Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet16/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103

 

elektron bozor 

ingl.:  electronic  market,  electronic  marketplace,  e-

marketplace 

rus.: электронный рынок 

1. 


Elektron 

biznes 


olib 

borish 


uchun 

foydalaniladigan  virtual  bozor  makoni.  U 

kelishuvlar  va  sotuvlar  hamda  tovar,  mahsulot 

va  xizmatlar  to‘g‘risida  ma’lumotlar  taqdim 

qilish, 

shuningdek, 

sotuvchi 

va 


xaridor 

orasidagi 

o‘zaro 

kommunikatsiyalarni 



quvvatlash  uchun  xizmat  qiladi.  Ommaviy 

ehtiyoj  tovarlari  va  xizmatlarini taqdim  etuvchi 

gorizontal  bozor  makoni  va  ayrim  iqtisodiyot 

sohalari  xususiyatlarini  aks  ettiruvchi  vertikal 

bozor makoni mavjud. 

2.  Yagona  axborot-texnologik  infratuzilmada 

o‘zaro  ishlayotgan,  ta’minotchi  va  xaridorlar 

guruhi. 


 

elektron broker 

ingl.: electronic broker 

rus.: электронный брокер 

Global 


tarmoq 

orqali 


birjada 

ishlash 


texnologiyasi. Elektron broker texnologiyasidan 

foydalanish, 

kompyuter 

foydalanuvchisiga, 

zarur  bo‘lgan  barcha  axborotni  ola  turib  va 

kelishuvlarni  rasmiylashtirib,  birjada  mustaqil 

ishlash  imkonini  beradi.  Bunday  amallarning 

to‘lovi,  broker-odamdan  foydalanilgandagiga 

nisbatan bir darajaga arzonroq bo‘ladi. 

 

elektron do‘kon 

ingl.: electronic store (e-shop) 

rus.: электронный магазин 

Onlayn  maromida  va  mavjud  assortiment 

doirasida  zarur  tovarni  xarid  qilish  imkonini 

beradigan  elektron  savdo  nuqtasi.  Unda 

mahsulotlar  katalogi,  sotib  olish  uchun  virtual 

savat,  savdo  asboblari  va  ba’zi  hollarda 

buyurtmalar yetkazish tizimi mavjud. Xaridorni 

elektron  do‘konga  «tashrifi»  tarmoqqa  ulangan 

shaxsiy kompyuter yordamida amalga oshiriladi. 

Xaridor sotib olingan tovar uchun haq to‘lashda, 

bankka  o‘z  hisobidan  zarur  pul  miqdorini 

sotuvchiga  o‘tkazish  uchun  ko‘rsatma  beradi. 

Elektron  do‘konlarda  axborot  vitrinalaridan 

keng  foydalaniladi,  u  kerakli  tovarni  topishga, 

virtual  borliq  vositalari  yordamida  ko‘rib 

chiqishga, 

tovar 

haqidagi 



barcha 

zarur 


ma’lumotlarni olishga yordam beradi. 

 

elektron e’lonlar taxtasi 

ingl.: Bulletin Board System (BBS) 

rus.: электронная доска объявлений 

Telekonferensiyaning xususiy holi. Undan yirik 

tashkilotlar  ayniqsa,  mutaxassislarni  tayyorlash 

bilan 


shug‘ullanadiganlar 

foydalanishadi,. 

E’lonlar  doskasi,  aslida,  maxsus  ma’lumotlar 

bazasidir.  Unda  turli  tuman  e’lonlar  «osiladi». 

Masalan,  taqdim  qilinayotgan  xizmat  xillari 

to‘g‘risida, 

kurs  va  seminarlar  jadvallari  va  mavzulari, 

taqdim 


qilinayotgan 

o‘quv 


materiallari, 

o‘tkazilayotgan masahatlar, ulardan foydalanish 

bo‘yicha ko‘rsatmalar va h.k. 

 

elektron fotoapparat 

ingl.: electronic camera 

rus.: электронный фотоаппарат 

qarang: raqamli kamera 

 

elektron hamjamiyat 

ingl.: electronic community 

rus.: электронное сообщество 

Umumiy  qiziqishlarga  ega  bo‘lgan  va  global 

tarmoq  resurslaridan  foydalanadigan  insonlar 

birlashmasi. Birinchi elektron hamjamiyatlar ish 

qidirish,  savdo,  sport  va  dam  olishni  rejalash 

masalari  atrofida  hosil  bo‘lgan.  Elektron 

hamjamiyatlarning  yaratilishida Internet muhim 

rol o‘ynaydi. 



 

elektron hamyon 

ingl.: electronic purse 

rus.: электронный кошелек 

1.  Xilma  xil  tovarlarni  sotib  olish  va  xizmatlar 

uchun to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanish 

mumkin  bo‘lgan  naqd  pulni  o‘z  mikrochipida 

raqamli 

shaklda 


saqlaydigan 

smart-karta. 

Smart-karta  emitenti  mablag‘larni turli elektron 

hamyonlar  orasida  xavfsiz  ko‘chib  yurishini 

ta’minlaydi. 

2.  Xotirasida  pul  mablag‘larini  saqlaydigan, 

xarid  qilish  imkonini  beradigan  va  offlayn 

texnologiyasini  nazarda  tutadigan  elektron 

qurilma. 

 

elektron hisoblash mashinasi (EHM) 

ingl.: electronic computer 

rus.: электронная вычислительная машина (ЭВМ) 

qarang: kompyuter 

 

elektron hisoblash mas... 



 

78 


elektron hujjat 

ingl.: electronic document 

rus.: электронный документ 

1.  Elektron  shaklda  qayd  etilgan,  elektron 

raqamli  imzo  bilan  tasdiqlangan  va  elektron 

hujjatning 

uni 

identifikatsiya 



qilish 

imkoniyatini  beradigan  boshqa  rekvizitlariga 

ega bo‘lgan axborot. (qonun) 

Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot 

tizimlari 

hizmatlaridan 

hamda 

axborot 


texnologiyalaridan 

foydalanilgan 

holda 

yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. 



Elektron  hujjat  elektron  hujjat  aylanishi 

ishtirokchilarining  mazkur  hujjatni  idrok  etish 

imkoniyatini  inobatga  olgan  holda  yaratilishi 

kerak. 


2.  Elektron  savdo  sohasida  kelishuvlarni  sodir 

etish  munosabati  bilan  elektron  vositalar 

yordamida shakllanadigan, jo‘natiladigan, qabul 

qilinadigan yoki saqlanadigan axborot. 



 

elektron hujjat aylanishi 

ingl.: Electronic Document Flow (EDF) 

rus.: электронный документооборот 

1.  Elektron  hujjat  aylanishi  elektron  hujjatlarni 

axborot  tizimi  orqali  jo‘natish  va  qabul  qilib 

olish  jarayonlari  yig‘indisidan  iborat  bo‘ladi. 

Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu 

jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, 

rasmiy  va  norasmiy  yozishmalarni  amalga 

oshirish  hamda  boshqa  axborotni  o‘tkazishda 

foydalanish mumkin. 

2.  Turli  kompaniyalarning  avtomatlashtirilgan 

tizimlari  orasida  standartlashtirilgan  shakldagi 

ishchan  hujjatlarini  (sotib  olishga  buyurtma, 

hisob raqamlari va sh.k.) elektron almashuvi. 

 

elektron hujjat jo‘natuvchisi 

ingl.: sender of the electronic document 

rus.: отправитель электронного документа 

Rekvizitlarida 

nomi 

ko‘rsatilgan, 



hamda 

elektron  hujjatni  qabul  qilib  oluvchiga  elektron 

hujjat  jo‘natuvchi  yuridik  yoki  jismoniy  shaxs. 

Bu  hujjatlarga  nisbatan  axborot  vositachisi 

sifatida harakat qiluvchi shaxslar bundan istisno. 

 

elektron hujjat taqdim qilish shakllari 

ingl.: electronic document representation forms 

rus.: 

формы 

представления 

электронного 

документа 

Elektron  hujjat  ichki  va  tashqi  taqdim  qilish 

shakliga  ega.  Ichki  taqdim  qilish  shakliga 

elektron  hujjatni  tashkil  qiluvchi  axborotni 

mashina  tashuvchisiga  yozish  kiradi.  Tashqi 

taqdim  qilish  shakli  elektron  hujjatni  displey 

ekranida,  qog‘ozda  yoki  boshqa  mashina 

tashuvchisidan  farqlanadigan  moddiy  obyektda, 

ko‘rish  imkoniyatini  beradigan  ko‘rinishda 

(qo‘shimcha  texnik  qurilmalarsiz)  va  inson 

tushunib  idrok  eta  oladigan  shaklda  aks 

ettirilishidir. 



 

elektron hujjat tuzilmasi 

ingl.: electronic document structure 

rus.: структура электронного документа 

Elektron hujjat ikkita ajratib bo‘lmas – umumiy 

va 

alohida 


qismlardan 

iborat. 


Elektron 

hujjatning  umumiy  qismi  hujjat  mazmunini 

tashkil qiluvchi axborotdan iborat. Manzil egasi 

to‘g‘risidagi  axborot  umumiy  qismga  kiradi. 

Elektron  hujjatning  alohida  qismi  bitta  yoki  bir 

nechta elektron raqamli imzolardan iborat. 



 

elektron hujjat xesh-funksiyasi 

ingl.: electrnic document hashing function 

rus.: хэш-функция электронного документа 

qarang: xabar xesh-funksiyasi 

 

elektron hujjatga qo‘yiladigan talablar 

ingl.: requirements for electronic documents 

rus.:  требования,  предъявляемые  к  электронному 

документу 

Elektron hujjat quyidagi talablarga javob berishi 

kerak:  elektron  shaklda  qayd  etilgan,  elektron 

raqamli  imzo  bilan  tasdiqlangan  va  elektron 

hujjatning 

uni 


aynanlash 

imkoniyatini 

beradigan  boshqa  rekvizitlarga  ega  bo‘lishi; 

axborot  tizimlarining  va  texnologiyalarining 

texnik  vositalari  va  xizmatlaridan  hamda 

axborot  texnologiyalaridan  foydalanilgan  holda 

yaratilishi, ishlov  berilishi  va saqlanishi; qonun 

bilan  o‘rnatilgan  tuzilmaga  ega  bo‘lishi; 

elektron  hujjat  aylanishi  ishtirokchilarining 

mazkur  hujjatni  idrok  etish  imkoniyatlarini 

hisobga  olgan  holda  yaratilgan  tomonidan 

o‘zlashtira oladigan shaklda taqdim qilinishi. 



 

elektron hujjatning asl nusxasi 

ingl.: original of e-document 

rus.: оригинал электронного документа 

Elektron hujjatning har bir aynan bir xil nusxasi, 

basharti  u  belgilangan  tartibda  haqiqiy  deb 

tasdiqlangan bo‘lsa, asl nusxadir. 



 

elektron hujjatning qog‘ozdagi nusxasi 

elektron hujjat 

 


 

79 


ingl.: e-document copy on paper medium 

rus.: 

копия 

электронного 

документа 

на 

бумажном носителе 

Elektron  hujjatning  qog‘ozdagi  nusxasining 

tashqi 

shaklini 



ifodalashni 

qonunchilik 

tomonidan  o‘rnatilgan  tartibda  guvohnomalash 

yo‘li  bilan  yaratiladi.  Elektron  hujjatning 

qog‘ozdagi 

nusxasi 


qonunchilik 

bilan 


o‘rnatilgan 

tartibda 

guvohnomalanadi 

va 


saqlanadi. 

 

elektron hujjatning rekvizitlari 

ingl.: electronic document attributes 

rus.: реквизиты электронного документа 

Elektron 

hujjatning 

majburiy 

rekvizitlari 

quyidagilardan  iborat:  elektron  raqamli  imzo; 

jo‘natuvchi  yuridik  shaxsning  nomi  yoki 

jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, 

otasining  ismi;  jo‘natuvchining  pochta  va 

elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. 

Qonun  hujjatlari  asosida  yoki  elektron  hujjat 

aylanishi  ishtirochilarining  kelishuvida  boshqa 

rekvizitlar ham belgilanishi mumkin. 

 

elektron hukumat 

ingl.: electronic government 

rus.: электронное правительство 

Barcha  ham  «ichki»,  ham  «tashqi»  aloqalar  va 

jarayonlar 

majmuasi 

tegishli 

axborot-


kommunikatsiya 

texnologiyalari 

bilan 

quvvatlanib  va  ta’minlanib  turadigan  hukumat. 



Kommunikatsiya  tarmoqlari  (shu  jumladan 

Internet)  orqali  axborotga  ishlov  berish,  uni 

uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida 

davlat  boshqaruvini  tashkil  qilishni,  davlat 

hokimiyati 

organlarini 

barcha 

bo‘g‘inlari 



tomonidan  fuqarolarning  barcha  toifalariga 

elektron  vositalar  bilan  xizmatlar  ko‘rsatish, 

o‘sha  vositalar  yordamida  fuqarolarga  davlat 

organlarining  faoliyati  haqida  axborot  berish. 

«Elektron 

hukumat» 

tushunchasi 

1990 


yillarning 

boshida 


paydo 

bo‘lgan, 

lekin 

amaliyotga  so‘nggi  yilardan  boshlab  tatbiq 



qilina  boshladi.  Elektron  hukumatni  ishlab 

chiqish  bilan  birinchi  galda  AQSH  va  Angliya, 

hamda  Italiya,  Norvegiya,  Singapur,  Avstraliya 

va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, 

Katar,  BAA  va  h.k.)  shug‘ullandilar.  Elektron 

hukumatning  uch  asosiy  rivojlanishi  tizimi 

ajratiladi: 

- hukumat– aholi (G2C); 

- hukumat – biznes (G2B); 

- hukumat – hukumat (G2 G). 

O‘zbekistonda  ham  elektron  hukumat  barpo 

qilish  ishlari  boshlab 

yuborilgan.  Jahon 

tajribasiga  mavjud  amaliyotga  ko‘ra,  u  ikki 

o‘zaro  bog‘langan,  lekin  funksional  jihatdan 

mustaqil  qismlardan,  Hukumat  Intranetidan  va 

tashqi  infratuzilmadan  tarkib  topgan.  Hukumat 

Intraneti 

axborot 

tizimining 

ichki 

infratuzilmasini 



qamrab 

oladi, 


davlat 


tuzilmalari 

tomonidan 

davlat 

korporativ 



vazifalarini 

amalga 


oshirishdagi 

o‘zaro 


munosabatlarda 

foydalaniladi. 

Tashqi 

infratuzilma,  davlatni  fuqarolar  (G2C)  va 



tashkilotlar  (G2B)  bilan  o‘zaro  ishlashini 

ta’minlaydigan 

ommaviy 

axborot 


infratuzilmasini qamrab oladi. 

 

elektron idora 

ingl.: electronic office 

rus.: электронный офис 

Kompaniyada  axborotga  elektron  qurilmalar 

yordamida 

ishlov 


berish 

texnologiyasi. 

Ma’muriy  vazifalarni  avtomatlashtish  tabora 

ko‘proq 


ahamiyat 

kasb 


etmoqda. 

Bu 


avtomatlashtirishda,  hujjatlarga  ishlov  berish 

tamoyillariga muhim rol ajratilmoqda. 

tizimlarda, 



kompyuter 

majmualarida, 

mahalliy  tarmoqlarda  amalga  oshirilmoqda. 

Elektron  idoralarda  ekspertiza  va  maslahat 

xizmatlari 

keng 


tarqalmoqda. 

Elektron 

idoralarda  sun’iy  tafakkur  uslubiyati  katta 

ahamiyatga  ega  bo‘lmoqda.  Elektron  idora 

o‘rniga virtual idora kirib kelmoqda. 

 

elektron iqtisodiyot 

ingl.: electronic economy 

rus.: электронная экономика 

1. Keng ma’noda: axborot, bilimlar va axborot-

kommunikatsiya 

texnologiyalaridan 

keng 

foydalanishga asoslangan iqtisodiyot. 



2.  Tor  ma’noda:  tarmoq  texnologiyalariga 

hamda  «biznes-biznes»  (B2B)  va  «biznes-

iste’molchi»  (B2C)  modellariga  asoslangan 

iqtisodiyot. 



 

elektron jadval 

ingl.: spreadsheet program 

rus.: электронная таблица 

Jadval  shaklida  ifodalangan  ma’lumotlarga 

ishlov  berishga  mo‘ljallangan  amaliy  dasturlar 

majmuasi.  Elektron  jadval  bilan  ishlash 

quyidagilarga imkon beradi: 

elektron jadval 

 


 

80 


-  xilma  xil  ma’lumotlarni  qulay  shaklda  taqdim 

qilish; 


- jadval kataklaridagi yozuvlarni o‘zgartirish; 

-  vertikal  va  gorizontal  yo‘nalish  bo‘yicha 

raqamlar  qiymatlarining  yig‘indisini  avtomatik 

tarzda 


hisoblash, 

kataklardagi 

yozuvlar 

o‘zgarganda qayta hisoblash; 

-  kataklardagi  yozuvlarning  o‘zaro  bog‘likligini 

aniqlash  va  yozuvlardan  biri  o‘zgarganda 

boshqalarini avtomatik tarzda o‘zgartirish; 

-  argumentlari  katakdagi  yozuv  bo‘lgan 

funksiyalar 

qiymatini 

aniqlash. 

Boshida 


elektron  jadvallar  tijorat  va  moliya  hisob-

kitoblarida  foydalanildi.  So‘nggi  yillarda  bu 

jadvallar  ilmiy  va  texnik  masalarni  yechishda, 

buxgalteriya 

hisoblarini 

bajarishda, 

ma’lumotlarni  grafik  tasvirlashda  taboro  keng 

foydalanilmoqda.  Elektron  jadvallar  bozorida 

eng  mashhurlari  Lotus  1-2-3  va  Excel 

hisoblanadi. 



 

elektron jurnal 

ingl.: electronic journal 

rus.: электронный журнал 

Internet  global  tarmog‘i  orqali  tarqatilayotgan 

ilmiy va texnikaviy nashrlar majmuasi. 

 

elektron kartoteka 

ingl.: electronic filing 

rus.: электронная картотека 

Hujjatlarni  saqlashni  va  izlashni  tartibga 

solishga  mo‘ljallangan  sodda  ma’lumotlar 

bazasi.  Odatda,  elektron  kartoteka  kompyuter 

dasturi  shaklida  yaratiladi.  Bu  holda,  monitor 

ekranida  kartotekaning  sahifalari  aks  etadi. 

Klaviatura 

yoki 


sichqoncha 

yordamida 

kartotekani 

varaqlab 

chiqish, 

sahifalar 

mazmunini  o‘qish,  kerak  bo‘lmagan  sahifalarni 

tashlab  yuborish  va  zarur  bo‘lgan  tartibda 

yangilarini qo‘shib qo‘yish mumkin. 

 

elektron katalog 

ingl.: electronic catalog 

rus.: электронный каталог 

1.  Mijozlar  va  ishchan  hamkorlar  uchun 

mahsulot 

hamda 


xizmatlar 

haqidagi 

ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  olgan  axborot  tizimi. 

Ishlab  chiqaruvchilar  va  xaridorlar  orasida 

qo‘shimcha  axborot almashuviga  imkon  beradi. 

Tashkilotlar  uchun  sotib  olishga  va  yetkazib 

berishga  ketayotgan  harajatlarni  qisqartirish 

imkonini  beradi.  Qoidaga  ko‘ra,  elektron 

katalog  elektron  savdo  tizimining  tarkibiy 

qismidir. 

2.  Mashina  o‘qiy  oladigan  shaklda  amalga 

oshirilgan kutubxona katalogi. 



 

elektron kissa 

ingl.: electronic wallet 

rus.: электронный бумажник 

Smart-karta 

egasiga, 

onlayn 


maromda 

tranzaksiyalarni  amalga  oshirishga,  to‘lovlarni 

olishni  boshqarishga  va  raqamli  sertifikatlarni 

saqlashga imkon beradigan dasturiy ta’minot. 



 

elektron kitob 

ingl.: electronic book 

rus.: электронная книга 

Elektron  tashuvchida  axborot  taqdim  qilingan 

kitob.  Elektron  kitoblar  ixcham  yoki  epchil 

disklarda  ishlab  chiqariladi.  Birinchi  navbatda, 

ensiklopediya,  lug‘at,  albom  va  geografik 

xaritalar  elektron  kitob  shaklida  nashr  qilinadi. 

Ularda  gipermatn  va  gipermuhit  g‘oyalaridan 

foydalaniladi. 



 

elektron konsalting 

ingl.: electronic consulting 

rus.: электронный консалтинг 

Mijozlarga  elektron  pochta  orqali  malakali 

maslahatlar  berish.  Axborot  xizmatlaridan 

ma’lumotnomalar  taqdim  qilish,  Internet  orqali 

turli  so‘rovlar  o‘tkazish,  va  boshqalar.  U 

elektron biznes turlaridan biridir. 



 

elektron kutubxona 

ingl.: digital library 

rus.: электронная библиотека 

1.  Axborot  tizimi.  Unda  hujjatlar  (maqolalar, 

monografiyalar,  hisobotlar,  referatlar  va  sh. 

k.lar)  odatda,  mashina  tashuvchilarida  elektron 

to‘lamatnli 

shaklida 

saqlanib 

va 


foydalanuvchilarga ularning so‘rovlari bo‘yicha 

avtomatlashtirilgan  tizimga  taqdim  qilinadi. 

Ko‘pincha 

bu 


hujjatlarning 

matnlari 

foydadanuvchilarga  elektron  pochta  orqali 

uzatiladi. 

2.  Taqsimlangan  axborot  tizimi.  U  elektron 

hujjatlarning  (matn,  grafika,  audio,  video  va 

h.k.)  xilma  xil  turdagi  to‘plamlarini  oxirgi 

foydalanuvchiga  qulay  shaklda,  ma’lumotlarni 

uzatishning  global  tarmoqlari  orqali,  ishonchli 

saqlash va samarali foydalanish imkonini beradi. 



 

elektron ma’lumotlar jo‘natuvchisi 

elektron jurnal 

 


 

81 


ingl.: sender of electronic data 

rus.: отправитель электронных данных 

qarang: elektron hujjat jo‘natuvchisi 

 

elektron marketing 

ingl.: electronic marketing 

rus.: электронный маркетинг 

Axborot  tizimlari  va  tarmoqlari  yordamida 

marketingni  amalga  oshirish  texnologiyasi. 

Elektron  texnologiyalar  asosida  marketing  olib 

borish. 

 

elektron maslahat 

ingl.: electronic advising 

rus.: электронная консультация 

Ta’sischilar, firmalar va sh.k. larni huquq, soliq 

solish  masalalari  bo‘yicha  onlayn  maromida 

o‘zaro ishlashi. Amalga oshirish uchun elektron 

pochta,  telefon  aloqa  (sall-centre),  elektron 

konferensiya  tizimlari,  shu  jumladan  Internet 

konferensiyalardan ham foydalaniladi. 

 

elektron matn 

ingl.: electronic text 

rus.: электронный текст 

Axborot  tizimining  xotirasiga  yozilgan  matn 

(hujjatlar, 

kitoblar, 

oynomalar, 

ma’lumotnomalar  va  h.k.).  Elektron  matnlar 

tizimlarda  joylashgani  sababli,  o‘quvchilar 

(foydalanuvchilar)  oldida  yangi  imkoniyatlar 

ochiladi.  Matnning  ixtiyoriy  tahlilini  bajarish, 

kerak  bo‘lgan  qatorlar,  xatboshi,  bo‘lim  va 

h.k.larni topish mumkin. 

 

elektron mo‘yqalam 

ingl.: electronic brush 

rus.: электронная кисть 

Tasvirlarni  chizishda  va  bo‘yashda,  aniq 

o‘lcham, rang va fakturadagi yo‘llarni o‘tkazish 

texnologiyasi. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling