Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati
Download 9.86 Mb. Pdf ko'rish
|
axborot xavfsizligi ingl.: Information security rus.: информационная безопасность 1. Axborotning uning egasiga zarar keltiradigan tasodifan yoki qasddan qilingan tahdidlarga (xavf-xatarlarga) chidamliligining umumlashgan xossasi. 2. Axborotning holati. Bu holat axborot tashuvchisining (axborotlashtirish obyekti, ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i va b.) uni qayta ishlash, saqlash va uzatishda axborotning mahfiylik, butunlik va kirishimlilik kabi xususiyatlarga ega bo‘lib qolishini ta’minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi. 3. Axborotning chiqib ketishi, soxtalashtirilishi, nusxa olinishi, o‘zgartirilishi, oshkor bo‘lishi, buzilishi, qamal qilinishiga olib keluvchi beruxsat tasodifan yoki qasddan qilingan amallardan muhofazalanganligi. Mahfiylik, butunlik va kirishimlilik axborot xavfsizligining tavsifnomasi bo‘lib hisoblanadi. 4. Axborot munosabatlari subyektiga zarar yetkazish mumkinligi bilan bog‘liq bo‘lgan xavf ehtimolining yo‘qligi. 5. Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning axborot
sohasida muhofaza qilinganlik holati. 6. Axborot xavfsizligi uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat: maxfiylik, butunlik va erkin foydalanish osonligi. Maxfiylik nozik axborotni ruxsatsiz olishdan muhofaza qilishga tegishli. Butunlik axborot va dasturli ta’minotning aniqligi va to‘liqligini muhofaza qilishni bildiradi. Erkin foydalanish osonligi – bu axborot va asosiy xizmatlarning foydalanuvchi uchun
kerakli paytda
erkin foydalanish osonligini ta’minlash. 7.
Axborot va
qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmaning muhofaza qilinganligi. Bunda tasodifan yoki atayin qilingan, tabiiy yoki sun’iy tavsifga ega bo‘lgan va axborot va qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilma egasi yoki foydalanuvchilariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ta’sirlardan muhofazalash nazarda tutilgan. axborot xavfsizligi ko‘rsatgichi ingl.: criteria of information security rus.: критерий безопасности информации Turli xavf-xatar faktorlari ta’siriga nisbatan axborot xavfsizligini tavsiflovchi ko‘rsatkich.
axborot tizimlari va v... 39
Axborot sohasida amalga oshiriladigan axborot xavfsizligi subyektlarining huquq
va erkinliklari; axborot resurslari; axborot infratuzilmasi. axborot xavfsizligi siyosati ingl.: information security policy rus.: политика информационной безопасности 1. Muhofaza qilinayotgan axborotga ishlov berishning huquqiy jihatlarini tartibga soluvchi jami
qabul qilingan tashkiliy choralar. Muhofaza qilinayotgan axborotning aylanishi, uni saqlash va tarqatish sohasidagi amaldagi qonunlar, boshqaruv va me’yoriy materiallar, bandlar, ko‘rsatmalar, qoidalar va h.k.larni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 2. Axborot muhofazasi sohasida boshqaruv va loyiha yechimlarini belgilovchi jami hujjatlar. 3. Nozik axborotning boshqarilishi, muhofaza qilinishi va
tarqatilishi asoslangan jami qonunlar, qoidalar va amaliy tajriba. 4. Kompyuter muhofazasini ta’minlash uchun tanlangan reja yoki harakatlar yo‘nalishi. 5. Muayyan tashkilotda boshqaruv siyosati. Boshqaruv obyektlari qatoriga maxfiy axborot yoki cheklangan foydalanuvchilar doirasi uchun mo‘ljallangan axborotni qabul qilish, unga ishlov berish va uzatish kiradi.
Axborot
xavfsizligi subyektlariga davlat organlari ko‘rinishidagi davlat, yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar kiradi. axborot xavfsizligini ta’minlash ingl.: information security assurance rus.: обеспечение безопасности информации Foydalanuvchining axboroti muhofazasiga qo‘yilgan me’yor va talablarni bajarish. Bunda qoidabuzarni telekommunikatsiya tarmog‘i obyektlariga va ularda aylanib yuradigan axborotga ma’lum ta’sirlaridan muhofazalash nazarda tutiladi.
Axborot
muhofazalashdan istalgan natija. Axborotni muhofazalashdan maqsad, axborot mulkdori, egasi va foydalanuvchisi axborotni mumkin bo‘lgan sizib chiqishi va (yoki) axborotga nisbatan ruxsatsiz va qasddan qilingan harakatlar oqibatida zarar ko‘rishining oldini olishdir.
Qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish, insonning madaniy, ilmiy, ishlab chiqarish, maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun axborot taqdim etish.
1.
Foydalanuvchiga axborot
mahsulotini yetkazish bo‘yicha ma’lum shaklda amalga oshiriladigan axborot faoliyati. 2. Subyektlar (mulkdorlar va egalar)ning foydalanuvchilarni axborot mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha harakatlari. 3. Foydalanuvchilar ixtiyoriga ularga kerakli axborot mahsulotlarini hujjatli yoki elektron shaklda taqdim
etish, shuningdek, foydalanuvchilarga tegishli axborot yoki
axborot mahsulotlarini axborot tarmoqlari bo‘ylab tarqatish. axborot o‘chirilishi ingl.: information destruction rus.: разрушение информации Kompyuterning xotirasida saqlanayotgan axborotni o‘chirish.
Iqtisodiyotning sanoatlashib bo‘lgan
infratuzilmasiga ega shahar. Unda asosiy faoliyat turlariga boshqarish, moliyaviy faoliyat, ilmiy tadqiqotlar, oliy ta’lim, madaniyat, axborot xizmatlari, OAV, ish xizmatlari (reklama, maslahat, axborot va
boshqa xizmatlari) kirib, ushbu faoliyat turlarida barcha ishlovchilarning yarmidan ko‘pi band bo‘ladi.
Tarmoqdagi axborot makonining barqarorligi va normal faoliyatiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan taxmin qilingan holati. Aloqa kanallari o‘tkazish qobiliyatining keskin pasayishi bilan
axborot chalajonligi
40
tavsiflanadi. Mavjud texnologiyalar ko‘payib borayotgan trafik hajmlarini uzata olmaydigan holatda paydo bo‘ladi.
1. Axborot bilan tanishish, uni qayta ishlash, jumladan, ko‘chirish, o‘zgartirish yoki o‘chirish. 2.
Subyektning axborot
bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, texnik vositalar yordamida tanishish ham nazarda tutiladi. 3. Axborot bilan tanishish yoki uni qayta ishlash imkoniga ega bo‘lish.
1. Subyektning axborotni olish va axborot tashuvchilaridan erkin foydalanish tartibi va shartlarini tartibga soluvchi jami qoidalar. 2. Subyektning axborot resursidan shtatdagi texnik vositalar yordamida erkin foydalanishni amalga oshirish uchun o‘rnatilgan qoidalar.
1. Axborot jarayonlarida huquqiy munosabatlar ishtirokchisi. 2. Harakatlari erkin foydalanishni cheklash qoidalari bilan tartibga solingan ixtiyoriy shaxs yoki jarayon. axborotdan ruxsat etilmagan erkin foydalanishdan muhofazalash ingl.: information protection from unauthorized access rus.: защита информации от несанкционированного доступа 1.
Manfaatdor subyekt
muhofazadagi axborotdan erkin foydalanish huquqi yoki qoidalarini buzib qiladigan harakatlarning oldini
olishga qaratilgan faoliyat. Erkin foydalanish huquqi yoki qoidalari huquqiy hujjatlarda belgilanadi yoki axborot mulkdori, egasi tomonidan o‘rnatiladi. 2. Dasturlar va ma’lumotlardan ruxsatsiz erkin foydalanishning oldini olish yoki sezilarli qiyinlashtirish apparat, dasturiy, kriptografik usulllarni va muhofaza vositalarini qo‘llab, hamda tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish bilan amalga
oshiriladi. Parollar tizimi eng
qo‘llaniladigan dasturiy muhofazalash usulidir. axborotdan ruxsatsiz erkin foydalanishni muhofazalash tizimi ingl.: unauthorized access protection system rus.: система защиты информации от несанкционированного доступа 1. Axborotlashtirilgan tizimlarda axborotni ruxsatsiz olishdan muhofaza qilishning tashkiliy choralar va dasturiy-texnikaviy (jumladan, kriptografik) vositalar majmui. 2. Axborotlashtirish obyekti (ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i)ni undagi axborotdan ruxsatsiz erkin foydalanish (u ilan ruxsatsiz amallar bajarish)dan muhofaza qilishning tashkiliy choralar va dasturiy-texnikaviy vositalar majmui.
axborotga ishlov berish texnologiyasi jarayoni ingl.: technological process of data processing rus.: технологический процесс обработки информации Axborotga ishlov berishga oid o‘zaro bog‘liq bo‘lgan qo‘l
va mashina
yordamida bajariladigan amallar majmuasi. Bunda texnika vositalari va ma’lumotlar markazi xizmatlari orqali barcha o‘tish bosqichlarida, ishlov natijalarini idrok qilish uchun qulay shaklda ifoda etish ko‘zlanadi. axborotga ishlov berish tili ingl.: Information Processing Language (IPL) rus.: язык обработки информации Sun’iy tafakkur jarayonlarini tavsiflovchi va dasturlarga sonlar o‘rniga tushunchalarga ishlov berish imkonini beruvchi, fikrlash funksiyasiga taqlid qilishning birinchi vositasi bo‘lgan, ixtisoslashgan til. axborotga tahdidlar modeli ingl.: information threat model rus.: модель угроз информации Axborotga bo‘lgan tahdidlarni amalga oshirish usullari va vositalari haqidagi ma’lumotlarning sizishining texnik kanallarning rasmiylashtirilgan tavsifi. axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi ingl.: information and communication infrastructure rus.: информационно-коммуникационная инфраструктура axborotdan erkin foyda... 41
Jami hududiy taqsimlangan davlat va korporativ axborot tizimlari, aloqa liniyalari, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va kanallari, uzib-ulash va axborot
oqimlarini boshqarish vositalari, shuningdek ularning samarali faoliyatini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmalar, huquqiy va me’yoriy mexanizmlar.
1. Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va eltib berish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o‘tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar
majmuasi. AKT
tushunchasiga mikroelektronika, kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan erkin foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o‘tilgan sohalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi. 2. Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologiyalar. 3. Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo‘llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televideniye, uyali telefonlar, kompyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta’minot, yo‘ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, videoanjuman va masofaviy ta’lim. AKT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi, masalan, AKT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Yevropa Komissiyasi fikricha, AKT muhimligi texnologiyaning o‘zida emas, balki AKTning aholi orasida
ko‘proq axborot
va kommunikatsiyasidan erkin foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning ko‘p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq
rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo‘q hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida «AKT rivojlanish uchun» dasturini faol ravishda olg‘a surmoqda.
AKTning jamiyatga – mehnat va bandlikka, iqtisodiyotga, ta’lim va madaniyat sohasiga, ijtimoiy tuzilmaga, uy va oilaga, umuman kundalik hayotga ta’siri.
1. Yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni. (qonun) 2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT)
foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish va bilim va axborotni tarqatishning jadallashtirish jarayoni. 3. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha sohalarida axborot va
bilimlardan foydalanish samaraliligini oshirish, fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborot ehtiyojlarini qondirish va axborot jamiyatiga o‘tish uchun sharoitlar yaratish maqsadida AKTdan keng ko‘lamli foydalanish jarayoni. 4. Davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslariga ishlov berish
va foydalanuvchiga hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni amalga oshiruvchi axborot tizim va tarmoqlari asosida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish ehtiyojlarini qondirishning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
axborotlashtirish obye... 42
Berilgan axborot texnologiyalariga muvofiq ishlatiladigan, axborot resurslari, vositalari va axborotga ishlov berish tizimlari, ko‘makchi texnika vositalari, ular o‘rnatilgan binolar yoki obyektlar (imoratlar, inshootlar, texnika
vositalari), yoki maxfiy muzokaralarni olib borish uchun mo‘ljallangan binolar va obyektlar majmuasi.
Vakolatli davlat organi
tomonidan axborotlashtirish obyektining belgilangan axborot muhofazasi talablari va me’yorlariga muvofiqligini tasdiqlash. axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati ingl.: information society policy rus.: государственная политика в области информатизации Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot
tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon
tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. (qonun) Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: - har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash; - davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; - xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; - davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning birbiriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash; - axborot
texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish; - axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish; - dasturiy mahsulotlar ishlab
chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish; - tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash va
rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish; - kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish. axborotlashtirish vositalari ingl.: informatization tools rus.: средства информатизации Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida foydalaniladigan asbobiy apparatli va dasturiy vositalar, shuningdek axborot texnologiyalari. axborotlashtirishning me’yoriy-huquqiy asosi ingl.: regulatory and legal informatization base rus.: база информатизации нормативно-правовая Axborotlashtirish jarayonlarini tartibga soluvchi qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar majmui.
Download 9.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling