Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103

 

kriptotahlil 

ingl.: cryptanalysis 

rus.: криптоанализ 

1.  Ma’lumotlarni  oshkor  aylash  va/yoki 

soxtalashtirish usullari to‘g‘risidagi fan. 

2.  Dastlabki  matn  shaklida  nozik  axborotni 

ajratish uchun kriptografik tizimni, uning kirish 

va (yoki) chiqishini tahlil qilish. 



 

kriptotahliliy hujum 

ingl.: crypto analytical attack 

rus.: криптоаналитическая атака 

qarang: tahliliy hujum 

 

kriptotizim 

ingl.: cryptosystem 

rus.: криптосистема 

qarang: kriptografik tizim. 

 

kross-dastur 

ingl.: crossware 

rus.: кросс-программа 

Ekstratarmoqlar  foydalanuvchilari  uchun  ishlab 

chiqiladigan  dastur.  Bu  amaliy  dasturlar 

odatdagilardan  shu  bilan  farq  qiladiki,  ular 

muayyan  amaliy  tizimlar  bilan  emas,  balki 

Amaliy tizimlar yig‘masi bilan ishlashi mumkin. 

Shu  sababli,  kross  –  dasturlarni  ishlatganda, 

kriptografik kalit 

 


 

161 


turli  ishlab  chiquvchilarga  umumiy  bo‘lgan 

standartlarni qo‘llash zarur. 



 

Kruk kriptotizimi 

ingl.: Crook’s cryptosystem 

rus.: криптосистема Крука 

Xatolarni 

tuzatish 

kodlariga 

asoslangan 

kriptotizim. 

MakEllisning 

kriptotizimini 

kamchiliklarini  yo‘qotish  uchun  YE.Kruk 

tomonidan taklif qilingan. 



 

kursor 

ingl.: cursor 

rus.: курсор 

Kompyuter  ekranida  siljib  boradigan  obyekt 

nomini  yoki  bajarilayotgan  amalning  joyini 

ko‘rsatuvchi  nishon,  belgi.  U  klaviatura, 

«sichqoncha»,  yorug‘lik  perosi  yoki  dastur 

boshqaruvidan  olingan  buyruqlarga  monand 

siljiydi.  Ekranda  kursor  to‘rtburchak,  nishon, 

strelka  yoki  qisqa  chiziqcha  shaklida  aks  etadi. 

Inson  va  kompyuter  muloqatining  muhim 

elementi. 



 

kvant 

ingl.: quantum 

rus.: квант 

Diskret fizik kattalik, masalan, signal o‘zgarishi 

mumkin bo‘lgan eng kam kattalik. 

 

kvant axborot nazariyasi 

ingl.: quantum theory of information 

rus.: квантовая теория информации 

Kvant  axborotining  vujudga  kelishi,  ishlov 

berish, 

uzatish 


va 

saqlash 


jarayonlarini 

ifodalovchi  futuristik  nazariya.  Bu  axborot 

ustidan  amallar,  bitlar  sifatida  elementar 

zarrachalar  holatini  ishlatish  yo‘li  bilan  amalga 

oshiriladi. 

Kvant  axborotini  mumtoz  shaklga  aylantirish 

uchun maxsus dekoderlovchi qurilma ishlatiladi. 

Axborotning  kvant  nazariyasi  sof  nazariy  fan 

bo‘lib, 

hozirgacha, 

asosida 


qurilgan 

texnologiyalar amaliyotdan ancha uzoq. 



 

kvant kompyuteri 

ingl.: quantum computer 

rus.: квантовый компьютер 

Kvant  nazariyasining tamoyillaridan  foydalanib, 

«hisoblashlarning  kvant  parallelizmi»  deb 

ataluvchi 

effekt 

asosida 


loyihalanayotgan 

kompyuter. 

Nazariy 

jihatdan, 

kvant 

kompyuterlari, 



hozirgi 

zamonaviy 

yarimo‘tkazgichli  kompyuterlarga  nisbatan  bir 

necha  daraja  yuqoriroq  hisoblash  tezligini 

ta’minlashlari  mumkin.  Ularning  yaratilishi 

bilan  misli  ko‘rilmagan  texnologik  siljish 

kutilmoqda.  Ilk  bor  kvant  hisoblashlar  g‘oyasi 

rus  matematigi  YU.I.  Manin  tomonidan  1980 

yili aytilgan. 

 

kvant kriptografiyasi 

ingl.: quantum cryptography 

rus.: квантовая криптография 

Kvant  fizikasining  tamoyillarini  ishlatishga 

asoslangan  kriptografik  mexanizm.  Xabarlarni 

uzatish 


uchun 

fotonlar 

ishlatiladi, 

bu 


kriptoanalitik  tomonidan  axborotni  shakl  turini 

yoki  uni  uzatish  jarayonini  buzish  mumkin 

emasligini  kafolatlaydi.  Bu  mexanizm  70-yillar 

oxirida  chop  etilgan.  Hozirgi  kunga  kelib, 

kvantli  kriptografiya  amalda  qo‘llanilmayapti, 

faqat tajriba sifatida ishlatiladi. 



 

kvantlash 

ingl.: quantization 

rus.: квантование 

1.  Biror  bir  uzluksiz  kattalik  qiymatlari 

kengligini  chekli  bir-biri  bilan  kesishmaydigan 

oraliqlarga bo‘lish. 

2.  Ma’lumotlarni  uzluksiz  shakldan  diskret 

shaklga o‘tkazish amali. 

3.  Ma’lumotlarni  nimguruhlarga  (sinflarga) 

bo‘lish,  masalan,  tasvirlarga  raqamli  ishlov 

berilganda. 

Kvantlash 

berilgan 

kattalikni 

kvantlarga 

bo‘lishga  keltiriladi.  Informatikada,  birinchi 

navbatda kvantlashga  vaqt  va  analogli  signallar 

yo‘liqadi. 



 

ko‘p dasturli rejim 

ingl.: multiprogramme mode 

rus.: мультипрограммный режим 

Kompyuter  yoki  hisoblash  majmui  tomonidan 

bir  paytning  o‘zida  bir  necha  vazifani  yechish. 

Uning turlaridan biri taqsimlangan vaqt maromi

boshqasi  –  vazifaning  paketli  yechilishi,  ya’ni 

hisoblash qurilmalarini to‘la yuklash maqsadida 

vazifalarning tanlab guruhlarga birlashtirilishi. 

 

ko‘p foydalanuvchili davra 

ingl.: Multi-User Dimension (MUD) 

rus.: многопользовательская среда 

Foydalanuvchi  turli  xil  harakatlarni  (masalan, 

rolli  o‘yin)  amalda  qo‘llashi  mumkin  bo‘lgan 

matn  muhitini  yaratuvchi  kompyuter  dasturi. 



ko‘p foydalanuvchili d... 



 

162 


Teleanjuman turlaridan biri. Ko‘p ishtirokchilar 

uchun 


ochiq 

bo‘lan 


virtual 

voqeiylik 

foydalanuvchilarning 

o‘zlari 


tomonidan 

kengaytirilishi mumkin. Hozirgi paytda turli xil 

ko‘p  foydalanuvchili  muhitlar  o‘zgartirilgan 

ko‘rinishda 

keng 

tarqalgan 



va 

turli 


mavzulardagi  hamjamiyatlar  tuzish  uchun 

xizmat  qiladi,  masalan,  astronomiya,  biologiya, 

adabiyot 

va 


madaniyat 

nazariyotchilari, 

ommaviy  axborot  vositalari  tadqiqotchilar  va 

boshqa hamjamiyatlar. 



 

ko‘p kristalli integral sxema 

ingl.: multicrystal integrated circuit 

rus.: многокристальная интегральная схема 

Bitta korpusda joylashgan va o‘zaro bog‘langan 

kristallar  guruhidan  iborat  integral  sxema. 

Kristallar  bitta  taglikda  joylashgan  bo‘lib  ko‘p 

qatlamli  yupqa  tasmali  bog‘lovchi  chiziqlar 

yordamida 

o‘zaro 

ishlaydi. 



Albatta 

ishlatiladigan  kristallar  korpussizdir.  Ko‘p 

kristalli 

modullarda 

o‘zaro 

bog‘lanishlar 



uzunligi  bosma  plataga  qaraganda  ancha 

kichkina  bo‘lishi  sababli  modullar  ishlaydigan 

tezliklar  gigagers  chastotalarga  yetib  borgan. 

Ko‘p 


kristalli 

modullar 

avvalo 

katta 


kompyuterlarda qo‘llanilgan. Endilikda esa ular 

shaxsiy 


kompyuterlarda 

ishlatiladi. 

Bu 

ma’lumotlarni  qayta  ishlash  tezligini  oshirish 



imkonini beradi. 

 

ko‘p manzilli uzatish 

ingl.: multiaddress trasmission 

rus.: многоадресная передача 

Maxsus  manzilga  («hammaga»)  ko‘ra  har  bir 

abonent  tizimiga  blok  nusxalarini  alohida, 

ketma-ket yo‘naltirish orqali keng tarqatish. 



 

ko‘p pog‘onali kriptografiya 

ingl.: multilevel cryptography 

rus.: многоуровневая криптография 

R.Rayvest  tomonidan 

taklif  qilingan 

va 


simmetrik  kriptotizimlar  uchun  kriptografik 

kalitlar  tuzishning  maxsus  usulini  ko‘zlovchi 

mexanizm. 

Ushbu 


mexanizmni 

amalga 


oshiruvchi  kriptotizim  shunday  tuzilganki, 

birinchi  kriptografik  kalit  ixtiyoriy  ravishda 

tanlanishi  mumkin,  barcha  keyingi  kalitlarni 

tanlash esa muayyan qonunga mos kelishi lozim. 



 

ko‘p pog‘onali muhofaza 

ingl.: multilevel protection 

rus.: многоуровневая защита 

Turli  erkin  foydalanish  huquqlariga  ega 

subyektlarning 

turli 


xavfsizlik 

pog‘onali 

obyektlardan  erkin  foydalanishni  ajratuvchi 

muhofaza. 



 

ko‘p pog‘onali xavfsizlik 

ingl.: multilevel security 

rus.: многоуровневая безопасность 

Turli  noziklik  pog‘onalariga  ega  axborotni 

saqlovchi  tizimlar  sinfi.  Ushbu  pog‘onalar  turli 

ochiqlik  pog‘onali  obyekt  yo  subyektlardan  bir 

paytning  o‘zida  erkin  foydalanish  imkonini 

berib,  ayni  paytda  ulardan  ruxsatsiz  erkin 

foydalanishni man etadi. 

 

ko‘p tomonidan erkin foydalanish 

ingl.: multiple access 

rus.: множественный доступ 

Bir  necha  abonent  (foydalanuvchi,  dastur  yoki 

qurilma)ning  bitta  resurs  bilan  o‘zaro  ishlash 

jarayoni. 

Erkin 

foydalanish 



amalga 

oshiriladigan 

resurslarga 

fayllar, 

xotira 

qurilmalari,  printerlar,  kanallar  va  h.k.  kiradi. 



Erkin  foydalanishni  boshqarish  tanlangan  erkin 

foydalanish usuli (yo‘li)ga bog‘liq. 



 

ko‘p vazifali qurilma 

ingl.: multifunctional device 

rus.: многофункциональное устройство 

Bir  necha  vazifani  bajaruvchi  qurilma.  Har  biri 

printer,  skaner,  faks  apparati,  nusxa  olish 

apparati  bo‘lgan  qurilmalar  ayniqsa  keng 

tarqalgan. 

 

ko‘p vazifali rejim 

ingl.: multitasking 

rus.: многозадачный режим 

Kompyuterning  bir  paytning  o‘zida  bir  necha 

amaliy  jarayonlarni  amalga  oshirish  imkonini 

beruvchi  ish  maromi.  Ko‘p  vazifali  marom 

operatsion  tizim 

imkoniyatlari  tomonidan 

ta’minlanadi.  Ko‘p  vazifali  maromning  bir 

necha 


turi 

bor. 


Ularning 

eng 


oddiysi 

kompyuterga  bir  necha  amaliy  dasturlarning 

yuklanishidir.  Biroq  ularning  faqat  bittasi  bilan 

ish  yuritiladi.  Boshqa  maromda  bitta  dastur 

ustun  bo‘ladi.  Boshqa  dasturlar  bilan  esa 

kompyuter  tegishli  resurslari  ustun  vazifa  bilan 

band  bo‘lmaganda  ishlaydi.  Eng  murakkab 

marom  vaqt  taqsimlanishi  maromidir.  Bu  yerda 

kompyuter 

har 


bir 

vazifaga 

ketma-ket 

soniyaning  bo‘lagini  ajratadi.  Ba’zi  vazifalarga 

ustunlik berilishi mumkin. 

ko‘p kristalli integra... 



 

163 


 

ko‘p o‘lchamli taqdim etish 

ingl.: multidimensional view 

rus.: многомерное представление 

Ma’lumotlarni  tezkor  tahliliy  qayta  ishlash 

uchun  qulay  tarzda  taqdim  etish  texnologiyasi. 

Ma’lumotlar 

ko‘p 

o‘lchamli 



ma’lumotlar 

bazalari  ko‘rinishida  taqdim  etiladi.  Relyatsion 

ma’lumotlar  bazalaridan  farqli  o‘laroq,  ushbu 

ma’lumotlar  bazalarida  ma’lumotlar  ayrim 

jadvallarda  joylashmaydi.  Foydalanuvchi  uni 

qiziqtirayotgan obyektlar haqida turli axborotga 

ega  bo‘lishini  xohlasa,  u  jadvallar  guruhi 

bo‘yicha  izlashi  lozim.  Ko‘p  o‘lchamli  bazada 

sanab  o‘tilgan  uchala  tavsifnoma  ham  bitta 

massiv ichida joylashgan va izlash aynan uning 

doirasida  amalga  oshiriladi.  Shu  tufayli  turli 

xildagi elementlardan iborat murakkab so‘rovga 

tezkor  javob  beriladi.  Ma’lumotlarning  ko‘p 

o‘lchamli 

taqdim 

etilishi 



mijoz-server 

arxitekturasida  qo‘llaniladi.  Bazalar,  relyatsion 

strukturalarni 

ko‘p 


o‘lchamli 

massivlarga 

aylantirish 

imkonini 

beruvchi 

dasturiy 

ta’minotga 

ega. 


Bu 

foydalanuvchilarning 

tegishli 

so‘rovlariga 

javoban 

tarmoqda 

uzatiluvchi  ma’lumotlar  hajmini  kichraytirish 

imkonini beradi. 



 

ko‘prik 

ingl.: bridge 

rus.: мост 

Trafikni  ikki  tomonga  o‘tkazuvchi  qurilma 

(qarang:  yo‘naltirgich  ko‘prik).  U  bir  xil 

bayonnomaga  ega  bir  necha  fizik  mahalliy 

tarmoqlarni  bog‘laydi.  Ko‘prik  ma’lumotlarni 

uzatish  muhitini  qismlarga  ajratib,  kichik 

tarmoqning  ma’lum  qismlarini  boshqalardan 

ajratadi,  bu  esa  ma’lumotlarni  uzatish  tezligini 

oshiradi 

va 


tarmoqdan 

ruxsatsiz 

erkin 

foydalanish 



imkoniyatini 

kamaytirishni 

ta’minlaydi.  OSI  atamalar  to‘plamida  ko‘prik 

ma’lumotlarni  uzatish  kanali  pog‘onasidagi 

oraliq tizim (Data Link Layer) hisoblanadi. 

 

ko‘prik-yo‘naltirgich 

ingl.: brouter 

rus.: мост-маршрутизатор 

Ko‘prik 


va 

yo‘naltirgich 

vazifalarini 

birlashtiruvchi  qurilma.  U  mahalliy  jismoniy 

tarmoqlarning 

turli 


bayonnomalar 

bilan 


bog‘lanishini ta’minlaydi. 

 

ko‘ptashuvchi 

ingl.: multimedia 

rus.: мультимедиа 

qarang: multimedia 

 

ko‘rilgan gipermurojaat 

ingl.: visited hyperlink 

rus.: просмотренная гиперссылка 

Bog‘lama  tashrifchisi  oldinroq  sichqoncha, 

klaviatura  yoki  boshqa  qurilma  yordamida 

faollashtirgan veb-sahifadagi gipermurojaat. 



 

ko‘rish muharriri 

ingl.: browser 

rus.: редактор просмотра 

qarang: brauzer 

 

ko‘rsatkich  

ingl.: pointer 

rus.: указатель 

URL  formatidagi  ma’lumotlarga  qo‘shilgan  va 

ma’lumotlarning  boshqa  yozuv  yoki  faylda 

joylashishini  ko‘rsatuvchi  manzil.  Ko‘rsatkich 

misoli sifatida murojaatni keltirish mumkin. 

 

ko‘zgu 

ingl.: mirror 

rus.: зеркало 

Boshqa  domen  nomi  bilan  kiradigan  va 

jismonan  boshqa  yerda  joylashgan  veb-sayt 

nus’hasi.  Odatda  ko‘zgu  haddan  tashqari  band 

bo‘lgan  veb-sayt  da,  tashrifchilar  oqimini 

bo‘lish  uchun  ishlatiladi.  Mashhur  veb-saytlar 

foydalanuvchilarga  yaqinroq  (bu  axborotni 

uzatish  tezligiga  ta’sir  qiladi)  ko‘zguni  tanlashi 

uchun,  ko‘p  mamlakatlarda  o‘z  ko‘zgulariga 

ega. 


 

ko’zgu 


 

164 


Ll

 

 

L1 

qisq.: Level 1 

Birinchi  pog‘ona.  L1-cache  –  birinchi  pog‘ona 

keshi. 

 

L10N 

qisq.: LocalizatioN 

Mahalliylashtirish.  Aniq  jo‘g‘rofiy  hududda 

muayyan  milliy  tilda  ishlashni  quvvatlash.  10 

soni, localization so‘zidagi birinchi «l» harfidan 

to  oxirgi»n»  harfigacha  mavjud  harflar  sonini 

bildiradi. 



 

L2 

qisq.: Level 2 

Ikkinchi  pog‘ona.  L2-cache  –  ikkinchi  pog‘ona 

keshi. 

 

L2TP 

qisq.: Layer 2 Tunneling Protocol 

2  pog‘onani  tunnellash  bayonnomasi.  VPN 

yaratish uchun bayonnoma. 

 

L3 

qisq.: Level 3 

Uchinchi 

pog‘ona. 

L3-cache 

– 

Alpha 


protsessorlarida uchinchi pog‘ona keshi. 

 

LALR 

qisq.: LookAhead Left Recursive 

Ilgariga  qarab  turib  chapga  rekursiya.  Sintaksis 

bo‘yicha tahlil uchun ishlatiladigan algoritm. 

 

lamer 

ingl.: lamer 

rus.: ламер 

(jargon)  (inglizcha  lame  -  «zaif»)  O‘zini 

kompyuter 

ekspertlari 

deb 

hisoblaydigan 



odamlarning  o‘ylashicha  kompyuterni  yomon 

tushunadigan odamlarga beriladigan laqab. 



 

LAN 

qisq.: Local Area Network 

Ma’lumotlar  uzatishning  mahalliy  tarmog‘i, 

mahalliy hisoblash tizimi. 

 

LAN emulyatsiya 

ingl.: LAN Emulation (LANE) 

rus.: эмуляция LAN 

ATM  tezkor  kanali  orqali  Ethernet  va  Token 

Ring tarmoqlarini yagona tarmoqqa birlashtirish 

imkoniyati.  LANE  texnologiyasi  bu  jarayonni 

favqulodda  soddalashtirish imkoniyatini  beradi. 

Bunda  Ethernet  va  Token  Ring  tarmoqlarining 

kompyuterlariga 

qo‘shimcha 

o‘zgarishlar 

kiritilmaydi.  Shu  bilan  birga,  IP,  IPX, 

AppleTalk  va  DECnet  standart  bayonnomalari 

ATM kanalidan baland pog‘onada ishlaydi, 



 

LANE 

qisq.: LAN Emulation 

qarang: LAN emulyatsiya 

 

LATA 

qisq.: Local Access and Transport Area 

Mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘i. 



 

lazer disk 

ingl.: laser disk 

rus.: лазерный диск 

Lazer 


nuri 

yordamida 

o‘qiladigan, 

disk 


shaklidagi  ma’lumotlar  tashuvchisi.  Ikkilik 

sanoq tizimida berilgan ma’lumotlar metall yoki 

polimer  lazer  disk  ustiga  kuchli  lazer  nuri 

yordamida  mayda  chuqurliklarga  (pit)  va  ular 

orasidagi  o‘rtaliklarga  (lands)  yoziladi.  Biroq, 

chuqurliklar  va  o‘rtaliklar  ikkilik  kodining  bir 

va  nollariga  mos  bo‘lmaydi.  Yozish  disk 

markazidan  chetlariga  o‘tkazilgan  spiralsimon 

yo‘lkalar  bo‘ylab  amalga  oshiriladi.  Bitta 

diskda  matn,  tovush,  tasvir  kabi  shakllarda 

axborotlarni  yozish  uchun  mo‘ljallangan  turli 

formatlardagi 

yo‘lkalar 

(treklar) 

mavjud 

bo‘lishi  mumkin.  Shaxsiy  kompyuterlarda 



tahminan  650  Mbayt  hajmidagi  ma’lumotlarni 

saqlash  imkonini  beradigan  kompakt-disklar 

(CD)  qo‘llaniladi.  Ushbu  hajm  standart  bilan 

tasdiqlangan  bo‘lsa-da,  yo‘lka  yoki  pitlarning 

qalinroq joylashishida diskda ko‘proq hajmdagi 

ma’lumotlar  saqlanishi  mumkin.  Lazer  disk  bir 

marta yoziladigan — CD-R (CD-Recordable — 

yoziladigan  CD)  va  ko‘p  marta  yoziladigan  — 

CD-RW  (CD-Rewritable —  qayta  yoziladigan 

CD)  bo‘lishi  mumkin.  CD-R  va  CD-RW 

atamalari 

yozish 


moslamalarini, 

hamda 


disklarning o‘zlarini ham bildiradi. 

 

lazer printeri 

ingl.: laser printer 

rus.: лазерный принтер 

Ll 


 

 

165 


Lazerli  chop  etish  texnologiyasi  uslubi  asosida 

ishlovchi  va  kompyuter  axborotini  chop  etish 

(chiqarish) 

vazifasini 

bajaruvchi 

apparat. 

Kompyuterdan  chiqish  ma’lumotlari  ekranning 

nuqtalar  to‘plamiga  o‘xshash  rastr  formatiga 

o‘giriladi.  Shakllangan  rastr  tasvir  lazer 

yordamida ijobiy  elektrstatik elektrlanishga  ega 

bo‘lgan  barabanda  aks  ettiriladi.  Lazer  bilan 

yorug‘langan nuqtalarda baraban elektrsizlanadi. 

Bundan  keyin  ijobiy  elektrlanishga  ega  bo‘lgan 

bo‘yoq 


(toner) 

barabanga 

elektrsizlangan 

nuqtalarda 

yopishadi. 

Aylanib, 

baraban 

bo‘yoqni  salbiy  elektrlangan  qog‘oz  varag‘iga 

o‘tkazadi.  Keyin  boshqa  baraban  qog‘ozni 

qizdiradi va bu bo‘yokni mustahkamlaydi. 



 

lazerli chop etuvchi 

ingl.: laser printer 

rus.: лазерный принтер 

qarang: lazer printeri 

 

LBA 

qisq.: Logical Block Addressing 

Mantiqiy 

bloklarni 

manzillash. 

EIDE 

– 

standartidagi  qattiq  disklarda,  ma’lumotlar 



blokini manzilini berish usuli. 

 

LCD 

qisq.: 

1.  Liquid-Crystal  Display  -  Suyuqkristalli 

displey (indikator, SKI). 

2.  Lowest  Common  Denominator  –  Eng  kichik 

umumiy maxraj. 

 

LCP 

qisq.: Link Control Protocol 

Liniyani 

boshqarish 

bayonnomasi. 

PPP 

bayonnomasining tarkibiy qismi. 



 

LDAP 

qisq.: Lightweight Directory Access Protocol 

Katalogdan 

erkin 

foydalanishning 



yengillashtirilgan 

bayonnomasi. 

TCP/IP 

tarmoqlarda 



kataloglar 

xizmatining 

soddalashtirilgan 

bayonnomasi. 

X.500 

standartiga asoslanadi. 



 


Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling