  to‘rt  marta 

burilsa  butun  jadvalni  qoplashi  mumkin. 

Dastlabki matn panjaraning o‘yilgan kataklariga 

yozib  qo‘yiladi,  ular  90°ga  burilib  yangi, 

to‘ldirilmagan kataklarni ochib beradi. 



 

kartografik axborot 

ingl.: cartographical information 

rus.: картографическая информация 

1. Kartografik asarlar to‘g‘risida ma’lumotlar. 

2.  Kartografik  asarlar  shaklida  ifodalangan 

axborot. 

3.  Kartografik  asarlarlarni  yaratishda  va 

yangilashda ishlatiladigan axborot. 



 

kartografik kommunikatsiya 

ingl.: cartographical communication 

rus.: картографическая коммуникация 

Kartografik  axborotni  xarita  yaratuvchidan 

foydalanuvchiga 

uzatish. 

Buning 

ustiga 


xaritaning  o‘zi,  o‘ziga  xos  aloqa  kanali  sifatida 

ham talqin qilinadi. 



 

kartografik ma’lumotlar banki 

ingl.: cartographical databank 

rus.: картографический банк данных 

Raqamli  kartografik  ma’lumotlarni  saqlash, 

ishlov  berish  va  ishlatishning  texnik,  dasturiy, 

axborot  va  tashkiliy  vositalari  majmui.  Uning 

tarkibiga  bir  yoki  bir  necha  predmet  (mavzu) 

sohasidagi  kartografik  ma’lumotlar  bazalari, 

ma’lumotlar  bazasining  boshqarish  tizimi, 

hamda 


so‘rovlar 

va 


amaliy 

dasturlar 

kutubxonasi kiradi. 

 

kartografik ma’lumotlar bazasi 

ingl.: cartographical database 

rus.: картографическая база данных 

Biror  bir  predmet  (mavzu)  sohasi  bo‘yicha 

o‘zaro bog‘liq kartografik ma’lumotlar majmui. 

U  raqamli  shaklda  (shu  jumladan  kartografik 

ma’lumotlar  bazasi  shaklida)  ma’lumotlar 

ifodalash,  saqlash  va  joyini  o‘zgatirishga  oid 

umumiy  qoidalarga  mos  ravishda  berilgan 

Kartografik  ma’lumotlar  bazasiga  ko‘pgina 

foydalanuvchilar  kira  olishlari  mumkin.  U 

amaliy  dasturlar  paketiga  bog‘liq  bo‘lmay 

ma’lumotlar 

bazasini 

boshqarish 

tizimi 


(MBBT) tomonidan boshqariladi. 

 

kartridj 

ingl.: cartridge 

rus.: картридж 

1. Kerak bo‘lganda axborot tizimiga ulanadigan 

muxtor  apparatni  yoki  dasturning  tarkibiy 

bo‘lagi.  Kartridj  tushunchasi  «ma’lumotlarga 

ishlov berishning tarmoq me’moriy qiyofasida» 

keng  ishlatiladi.  Bu  yerda  kartridjlar-dasturiy 

modullarning  turli  yig‘malari  taklif  qilinadi. 

Zarur  bo‘lgan  katridjlarni  tanlab  va  ularni 



kartridj 

 


 

146 


ishlatilayotgan 

dasturlarga 

qo‘shib  qo‘yib 

masalalarni yechish mumkin. 

2.  Kasseta  (quti)  shaklida  yaratilgan,  uya 

yordamida 

kompyuterga 

ulanadigan 

katta 

bo‘lmagan  tashqi  xotira  qurilmasi.  Ba’zida 



magnit  disklar  va  magnit  tasmalar  quti-

kartridjlar tarzida bajariladi. 

3. 

Sharrachali 



yoki 

lazerli 


printerga 

qo‘yiladigan,  bir  marta  ishlatiladigan  bo‘yoqli 

quti. 

 

katalog 

ingl.: catalogue 

rus.: каталог 

1.  Izlab  topish  qulayligini  hisobga  olib  tartibga 

solingan obyektlar ro‘yxati. 

2.  Informatikada,  bir  xil  turdagi  obyektlar 

orasidan 

qidirishni 

ta’minlaydigan 

ma’lumotlarning 

tuzilmasini 

aniqlovchi 

ma’lumotnoma.  Obyektlar  sifatida  ma’lumotlar 

elementlari, 

fayllar, 

dasturlar, 

serverlar, 

mijozlar, 

printerlar, 

magnitli 

va 

optik 


to‘plovchilar va boshqalar bo‘lishi mumkin. 

3. 


Amaliy 

tizimlarda 

–  talab 

qilingan 

ma’lumotlar  yig‘masini  o‘z  ichiga  olgan  jild 

joylashgan  yerini  topish  uchun  boshqaruvchi 

dastur 

tomonidan 



ishlatiladigan 

indekslar 

majmui. 

4.  Veb-resurslar  katalogi  (ingl.  web-directory) 

bu,  tavsiflari  bilan  birga  berilgan  Internet  – 

resurslariga  tizimlashtirilgan  va  rubrikator 

asosida  tartibga  solingan  murojaatlar  termasi. 

Kataloglar  ixtisoslashgan  (soha  bo‘yicha)  va 

umumiy,  hamda  hududiy,  milliy  va  global 

turlarga bo‘linadi. 



 

katod nurli trubka 

ingl.: Catode-Ray Tube (CRT) 

rus.: трубка с катодными лучами 

Ko‘pchilik  televizor  ekranlarida  va  kompyuter 

displeylarida  ishlatiladigan  elektron  trubka. 

Xuddi  shunday,  «Elektron-Nurli-  Trubka»  deb 

ham  ataladi.  CRT  ning  ish  tamoyili,  ekranning 

orqa  qismida  elektron  nurini  oldi  va  orqaga 

harakatlanishiga asoslangan.  Nurni  ekran  orqali 

har bir siljishida, bu nur shisha trubkaning ichki 

tamonidagi  fosforli  nuqtalarni,  ekranni  faol 

maydonchalarini  yoritadi.  Shunday  chiziqlar 

to‘plamini  chizish  evaziga,  nur  ekranda 

tasvirning umumiy suratini yaratadi. 



 

Kaziski usuli 

ingl.: Kaziski’s method 

rus.: Казиски метод 

Kriptotahlil 

usuli. 



ko‘p 



alifboli 

kriptotizimlarning  davrini  shifrlangan  matnda 

bir  xil  so‘zlarni  topish  orqali  hisoblashga 

asoslangan  Agar  ko‘p  alifboli  kriptotizimning 

davri ma’lum bo‘lsa, kriptotahlillash bir alifboli 

tizimlarni kriptotahliliga keltiriladi. 



 

KB 

qisq.: 

1. KiloByte - Kilobayt. 

2.  Knowledge  Base  -  Bilimlar  bazasi  (BB). 

Aniq  bir  predmet  sohasi  bo‘yicha  dalillar  va 

qoidalar  shaklida  rasmiylashtirilgan  bilimlar 

to‘plami. 



 

Kbit 

qisq.: Kilobit 

Kilobit. 



 

Kbps 

qisq.: KiloBits Per Second 

Kilobit soniyaga. 



 

Kembridj xalqasi 

ingl.: Cambridge ring 

rus.: кембриджское кольцо 

 Kembridj  xalqa  tarmog‘i.  Ilk  bor  Kembridj 

universitetida 

(Buyukbritaniya) 

yaratilgan 

taktlanadigan halqasimon tarmoq. 



 

keng yo‘l-yo‘lli kanal 

ingl.: broadband channel 

rus.: широкополосный канал 

Ma’lumotlarni  tezkor  uzatishni  ta’minlovchi 

jismoniy  kanal.  Keng  yo‘l-yo‘lli  kanallar 

koaksal kabellar, radiokanallar va optik kanallar 

asosida  yaratiladi.  Ular  nisbatan  qimmat.  Shu 

sababli,  ma’lumotlarni  yuqori  tezlikda  uzatish 

talab  qilinmasa,  tor  yo‘l-yo‘lli  kanallar  yoki 

yo‘l-yo‘l asosli kanallardan foydalaniladi. 



 

keng yo‘l-yo‘lli tarmoq 

ingl.: broadband network 

rus.: широкополосная сеть 

Katta 


o‘tkazish 

qobiliyatiga 

ega 

kommunikatsiya  tarmog‘i.  U  xilma  xil,  shu 



jumladan  audio  va  video  signallarni  uzatishga 

qodir.  Bunday  tarmoq,  optik  kanallardan 

foydalanish, 

yuzlab 


megabayt 

soniyasiga 

oraliqdagi  ma’lumotlarni  uzatish  tezliklarini 

standartlashtirish, 

ma’lumotlarni 

asinxron 

uzatish bilan tavsiflanadi. 

katalog 


 

 

147 


 

kengeshittirishlar 

ingl.: broadcasting 

rus.: широковещание 

Har bir ma’lumotlar blokini, tarmoqning barcha 

axborot  tizimlariga  uzatish.  Keng  eshittirishlar 

umumiy  tavsifdagi,  barcha  foydalanuvchilarda 

qiziqish  uyg‘otadigan  axborotlarni  uzatish 

uchun 


foydalaniladi. 

Masalan, 

televizion 

tarmoqda.  Ularga  birinchi  galda,  reklama, 

so‘nggi  xabarlar,  tarmoq  ma’muriyatining 

xabarlari kiradi. 



 

keshlash 

ingl.: cache 

rus.: кэширование 

Ingliz  tilidagi  cache  -  «maxfiy  zahira»  so‘zidan 

olingan. Kesh - kompyuter siz Internetdan olgan 

barcha  hujjatlarni  yozib  qo‘yadigan  jild.  Agar 

hujjatni  takroran  so‘rasangiz,  sizga  keshning 

ichidagini  ko‘rsatishadi.  Proksi-server  ham 

Internetdan  olingan  hujjatlarni  maxsus  jildga 

yozib  qo‘yadi.  Agar  siz,  yoki  Internetning 

boshqa  foydalanuvchisi  shu  hujjatga  murojaat 

qilsa,  proksi-server  uni  o‘zining  keshidan 

yetkazib  beradi.  Siz  buni  sezmaysiz  ham.  Bu 

holda,  siz  uzoqdagi  WWW-serverga  shu  hujjat 

uchun  yana  murojaat  qilganingizga  nisbatan, 

tezlik bir daraja yuqoriroq bo‘ladi. 



 

kesh-xotira 

ingl.: cache memory 

rus.: кэш-память 

Protsessor  faoliyatini  kutishdan  halos  qiladigan 

tezlik bilan ishlaydigan buferli xotira qurilmasi. 

Juda 


katta 

tezlik 


bilan 

ishlaydigan 

protsessorlarning  paydo  bo‘lishi,  kesh-xotirani 

yaratish  zaruratini  keltirib  chiqardi.  Shu  bilan 

birga, murakkab amaliy dasturlarning bajarilishi 

uchun  katta  xotira  zarurdir.  Katta  o‘ta  tezkor 

xotirani  ishlatish  esa  foydasiz.  Shu  sababli, 

operativ  xotira  bilan  protsessor  orasiga, 

kichkina sig‘imli yuqori tezlikli kesh-xotira deb 

atalgan  buferni  o‘rnata  boshladilar.  Buning 

ustiga,  uni  protsessor  ichiga  o‘rnatilgan  va 

tashqi  turlari  mavjud.  Ichiga  qurilgan  kesh-

xotira  tashqiga  nisbatan  yuqoriroq  tezkorlikka 

ega,  tabiiyki,  narxi  ham  baland.  Shu  sababli, 

birinchisi 

ikkinchisidan 

sig‘im 

bo‘yicha 



kichikroq. 

Kesh-xotiraga, 

tezkor 

xotirada 



joylashgan  buyruqlar  va  ma’lumotlarning  bir 

qismi yoziladi. 



 

KHz 

qisq.: KiloHertz 

Kilogers.  Chastota  uchun  fizikaviy  o‘lchov 

birligi. 

 

kiberkasalliklar 

ingl.: cyber sickness 

rus.: киберболезни 

Inson  ruhiyati  va  fiziologik  funksiyalariga 

virtual  voqeiylik  texnologiyalarining  zararli 

ta’siri 


oqibatida 

paydo 


bo‘lgan 

inson 


kasalliklarining yangi turlari. 

Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling