Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet2/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103

 

ACM 

qisq.: Association for Computing Machinery 

Hisoblash 

texnikasi 

bo‘yicha 

uyushma. 

Hisoblash 

texnikasi 

sohasidagi 

xalqaro 

uyushma. 



 

ACPI 

qisq.: 

Advanced 

Configuration 

and 

Power 

management Interface 

ACPI  spetsifikatsiyasi,  elektrozuqa  tarkibiy 

tuzilmasi va uni boshqarish uchun yaxshilangan 

interfeys.  Operatsion  tizim  bilan  shaxsiy 

kompyuter 

apparat 


vositalari 

elektrozuqa 

tarkibiy  tuzilmasi  va  uni  boshqarish  uchun 

ACPI 


 

 

12 


o‘zaro  aloqada  ishlashini  tavsiflovchi  ochiq 

spetsifikatsiya.  Qurilmalarni  dasturiy  ravishda, 

elektrozuqani  kamroq  sarflash  rejimiga  va  uni 

teskari oldingisiga o‘tkazish. 



 

ActiveX 

Veb-sahifalar  yaratuvchilariga  o‘zaro  faol 

muhitni  yaratish  imkonini  beruvchi  texnika 

vositalari  va  amallar  to‘plami,  ko‘p  sonli 

asboblarni yaxlit qilib birlashtirish vositasi. 

 

ad 

1. Advertisement - Reklama. 

2.  Adapter  -  Moslashtirgich.  Uyg‘unlikni 

ta’minlovchi interfeys o‘zgartirgichi. 



 

Ada tili 

ingl.: Ada language 

rus.: язык Ada 

Yuqori  pog‘ona  dasturlash  tili.  U  1970  yillar 

oxiri  1980  yillar  boshida  AQSH  Mudofaa 

vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, 

biznes  qo‘llanmalardan  tortib  aeronavigatsiya 

tizimlarigacha  ishlab  chiqilgan.  Pascal  tili 

asosida  yaratilgan  bo‘lib,  jiddiy  to‘ldirishlarga 

va  modulli  tuzilmaga  ega.  U  parallel  amallarni 

bajarish 

va 


murakkab 

axborot 


tizimlari 

yaratishni  ta’minlab,  operatsion  tizimlarga 

nisbatan  yuqori  darajali  mustaqilligi  bilan 

tavsiflanadi.  Til  ma’lumotlarga  haqiqiy  vaqt 

maromida  paralell  ishlov  berish  vositalarini 

quvvatlaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi 

mexanik  kompyuter  uchun  dasturlar  ishlab 

chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi 

dasturchi  deb  hisoblanadigan  Avgust  Ada 

Lavleys  (1815-52) sharofati  bilan shunday  nom 

olgan. 

 

adapter 

ingl.: adapter 

rus.: адаптер 

Ma’lumotlarni  berishning  turli  usullari  bilan 

qurilmalarni  bir-biriga  moslashtirishga  imkon 

beradigan  elektron  sxema.  Masalan,  analog 

qurilmani  raqamli  qurilmaga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

ulash  mumkin  emas,  buning  uchun  avvalo 

analog  signalni  raqamli  signalga  aylantirish 

lozim  yoki  aksincha.  Apparatli  vositalarning 

bir-biriga  mos  bo‘lmagan  ikkita  tarkibiy 

bo‘lakni  bog‘lash  uchun  biriktirish  qurilmasi 

zarur.  Adapter  bunday  qurilmaning  tarkibiy 

bo‘lagi 


bo‘lib, 

odatda 


alohida 

plataga 


o‘rnatiladi. 

 

adashlar 

ingl.: alias 

rus.: алиас 

Tarmoq  nomi,  manzil,  URL  sinonimi.  Agarda 

ikkita  tashqi  ko‘rinishdan  farqli  manzil  bitta 

hujjatga  ishorat  qilayotgan  bo‘lsa,  ushbu 

manzillar adashlardir. 

 

ADC 

qisq.: Analog to Digital Converter 

Analog-raqamli  o‘zgartirgich,  ARO‘.  Analog 

signalni  raqamli  kodga  o‘zgartirish  uchun 

mo‘ljallangan,  ya’ni,  analogli  kirish  signali 

kuchlanishining  har  bir  qiymatiga,  chiqishdagi 

raqamli  kodning  muayyan  qiymati  mos  keladi. 

ARO‘  asosan,  har  bir  tovush  kartasida  mavjud 

bo‘lib,  u  tashqi  manbadan  kelayotgan  tovushni 

qattiq diskka yozish uchun ishlatiladi. 

 

ADMA 

qisq.: Advanced DMA [controller] 

Takomillashtirilgan DMA-nazoratchi. 



 

ADO 

qisq.: ActiveX Data Objects 

ActiveX 


ma’lumotlarining 

obyektlari. 

Microsoft  kompaniyasining  COM-obyektlar 

orqali 


ma’lumotlar 

bazalaridan 

erkin 

foydalanish texnologiyasi. 



 

Adobe Systems korporatsiyasi 

ingl.: Adobe Systems corporation 

rus.: корпорация Adobe Systems 

Dasturiy 

ta’minot 

ishlab 


chiqarishga 

ixtisoslashgan  kompaniya.  Adobe  Systemsning 

eng  mashhur  mahsuloti  bu  Acrobat  ko‘rish 

muharriridir. Kompaniya stolusti nashr tizimlari 

va 

shrift 


to‘plamlarini 

ishlab 


chiqaradi. 

Kompaniya 

tomonidan 

yaratilgan 

grafik 

tasvirlarga 



(Photoshop, 

Illustrator) 

va 

videofilmlarga  (Premier)  ishlov  berish  amaliy 



dasturlari keng tarqalgan. 

 

ADPCM 

qisq.: Adaptive Differential Pulse Code Modulation 

Moslashuvchan  differensial  impuls-kodli  usul 

asosida modullash. Nutqni zichlashtirib raqamli 

kodlash  uchun  ITU  standarti.  O‘tkazish 

qobiliyati  32  Kbit/s  bo‘lgan  kanal  orqali nutqni 

ActiveX 


 

 

13 


uzatish 

imkonini 

beradi. 

Telefoniyada 

ishlatiladi. 

 

ADSL 

qisq.: Asymmetric Digital Subscriber Line 

Asimmetrik 

raqamli 

abonent 


liniyasi. 

Ma’lumotlarni  telefon  liniyalari  bo‘ylab  yuqori 

tezlik  bilan  uzatish  texnologiyasi.  DSL  oilasiga 

mansub  texnologiyalardan  biri.  Ommaviy 

foydalanuvchilarga 

mo‘ljallangan 

nisbatan 

arzon  texnologiyadir.  Nomidan  shaklicha, 

ma’lumotlarni 

uzatish 


asimmetrik, 

ya’ni, 


dastlabki  trafikga  nisbatan  chiqish  trafikiga 

ancha  kattaroq  chastota  oralig‘i  ajratiladi.  8 

Mbit/s.  tezlikkacha  signallarni  qabul  qilib,  1 

Mbit/c.  gacha  tezlik  bilan  uzatadi.  ADSL-

modemlar orasidagi telefon simlarining uzunligi 

7  kmdan  ortmasligi  kerak.  Ish  vaqtida 

ma’lumotlarni 

uzatish 


tezligi 

telefon 


liniyasining  ahvoliga  (shovqin  darajasiga, 

to‘siqlar  soniga  va  h.k.)  qarab  o‘zgarishi 

mumkin. 

Bundan 


tashqari 

ADSL-ulanish 

shovqinlarga,  ayniqsa  shu  telefon  kabelidan 

o‘tkazilgan  boshqa  raqamli  aloqa  liniyalaridagi 

shovqinlarga sezgirdir. 

 

ADT 

qisq.: Abstract Data Type 

Ma’lumotlarning 

mavhum 

turi. 


Muayyan 

amalga  oshirilmay,  ularning  usullarini  va 

xossalarini  sanab  o‘tish  orqali  belgilanadi, 

ma’lumotlar turi (mavhum sinfi). 



 

AES 

qisq.: 

1. 


Advanced 

Encryption 

Standard 

– 

Shifrlashning  yaxshilangan  standarti.  DES  ni 



almashtirish uchun, AQSH hukumati tomonidan 

tasdiqlangan shifrlash standarti. 

2. Audio Engeneering Society 

3.  Application  Environment  Specifications  – 

Amaliy  dasturlar  muhiti  spetsifikatsiyasi.  OSF 

tomonidan  ochiq  tizimlarda  foydalanuvchi 

interfeysini  yaratish  uchun  spetsifikatsiyalar 

yig‘masi. 



 

AFTN 

qisq.: 

Aeronautical 

Fixed 

Telecommunication 

Network 

Aviatsiya aloqasining ko‘chmas tarmog‘i. 



 

AFTP 

qisq.: Anonymous FTP 

Nomi  yashirin  FTP-server.  Nomini  yashirib 

(Anonymous  nomi  bilan)  ulanishga  ijozat 

beradigan  FTP-server.  Shu  bilan  birga,  parol 

o‘rniga,  foydalanuvchining  e-mail  manzilini 

ko‘rsatish joiz. 



 

AGC 

qisq.: Automatic Gain Control 

Kuchaytirishni avtomatik rostlash. 



 

agent 

ingl.: agent 

rus.: агент 

Mijoz-server  modelidagi  axborotni  tayyorlash 

va  uni  mijoz  va  server  qismi  orasida 

almashishni bajaruvchi tizim qismi. 



 

AGP 

qisq.: Accelerated Graphics Port 

Tezlashtirilgan 

grafik 

port, 


AGP-port. 

Videokartani  shaxsiy  kompyuterga  ulash uchun 

interfeys spetsifikatsiyasi. 

 

ahamiyatli signal birligi 

ingl.: significant signalling unit 

rus.: значащая сигнальная единица 

Bir  bayt  xizmat  axboroti  va  signalli  axborot 

maydonidan  iborat  signal  birligi.  Agar  xatolik 

bilan  qabul  qilingan  bo‘lsa,  unda  signalizatsiya 

bo‘g‘inini boshqaruvi orqali takrorlanadi. 

 

aholini axborotlashtirishga tayyorlash 

ingl.: people preparation for informatization 

rus.: подготовка населения к информатизации 

Aholini axborotlashtirishga tayyorlash deganda, 

quyidagilar nazarda tutiladi: 

-  aholining  axborotga  bo‘lgan  ehtiyojlari  va 

qiziqishlarini  shakllantirish  va  rivojlantirish. 

Bunda  axborotga  talabni  va  bozorni  o‘rganish 

hamda  axborot  xizmatlari  reklamasi  nazarda 

tutiladi; 

informatika 



bo‘yicha 

mutaxassislar 

tayyorlash; 

- axborot texnikasi, tizimlari va infratuzilmasiga 

xizmat 

ko‘rsatish 



bo‘yicha 

mutaxassislar 

tayyorlash; 

axborotlashtirish 



jarayonida 

talab 


qisqarayotgan mutaxassislarni qayta tayyorlash; 

axborot 



tizimlari 

va 


texnikasi 

foydalanuvchilari  orasidan  haqiqiy  va  mumkin 

bo‘lganlariga ta’lim berish; 

-  mamlakatda  axborotlashtirishni  o‘tkazishga 

qaratilgan ijtimoiy fikrni shakllantirish. 

aholini axborotlashtir... 



 

14 


 

AI 

qisq.: 

1. Artificial Intelligence – Sun’iy tafakkur. 

2. Analog Input – Analogli kirish. 

 

AIM 

qisq.: AOL Instant Messenger 

AIM  xizmati.  AOL  xizmatlaridan  birining  va 

bir  zumda  xabarlar  almashish  uchun  tegishli 

mijoz-dasturning 

nomi, 

AIM 


Internet 

varaqlovchisi. 



 

AIT 

qisq.: Advanced Intelligent Tape 

«Tafakkur  tasmasi».  Sony  firmasi  tomonidan 

ishlab 

chiqilgan 



magnit 

tasmada 


yozuv 

qurilmasining turi. 



 

AIX 

qisq.: Advanced Interactive eXecutive 

IBM rivojlantirayotgan UNIX rusumi. 



 

ajrataolish 

ingl.: resolution 

rus.: разрешение 

Atama,  tasvirni  ravshanligini  va  tozaligini 

anglatadi. 

Odatda, 


monitorlar, 

printerlar, 

skanerlar  va  grafik  tasvirlarni  tavsiflash  uchun 

ishlatiladi.  Monitorlar,  printerlar,  skanerlar  va 

boshqa  kiritish-chiqarish  qurilmalari  odatda, 

yuqori,  o‘rta  va  past  ajrata  olish  ko‘rsatkichlari 

bilan tavsiflanadi. 

 

ajratilgan aloqa liniyasi 

ingl.: dedicated line 

rus.: выделенная линия связи 

Alohida 


foydalanuvchi 

yoki 


muayyan 

foydalanish 

uchun 

saqlab 


qo‘yilgan 

va 


tarmoqning 

boshqa 


abonentlari 

foydalana 

olmaydigan aloqa liniyasi. 

 

akkaunt 

ingl.: account 

rus.: аккаунт 

So‘zma-so‘z 

tarjimasi 

“qayd 



yozuvi”. 

Kompyuterda 

saqlaniladigan 

foydalanuvchi 

tavsifi. Odatda u foydalanuvchining tarmoqdagi 

nomi,  haqiqiy  nom,  parol,  foydalanuvchi 

huquqlari  va  uy  katalogining  nomi  (agarda  u 

bor bo‘lsa)dan tarkib topgan. 



 

AKT yordamida taraqqiyot 

ingl.: e-development 

rus.: развитие с использованием ИКТ 

Axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalaridan 

ommaviy  foydalanishga  asoslangan  ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanish. 

 

Alcatel korporatsiyasi 

ingl.: Alcatel corporation 

rus.: корпорация Alcatel 

Tarmoqlar  uchun  jihozlar  ishlab  chiqaruvchi 

kompaniya.  Alcatel  1887  yili  Belgiyada  ikkita 

kompaniya  Alcatel  Altsthom  va  ITT  birlashishi 

natijasida yaratilgan. Avvalo kompaniya telefon 

aparatlari  ishlab  chiqarish  bilan  shug‘ullangan. 

Keyin  ishlab  chiqarilayotgan  jihozlar  doirasi 

kengayib borgan. Hozirgi paytda ma’lumotlarni 

uzatish va ma’lumotlarga ishlov berish tizimlari, 

kommunikatsiya 

tarmoqlari, 

yo‘ldosh 

tarmoqlari tizimlarini ham ishlab chiqaradi. 

 

alfa-sinov 

ingl.: alpha testing 

rus.: альфа тестирование 

Kelajakdagi 

dasturiy 

mahsulotni 

umumiy 

baholash 



va  unga 

yoki 



bu 

kerakli 


xususiyatlarni  qo‘shish  uchun  mo‘ljallangan 

dastur  yoki  dasturiy  ta’minotning  dastlabki 

sinov bosqichi. 

 

ALGOL tili 

ingl.: ALGOL language 

rus.: язык ALGOL 

Matematik 

masalalarni 

yechish 


uchun 

mo‘ljallangan  dasturlash  tili.  Birinchi  navbatda 

ALGOL «algoritmik til» sonli masalalarni 

yechishga mo‘ljallangan. Tilning sintaksisi aniq 

belgilanganligi 

ALGOLni 


muayyan 

tur 


tuzilmaga  ega bo‘lgan kompyuterlarga  nisbatan 

mustaqil  bo‘lishini  ta’minladi.  Tilning  alohida 

tomoni bo‘lib uning blokli tuzilmasi hisoblanadi. 

ALGOL  ko‘proq  Yevropada  tarqaldi  va  yangi 

tillarning,  masalan  Pascal  tilining  yaratilishida 

muhim bosqich bo‘ldi. 



 

algoritm 

ingl.: algorithm 

rus.: алгоритм 

1. 


Vazifani 

bajarishga 

qaratilgan 

aniq 


belgilangan  qoidalarning  tartiblangan  chekli 

to‘plami. 

2.  Dastlabki  ma’lumotlarni  oxirgi  natijaga 

o‘tkazuvchi  hisoblash  jarayoni  orqali  masala 

yechimini  aniq  ko‘rsatuvchi  amallar  mazmuni 

va ketma-ketligi. 

AI 

 


 

15 


Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi: 

berilgan 



dastlabki 

ma’lumotlar 

bilan 

natijaning bir turliligi; 



-  jarayonni  inson  yoki  hisoblash  mashinasi 

tomonidan  bajarilishi  mumkin  bo‘lgan  ayrim 

amallarning chekli soniga bo‘lish mumkinligi; 

-  ko‘p  sinfga  oid  masalalarga  mos  ko‘p 

dastlabki  ma’lumotlar  uchun  natija  olish 

mumkinligi. 

Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida 

beriladi.  Bitta  masalani  yechishning  bir  necha 

algoritmi mavjud bo‘lishi mumkin. Ular orasida 

eng  samaralisini,  bajarilishi  uchun  eng  kam 

amallar,  mashina  vaqti,  xotira  va  h.k.ni  talab 

qiluvchi  algoritmni  tanlash  lozim.  Samarali 

algoritmlar  mavjud  bo‘lishi  shartlari  va  ularni 

qurish  (ishlab  chiqish)ni  o‘rganish  algoritmlar 

nazariyasi asosini tashkil etadi. 

Algoritm  atamasi  o‘rta  asrlarda  yashab  ijod 

etgan  buyuk  o‘zbek  matematigi  Al-Xorazmiy 

nomidan kelib chiqqan. U o‘zi kashf etgan o‘nli 

sanoq  tizimida  IX  asrning  825  yilidayoq  to‘rt 

arifmetika 

amallarini 

bajarish 

qoidalarini 

bergan.  Arifmetika  amallarini  bajarish  jarayoni 

esa  alxorazm  deb  atalgan.  Bu  atama  1747 

yildan  boshlab  algorismus,  1950  yilga  kelib 

algorifm  deb  ham  ataldi.  Kompyuterlar  paydo 

bo‘lishi  bilan  algoritm  atamasi  hozirgi  ma’nosi 

bilan  axborot  texnologiyalari  sohasida  eng 

asosiy atamalardan biri bo‘lib qoldi. 



 

Al-Jamol algoritmi 

ingl.: El-Gamal’s algorithm 

rus.: Эль-Гамаля алгоритм 

Diskret  logarifmlash  muammosiga  asoslangan 

kriptotizim. 

Axborot 


(raqamli 

imzo) 


autentifikatsiyasi uchun ham va shifrlash uchun 

ham  foydalanish  mumkin.  1985  yili  Al  Jamol 

tomonidan taklif qilingan. 

 

aloqa foydalanuvchisi 

ingl.: communication service user 

rus.: пользователь связи 

1.  Aloqa  xizmatlarini  ko‘rsatish  shartnomasi 

asosida  yoki  bunday  shartnomasiz  aloqa 

xizmatlarini 

buyurishni 

hohlovchi 

yoki 

buyuruvchi,  yo  ulardan  foydalanuvchi  jismoniy 



yoki yuridik shaxs. 

2.  Aloqa  xizmatlari  iste’molchisi  bo‘lmish 

jismoniy yoki yuridik shaxs. 

 

aloqa kanali 

ingl.: communication channel 

rus.: канал связи 

qarang: ma’lumotlar uzatish kanali. 

 

aloqa operatori 

ingl.: network operator 

rus.: оператор связи 

Elektr  va  (yoki)  pochta  aloqasi  xizmatlarini 

ko‘rsatish  huquqiga  ega  bo‘lgan  jismoniy  yoki 

yuridik shaxs. 



 

aloqa seansi 

ingl.: communication session 

rus.: сеанс связи 

Qo‘llanma,  qurilma,  kompyuter  yoki  tarmoq 

bog‘lamalari  orasida  ma’lumotlarni  uzatish 

uchun  aloqa  o‘rnatish,  undan  foydalanish  va 

tugatish jarayoni. 

 

aloqa tarmog‘i 

ingl.: communication network 

rus.: сеть связи 

Ma’lum  tarmoqning  faoliyatini  ta’minlovchi 

jami  aloqa  kanallari  (simli,  radio  yoki  optik), 

kanallarni  hosil  qiluvchi  apparatura  hamda 

aloqa markazlari va bog‘lamalari. 

 

aloqa vositalari 

ingl.: communication tools 

rus.: средства связи 

1.  Elektr  aloqasi  xabarlari  yoki  pochta 

jo‘natmalarini  shakllantirish,  ishlov  berish, 

uzatish 


yoki 

qabul 


qilib 

olish 


uchun 

foydalaniladigan texnika vositalari. 

2.  Elektr  aloqasi  xabarlari  yoki  pochta 

jo‘natmalarini  shakllantirish,  ishlov  berish, 

uzatish 

yoki 


qabul 

qilib 


olish 

uchun 


foydalaniladigan  texnika  vositalari,  shuningdek 

aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan 

binolar,  inshootlar  yoki  odam  yashamaydigan 

xonalar, boshqa texnika vositalari. 



 

aloqa xizmatlari 

ingl.: communication services 

rus.: услуги связи 

Pochta 


jo‘natmalari 

yoki 


elektr 

aloqasi 


xabarlarini  qabul  qilish,  qayta  ishlash,  uzatish 

va yetkazish bo‘yicha faoliyat mahsuli. 



 

aloqa yo‘li 

ingl.: route 

rus.: маршрут 

Axborot  tizimining  bitta  portidan  boshqasiga 

ma’lumotlar uzatiladigan aloqa yo‘li. 

aloqa yo‘li 

 


 

16 


 

ALU 

qisq.: Arithmetic and Logic Unit 

Arifmetik-mantiqiy 

qurilma, 

AMQ. 


Protsessorning  arifmetik  va  mantiqiy  amallarni 

bajaradigan qismi. 



 

AM 

qisq.: 

1.  (shunday  a.m.  ham)  Ante  Meridiem  – 

Tushgacha. 

2. 


Amplitude 

Modulation 

Amplituda 



modulyatsiyasi. 

 

amaliy maslak 

ingl.: operating platform 

rus.: операционная платформа 

Amaliy  dasturlarni  turli  operatsion  tizimlar 

bilan  o‘zaro  aloqada  ishlashini  ta’minlovchi 

funksional  blok.  Operatsion  maslak  bir  necha 

operatsion  tizimlarni  qamrab  oladi  va  amaliy 

dasturlar  bilan  guruh  yoki  bir  umumiy  amaliy 

interfeysga egadir. 

 

amaliy pog‘ona shluzi 

ingl.: application-level gateway 

rus.: шлюз прикладного уровня 

Tarmoqlararo  ekranni  (brandmauerni)  amalga 

oshirish  usullaridan  biri.  Mualliflashgan  mijoz 

bilan  tashqi  xostni  bevosita  o‘zaro  ishlashiga 

yo‘l  qo‘ymaydi.  Barcha  kirish  va  chiqish 

paketlarini  filtrlash  OSI  etalon  modelining 

amaliy 

pog‘onasida 



amalga 

oshiriladi. 

Qo‘llanmalar  bilan  bog‘liq  vositachi-dasturlar 

TCP/IP  aniq  xizmatlari  generatsiyalayotgan 

axborotni shluz orqali qayta yo‘naltiradi. 

 

amaliy tizim 

ingl.: operating system 

rus.: операционная система 

qarang: operatsion tizim 

 

amaliy xavfsizlik 

ingl.: operational security 

rus.: операционная безопасность 

Ma’lumotlarni 

kiritish,  ishlov 

berish 


va 

chiqarish amallarini bajarishda turlashdan,  yo‘q 

qilishdan  va  oshkor  qilishdan  (tasodifiy, 

mualliflashmagan, yoki qasddan) muhofazalash. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling