Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati


Download 9.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/103
Sana09.02.2017
Hajmi9.86 Mb.
#51
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103

 

banner 

ingl.: banner 

rus.: баннер 

Veb-sahifadagi  reklama  xarakteridagi  tasvir 

yoki  matn  bloki.  U  reklama  beruvchining  Veb-

saytiga  yoki  mahsulot  yohud  xizmat  turi 

atroflicha  bayon  qilingan  sahifalarga  giper 

murojaatdan  iborat.  Bannerlar  tashrifchilarni 

jalb etish uchun, imidjni shakllantirish yoki shu 

resursni  siljitish  uchun  turli  Internet  – 

resurslarda joylashtiriladi. 

 

banner namoyishi 

ingl.: banner demonstration 

rus.: баннеропоказ 

Bannerni 

veb-sayt 

tashrifchisiga 

amalda 

namoyish  qilish.  Tashrifchining  brauzeri  ushbu 



bannerni  so‘rab  uni  to‘la  yuklaganidan  so‘ng 

hisobga olinadi. 



 

banner reklamasi 

ingl.: banner advertisement 

rus.: баннерная реклама 

Biror 


veb-saytni, 

boshqa 


veb-saytlarda 

joylashtirilgan  bannerlar  yordamida  reklama 

qilish  usuli.  Reklama  qilinayotgan  veb-saytga 

tashriflarlar sonini orttirish uchun xizmat qiladi, 

shu  bilan  birga  kompaniyaning,  mahsulotning, 

xizmatlarning  va  x.k.ning  imidjini  yaratish 

qurolidir. 

 

banneralmashish tarmog‘i 

ingl.: banner exchange network 

rus.: баннерообменная сеть 

Reklama  maydonlari  ishtirok  etgan  reklama 

tarmog‘i.  Bannerlar  almashish  tarmoqlarining 

ko‘pi  ochiqdir,  ya’ni  tarmoqning  reklama 

siyosatiga  javob  beruvchi  xohlagan  sayt  uning 

ishtirokchisi  bo‘lishi  mumkin.  Bannerlarni 

almashish  ishtirokchisi  o‘z  sahifalarida  boshqa 

ishtirokchilar  bannerlarini  ko‘rsatadi,  buning 

uchun  u  o‘z  sayti  sahifalarida  tarmoq  kodini 

joylashtiradi.  Buning  evaziga  u  o‘z  reklamasini 

boshqa  ishtirokchilar  sahifalarida  ko‘rsatish 

huquqi  va  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  O‘z 

reklamasini  boshqa  saytlarda  ko‘rsatish  soni 

boshqalar 

reklamasini 

o‘z 


sahifalarida 

ko‘rsatishlar soniga  to‘g‘ri nisbatda bog‘liq. 



 

bannerning kuyishi 

ingl.: burn out of a banner 

rus.: сгорание баннера 

Bannerni  ma’lum banner tizimida  yoki  ma’lum 

veb-saytda  ko‘rsatishlar  soni  oshgani  sayin  uni 

bitta  foydalanuvchiga  takror-takror  ko‘rsatish 

mumkinligi ehtimoli  oshadi.  Bu,  o‘z  navbatida, 

bannerga  javoban  ochilishlar  soni  kamayishiga 

olib  keladi.  Banner  «kuyishi»  vaqti  uning 

qanchalik ko‘p ko‘rsatilishi va u qanchalik keng 

auditoriyaga  ko‘rsatilishi  bog‘liq  (bir  xil 

ko‘rsatilishlar  sonida  ko‘p  turli  veb-sahifalarda 

ko‘rsatilayotgan  banner  uncha  tez  kuyib 

qolmaydi).  Bannerning  kuyib  qolishi  ikki 

ko‘rsatkichga  bog‘liq  –  Site  Reach  va  Site 

bannerning kuyishi 

 


 

48 


Frequency  (ushbu atamalar  nafaqat  veb-saytlar, 

balki 


banner 

tizimlariga 

ham 

tegishli). 



Bannerning mavzusi va dizayni uning «kuyishi» 

tezligiga ta’sir qilmaydi. 



 

Banyan Systems korporatsiyasi 

ingl.: Banyan Systems corporation 

rus.: корпорация Banyan Systems 

Mahalliy  tarmoq  uyushmalarining  dasturiy 

ta’minotini  ishlab  chiqaruvchi  kompaniya. 

Banyan  Systems  kompaniyasi  AQSHda  1983 

yilda 

yaratilgan. 



Kompaniya 

mahalliy 

tarmoqlarni  yaratish  va  ularni  bir-biri  bilan 

hududiy  tarmoqlar  orqali  bog‘lash  imkonini 

beruvchi blokli dasturiy ta’minotni taklif etadi. 

 

banyan tarmog‘i 

ingl.: banyan network 

rus.: баньяновая сеть 

Kaskadli  manzillanadigan  tezkor  taqsimlangan 

tarmoq.  Banyan  tarmog‘ining  tuzilmasi  16 

kirish  va  chiqishga  ega  bo‘lib  bir-biri  bilan 

ulangan  oddiy  ulovchi  elementlardan  tashkil 

topgan.  Shu  elementlar  ketma-ketligi  orqali 

ma’lumotlar 

bloklari 

uzatiladi. 

Banyan 


tarmoqlari katta o‘tkazish qobiliyatini ta’minlay 

oladilar,  chunki,  ma’lumotlar  bloklari  ular 

orqali  parallel  ravishda  o‘tadi,  yo‘naltirish 

vazifalarini  esa,  apparatlar  bajaradi.  Banyan 

tarmoqlari  integral  ulab-uzish  bog‘lamalarda 

ishlatiladi. 



 

bari axborot 

ingl.: content 

rus.: контент 

qarang: kontent 

 

barmoq halqasi 

ingl.: finger ring 

rus.: кольцо на пальце 

Barmoqdagi  uzuk.  U  moliyaviy  amallarni 

bajarish  uchun  mo‘ljallangan  tashqi qurilmadir. 

Mikroprotsessorli 

uzuk 

kompyuter 



kartochkasiga  muqobil  yechimdir.  Har bir  uzuk 

xotirasiga  yozib  (tikib)  qo‘yilgan  64-razradli 

nomerga ega. Bu, AQSH banklar assotsiatsiyasi 

standarti 

tomonidan 

belgilangan 

yuqori 

darajadagi  muhofazani  ta’minlaydi.  Bunday 



uzukning  narxi  kompyuter  kartochkasidan 

ancha arzon. 



 

BASIC tili 

ingl.: BASIC language 

rus.: язык BASIC 

BASIC  (Beginner's  All-purpose  Symbolic 

Instruction  Code),  «boshlovchilarga  barcha 

maqsadlar  uchun  buyruq  kodlari»  deb  atalgan 

til.  1960  yil  o‘rtalarida  Dartmut  kollejida 

talabalar  uchun  John  Kemeney  va  Thomas 

Kurtz tomonidan ishlab  chiqilgan. Til sodda  va 

qulay  bo‘lib  chiqdi  va  foydalanuvchilarning 

uncha  katta  bo‘lmagan  tizimlar  bilan  muloqot 

maromida  ishlashida  katta  shuhrat  qozondi. 

O‘zining soddaligiga qaramay BASIC ko‘pgina 

qo‘llanmalarni  ishlab  chiqishda  qo‘llaniladi. 

BASIC  tili  tavsifining  ANSI  standarti  mavjud 

bo‘lsa  ham,  BASICning  ko‘pchilik  rusumlari 

kengaytmalarni  o‘z  ichiga  oladi.  Masalan, 

Microsoft 

kompaniyasining 

Visual 


Basic 

mahsuloti, 

BASIC 

tilining 



standartiga 

qo‘shimcha  ravishda,  obektga  -  yo‘naltirilgan 

funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga olgan. Hozirgi 

kunda, 


BASIC 

tilining 

turli 

xillari 


qo‘llanmalarning 

makrotillari 

sifatida 

qo‘shilmoqda.  Masalan,  Microsoft  Word  va 

Excel  foydalanuvchiga  shu  qo‘llanmalarni 

sozlash  va  avtomatlashtirish  uchun  dasturlar 

yozish  imkonini  beradigan  BASIC  tilining 

rusumini qo‘shadilar. 



 

bastion 

ingl.: bastion host 

rus.: бастион 

Kompyuter-shluz.  U  tashqi  va  ichki  tarmoqlar 

oralig‘iga 

joylashtiriladigan, 

tarmoqlararo 

ekranning dasturiy ta’minotida ishlaydi. Internet 

saytlardan  erkin  foydalanish  xizmatini  va  ichki 

tarmoqni muhofazalashni ta’minlab beradi. 



 

Bay Networks korporatsiyasi 

ingl.: Bay Networks corporation 

rus.: корпорация Bay Networks 

Axborot  tarmoqlarining  tarkibiy  qismlarini 

ishlab  chiqaruvchi  kompaniya.  Bay_Networks 

kompaniyasi 

tomonidan 

AQSHda 


ishlab 

chiqariladigan  asosiy  masulot  to‘plagich  va 

yo‘naltirgichlardir,  jumladan  asinxron  uzatish 

usuli va Ethernet tarmoqlari uchun. Kompaniya, 

shuningdek,  turli  xil  bayonnomalarini  amalga 

oshiruvchi  qurilmalarni,  shu  jumladan,  ISDN 

ham ishlab chiqaradi. 

 

bayonnoma 

ingl.: protocol 

rus.: протокол 

Banyan Systems korpora... 



 

49 


1.  Biror  jarayon  haqidagi  axborotni  davriy 

tartibda ro‘yxatga olish natijasi. 

2.  Qurilma,  dastur  va  ma’lumotlarga  ishlov 

berish  tizimlariga  hamda  jarayonlar  yoki 

foydalanuvchilarning  o‘zaro  ishlashiga  oid 

algoritmni  belgilovchi  jami  qoidalar.  Masalan, 

aloqa  liniyasi  bayonnomasi  –  bu  ma’lumotlar 

ulushining  tuzilmasi  va  kodlash  usullarini  va 

uning  aloqa  liniyalari  orqali  uzatish  jarayonini 

tartibga  soluvchi  qoidalar.  Xalqaro  Internet 

kompyuter  tarmog‘i  bayonnomalari  –  bu  IP 

bayonnomalaridir. 



 

bayroq 

ingl.: flag 

rus.: флаг 

1.  Dasturdagi  o‘zgaruvchi.  U  muayyan  shartlar 

bajarilganda dasturga axborot beradi. 

2.  Ma’lumotlarni  sinxron  uzatishda  bayroq  – 

maxsus  sakkiz  bitli  signal  (odatda  01111110), 

axborot  kadrining  boshi  va  oxirini  belgilash 

uchun  ishlatiladi.  Bir  kadrni  boshqasidan 

farqlash  va tarmoqda, uni  o‘tkazish  qobiliyatini 

oshirish  maqsadida,  qurilmalarni  sinxronlash 

uchun ishlatiladi. 

3.  Ma’lumotlar  elementini  odatdagidan  farqli 

ekanini bildiradigan maxsus belgi. Misol uchun, 

jadval  yozuvi  xatolik  bayrog‘ini  o‘z  ichiga 

olgan  bo‘lishi  mumkin,  bu  yozuv  xato 

ma’lumotlardan iboratligini bildiradi. 

4. Yer shari atrofidagi optik tolali kanal. Bayroq 

inson  qo‘li  bilan  yaratilgan  eng  uzun  tuzilma 

bo‘lib,  bu  kabelning  uzunligi  17,000  milni  va 

o‘tkazish  qobiliyati  sekundiga  10  gigabitni 

tashkil  qiladi.  Kabel  asosan  dengiz  tubiga, 

Yaponiya  bilan  Buyukbritaniyani  birlashtirib, 

Xitoy,  Tailand,  BAA,  Italiya  va  yana  olti 

mamlakat hududlaridan o‘tkazilib yotqizilgan. 

 

bayt 

ingl.: byte 

rus.: байт 

Sakkiz  bitga  teng  bo‘lgan  axborot  miqdorining 

asosiy  o‘lchov  birligi.  Keng  ishlatiladigan 

qisqartirishlar: Kb = Kilobayt = 210 bayt, Mb = 

Megabayt = 220 bayt, Gigabayt (Gb) =230 bayt, 

Terabayt  (Tb)  =240  bayt,  Petabyte  (Pb), 

Exabyte (Eb), Zettabyte (Zb), Yottabyte (Yb). 

 

bazis variant 

ingl.: basis alternative 

rus.: базисный вариант 

Ko‘rilayotgan 

mazkur 

loyiha 


yechimini 

taqqoslash 

uchun 

qabul 


qilinadigan 

boshlang‘ich loyiha yechimi. 



 

BBS 

qisq.: Bulletin Board System 

qarang: elektron e’lonlar taxtasi 

 

BCC 

qisq.: Blind Carbon Copy 

Ko‘r  ko‘chirma  nusxa.  e-mail  sarlavhasidagi 

ko‘chirma  nusxa  yuboriladigan  manzil.  Shu 

bilan  birga  BCC  oluvchiga  xabarning  barcha 

manzil egalari ma’lum emas. 

 

BCD 

qisq.: Binary Coded Decimal 

Ikkilik-o‘nlik  sanoq  tizimida  ifodalangan  son. 

Sonlarni,  bir  baytda  ikki  xonali  o‘nlik  sonlar 

razradi  bilan  kodlashga  asoslangan  ifodalash 

usuli. 

 

BDC 

qisq.: Backup Domain Controller 

Domenning  zahiraviy  nazoratchisi.  Windows 

NT  domenidagi  dastlabki  domen  nazoratchisini 

(PDC) zahiralash va undan bir qism yuklanmani 

kamaytirish  uchun  ishlatiladigan  kompyuter. 

BDC  ma’lumotlar  bazalarining  hisob  yozuvlari 

bilan 

birga, 


zahira 

nusxasini, 

domenni 

xavfsizlik siyosati fayllarini zahira nusxasini va 

erkin  foydalanish  skriptlarini  o‘z  ichiga  olgan. 

Agar  domenning  bosh  nazoratidan  foydalanish 

mumkin  bo‘lmasa,  BDC  domenni  boshqarish 

bo‘yicha asosiy vazifalarni bajaradi. 



 

BDE 

qisq.: Borland Database Engine 

Borland  firmasining  ma’lumotlar  bazasidan 

erkin 

foydalanish 



texnologiyasi. 

(API) 


texnologiyasi  Borland  Int.  firmasi  tomonidan 

ma’lumotlar 

bazasidan 

o‘zaro 


aloqada 

foydalanish  uchun  ishlab  chiqilgan.  BDE  ni 

yaratish  loyihasi  1990  yildan  boshlangan; 

dastavval  bu  texnologiya  ODAPI  (Open 

Database API) nomi bilan taqdim qilingan. 

 

belgi 

ingl.: symbol 

rus.: символ 

1.  Kodlashtirilishi,  kompyuterga  kiritilishi  va 

uning  displey  ekranida  ko‘rsatilishi  mumkin 

bo‘lgan  hisoblash  tizimi  tomonidan  ruxsat 



belgi 


 

 

50 


etilgan  belgilar  to‘plami  elementi.  Belgilarga 

harf,  raqam,  qavs  va  ayirish  belgilari  hamda 

arifmetika 

amallari 

belgilari, 

shuningdek 

maxsus,  boshqaruv  va  soxtagrafik  belgilar 

kiradi.  Hisoblash  tizimi  erkin  foydalanish 

mumkin  bo‘lgan  deyarli  barcha  belgilar 

kompyuter xotirasiga klaviatura yordamida bitta 

yoki  bir  guruh  tugmalar  bosilishi  orqali 

kiritilishi  mumkin.  Hisoblash  tizimlarining 

aksariyati belgilarni  taqdim etish  uchun  alohida 

shakllar  bilan  birga  ASCII  (American  standard 

code  for information  interchange)  kodidan 

foydalangan.  Ushbu  kodlarda  256  belgi  0  dan 

255  gacha  bo‘lgan  sonlar  sifatida  aks  etgan. 

Matnlarni  tuzish  va  choplash  uchun  maxsus 

dasturlar  –  matn  muharrirlari  va  matnga  ishlov 

beruvchilar  xizmat  qiladi.  Ularning  ko‘pi 

standart  ASCII  to‘plamida  yo‘q  bo‘lgan 

belgilarni,  masalan,  grek  alifbosi  belgilarini, 

kiritish va ekran va printerga chiqarish imkonini 

beradi. 


2.  Biror  narsani  belgilash  uchun  ishlatiladigan 

bitta yoki birin-ketin joylashgan belgilar ketma-

ketligi. 

 

belgilarni optik o‘qish 

ingl.: Optical Character Reading (OCR) 

rus.: оптическое чтение символов 

Belgilarni  tanish  va  matn  tasvirini  matnga 

o‘zgartirish  uchun  mo‘ljallangan  tizim.  OCR 

tizimlarining 

muhimligi 

shundaki, 

ular 

statsionar yoki qo‘l skanerlari yordamida, tabiiy 



tilda  yozilgan  matnlarni  avtomatik  kiritish  va 

tanish  imkonini  beradi.  Eng  yaxshi  tizimlar, 

belgilarni 

tanishda 

99,5% 

ishonchlilikni 



ta’minlaydi.  OCR  tizimlari  o‘qitilmaydigan  va 

o‘qitiladiganlarga  bo‘linadi.  Tizimning  ishi, 

kiritilayotgan 

matnni 


qog‘oz 

tashuvchida 

bosilishi sifatiga ko‘proq bog‘liq. 

 

bepul  

ingl.: freebie 

rus.: задаром 

Ko‘pchilik  foydalanuvchilar  Interneting  barcha 

mazmuni  –  kontent  ham,  xizmat  ham  –  bepul 

ekanligiga  o‘rganib  qolgan.  Bundan  tashqari, 

Internet  ko‘p  hollarda  “oddiy”  hayotda  pulga 

sotiladigan  narsalarni  teginga  olish  imkonini 

beradi  –  gazetani  nashr  qilish,  kitob  matni, 

telefon 


ma’lumotnomasi, 

uyali 


telefonga 

xabarlar  (SMS)  jo‘natish  va  h.k.  Odatda  biror 

narsaning 

tekin 


tarqatishdan 

maqsad 


– 

reklamadir. 

Bunda 

axborotni 



olish 

yoki 


xizmatlardan foydalangani uchun foydalanuvchi 

reklamani 

ko‘rish 

orqali 


to‘laydi 

(televideniyedagi kabi). 

Internetda  muntazam  reklama  kampaniyalari 

o‘tkaziladi  (viktorina,  lotereya,  musobaqalar  va 

h.k.), 

va 


ular 

davomida 

tegishli 

sayt 


tashrifchilariga 

sovg‘alar 

beriladi. 

Ba’zan 


kompaniya  faqatgina  anketani  to‘ldirganingiz 

uchun  esdalikliklarni  yoki  o‘z  mahsuloti 

namunalarini tarqatadi. Internetda maxsus bepul 

narsalar  kataloglari,  ya’ni  qayerda  va  nimani 

bepul  olish  mumkinligi  haqida  axborotni 

yig‘uvchi saytlar mavjud. 



 

bepul dasturiy ta’minot 

ingl.: freeware 

rus.: бесплатное программное обеспечение 

Bepul  tarqatiladigan  va  ayrim  hollarda  pulga 

sotib  olingan  dasturiy  ta’minot  kabi  ishlay 

oladigan  dasturiy  ta’minot.  Bepul  dasturiy 

ta’minot  ayrim  dasturchilar,  tashkilotlar  va 

davlat muassasalari tomonidan yaratiladi. Shuni 

nazarga 

tutish 


kerakki, 

bepul 


dasturiy 

ta’minotda  xatolar  bo‘lishi  mumkin,  bu  holda 

kafolatlar 

va 


xizmat 

ko‘rsatish 

ko‘zda 

tutilmaydi.  Shu  bilan  birga,  shartli  –  bepul 



dasturiy 

ta’minot 

ham 

mavjud, 


bunday 

dasturlarni 

ishlab 

chiquvchilar 



ayrim 

foydalanuvchilarga  boshqalarga  tarqatmaslik 

sharti bilan bepul beradilar. 

 

BER 

qisq.: Bit Error Rate 

Xato  bitlar  chastotasi.  Ma’lumotlarni  uzatishda 

xato bitlarning paydo bo‘lish jadalligi. 

 

beruxsat erkin foydalanish 

ingl.: penetration 

rus.: проникновение 

Ma’lumotlarga ishlov berish tizimidan ruxsatsiz 

erkin foydalanish. 

 

beruxsat 

erkin 

foydalanishdan 

muhofazalash vositasi 

ingl.: unauthorized access protection tools 

rus.:  средство  защиты  от несанкционированного 

доступа 

Beruxsat erkin foydalanishning oldini olish yoki 

o‘ta  murakkablashtirish  uchun  mo‘ljallangan 

dasturiy,  texnikaviy  yoki  dasturiy-texnikaviy 

vosita. 

 

belgilarni optik o‘qish 

 


 

51 


beta testlash 

ingl.: beta testing 

rus.: бета-тестирование 

Dasturiy  mahsulotni  bozorga  chiqarishdan 

avval  sinash  uchun  ishlatib  ko‘rish.  Ishlab 

chiqaruvchi  firma  sinovlaridan  o‘tkazilgan 

dasturning  dastlabki  versiyasi  (beta-versiya) 

hujjatlarning  dastlabki  versiyasi  bilan  birga, 

ekspert  sifatida  ko‘riladigan  nufuzli  potensial 

foydalanuvchilarga  rasmiy  ravishda  tarqatiladi. 

Ular  dasturlarni  funksional  imkoniyatlarini 

tekshiradilar, 

hujjatlarni 

dasturlarga 

mos 

kelishini 



ko‘rib 

chiqadilar. 

Beta–testlash 

jarayonida,  dasturni  ishlash  va  sinash  davrida 

payqamay 

qolingan 

bevosita 

mahsulotni 

ishlatish bilan bog‘liq xatolar aniqlanadi. Ishlab 

chiqaruvchi  –  firma  beta-testlash  natijalariga 

ko‘ra 

dasturiy 



mahsulotga 

tuzatishlar 

kiritgandan 

so‘ng, 


uning 

nusxalari 

ko‘paytiraladi va bozorga chiqariladi 

 

beshinchi avlod tili 

ingl.: fifth generation language (5GL) 

rus.: язык пятого поколения 

Sun’iy  tafakkur  va  neyron  tarmoqlarida 

masalalarni  yechish  uchun  foydalaniladigan  til. 

Hozirgi  kunda  bunday  tillar  ishlab  chiqish 

bosqichida turibdi. 

 

BGA 

qisq.: Ball Grid Array 

BGA  tanasi.  Mikrosxemaning  tutashmalar 

guruhini zo‘ldirlar matritsasi shaklidagi tuzilishi. 

Mikrosxema plataga payvandlanadi. 



 

BGP 

qisq.: Border Gateway Protocol 

BGP 


bayonnomasi 

chegara 


tarmoqlararo 

bayonnoma. 

NSFNET 

tarmog‘ida 



EGP 

bayonnomasini 

ishlatish 

tajribasi 

asosida 

yaratilgan  tashqi  yo‘naltirish  bayonnomasi. 

RFC  da  1163  va  1164  tartib  raqamlari  bilan 

berilgan. 



 

bibliografik ta’rif 

ingl.: bibliographic description 

rus.: библиографическое описание 

Hujjat 


haqidagi 

bibliografik 

ma’lumotlar 

majmui.  Ma’lumotlar  o‘rnatilgan  qoidalarga 

binoan  beriladi  va  u  hujjatni  aniqlab  umumiy 

tavsiflashga xizmat qiladi. 



 

Big Blue 

IBM 


(International 

Business 

Machines 

Corporation)  kompaniyasining  jargon  nomi. 

Ko‘k  rang  (Blue)  IBM  kompaniyasining 

korporativ rangidir. 



 

bilimlar 

ingl.: knowledge 

rus.: знания 

1.  Aniq  bir  predmet  sohada  inson  bilimlarini 

aks 

ettiradigan 



va 

bilimlar 

bazasida 

saqlanadigan axborot turi. 

2.  Shu  turdagi  obyektlarning  barcha  joriy 

(oraliq)  holatlari  to‘plami  va  obyektning  bir 

tavsifidan  boshqa  tavsifga  o‘tish  usullari. 

Bilimlarga 

ichki 

tushuna 


olish, 

tuzulmalashganlik,  bog‘langanlik,  faollik  xosir. 

Boshqacha  aytganda,  «bilimlar  =  dalillar  + 

etiqod + qoidalar». 



 

bilimlar bazasi (BB) 

ingl.: knowledge base (KB) 

rus.: база знаний (БЗ) 

1.  Aniq  bir  predmet  sohasi  bo‘yicha  dalillar  va 

qoidalar  shaklida  rasmiylashtirilgan  bilimlar 

to‘plami. 

2.  Inson  tomonidan  aniq  predmet  sohasi 

bo‘yicha  yig‘ilgan  bilimlarni  kompyuterda 

ifodalash 

uchun 


mo‘ljallangan 

semantik 

(ma’noli) model. 

3.  Biror  bir  predmet  sohasiga  oid  tushuncha, 

qoida  va  dalillarning  tizimlashgan  majmuini 

saqlash  uchun  bitta  fayl  yoki  maxsus  tashkil 

qilingan fayllar to‘plami. 

Bilimlar  bazasi  (BB)  sun’iy  tafakkur  (intellekt) 

masalarini 

yechishda 

keng 

qo‘llaniladi. 



Intellektual  va  ekspert  tizimlarda  BBning  ikki 

muhim  sinfi  ishlatiladi.  Statik  BB  masalani 

yechish  davomida  o‘zgarmaydigan  muayyan 

sohaning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  ifodalovchi 

ma’lumotlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Dinamik  BB 

muayyan  masalani  yechish  uchun  ahamiyatga 

ega  bo‘lib,  uni  yechish  jarayonida  o‘zgarib 

boradigan  (masalan,  tajribaviy  tadqiqotlarni 

o‘tkazish  davrida)  ma’lumotlarni saqlash uchun 

xizmat qiladi. 

Har  bir  BB  ma’lumotlar,  qoidalar  va  mantiqiy 

xulosa  chiqarish  mexanizmlari  to‘plamini  o‘z 

ichiga oladi. 

Uning 


faoliyatini 

bilimlar 

bazasining 

boshqarish tizimi aniqlab beradi. 



Download 9.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling