Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.

bet13/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103

dasturlarni tez ishlash 

 


 

62 


maqsadida  matnli  uskunaviy  vositalar  o‘rniga 

grafik vositalar ishlatiladi 



 

dasturlash 

ingl.: programming 

rus.: программирование 

1.  Dasturni  yaratish  jarayoni.  Dasturlash  o‘z 

ichiga  dasturga  bo‘lgan  talablar  tahlili  va  uni 

ishlab 


chiqish 

va 


yaratishning 

barcha 


bosqichlarini oladi: 

-  algoritm,  ma’lumotlar  tuzilmasi  va  dasturlash 

tizimini tanlash; 

-  dasturni  yozish  (kodlash)  va  ma’lumotlarni 

tayyorlash; 

- dasturni sozlash va sinovdan o‘tkazish; 

- dastur uchun qo‘shimcha hujjatlarni yaratish. 

2.  Hisoblash  mashinalari uchun  dasturlar tuzish 

va  amalga  oshirish  uslublari  va  vositalarini 

ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi fan. 



 

dasturlash tili 

ingl.: programming language 

rus.: язык программирования 

Kompyuterlar  uchun  dasturlar  (ko‘rsatmalar 

yig‘masi) 

yoziladigan, 

uni 



yoki 



bu 

harakatlarni 

bajarishiga 

majbur 


qiladigan 

rasmiy 


til. 

Dasturlash 

tilida 

yozilgan 



ko‘rsatmalar 

dastlabki 

kod 

deb 


ataladi. 

Dastlabki 

kod 

kompyuterda 



amalda 

bajarilishidan  avval,  uni  mashina  kodiga  yo 

bo‘laklab talqin qilish, yo batamom talqin qilish 

zarur.  Dasturlash  tilining  ta’rifi  quyidagilarni 

o‘z ichiga oladi: 

1. Mumkin bo‘lgan belgilar ro‘yxatini. 

2. Zahiralangan so‘zlar ro‘yxatini. 

3.  Sintaksisni  (belgilarni  va  zahiralangan 

so‘zlarni birikmalash usullarini). 

4.  Semantikani  (dasturlash  tilining  birikmalar 

ma’nosi). 

Dasturlash 

tillari 

quyi 


pog‘ona 

tillariga 

(Assembler  tili  va  mashina  tili)  va  yuqori 

pog‘onadagi tillariga (BASIC, C, C++, COBOL, 

FORTRAN, Ada, Pascal va b.) bo‘linadi. Yana, 

to‘rtinchi avlod tillarini (4GL) ham ajratiladi. 



 

dasturlashtirish tizimi 

ingl.: programming system 

rus.: система программирования 

Jami  dasturlashtirish  tili  va  dasturlarni  yaratish 

tizimi. 

berilgan 



tilda 

dasturlarni 

avtomatlashtirilgan  tarzda  yaratish  va  bajarish 

hamda 


tegishli 

hujjatlar 

tayyorlashni 

ta’minlaydi.  Odatda  dasturlashtirish  tizimi 

tilning  etalon  xilini  emas,  balki  uning  dialektik 

–  ma’lum  osonlashtirish  yoki  kengaytirishlarga 

ega 

rusumini 



o‘z 

ichiga 


oladi. 

Ba’zi 


dasturlashtirish  tizimlari  dasturlarni  bir  necha 

tilda  yaratishni  qo‘llab-quvvatlashi  mumkin. 

Shaxsiy  kompyuterlar  uchun  eng  mashhur 

dasturlashtirish 

tizimlari: 

Microsoft 

kompaniyasining  Basic,  Java,  C++  tillarini 

qo‘llab-quvvatlovchi  Visual Studiosi;  Inprise 

(Borland International) kompaniyasining Delphi 

tili va boshqalar. 



 

dasturni sozlash 

ingl.: program debugging 

rus.: отладка программы 

Dasturda  xatolarni  topish  va  tuzatish  jarayoni. 

Bu  jarayonni  bajarish  uchun  maxsus  sozlovchi 

deb 


atalmish 

dasturlar 

yaratiladi. 

Ular, 


dasturlashda  yo‘l  qo‘yilgan  xatolarni  qidirib 

topishga 

mo‘ljallangan. 

Sozlashda 

dastur 

qadamma-qadam  bajariladi.  Har  bir  qadamda 



ma’lumotlarda  yuz  berayotgan  o‘zgarishlar 

tahlil  qilinadi.  Bu  jarayon  o‘zgartirilishi  zarur 

bo‘lgan elementlarni topish imkonini beradi. 

 

DAT 

qisq.: Digital Audio Tape 

1.  Raqamli  audio  kasseta,  DAT  kassetasi. 

Axborot  yozish  uchun  mo‘ljallangan  magnit 

tasmali ixcham-kasseta standarti. Boshida audio 

axborotni  raqamli  shaklda  saqlash  uchun 

mo‘ljallangan; 

DAT 

kassetalari 



ma’lumotlarning  zahiraviy  nus’halarini  saqlash 

uchun qo‘llaniladi. 

2. DAT kassetasiga yozish formati. 

 

Data General korporatsiyasi 

ingl.: Data General corporation 

rus.: корпорация Data General 

Keng  foydalanish,  jumladan  ishlab  chiqarish 

texnologiyalarida 

foydalanish 

uchun 

kompyuterlar  va  dasturiy  ta’minot  ishlab 



chiqaruvchi 

kompaniya. 

Data 

General 


kompaniyasi  AQSHda  DEC  kompaniyasining 

sobiq 


xodimlari 

tomonidan 

yaratilgan. 

Kompaniya kompyuterlarning bir necha oilasini 

ishlab  chiqaradi.  Data  Generalning  muhim 

ishlanmasi serverlarni yaratishdir. 



 

davlat axborot resurslari 

ingl.: state information resources 

rus.: государственные информационные ресурсы 

dasturlash 

 


 

63 


Davlat 

axborot 


resurslari 

quyidagilardan 

shakllantiriladi: 

davlat organlarining axborot resuslaridan; 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  davlat  budjeti 

mablag‘lari 

hisobidan 

yaratilgan 

axborot 

resurslaridan; 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  davlat  sirlari 

hamda  mahfiy  axborotni  o‘z  ichiga  olgan 

axborot resurslaridan. 

 

davlat 

sirini 

tashkil 

qiluvchi 

ma’lumotlarni olish 

ingl.: access to state secrets 

rus.: 

доступ 

к сведениям, 

составляющим 

государственную тайну 

Ma’lum  shaxsning  vakolatli  mansabdor  shaxs 

ruxsati  asosida  davlat  sirini  tashkil  qiluvchi 

ma’lumotlar bilan tanishib chiqishi. 



 

davlatning 

axborot 

sohasidagi 

manfaatlari 

ingl.: state interests in information sphere 

rus.:  интересы  государства  в информационной 

сфере 

Axborot  infratuzilmasining  uyg‘un  rivojlanishi 

uchun  sharoitlar  yaratish.  Bunda  inson  va 

fuqaroning 

axborot 

olish 


va 

undan 


mamlakatning 

konstitutsiyaviy 

tizimining 

mustahkamligi, 

suvereniteti 

va 


hududiy 

yaxlitligi, 

siyosiy, 

iqtisodiy 

va 

ijtimoiy 



barqarorligi  maqsadida  foydalanish  sohasidagi 

konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklarini  amalga 

oshirish,  qonuniylik  va  huquqiy  tartibni 

ta’minlash,  teng  huquqli  va  o‘zaro  manfaatli 

xalqaro  hamkorlikni  rivojlantirish  nazarda 

tutiladi. 



 

davriy halqa 

ingl.: cyclic ring 

rus.: даврическое кольцо 

Axborot  tizimlari  guruhiga  signallarni  ketma-

ket  uzatilishini  ta’minlaydigan  halqasimon 

jismoniy  kanal.  Bu  mahalliy  tarmoq  umumiy 

bo‘g‘indan, 

kirish 


bloklari 

va 


abonent 

bo‘g‘inlaridan  tashkil  topadi.  Umumiy  bo‘g‘in 

kirish  bloklari  bilan  o‘rama  juft,  yassi  koaksal 

kabel  yoki  optik  kanal  asosida  yaratilayotgan 

sohalarga  bo‘linadi.  Kirish  bloklari  abonent 

bo‘g‘inlari  yordamida  abonent  tizimlari  bilan 

ulanadi.  OSI  ning asosiy  etalon  modelida  halqa 

kanali  ulanishning  jismoniy  vositali  sifatida 

taqdim  qilinadi.  Halqada  signallar  uzatish  bir 

yo‘nalishda, 

ya’ni, 

bir 


kirish 

blokidan 

boshqasiga  qarab  amalga  oshiriladi.  Shu  bilan 

birga,  kadrni  uzatgan  blok  kadr  halqani 

butunlay  o‘tib  bo‘lganidan  so‘ng,  bu  kadrni 

yo‘q  qilishi  shart.  Qolgan  kirish  bloklari 

uzatilayotgan kadrni uzatishda davom etadi. 

 

DB 

qisq.: DataBase 

qarang: ma’lumotlar bazasi (MB) 

 

DB2 

IBM  tomonidan  ishlab  chiqilgan  relyatsion 

MBBT. 

 

DBA 

qisq.: DataBase Administrator 

Ma’lumotlar bazasining ma’muri. 



 

DBCC 

qisq.: DataBase Consistency Check 

Ma’lumotlar bazalarining butunligini tekshirish. 

MBBT  tomonidan  bajariladigan  ma’lumotlar 

butunligi shartlarini tekshirish tartiboti. 



 

DBCS 

qisq.: Double-Byte Character Set 

Ikki  baytli  belgilar  to‘plami.  Matn  axborotni 

kodlashning shunday usuliki, unda har bir belgi 

ikki baytdan iborat bo‘lgan kod shaklida taqdim 

etilgan. 

 

DBMS 

qisq.: DataBase Management System 

Ma’lumotlar  bazalarini 

boshqarish 

tizimi, 


MBBT. 

 

DC 

qisq.: 

1. Direct Current – Doimiy tok. 

2.  Device  Context  –  Qurilma  nimmatni. 

Tizimga  ulangan  qurilma  haqidagi  axborotga 

ega OT ma’lumotlari tuzilmasi. 

 

DCE 

qisq.: Distributed Computing Environment 

qarang:  ma’lumotlarga  taqsimlangan  ishlov 

berish muhiti 



 

DCOM 

qisq.: Distributed Component Object Model 

(shuningdek  COM+)  Taqsimlangan  tarkibiy 

qismli  obyektli  model.  Tarkibiy  qismlarning 

DCOM 


 

 

64 


tarmoqda  o‘zaro  ishlashini  qo‘llab-quvvatlash 

uchun COM kengaytmasi. 



 

DCR 

qisq.: Dynamic Color Rendition 

Rangni dinamik andozalash. 



 

DCT 

qisq.: Discrete Cosine Transform 

Diskret kosinusli o‘zgartirish. Tasvirlarni sifatni 

yo‘qotishga 

olib 


keluvchi 

zichlash 

algoritmlarida ishlatiladi. 

 

DD 

qisq.: 

1.  Double  Density  –  Zichligi  ikki  kara  oshgan 

(axborot yozish). 

2. Digital Display – Raqamli ko‘rsatkich. 



 

DDB 

qisq.: Distributed Database 

qarang: taqsimlangan ma’lumotlar bazasi 

 

DDC 

qisq.: Display Data Channel 

Kompyuter  va  monitor  orasida  ma’lumotlar 

almashish interfeysi. Ushbu interfeysning ikkita 

turi bor: 

1)  DDC  1  –  monitor  modeli  va  qo‘llab-

quvvatlanadigan  video  rejimlar  parametrlari 

to‘g‘risidagi  ma’lumotlarning  bir  tomonga, 

monitordan kompyuterga uzatilishi; 2) DDC 2 – 

ma’lumotlarni ikki tomonlama almashinuv. 

 

DDE 

qisq.: Dynamic Data Exchange 

Ma’lumotlarning 

dinamik 

almashinuvi. 

Windows  muhitida  dasturlararo  o‘zaro  ishlash 

bayonnomasi. 

Asta-sekin 

OLE 


(COM) 

mexanizmi tomonidan siqib chiqarilmoqda. 



 

DDK 

qisq.: Device Driver Kit 

Qurimalar  drayverlarini  ishlab  chiqish  uchun 

asbobiy vositalar to‘plami (Windows muhitida). 

 

DDL 

qisq.: Data Definition Language 

qarang: ma’lumotlarni tavsiflash tili 

 

DDN 

qisq.: Defense Data Network 

Mudofaa ma’lumotlar uzatish tarmog‘i. 



 

DDP 

qisq.: Distributed Data Processing 

qarang:  ma’lumotlarga  taqsimlangan  ishlov 

berish 


 

DDR SDRAM 

qisq.: Double Data Rate SDRAM 

Tezligi 


ikki 

marta 


oshgan 

SDRAM. 


Ma’lumotlar  almashinuvining  tezligi  ikki  marta 

oshgan 


SDRAM 

tezkor 


xotira 

mikrosxemalarining turi. 



 

DEC 

qisq.: Digital Equipment Corporation 

DEC  korporatsiyasi.  EHM,  jihoz  va  dasturiy 

ta’minot ishlab chiqaruvchisi (AQSH). Compaq 

Computer  korporatsiyasi  tomonidan  1998  yilda 

sotib olingan. 

 

DEC korporatsiyasi 

ingl.: DEC corporation 

rus.: корпорация DEC 

Ish 


stansiyalari, 

serverlar 

va 

shaxsiy 


kompyuterlar  ishlab  chiqaruvchilar  orasida 

yetakchilardan  biri.  Nomi  Digital  Equipment 

Corporation  (Raqamli  jihozlar  korporatsiyasi) 

qisqartmasidan  kelib  chiqqan.  DEC  1957  yilda 

AQSHda  yaratilgan.  Kompaniya  Alta  Vista  – 

Internetdagi  yetakchi  izlash  tizimlaridan  birini 

yaratgan. 

1998  yilning  yanvar  oyida  DEC  Compaq 

kompaniyasi tomonidan sotib olingan, keyin esa 

Compaq  Hewlett-Packard  kompaniyasi  bilan 

birlashgan. 

 

DECT 

qisq.: 

Digital 

European 

Cordless 

Telecommunications 

qarang: raqamli Yevropa simsiz aloqasi 

 

Dell Computer korporatsiyasi 

ingl.: Dell Computer corporation 

rus.: корпорация Dell Computer 

Keng 


ko‘lamdagi 

axborot 


tizimlari 

va 


kompyuterlarni  ishlab  chiqaruvchi  kompaniya. 

Kompaniya Michael Dell tomonidan 1984 yilda 

yaratilgan.  Dell  Computer  turli  xil  shaxsiy 

kompyuter,  server  va  superserverlarni  ishlab 

chiqaradi.  Simmetrik  ko‘pprotsessorli  ishlov 

berishni  ta’minlovchi  ko‘pprotsessorli  serverlar 

keng  mashhur  bo‘lgan.  Kompaniya  pochta 

orqali  uy  foydalanuvchilariga  yetkaziluvchi 

shaxsiy kompyuterlar miqdori bo‘yicha birinchi 

o‘rinda turadi. 

DCR 

 


 

65 


 

Delphi tili 

ingl.: Delphi language 

rus.: язык Delphi 

Borland 


International, 

Inc 


kompaniyasi 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  qo‘llanmalarni 

tezkor ishlab chiqish tizimi. Delphi tili Microsof 

kompaniyasining  Visual  Basic  tiliga  o‘xshash, 

lekin,  Visual  Basic  tili  BASICga  asoslangan 

bo‘lsa,  Delphi  tili  esa  Pascal  ga  asoslanganligi 

bilan farqlanadi. 

 

demon  

ingl.: demon 

rus.: демон 

Unix  tizimining  har  doim  faol    va  interfeysga 

ega  bo‘lmagan  xizmat  dasturi.  Ushbu  dastur 

foydalanuvchisi  odatda  uni  ko‘rmaydi  va  faqat 

uni ish natijalarini ko‘radi. 

 

DEN 

qisq.: Directory Enabled Network 

Katalog xizmatini qullab-quvvatlovchi tarmoq. 



 

DES 

qisq.: Data Encryption Standard 

Ma’lumotlarni shifrlash standarti, DES shifrlash 

standarti.  AQSH  hukumatining  davlat  siri 

hamda  tijoriy  bo‘lmagan  axborot  uchun 

shifrlash standarti. Kalit uzunligi 56 bit bo‘lgan 

blokli  shifr.  Kuchaytirilgan  hili  mavjud  bo‘lib, 

u  «uchlangan  DES»  (triple-DES,  3DES)  deb 

ataladi,  unda  uchta  turli  kalit  bilan  DES 

standarti qo‘llaniladi. 

 

dezinformatsiya 

ingl.: misinformation 

rus.: дезинформация 

Ma’lumotlarni bitta obyektdan boshqa obyektga 

biror maqsad bilan uzatishning shunday holatini 

yuzaga  keltiradiki,  unda  ma’lumot  uzatishning 

amalga  oshirilishi  bitta  obyekt  uchun  ma’qul 

bo‘lib, boshqa obyekt uchun ma’qul bo‘lmaydi. 



 

DFA 

qisq.: Deterministic Finite Automaton 

Aniq chekli avtomat. 



 

DFD 

qisq.: Data Flow Diagram 

Ma’lumotlar  oqimi  chizmasi.  Tizimni  chizma 

shaklida  tahlillash  uchun  «ma’lumotlar  oqimi» 

va  «ma’lumotlar  ombori»  tushunchalaridan 

foydalanadigan tuzilma tahlilining uslubiyati. 

 

DGPS 

qisq.:  Differential  Global 

Positioning  System, 

Differential GPS 

Differensial  GPS.  GPS  qabul  qiluvchisining 

shunaqa  ishlash  rejimi-ki,  unda  u  yo‘ldosh 

signallaridan  tashqari  tayanch  stansiyasining 

signallari  ham  hisobga  olinadi  (differensial 

to‘g‘rilash). 



 

DHCP 

qisq.: Dynamic Host Configuration Protocol 

Tarmoq 


bog‘lamasining 

dinamik 


tarkibiy 

tuzilmasi  bayonnomasi,  DHCP  bayonnomasi. 

Maxsus  tarmoq  xizmati  –  DHCP  serveri 

yordamida  mijoz  kompyuterining  dinamik 

tarkibiy 

tuzilmasi 

tartibotini 

tavsiflovchi 

bayonnoma. Tarmoqda DHCP serverlarni izlash 

kenguzatuv 

so‘rovi 

yordamida 

amalga 

oshiriladi.  DHCP  yordamida  mijoz  kompyuteri 



DHCP  egalik  qilayotgan  manzillar  to‘plamidan 

IP  manzilini  hamda  boshqa  tarkibiy  tuzilma 

axboroti- shluz manzili, DNS serverlari manzili 

va  h.k.ni  ijaraga  oladi.  DHCP  bayonnomasi 

BOOTP  bayonnomasi  bilan  uyg‘un  va  aslida 

uning  kengaytmasidir.  DHCP  spetsifikatsiyasi 

RFC 2131da tavsiflangan. 

 

DHTML 

qisq.: Dynamic HyperText Markup Language 

Dinamik 


HTML, 

DHTML 


tili. 

Aks 


etirilayotgan  sahifalarga  o‘zaro  faollik  baxsh 

etishuchun 

mo‘ljallangan 

HTML 


tilining 

kengaytmasi.  O‘z  ichiga  rang,  shakl,  belgilar 

shakli,  ayrim  sahifa  elementlarining  aniq 

joylashishi va harakatlanishini dinamik ravishda 

o‘zgartirish vositalarini oladi. 

Dinamik  HTMLning  asosiy  g‘oyasi  shunda-ki, 

ssenariy  tilida  hujatning  istisnosiz  barcha 

elementlari,  ularni  bezash  va  joylashish 

parametrlari  (HTMLda  belgilanganlar  ham, 

CSS yordamida belgilanadiganlar ham) va hatto 

sahifa  matni  ustidan  ham  to‘la  nazorat  qilinadi. 

Shu  tufayli  HTML  hujjatining  xohlagan 

elementi istalgan yo‘nalishda harakatlanishi, o‘z 

formatlanganligini  istalganicha  o‘zgartirishi  va 

qayta  yozilishi  mumkin.  Bu  foydalanuvchi 

harakatlariga javoban ham, o‘z tashabbusi bilan 

ham sodir bo‘lishi mumkin. 

 

dialog 

ingl.: dialog 

dialog 


 

 

66 


rus.: диалог 

Foydalanuvchilarning 

fikrlash 

jarayonini 

qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan tezlikda 

amaliy  jarayonlar  va  foydalanuvchilarning 

o‘zaro ishlash uslubi. 

 

DIB 

qisq.: Device-Independent Bitmap 

Apparatdan 

mustaqil 

bit 


kartasi. 

Rangi 


to‘rtburchak tasvirni aks ettirish formati. 

 

DII 

qisq.: Dynamic Invocation Interface 

Dinamik  chaqiruv  interfeysi.  Obyekt  usullarini 

dinamik chaqirish uchun interfeys (CORBA). 

 

DIMM 

qisq.: Dual In-line Memory Module 

Chiqish tutashmalari ikki qatorda joylashishgan 

xotira  moduli.  Standart  xotira  moduli.  U 168ta, 

ya’ni 


plataning 

har 


tomonida 

84tadan 


tutashmaga ega. 

 

dinamik HTML 

ingl.: dynamic HTML 

rus.: динамический html 

qarang: DHTML. 

 

dinamik veb qolipi 

ingl.: dynamic web template 

rus.: динамический веб-шаблон 

Umumiy  maketga  ega  bo‘lgan  boshqa  HTML 

fayllarini  bog‘lash  mumkin  bo‘lgan  HTML 

fayli. Dinamik veb qolipini yangilaganda ushbu 

qolip  asosida  yaratilgan  barcha  sahifalar 

yangilanadi.  Dinamik  veb  qoliplar  fayllari, 

masalan, 

Macromedia 

DreamWeaver 

tizimida .dwt nom kengaytmasiga ega. 



 

DIP 

qisq.: Dual-In-line Package 

Chiqish tutashmalari ikki qatorda joylashishgan 

(mikrosxema) tanasi. 

 

Direct3D 

3D texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli 

DirectXning  eng  mashhur  qismiga  aylanib 

qolgan. Direct3D ikki xil vazifani bajaradi: 

1)  3D  tezlashtiruvchilarisiz  tizimlar  uchun 

butun  3D  konveyerini  qo‘llab-quvvatlash  bilan 

3D tasvirga dasturiy ishlov berish; 

2) 


amaliy 

dasturlarning 

3D 

tezlashtiruvchilarining 



barcha 

apparatli 

resurslari 

ulash 


shaffof 

tarzda 


erkin 

foydalanishni ta’minlash. 

OpenGLdan  farqli  o‘laroq  Microsoft  firmasi 

tomonidan  qat’iy  belgilanadigan  vazifalar 

to‘plamidan  iborat.  Ushbu  APIning  boshqa 

firmalar  tomonidan  kentgaytirilishiga  ruxsat 

berilmaydi. 

 

DirectDraw 

Videokarta ishini bevosita  qo‘llab-quvvatlovchi 

va,  masalan,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  video  xotiraga 

yozish  imkonini  beruvchi  DirectX  drayverlar 

to‘plamining  qismi.  Aslida  DirectDraw  –  bu 

video 


xotira 

menejeri. 

DirectDrawdan 

foydalangan  holda  xohlagan  dastur  video 

xotirani,  ushbu  harakatlarni  aniq  videokarta 

modeliga 

bog‘lamagan 

holda 


joyini 

o‘zgartirishi mumkin. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling