Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103

 

kompyuter xaritasi 

ingl.: computer map 

rus.: компьютерная карта 

Avtomatlashtirilgan kartografik tizim yoki GAT 

vositalari  yordamida  olingan  xarita.  U  grafik 

chiqarish  qurilmalari  -  grafqurgich,  printer  va 

boshqalar  yordamida  qog‘oz,  fototasma  va 

boshqa materiallarda tayyorlanadi. 



 

kompyuter o‘yini 

ingl.: computer game 

rus.: компьютерная игра 

Holatlarni  kompyuter  yordamida  modellash.  U 

samarador 

yechimlarni 

ishlab 

chiqish 


maqsadida,  ziddiyat  usulidan  foydalanadi. 

O‘yinlar  nazariyasi  asosida  yaratilayotgan 

kompyuter o‘yinlarida, bir ishtirokchi sifatida – 

kompyuter,  boshqalari  sifatida  –  odamlar 

qatnashadi.  Har  bir  kompyuter  o‘yini,  uning 

o‘tib  borish  jarayonini  tavsiflaydigan  algoritm 

tomonidan  belgilanadi.  Bu  algoritm  qator 

talablarga javob berishi zarur: 

-  jarayon  shunday  bo‘lishi  kerakki,  o‘yinchi 

ko‘nikmalar  olsin  va  takroriy  o‘yinda  yig‘ilgan 

tajribani ishlata olsin; 

-  o‘yin,  o‘yinchini eng  yaxshi  natija  erishishiga 

qiziqtira olish bilan maftunkor bo‘lishi kerak; 

-  o‘yinda  ma’lumotlarni  ifodalashning  turli 

shakllari ishlatilishi zarur. 

O‘yin  tushunchasi insonning  ishi  va dam  olishi 

bilan  bog‘liq  turli  sohalarni  qamrab  oladi. 

Bunga  ishchanlik  o‘yinlari  (iqtisod  va  ishlab 

chiqarishni boshqarish), o‘qish, sport, dam olish, 

ko‘ngil  ochish  kiradi.  O‘yinlarni  o‘tkazish 

uchun kompyuterlarga maxsus kiritish-chiqarish 

qurilmalari  -  richagli  mexanizm,  radiokarnay, 

mikrofon va boshqalar bilan jihozlanadi. 

 

kompyuteramaniya 

ingl.: computer-prone 

rus.: компьютеромания 

Insonning  kompyuter  tizimlarini  muntazam 

ishlatishdagi  patologik  ehtiyoji.  Bu  inson 

ruhiyatiga  kompyuter  o‘yinlari  va  virtual  borliq 

texnologiyalari  ta’siriga  ko‘nikib  qolishi  bilan 

yuzaga kelgan. 



 

kompyuter-bosma 

ingl.: computer-to-press 

rus.: компьютер-печать 

Raqamli  poligrafiyada  ishlatiladigan  atama.  U 

kompyuter  bilan  poligrafiya  orasida  oraliq 

amallar yo‘qligini bildiruvchi tushuncha. 



 

kompyuterlar avlodi 

ingl.: computers’ generation 

rus.: поколение компьютеров 

Asosan 


ishlab 

chiqarish 

jarayonida 

qo‘llaniluvchi 

texnologiyaga 

asoslangan 

kompyuterlarning  tarixiy  tasnifidagi  toifa. 

Masalan, birinchi avlod kompyuterlari rele yoki 

elektron lampalarga, ikkinchisi – tranzistorlarga, 

kompyuter xaritasi 

 


 

157 


uchinchisi 

– 

integral 



mikrosxemalarga, 

to‘rtinchisi  –  katta  va  o‘ta  katta  integral 

sxemalarga asoslangan. 

 

kompyuterlashgan 

dasturiy 

ta’minot 

ishlab chiqish 

ingl.:  Computer-  -Aided  Software  Engineering 

(CASE) 

rus.: 

компьютеризованная 

разработка 

программного обеспечения 

Dasturiy 

ta’minot 

ishlab 


chiqishga 

mo‘ljallangan 

tizim. 

CASE 


texnologiyasi 

dasturlarni  ishlab  chiqishga,  umumiy  MB 

yaratishga,  shu  baza  bilan  o‘zaro  ishlashni 

yagona  usulidan  foydalanishga  mo‘ljallangan 

kompyuterlashgan  tizim  vositalari  to‘plamidan 

iborat.  Buning  ustiga,  bu  yondashuv  yagona 

axborot 

tarmog‘iga 

ulanadigan 

axborot 


tizimlarida  ishlatiladigan  OT  (amaliy  tizim) 

larni  xilma-xilligini  hisobga  oladi.  Bundan 

tashqari,  CASE  turli  ishlab  chiqaruvchilar 

tomonidan 

ishlatiladigan 

tarmoq 


texnologiyalarining  yagona  asosini  belgilaydi. 

CASE 


yana, 

yaratilayotgan 

dasturlarni 

testlashning  uslubiyatini  va  testlash  vositalarini 

taqdim  qiladi.  CASE  ni  ishlatish  evaziga 

ishlanmalar  arzonga  tushadi  va  ularni  ishlab 

chiqish davri qisqaradi. 

 

kompyuterlashgan ishlab chiqarish 

ingl.: Computer-Aided Manufacturing (CAM) 

rus.: компьютеризованное производство 

Kompyuter ishtirokida ishlab chiqarish. 



 

kompyuterlashgan logistik tizim 

ingl.: Computer-Aided Logistics System (CALS) 

rus.: 

компьютеризованная 

логистическая 

система 

Loyihalash  va  murakkab  qurilmalar  to‘plamini 

kuzatib  borish  texnologiyalari  majmui.  CALS 

tizimi  avtomatlashtirish  funksiyalari  to‘plamini 

belgilab  beradi.  U  bozorni  o‘rganish  va 

marketing,  texnik  shartlarni  ishlab  chiqish, 

loyihalash,  ishlarni  moddiy-texnik  ta’minoti, 

texnologik 

jarayonni 

ishlab 


chiqish 

va 


tayyorlash, 

ishlab 


chiqarish, 

nazorat 


va 

boshqalarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ko‘rsatib  o‘tilgan 

funksiyalarni  bajarish  uchun  CALS  quyidagi 

vositalarni ishlatadi: 

- logistik tizimlarni spetsifikatsiyasini yaratish; 

-  loyihalash,  shu  jumladan,  ma’lumotlar 

bazalarini; 

- dasturlash; 

-  uyg‘unlashuv  uchun  maslaklarni  kuzatib 

borish; 


-  turli  nimtizimlarni  yaratuvchilarni  o‘zaro 

ishlashini rejalash, nazorat qilish. 



 

kompyuterlashgan loyihalash 

ingl.: Computer-Aided Design (CAD) 

rus.: компьютеризованное проектирование 

Ishlab  chiquvchilar  mehnatini  avtomatlashtirish 

texnologiyasi. Mahsulotlar (asboblar, qurilmalar, 

apparatlar,  tizimlar)  tobora  murakkablasha 

borishi, 

ularni 


yaratishda 

yangicha 

yondashuvlar qo‘llashni taqoza etadi. Ular CAD, 

Loyiha  Ishlarini  Avtomatlashtirish  Tizimi 

(LIAT)  deb  ham  ataladigan  texnologiya  bilan 

amalga 


oshiriladi. 

CAD 


loyihalash 

va 


chizmachilikni,  yassi  yoki  hajmiy  detallar  va 

konstruksiyalarni  uch  o‘lchamli  modellashni 

ta’minlaydigan  amaliy  dasturlar  paketidir. 

Bundan 


tashqari 

CAD, 


konseptual 

konstruktorlash,  animatsiya,  vizualizatsiya, MB 

ni 

boshqarish 



va 

muhandislik 

hujjatlari 

tayyorlash vazifalarini bajaradi. CAD yaratilishi 

kerak  bo‘lgan  mahsulot  haqida  ma’lumotlar 

yig‘ishdan  tortib,  uni  tayyorlashgacha  bo‘lgan 

masalalarni qamrab oladi. 

 

kompyuterlashgan tarjima 

ingl.: computer-aided translation 

rus.: компьютеризованный перевод 

Kompyuter  yordamida  bajariladigan,  bir  tabiiy 

tildan  boshqasiga  tarjima.  Kompyuterlashgan 

tarjima,  ko‘p  hollarda  mashinali  tarjima 

deyiladi,  sun’iy  tafakkurga  ega  bo‘lgan  amaliy 

jarayon 


tomonidan 

bajariladi. 

Kompyuterlashgan tarjimaning uch turi mavjud. 

To‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  tarjima  usuli  eng  eskisi 

bo‘lib,  faqat  bir  juft  tillarga  mo‘ljallangan. 

Vositachi  –  til  ishlatishga  asoslangan  tarjima 

usuli.  U  avvalgidan  matn  mazmunini  ifodalash 

uchun  vositachi  kiritilishi  bilan  farqlanadi.  Bu 

usul,  ayniqsa,  ko‘ptillik  muhitda  samarali 

hisoblanadi. 

Bundan 

tashqari 



oldingi 


to‘g‘ridan  –  to‘g‘ri  tarjima  usulidan  tejamliroq. 

Transfer  (uzatish)  usulida,  tarjimaning  yana  bir 

bosqichi 

kiritiladi. 

Ulardan 

birinchisida, 

boshlang‘ich  matn  kirish  tilining  ifodalariga 

aylantiriladi.  Ikkinchi  bosqichda  bu  ifodalanish 

chiqish  tili  ifodalariga  qayta  aylantiriladi. 

Nihoyat  oxirgi  bosqichda  chiqish  tilidagi  matn 

hosil bo‘ladi. 

kompyuterlashgan tarjima 

 


 

158 


 

kompyuterlashgan tizim 

ingl.: Computer-Aided System (CAS) 

rus.: компьютеризованная система 

Kompyuter 

yordamida 

ixtiyoriy 

ishlarni 

avtomatlashtirishga  mo‘ljallangan  tizim.  CAS 

tizimi, 

modellashtirish, 

loyihalash, 

ishlab 


chiqish, yaratish, amalda ixtiyoriy mashinalarni, 

apparatlarni, 

asboblarni 

va 


boshqa 

mahsulotlarni tayyorlash va sinash bilan bog‘liq 

ishlarni qamrab oladi. 

 

kompyuterlashtirish 

ingl.: computerisation 

rus.: компьютеризация 

1. Kompyuterlar vositasida avtomatlashtirish. 

2.  Inson  faoliyatining  turli  sohalarida,  axborot 

jarayonlarini 

va 

texnologiyalarni 



avtomatlashtirishni 

ta’minlaydigan 

kompyuterlarni  rivojlantirish  va  tatbiq  qilish 

jarayoni. 

3.  Kompyuter  mahsulotlari  va  xizmatlari 

sanoatini, 

hamda 

jamiyatda 



ulardan 

fodalanishni  rivojlantirish  jarayoni.  Internetni 

keng rivojlantirishning zaruriy shartlaridan biri. 

 

konferens-aloqa 

ingl.: teleconference 

rus.: конференц-связь 

Foydalanuvchilarga  bir  vaqtning  o‘zida  bir 

necha,  o‘zaro  aloqaga  ega  bo‘lishi  mumkin 

abonentlar  bilan  axborot  almashuvi  imkonini 

beruvchi xizmat turi. 

 

konferensiya 

ingl.: conference 

rus.: конференция 

Bir  necha  foydalanuvchilar  tarmoqda  o‘zaro 

ishlash  usuli.  U  matn,  audio  va  video  shaklida 

mavjud  bo‘ladi.  Matnli  konferensiyalar  News 

(foydalanuvchilarni  berilgan  mavzuda  o‘qish-

yozish  orqali  asinxron  muloqati)  shaklida  va 

Chat 

(haqiqiy 



vaqt 

davomida) 

shaklida 

o‘tkaziladi.  Audio  va  video  konferensiyalarni 

o‘tkazish  uchun  kanalning  o‘tkazish  qobiliyati 

mos ravishda 30 va 100 Kbit/s dan ortiq bo‘lishi 

zarur.  Mikrofon  va  kamera  mavjud  bo‘lishi, 

hamda  konferensiyalar  o‘tkazish  uchun  tegishli 

dasturiy 

ta’minot- 

IPhone, 

WebPhone, 

NetMeeting ham bo‘lishi kerak. 

 

konsalting 

ingl.: consulting 

rus.: консалтинг 

Ekspertiza  o‘tkazish  va  maslahat  berish 

faoliyati  bilan  bog‘liq  xizmat  turi. Muhim rolni 

axborot konsaltingi egallaydi. 



 

konsol 

ingl.: console 

rus.: консоль 

Ma’murga  tarmoqni  boshqarish  uchun  taqdim 

qilinadigan 

terminal. 

Bunday 

konsollarda 



foydalanuvchi  interfeysi  tarmoqning  ishini  va 

uning  tarkibiy  qismlarini  ko‘rib  turishini 

ta’minlaydigan  qilib  yaratiladi.  Bu  interfeysda 

uch  o‘lchamli  multiplikatsiya  va  virtual  borliq 

elementlari toboro keng ishlatilmoqda. 

 

konsolli kompyuter 

ingl.: console computer 

rus.: консольный компьютер 

Asosiy  kompyuterni  ishga  tushirib  yuborish 

uchun  tayyorgarlik  harakatlarini  bajaruvchi 

kompyuter.  Bunday  vazifa  «katta»  kompyuter 

tizimlari 

masalan, 

superkompyuterlar 

bajarilganda, 

ayrim 

mashinaga 



berilishi 

mumkin.  Odatda,  konsol  kompyuterdan  bosh 

kompyuter 

tizimining 

elementlari 

va 


bog‘lamalarining holatini monitoringi bajariladi, 

shu  bilan  birga  unda,  asosiy  kompyuterni 

sozlash  va  unda  xizmat  ko‘rsatish  uchun 

ishlatiladigan  tarkibiy  tuzilma  axboroti  va 

xizmat utilitlari saqlanadi. 

 

kontent 

ingl.: content 

rus.: контент 

1.  Axborot  tizimini  ixtiyoriy  mazmundagi 

axborot  –  matn,  grafika,  multimedia  bilan 

to‘ldirish.  Gipermatnli  belgi  qo‘yish  vositalari 

bor 

sahifa 


ko‘rinishida 

tashkil 


qilinadi. 

Kontentning  ahamiyatli  ko‘rsatkichlari  bo‘lib 

uning 

hajmi, 


dolzarbligi 

va 


relevantligi 

hisoblanadi. 

2. 

Veb-bog‘lamaning 



axborot 

resurslari 

(mazmuni,  axborot  to‘ldirilishi,  mazmunli 

axborot). 

3.  HTML-hujjatda  shu  sahifaning  qisqacha 

tavsifi  joylashtiriladigan  bir  nomli  maydondagi 

xizmat 

axborotining 



qismidir. 

Izlovchi 

mashinalar uchun ahamiyatlidir. 

 

konvergensiya 

ingl.: convergence 

rus.: конвергенция 

kompyuterlashgan tizim 

 


 

159 


Har  xil  elektron  texnologiyalarni  ularning  tez 

rivojlanishi  va  o‘zaro  ishlashi  natijasida 

yaqinlashish 

jarayoni. 

Yaqin 

kelajakda, 



telekommunikatsiya 

tarmoqlarida 

trafikni 

uzatish 


tezligi 

shunday 


katta, 

hamda 


ma’lumotlarni 

ifodalash 

usuli 

shunchalik 



hammabop  bo‘ladiki,  yagona  paket  bilan  bir 

vaqtning  o‘zida  ovozni,  tasvirni,  matnni, 

teledasturni uzatish mumkin bo‘ladi. 

 

korporativ axborot tizimi 

ingl.: corporate information system 

rus.: корпоративная информационная система 

Ishtirokchilari  cheklangan  doiradagi  shaxslar 

bo‘lgan  axborot  tizimi.  Ishtirokchilar  axborot 

tizimining  egasi  tomonidan  yoki  shu  axborot 

tizimi  ishtrokchilari  orasidagi  bitim  bilan 

aniqlanadi. 



 

korporativ portal 

ingl.: corporate portal 

rus.: корпоративный портал 

Ichki 


foydalanish 

uchun 


mo‘ljallangan 

korporativ  veb-sayt.  U  kompaniya  xodimlariga 

korporativ 

axborotga, 

elektron 

tijorat 


maydonchalariga (ta’minotchilar, mijozlar bilan 

o‘zaro 


harakat 

va 


boshqalar), 

hamda 


cheklangan  sonli  tashqi  veb-saytlardan  erkin 

foydalanishni taqdim qiladi. 



 

korporativ tarmoq 

ingl.: enterprise network 

rus.: корпоративная сеть 

Katta 


tashkilotning 

mahalliy 

tarmog‘i. 

Korporativ  tarmoq,  xuddi  shunday  korxona 

tarmog‘i 

deb 


ham 

ataladi, 

korxonada 

bajarilayotgan  barcha  ishlarni  avtomatlashtirish 

uchun  mo‘ljallangan:  yangi  mahsulotlarni 

loyihalashdan  tortib,  ularni  reklama  qilish  va 

sotishgacha.  Zamonaviy  korporativ  tarmoq  uni 

tashkil qiluvchi axborot tizimlarining shajaraviy 

tuzilmasi  bilan  xarakterlanadi.  Uning  modeli 

modullilik 

va 

masshtablanuvchilik 



xususiyatlariga ega. 

 

korxona resurslarini rejalashtirish tizimi 

ingl.: Enterprise Resource Planning (ERP) system 

rus.: система планирования ресурсов предприятия 

Korxonaning  ishlab  chiqarish  va  moliyaviy 

resurslarini  hisob-kitob  va  nazorat  qilish, 

rejalashtirish  hamda  boshqarish  vazifalarini 

kelishilgan 

holda 


bajarishni 

ta’minlashga 

qaratilgan  axborot  tizimi.  ERP  tizimlarida 

ta’minlash va savdo vazifalarini bajarish odatda 

hisoblash 

vazifalaridan 

iborat. 

Bunda 


yetkazuvchi 

va 


iste’molchilar 

resurslarini 

rejalashtirish  tizimlari  bilan  ularga  o‘xshash 

tizimlar  bevosita  o‘zaro  ishlash  mexanizmi 

mavjud bo‘lmaydi. 

 

kredit kartochka 

ingl.: credit card 

rus.: кредитная карточка 

Bank  tizimlarida  keng  tarqalgan  magnit 

kartochkasi.  Bankomatlarda,  savdo  va  xizmat 

ko‘rsatish  tashkilotlarining  kassa  apparatlarida 

kartochkaning egasini aniqlash uchun ishlatiladi. 

Har  qaysi  bunday  kartochka  o‘zining  «shaxsiy 

identifikatsiya  tartib  raqami»  PIN  ga  ega,  u 

uning egasiga biriktiriladi. 



 

kreker 

ingl.: cracker 

rus.: крекер 

Xakerning Internetda qabul qilingan nomlanishi. 

Tarmoqda  haqorat  so‘zi  hisoblanmaydigan 

«xaker»  so‘zidan  farqli,  aynan  qo‘poruvchi 

(sindiruvchi  -  «yomon  odam»).  Bu  atama  ko‘p 

ma’noli:  sindiruvchi  deb  qarsillab  sinadigan 

quruq 

pecheniyni 



ham, 

va 


shovqinsiz, 

muhofazani 

sindiradigan 

xakerlarning 

dasturlarini ham, atashadi. 

 

kriptografik algoritm 

ingl.: cryptographic algorithm 

rus.: криптографический алгоритм 

Axborotni  (ma’lumotlarni)  buzishga  to‘sqinlik 

qilish  va  undan ruxsatsiz  erkin  foydalanish  dan 

muhofazalash  maqsadida  uni  o‘zgartirishning 

matematik algoritmi. 

 

kriptografik bayonnoma 

ingl.: cryptographic protocol 

rus.: криптографический протокол 

Almashilayotgan 

axborot 

xavfsizligini 

kafolatlaydigan algoritm. Uning yordamida ikki 

yoki  undan  ortiq  tomonlar,  biror  axborot  bilan 

almashadi.  Kriptografik  bayonnomalar  asosida 

simmetrik  kriptoalgoritmlar  ham,  ochiq  kalitli 

algoritmlar  ham  olinishi  mumkin.  Kriptografik 

bayonnomalarni bardoshli deb hisoblash uchun, 

uni 

ishlatish 



jarayonida 

to‘la 


huquqli 

ishtirokchilar  o‘z  maqsadlariga  erishishlari, 

qo‘poruvchilar esa erishaolmasliklari shart. 

 

kriptografik jihoz 

kriptografik jihoz 

 


 

160 


ingl.: cryptographic equipment 

rus.: криптографическое оборудование 

Kriptografik algoritmlarni amalga oshiruvchi va 

axborotni 

uzatishda, 

ishlov 

berishda 



va 

saqlashda  muhofazalash  uchun  mo‘ljallangan, 

dastlabki  matnni  shifrmatnga  va  shifrmatnni 

dastlabki  matnga  o‘girish,  shifr  kalitlarni 

tayyorlash  va  ruxsatsiz  erkin  foydalanish  dan 

muhofaza  uchun  apparat,  dasturiy-apparat, 

dasturiy majmua va vositalar. 

 

kriptografik kalit 

ingl.: cryptographic key 

rus.: ключ криптографический 

1.  Dastlabki  matnni shifrmatnga  va  shifrmatnni 

dastlabki 

matnga 


o‘girish 

imkonini 

ta’minlaydigan, 

kriptografik 

algoritmning 

parametri bo‘lgan ramzlar ketma-ketligi. 

2.  Shifr  o‘zgartirishlari  to‘plamidan  muayyan 

o‘zgartirishni aniqlaydigan ma’lumotlar majmui. 



 

kriptografik muhofaza 

ingl.: cryptographic protection 

rus.: криптографическая защита 

Axborotni  kriptografik  o‘zgartirish  bajarish 

yo‘li bilan muhofazalash. 

 

kriptografik tizim 

ingl.: cryptographic system 

rus.: криптографическая система 

1.  Axborotni  kriptografik  o‘zgartirishni  va 

(yoki) 

boshqarishni 



ta’minlaydigan, 

shu 


jumladan, 

avtomatlashtirilgan, 

kriptografik 

kalitlarni 

tayyorlash 

va 


tarqatishni 

ta’minlaydigan  tashkiliy,  texnik  va  dasturiy 

vositalar majmui. 

2. 


Kalit 

yordamida 

tanlanadigan 

qaytar 


o‘zgartirishlar  oilasi,  ular  dastlabki  matnni 

shifrlangan 

matnga 

va 


teskarisiga 

o‘zgartiradilar. 

3.  Dastlabki  matnni  shifrlagan  matnga  va 

shifrlagan  matnni  dastlabki  matnga  o‘girish 

usullarini  ta’minlaydigan  hujjatlar,  qurilmalar, 

uskunalar  va  birgalikda  ishlatiladigan  tegishli 

usullar. 

 

kriptografiya 

ingl.: cryptography 

rus.: криптография 

1. 


Fan 

(bilimlar 

sohasi). 

axborot 



(ma’lumotlar) o‘zgartirish tamoyillari, vositalari 

va usullari bilan shug‘ullanadi. Bundan maqsad 

axborot  mazmunidan  ruxsat  etilmagan  erkin 

foydalanish  dan  muhofazalash  va  uni  buzishni 

bartaraf qilish. 

 2.  Ma’lumotlarni  aloqa  kanallari  orqali 

uzatishda  yoki  saqlashda  maxfiylikni  va/yoki 

haqiqiylikni ta’minlash usullari to‘g‘risidagi fan. 

3.  Ma’lumotlarni  xabardor  bo‘lmagan  shaxslar 

uchun  tushuna  olmaydigan  qilish  maqsadida 

o‘zgartirish  usuli.  Ma’lumotlar  xavfsizligi 

tizimining  muhim  tarkibiy  bo‘lagidir.  Uning 

mohiyati, 

ma’lumotlarni 

uzatishdan 

oldin 


ma’nosiz  belgilar  yoki  signallar  yig‘masiga 

aylantirishda  va  ma’lumotlarni  oluvchi  qabul 

qilib  olgandan  so‘ng,  ularni  dastlabki  shakliga 

qayta tiklashda. 



 

kriptologiya 

ingl.: cryptology 

rus.: криптология 

Aloqa  kanallari  orqali  axborotning  xavsizligini 

ta’minlab saqlash va uzatish tizimlarini yaratish 

va  tahlil  qilish  to‘g‘risidagi  fan.  Kriptologiyani 

ikki  qismga  bo‘lishadi:  kriptografiya  va 

kriptotahlil. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling